Ich ta’lim o`qish fanidan dts, o


O’quv-metodik majmualar bilan tahminlash



Download 118,5 Kb.
bet6/6
Sana24.06.2022
Hajmi118,5 Kb.
#700415
1   2   3   4   5   6
O’quv-metodik majmualar bilan tahminlash
“Ta’lim darslikdan boshlanadi” degan ibora, ayniqsa, boshlang’ich ta’limga juda taalluqlidir. Ta’lim jarayonida darslik eng muhim o’rin tutadi. Ma’lumki, 1-sinfga qadam qo’ygan o’quvchilar Prezident sovg’asi sifatida barcha darsliklar bilan to’liq tahminlanadi. 2–4-sinf o’quvchilariga esa darsliklar bir o’quv yilida foydalanishlari uchun ijaraga beriladi. Shunga muvrfiq 1-sinf darsliklari har yili, 2–4-sinf darsliklari har ikki yilda nashr etiladi.
Boshlang’ich sinf darsliklari shunday tuzilishi kerakki, uning tarkibi va mazmuni o’quvchilarni o’quv materiallari bilan muloqotga kirishishga undashi lozim. Natijada o’quvchilar o’quv-tarbiya jarayonida o’zaro hamkorlik qilish, mashqlar ustida ishlash, ijodiy faoliyat ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak.
Darslik mazmuni kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartiga va o’quv dasturiga to’liq mos bo’lishi zarur. Undan tashqari, darslik mazmuni quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– buyuk kelajakni quruvchi, yuksak mahnaviyatga ega barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilishi;
– umuminsoniy qadriyatlarni, yurtimizga xos sharqona voqelikni, milliylikni o’zida mujassamlashtirishi;
– mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, vatanparvarlik hislarini tarbiyalashga qaratilgan bo’lishi;
– ilmiy va amaliy ahamiyatga molik nazariy ma’lumotlar, qonun-qoidalar va tushunchalarning bo’lishi;
– fanlararo bog’lanishda takrorlashning oldini oladigan, parallel va muayyan mantiqiy, izchil ketma-ketlikka asoslangan uyg’unlikning bo’lishi;
– o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari hisobga olinishi;
– darslikda keltirilgan material o’quv rejada ajratilgan soatlarda
o’rganishga mo’ljallangan bo’lishi;
– qo’llaniladigan atamalar, tushunchalarning tahriflari, qonun-qoidalarning ifodalari, hodisalarning izohlari fan bo’yicha amalda qabul qilingan va ommalashgan atamalarga mos bo’lishi;
– respublikamiz tabiati, ijtimoiy-siyosiy sohadagi salohiyati va yutuqlarni yoritishi kerak.
Darslikka qo’yilgan yuqoridagi talablar quyidagi didaktik tamoyillardan kelib chiqadi:
– ta’lim jarayonining tarbiyaviy yo’nalganligi tamoyili: ta’lim olish jarayonida o’quvchilarda komil inson fazilatlarini, odob-axloq asoslarini shakllantirish;
– ta’lim va tarbiya birligi tamoyili: o’quvchilarda vatanparvarlik va milliy g’urur xissini shakllantirish.
– ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tamoyili: o’quvchilarda fan asoslariga oid nazariy tushunchalarni singdirish;
– ilmiylik tamoyili: darslikda keltiriladigan hamma dalillar ilmiy asoslangan, ishonchli va aniq bo’lishi, voqea-hodisalar o’zaro bog’lanish va rivojlanishda yoritilishi;
– tushunarlilik va qiziqarlilik tamoyili: darslikdagi materiallar o’quvchilar uchun tushunarli va qiziqarli bo’lishini tahminlash, darslik mavzulari tushunarli, sodda va ravon tilda yozilganligi;
– hayotiylik tamoyili: materiallarning kundalik turmush va hayot bilan aloqadorlikda berilishi, milliy xususiyatlar va mahalliy sharoitning, qishloq va shahar hayot tarzining hisobga olinganligi;
– tarixiylik tamoyili: tarixiy ilmiy materiallarga, fan tarixi va milliy merosga asoslanishi, fan taraqqiyotiga hissa qo’shgan buyuk allomalar va olimlar haqida ma’lumotlarning berilishi;
– ta’limning hammaboplik tamoyili: o’quvchining rivojlanish darajasiga, oldingi bilimlariga va hayotiy tajribasiga tayanishi va mos bo’lishi;
– ta’limning muntazamligi tamoyili: darslikdagi tushunchalar, ilmiy dalillar, farazlar, nazariyalar, tahriflar ma’lum mantiqiy tizimda izchil bayon qilinishi;
– ta’limning amaliyot bilan bog’liqligi tamoyili: darslikda amaliy mashg’ulotlar va topshiriqlarning, yosh avlodni kasbga yo’naltiradigan materiallarning bo’lishi;
– bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish tamoyili: o’quvchilarning o’rganilayotgan bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashning nechog’lik zarurligini anglashiga, bu bilim va ko’nikmalarning hayot uchun foydasini, ahamiyatini tushunishga qaratilganlik, o’quvchilarni darsda faollashtiruvchi materiallarning berilishi;
– aniq va abstrakt tushuncha va faktlarning birligi tamoyili: o’qitish bahzan faktlarni kuzatishdan boshlanishini, keyin esa xususiydan umumiyga, aniqdan mavhumga o’tishni; boshqa hollarda esa mavhumdan muayyan tushuncha va faktlarga o’tish tarzida amalga oshirilishi;
– ko’rsatmalilik tamoyili: darslikda keltirilgan materiallarning ko’rsatmalilikka va hodisalar rivojining ichki va tashqi mantiqiyligiga asoslangan bo’lishi, o’quvchilarda to’g’ri tasavvur va tushunchalarni shakllantirishga yordam beruvchi zarur suratlar, sxemalar, chizmalar kabi ko’rgazmali illyustratsiyalarning bo’lishi, bezaklar o’quvchi diqqatini o’ziga tortadigan bo’lishi va o’quvchining o’zlashtirishga yordam berishi, ranglarning o’z joyida va zaruriy minimal mehyorda ishlatilishi;
– bilimlarni puxta egallash tamoyili: quyi sinflarda olingan bilimlarni qo’llash va mustahkamlash, o’quvchilarning bilimlarni puxta egallashlari uchun darslikda mexanik tarzda eslab qolishga emas, faol fikrlashga, o’rganilganlarning ma’nosini o’qib olishga qaratilgan mashqlar bo’lishi, bilimlarni nazorat qilish uchun mo’ljallangan savol namunalarining berilishi;
– rivojlantiruvchi ta’lim tamoyili: bilimlarni egallash va o’quvchilarni har tomonlama kamol toptirish jarayonlari orasida uzluksiz aloqalarning o’rnatilishi, o’quvchilarning mustaqil bilim olishga yo’naltira oladigan materiallarning berilishi;
– ta’limning ijtimoiylik tamoyili: materiallarning jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlarga mos holda berilishi;
– o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish tamoyili: dars materiallarining o’qituvchi shaxsiga qaratilganligi, o’quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, qiziqishlari va layoqatlari turlicha ekanligini nazarda tutilganligi;
– ta’limning o’quvchilar yoshi, psixologik xususiyatlari va saviyasiga mosligi tamoyili: o’quvchilarning individual, yosh va psixologik xususiyatlari va bilim darajasi hisobga olinishi;
– ta’limning uzviyligi va uzluksizligi tamoyili: o’quvchi shaxsining to’g’ri va tadrijiy ravishda shakllanib borishi, fanning yuqori cho’qqilari sari og’ishmay inilib borishi va ongining shakllanishiga muvofiq tarzda fan yutuqlarini o’zlashtirib borishi, takrorlovchi va umumlashtiruvchi materiallarning berilishi;
– gender tamoyili: hamma sohada ayol va erkaklarga (qiz bola va o’g’il bolalarga) teng qarash, kamsitmaslik masalalarining tegishli mehyorda yoritilishi.
Har bir dars uchun o’quv materialining bayoni odatda uch bosqichga bo’linadi:
– o’quv materialining taqdimoti;
– mavzuni rivojlantirish;
– qo’llash, mustahkamlash, integratsiya va baholash.
O’quv materialining taqdimoti bosqichi o’z navbatida quyidagi bosqichlarning turli tartibdagi zanjirdan iborat bo’lishi mumkin: oldindan muammoli vaziyatni qo’yish, motivatsiya, boshlang’ich yo’naltiruvchi masalani hal qilish, mavzuga oid hayotiy hujjat bilan tanishtirish, mavzuga oid hayotiy obhekt yoki vaziyat bilan tanishtirish, fanga oid atamaning boshlang’ich tahrifi, kirish mashqi, o’quvchilar tomonidan tadqiqot ishining bajarilishi, dars maqsadini tushuntirish, oldingi orttirilgan bilimlarga murojaat qilish.
Mavzuni rivojlantirish bosqichi o’z navbatida quyidagi bosqichlarning turli tartibdagi zanjiridan iborat bo’lishi mumkin: ta’lim mazmunini xususiydan umumiyga qarab anglatish (induktsiya), qo’shimcha ma’lumotlar taqdimoti, atama, tushuncha, qoida va formula haqida boshlang’ich taassurot uyg’otish maqsadida umumiydan xususiyga tomon anglatish (deduktsiya), mavzuni rivojlantirish, rasm, chizma, sxema, diagramma kabi illyustratsiyalar taqdimoti, tajriba namoyishi, boshlang’ich muammoga qaytish, orttirilgan bilimlarni eslab qolishga qaratilgan mashg’ulotlar.
Qo’llash, mustahkamlash, integratsiya va baholash bosqichi o’z navbatida quyidagi bosqichlarning turli tartibdagi zanjiridan iborat bo’lishi mumkin: nazariyani qo’llashga doir mashq, tushunganlikni aniqlovchi savollar, mustahkamlash uchun mashqlar, yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolar sharxi, qo’shimcha mashg’ulotlar, boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorlikni o’rnatishga oid mashg’ulotlar, orttirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni baholovchi mashg’ulotlar.
O’quv-metodik majmua sirasiga darslikdan tashqari, o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma, o’quvchilar uchun qo’shimcha adabiyotlar, didaktik materiallar ham kiradi.
Darslarni zamonaviy metodlardan foydalangan holda mazmunli va qiziqarli tarzda tashkil etishda o’qituvchilar metodik qo’llanmadan foydalanishlari mumkin. Metodik qo’lanmada darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda qiziqarli tarzda tashkil etish metodlari, turli interfaol metodlardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar, mavzularning darslar bo’yicha taqsimoti, kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarning bajarilishiga erishish bo’yicha tavsiyalar, har bir dars uchun yoki namunaviy tarzda bir nechta dars uchun darsni o’tish metodikasi bayon qilinishi maqsadga muvofiq. Darsni o’tish metodikasida darsning maqsadlari (ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi), darsda foydalaniladigan metodlar, darsning turi, dars jarayonida foydalaniladigan jihozlar, darsdan kutilayotgan natijalar, darsning borishi (tashkiliy qism, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yangi mavzuning bayoni, yangi mavzuni mustahkamlash, uyga vazifa berish) keltirilishi tavsiya etiladi. Metodik qo’llanmada tegishli mavzuni o’tish bo’yicha o’qituvchi uchun qo’shimcha ma’lumotlar ham berilishi mumkin. CHunki darslikka murakkab mazmundagi matnlar berilmaydi. Lekin o’qituvchi mavzu mazmunini chuqurroq anglab olishi uchun u ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Kezi kelganda iqdidorli o’quvchilar ehtiboriga shu qo’shimcha ma’lumotlarni ham havola qilsa bo’ladi.
Matematika bo’yicha metodik qo’llanmadan bulardan tashqari, tegishli misol va masalalarni yechish usullari ham ko’rsatib berilishi mumkin.
Download 118,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish