JARQO’TON OTASHKADASI - Surxondaryo viloyati Jarqo“ton shahri xarobasidagi otashparastlar ibodatxonasi. O“rta Osiyo va O“rta Sharqdagi eng qadimiy otashkada hisoblanadi. Jarqo“ton otshkadasida A.Asqarov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya tadqiqot ishlarini olib borgan (1973-yildan). Jarqo’ton otashkadasining tarhi to“gri to“rtburchak bo’lib, devor (qalinligi 4,5 m) bilan o’ralgan. Unda doira shakldagi 6 sajdagoh, 5 muqaddas quduq, tabarruk ashyolar saqlanadigan maxsus xona boshqa xo“jalik xonalari bo“lgan.
JARQO`TON – qadimgi shahar xarobasi (mil. avv. II mingyillikning ikkinchi yarmi). Sherobod tumani (Sherobod daryo irmog“i Bo’stonsoy o“zanining chap sohili)da joylashgan. Sopolli madaniyatiga mansub qabilalarning jez davri yodgorligi. Jarqo’ton aholisi sug’oma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug“ullangan. O’zbekiston Fanlar Akedimiyasi Arxeologiya inistitutining A. Asqarov rahbarligida ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan (1973-yildan). Jarqo’ton (maydoni 100 ga) mudofaa devori bilan o’ralgan markaziy qo’rg’on, otashparastlar ibodatxonasi, qabriston (maydoni 20 ga), bir necha dahalardan iborat bo’lgan. Jarqo’tonda turar joy qoldiqlari, ibodatxona, kulolchilik mahallasi, metall eritiladigan ustaxonalar, 100 dan ortiq qabrlar ochib o’rganilgan. Jarqo’ton ashyolariga o“xshash yodgorliklar Surxondaryo viloyatidan tashqari Janubiy Tojikiston, Turkmaniston va Shimoliy Afg’oniston, Eron hududlarida uchraydi.
JOYTUN MADANIYATI - O“rta Osiyoning neolit davriga oid eng qadimgi o’troq dehqonchilik madaniyati markazlaridan biri (mil. avv. 6-5 mingyillik). Ashxoboddan 30 km shimolda joylashgan qadimgi o“troq dehqonlar qishlog“i xarobasi nomidan olingan. 1952- yildan Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan. 10 dan ortiq yodgorliklar (Chag“illitepa, Pessejiktepa, Chopontepa, Nayzatepa, Joytun va b.)ni tekshirgan. Bu urug’doshlik manzilgohlarining har biri 0,5-2 ga maydonni egallagan. 3 madaniy qatlamdan iborat iborat Joytun manzilgohi (Joytun madaniyati shu nomdan olingan) to’la o’rganilgan. Uning maydoni 0,5 ga, yuqori qatlami 35-40 xonadan, o’rta qatlami 29 xonadan iborat. Joytun madaniyati Kaspiy bo’yidagi mezolit davri madaniyati asosida vujudga kelgan. U ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining jahondagi noyob obidalaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |