Ibtidoiy jamiyat tarixi


asosiy savol: Eneolit va bronza asri. Rivojlangan dehqonchilik va chorvachilik. Birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti



Download 281,48 Kb.
bet47/88
Sana28.05.2022
Hajmi281,48 Kb.
#613425
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88
Bog'liq
176876-converted

asosiy savol: Eneolit va bronza asri. Rivojlangan dehqonchilik va chorvachilik. Birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti.


Darsning maqsadi: Talabalarda eneolit va bronza davrida dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi haqida tasavvur hosil qilish.
Identiv o`quv maqsadlari: 2.1. Myehnat qurollari yasash uchun odam tomonidan qo`llanilgan birinchi metall mis bo`lganligini biladi. 2.2 Bronzaga o`tilish ishlab chiqarish kuchlarining yanada yuksalganini tahlil qiladi. 2.3. Birinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimotiini ko`rsatib beradi.

  1. asosiy savol bayoni: Eneolitda mehnat qurollari yasash uchun odam tomonidan qo`llanilgan birinchi metall mis bo`lgan. Toshni qidirib topishda odam ehtimol sof holdagi misga duch kelgandir. Mis oson yassilangan va o`tkirlangan. Bunday ishlov berish usuli cho`qqichlash deb ataladi. Ammo mis ancha og`ir va kuchli qurollar yasash uchun yaroqsiz bo`lgan. U toshning o`rnini bosa olmagan. Sof shakldagi mis asri bo`lmagan.

Old Osiyoda va Nil vodiysida mis eritish va misni qizdirish er.avv. IV ming yillikda, Yevropada III ming yillikda boshlangan. Mis bezaklar, kichkina xanjarlar, pichoq va bigizchalar yasash uchun ishlatgan. Ancha og`ir va kuchli qurollar yasash uchun yaroqsiz bo`lgan. Shuning uchun u tosh o`rnini egallay olmadi. Odamlar misni qalay, rux, qo`rg`oshin bilan birga eritib bronza hosil qilishni o`rganib olgan. Bronza ham toshni tamomila surib chiqarmagan. Bu narsa faqat temir kashf etilgandan keyin ro`y berdi.
Bronza asrining boshlanishi er.avv. III ming yillikning o`rtalariga oid deb hisoblanadi. Bronza qurollardan foydalanish er.avv. III ming yillik bilan II ming yillik chegarasida Kichik Osiyoda, Suriyada, Falastinda, Kiprda, Kritda, er.avv. II ming yillikda Misrda, Hindistonda, Xitoyda, Yevropada, eramizning I ming yilligida Amerikada taraqqiy etgan.
Bronzaga o`tilishi ishlab chiqarish kuchlarining yanada yuksalganini ko`rsatadi. Bronzadan yasalgan qurollar ancha takomillashgan. Ayniqsa, chorvachilik va dehqonchilikni taraqqiy etishida imkon bergan. Osiyo va Yevropada yer haydaydigan yog`och qurollar ishlatila boshlangan. Natijada omoch takomillashgan. Dehqonchilikda hayvonlarning ishlatilishi tufayli mol qo`llanila boshlagan. Shu munosabat bilan ko`pgina xalqlar motiga polizchiligidan haydab ekiladigan dehqonchilikka o`tishgan. Poliz ekinlari boshoqli ekinlarga nisbatan ikkinchi darajaga tushib qolgan. G`alla dehqonchiligining roli ortgan, ortiqcha
mahsulot paydo bo`lgan, g`allachilik chorvachilikning rivojlanishiga ham olib kelgan. Lekin chorvani dehqonlar yem-xashak bilan ta'minlay olmagan. Chorvadorlar dehqonlardan ajrala boshlaganlar. Ular Yevropa, Osiyo va Shimoliy-Sharqiy Afrika dashtlariga ko`chib o`rnashgan. Chorvadorlarning dehqonlardan ajralib chiqishi, birinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimotidir.
Birinchi buyuk mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishga va mol ayriboshlashni tartibga solishga asos solgan, doimiy ortiqcha mahsulotlar yetishtirishga, xususiy mulk va qullikning paydo bo`lishiga olib kelgan. Ixtisoslashtirilgan chorvachilik, dehqonchilik xo`jaliklari va boshqa, xo`jaliklar o`z iste'molidan bir muncha ortiqcha mahsulotlar yaratishgan va shu ortiqcha mahsulot ayirbosh qilingan. Endi har bir odamning xo`jalik uchun zarur bo`lgan hamma narsani o`zi tayyorlashi shart bo`lmay qolgan. U yetishmaydigan hamma narsani ayirboshlab olishi mumkin bo`lgan. Birgalikdagi mehnat va umumiy mulkning mavjudligi sharoitida ortiqcha mahsulotlarni urug` oqsoqollarning vositachiligida ayirboshlaganlar.
Rivojlana borgan ishlab chiqish ko`proq ish kuchi bo`lishini talab etgan. Yangi ish kuchlarini jalb etish kerak bo`lib qolgan. Harbiy asirlar ana shu maqsad uchun yaroqli bo`lib qolgan, ilgari esa ular o`ldirilgan yoki urug`ning kamaygan qismini to`ldirish uchun o`g`il qilib olingan. Endilikda ularni qullarga aylantira boshlagan. Qullar asosiy ishlab chiqaruvchi sinf bo`lmagan, jamoa a'zolari qullar bilan birgalikda mehnat qilgan.
Patriarxal qullik butun dunyoga yoyilgan hodisa bo`lgan, hamda tasodifiy va umrbod qullikdan to yuqori bosqich bo`lgan nasldan-naslga o`tadigan qullikkacha bir qator davrlarni o`tgan. Dastlab asosan ayollar, bolalar qul qilingan. Avval boshda cho`rilardan o`ynash sifatida va uy-ro’zg`or ishlarida foydalanilgan. Oldin qullar jamoaga qarashli bo`lgan, keyinroq xususiy qullik vujudga kelgan.



  1. Download 281,48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish