Ibtidoiy jamiyat tarixi


asosiy savol: Etnografik ma’lumotlar



Download 281,48 Kb.
bet7/88
Sana28.05.2022
Hajmi281,48 Kb.
#613425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88
Bog'liq
176876-converted

asosiy savol: Etnografik ma’lumotlar.


Darsning maqsadi: Yer sharining ayrim joylarida hozirgi davrlargacha saqlanib qolgan, ibtidoiy jamoa tuzumining ma'lum bir bosiqichida qolib ketgan qabila va elatlarning ham hayotini, turmush tarzini, urf-odatlarini, diniy marosimlarini o’rganishga, shuningdek ibtidoiy davr qoldiqlarini o’zida ma'lum darajada saqlab qolgan xalqlarni o’rganib, ibtidoiy jamoa tarixini to’laroq yoritib berishga hissa qo’shish.
Identiv o`quv maqsadlari: 2.1. Jahon xalqlari madaniyati, maishiy turmushi, etnik kelib chiqishi, tarkibini o’rganadi.

  1. asosiy savol bayoni: Etnografik ma’lumotlar. Kishilikning uzoq o’tmishi tarixini tiklashda arxeologik ma’lumotlarning o’zi kifoya qilmaydi. Arxeologlar tomonidan topilgan moddiy madaniy yodgorliklar ibtidoiy davrdagi iqtisodiy rivojlanishning yo’nalishi va darajasini tasavvur qilishga yordam bersada, mazkur davrning ijtimoiy tuzumi va ma’naviy taraqqiyotini chuqurroq darajada bilib olishga imkon bermaydi. Ibtidoiy kishilarning xo’jaligi, ijtimoiy tuzumi, turmush darajasi oila-nikoh munosabatlari va g’oyaviy qarashlari qanday

bo’lganligini o’rganishda etnografik ma’lumotlar ham alohida qimmatga egadir. Tarixchilikning eng muhim tarmog’i hisoblangan etnografiya fani yer yuzidagi turli xalqlar, qabilalar, elatlar va etnik gruppalarning turmushi va madaniyatini o’rganadi. Mazkur qabila va xalqlar turmushi, madaniyati hamda g’oyaviy qarashlarida esa ibtidoiy davrga xos bo’lgan ba’zi irim-sirim odatlar saqlanib qolganligini kuzatish mumkin.
Etnografiya fani yer yuzining turli burchaklarida kishilikning ibtidoiylik darajasida hayot kechirgan va kechirayotgan juda ko’p qoloq qabilalarni biladi. XIX asr o’rtalarida ingliz kolonizatorlari tomonidan vahshiylarcha qirib tashlangan Tasmaniyaning yerlik aholisi, oz miqdorda saqlanib qolgan mahalliy avstraliyaliklar, Sumatra orolidagi kubu, Steylon orolidagi vedda, Okeaniya orollaridagi (ayrim qabilalar) Amerika va Afrikada istiqomat qiluvchi qator qabilalarni shular jumlasiga kiritish mumkin. Mazkur qabilalar esa metall nima ekanligini ham bilmaydilar, yarim yalang’och yurib toshdan, suyakdan va yog’ochdan yasalgan oddiy qurollardan foydalanadilar. Ular tirikchiligining asosiy manbai ovchilik va termachilik bo’lib, tosh asri kishilari kabi hayot kechiradilar. Ularda diniy tushunchalar ham juda oddiydir.
Shu singari qabilalarning turmush tarzini har tomonlama chuqur o’rganish va ta’riflash kishilikning ibtidoiy davri hayotini tiklash uchun juda katta ahamiyatga egadir. Lekin mazkur qoloq qabila va xalqlarning barchasi, haqiqiy ibtidoiylikdan ancha yuqori bo’lgan rivojlanish bosqichida turar edilar. Chunki ularning hammasi o’tmishdan qanchalik ajralgan holda yashagan bo’lmasinlar, o’zlariga nisbatan ancha rivoj topgan xalqlar ta’siriga uchraganlar. Lekin shunga qaramay ular turmushida ibtidoiy davrning ko’p tomonlari saqlanib qolgan.
Ibtidoiy davr uchun xos bo’lgan belgilarni faqat qoloq xalq va qabilalar turmushidan qidirishning o’zi kifoya qilmaydi. Dunyodagi barcha xalq, qabila va etnik guruhlar o’z rivojlanishining qaysi darajasida turganliklaridan qat’iy nazar ular turmushi mafkurasida ozmi-ko’pmi ibtidoiy hamda qadimgi davrning sarqit va qoldiqlarini ko’rish mumkin. Keksa o’tmishning keyingi ijtimoiy jamiyatlar negizida saqlanib kelayotgan ayrim sarqit, qoldiq va an’analari kishilikning ibtidoiy davr hayotini tiklashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Qadimgi davrning mazkur qoldiq, sarqit va an’analari jahondagi qator qabila, millat va milliy guruhlarning to’y, bayram, ko’mish marosimi, mafkuraviy qarashlari, kiyimlari, bezak buyumlari, san’ati, uy-ro’zg’or buyumlari, turar joylarining tuzilishi va boshqa har turli udumlarida ko’zga tashlanadi. Bular esa olimlarga ibtidoiy jamiyat tarixining ochilmagan masalalarini hal qilishda muhim kasb etadi.
Etnograf olimlar yer sharining ayrim joylarida hozirgi davrlargacha saqlanib qolgan, ibtidoiy jamoa tuzumining ma'lum bir bosiqichida qolib ketgan qabila va elatlarning ham qayotini, turmush tarzini, urf-odatlarini, diniy marosimlarini o’rganishga, shuningdek ibtidoiy davr qoldiqlarini o’zida ma'lum darajada saqlab qolgan xalqlarni o’rganib, ibtidoiy jamoa tarixini to’laroq yoritib berishga hissa qo’shganlar. To’y, bayramlar, dafn-marosimlarida, kiyimlar, bezaklar, turar joylar tuzilishida ibtidoiy jamoa davridan saqlanib qolgan belgilar uchraydi. Ibtidoiy diniy marosimlar, urf-odatlar ertaklar, qo’shiqlar topishmoqlarda ham saqlanib qolgan. Shunday qilib, jahon miqyosida to’plangan etnografik ma’lumotlar ibtidoiy jamiyat tarixining ayrim tomonlarini tiklashda eng asosiy manbalardan biri hisoblanadi.

  1. Download 281,48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish