BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH - DAVR TALABI
Yuldasheva
Ziyoda Boymurodovna
Qashqadaryo VXTXQTMOHM
Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot-kommunikatsion texnologiyalarining,
ya’ni,kompyuter texnikasining ta’lim jarayonida keng ko’lamda kirib kelishi hamda
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish usullari
haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar: axborot texnologiya, elektron doska,interaktiv, audio,elektron
darslik.
USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN PRIMARY SCHOOL
MOTHER TONGUE LESSONS – TIME REQUIREMENT
Yuldasheva Ziyoda Boymurodovna
Qashqadaryo RCRATPES
Abstract: This article provides information on the
widespread introduction of
information and communication technologies, is computer technology in the
educational process, as well as ways to use information technology in primary school
mother tongue lessons.
Keywords: information technology, electronic board, interactive, audio,
electronic textbook.
Ta‘lim tarbiya tizimining bugungi kundagi vazifasi o‘sib-ulg‘ayib
kelayotgan
yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirgan
kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini egalashga erishgan-komillikka intiladigan barkamol
avlodni voyaga yetkazishdir. Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan
islohatlarda umumta’lim maktablari hal qilivchi kuchga aylangani ayni haqiqatdir.
Maktablarda kelajak avlod vorislarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan imkoniyatlar o‘z
navbatida, pedagog xodimlardan sifatli ta’lim-tarbiya berishni, o‘quvchi
yoshlardan
esa puxta bilim olishni talab etadi. Bu o‘z navbatida har bir o‘qituvchi zimmasiga
yanada yuksak mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi.
Boshlang’ich ta’lim ta’lim-tarbiyaning poydevoridir. Poydevor qanchalik
mustahkam bo‘lsa imorat shunchalik chidamli bo‘lganidek, mukammal boshlang‘ich
ta’lim olgan o‘quvchilar yuqori sinflarda va ta’limning keyingi bosqichlarida hech
qiynalmasdan yanada yuksak natijalarga erisha oladi. Shuning uchun boshlang‘ich
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 2
May 2020
372
www.openscience.uz
sinf o‘qituvchilari o‘quvchilar savodini chiqarishda, ularga mustahkam bilim berish
va ularda zaruriy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda
barcha imkoniyatlarni
ishga solishlari, ilk ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli olib borishi lozimdir. Bu vazifa
har bir o‘qituvchi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi va bu mas’uliyatni to‘laqonli
his etgan holda mehnat qilish zamirida esa ijodkorlik, izlanish,ilg‘or va innovatsion
texnologiyalarni, ilg‘or
ish tajribalarini, samarali didaktik materiallarni o‘qitish
jarayonida mahorat bilan qo‘llash faoliyati yotadi.
Hayotimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, yoshlarga ta’lim va tarbiya
berishning
hozirgi
bosqichi
bu
jarayonga
axborot-kommunikatsion
texnologiyalarining, kompyuter texnikasining keng ko‘lamda kirib kelishi bilan
xarakterlanadi
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining amalga
oshirilishi tufayli bugungi kunda deyarli barcha maktablar kompyuter texnikasiga ega
bo‘ldilar va maktab jamoalari ta’lim jarayonida mazkur texnika imkoniyatlaridan
unumli
foydalanmoqdalar.
Respublikamizda
ta’lim
jarayonida
axborot
kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish uchun tegishli ilmiy-metodik bazani
yaratish va mustahkamlash jarayoni ketayotir. Yaratilgan va ta’lim muassasalariga
qadar yetkazib berilayotgan elektron darsliklar, ayrim olingan mavzular bo‘yicha dars
loyihalari, slaydlar to‘plamlari ,Xalqaro baholash dasturlari bo ‘yicha o‘quvchilarni
zamon talablari bo ‘yicha baholash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar
fikrimizning
dalilidir.
Umumiy o‘rta ta’limning kompetensiyaviy yodashuv asosidagi davlat ta’lim
standartlarida har bir o‘quvchining tayanch va fanga oid kompetensiyalarini
umumjahon ta’lim standartlari doirasiga olib chiqish vazifasi qo’yilgan.
O‘quvchining savodxonlik darajasini oshirishni esa zamonaviy axborot
texnologiyasisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
O‘quvchining savodxonlik darajasini oshirishda ona tili ta’limi muhim
omillardandir. Ona tilini o‘qitishda axborot texnologiyalardan unumli foydalanish
ta’lim samaradorligini beqiyos oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham umumiy
o‘rta ta’limning har ikkala bosqichida ona tili ta’limi samaradorligini oshirish uchun
qilinadigan sa’yi-harakatlar bugungi kunning ham talabidir desak yanglishmaymiz.
Kompetensiyaviy yondashuv asosidagi davlat ta’lim standartlarida o’quvchining
savodxonligini oshirish maqsad qilib belgilangan ekan, bunga boshlang’ich
sinflardanoq jiddiy e’tibor qaratish lozim. Boshlang‘ich
sinflarda ona tili fanini
o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning keng imkoniyatlari
yaratilgan va bular sirasiga o‘quv adabiyotlarining yangi avlodlari: elektron o‘quv
qo‘llanmalar, elektron darsliklar, qisqa interaktiv o‘quv dasturlari, audio
qo‘llanmalar, multimediali darslarni kiritish mumkin. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining ona tili darslarida o‘quvchilarning savodxonligini oshirishida eng
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 2
May 2020
373
www.openscience.uz
qulay va zamonaviy usullardan biri-dars jarayonida multimedia darslaridan
foydalanish, o‘quvchilarda ijobiy o‘quv motivlarini hosil qiluvchi avvaldan
dasturlashtirilib disklarga yozilgan o’quv topshiriqlari yordamida og‘zaki
va yozma
matnlar yaratishga mo‘ljallangan kommunikativ modullar asosida ishlashdir.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida so‘z yasash, gap tuzish va matn yaratishga
mo‘ljallangan kommunikativ modullar o‘quvchilarni aniq, jadal fikrlashga, oxirgi
maqsad sari intilishga, lozim bo’lsa o‘z fikrini himoya va isbot qilishga o‘rgatadi, o‘z
nutqiy mahoratini mustaqil rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi. Mazkur
fikrlarning rivoji uchun imkoniyat yaratish esa, yana va yana o‘qituvchiga, uning
pedagogik
mahoratiga, zamonaviy texnika vositalarini tushunishi va uni
o‘rganilayotgan mavzu doirasida tadbiq eta bilishiga bog‘liqdir. So‘zimizning isboti
sifatida 4-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning kommunikativ savodxonligini
oshirishga mo‘ljallangan o‘yin topshiriqlardan namuna keltiramiz.