Ibtidoiy jamiyat tarixi


-asosiy savol: Antropogenez jarayonining shakllanishi va hozirgi jismoniy qiyofadagi odamlarning vujudga kelish bosqichlari



Download 281,48 Kb.
bet35/88
Sana28.05.2022
Hajmi281,48 Kb.
#613425
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88
Bog'liq
176876-converted

1-asosiy savol: Antropogenez jarayonining shakllanishi va hozirgi jismoniy qiyofadagi odamlarning vujudga kelish bosqichlari.


Darsning maqsadi: Talabalarda urug`ning vujudga kelishi va dastlabki irqiy farqlarning paydo bo’lishi masalasi haqidagi bilimlarni shakllantirish.
Identiv o`quv maqsadlari: 1.1Talabalarda urug`ning vujudga kelishi masalasi bo’yicha ilmiy dunyoqarash va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

  1. savol bayoni: So`nggi paleolit vyurm muzlanish davriga oid deb hisoblanadi. Vyurm muzliklari riss muzliklariga qaraganda kichikroq territoriyani egallagan bo`lsada, lekin muzliklar boshlanishi bilan birdan qattiq sovuq tushgan. Sharqiy Yevropa, Osiyo va Afrikada iqlim quruq va sovuq iqlimga aylangan. Madlen davrida eng sovuq iqlim bo`lgan.

So`nggi paleolit turar-joylari Yevropa va Osiyoda ko`proq o`rganilgan. Yevropaning Atlantika bo`yi qismidagi muzliklarga yaqin bo`lgan oblastlari uchta izchil arxeologik madaniyat orinyak, solyutre va madlen madaniyatlari bilan ko`rsatiladi. Orinyak madaniyati bilan bir zamonda prigor madaniyati (Frantsiyaning Perigor g`orlaridan topilgan), grimaldi madaniyati, kostyonka madaniyati (Voronej) mavjud bo`lgan. Sibir turar joylari Malta (Oq daryoda) va Buret (Angora daryosi) zamon jihatdan solyutre madaniyatiga, Afontov tog`i turar joyi (Krasnoyarsk yonidagi Yenisey daryosi bo’yida) madlenga muvofiq keladi. Sahroi Kabirda Tassili platosida madlendagi garpunlarga o`xshash garpunlar topilgan.
So`nggi paleolitga xos xususiyatlar shuki unda shakl jihatidan xilma-xil, ishlanishi bo’yicha ancha takomillashgan mehnat qurollari mavjud bo`lgan. Bu qurollar ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishidagi sakrashni ko`rsatadi. Yuqori paleolit turar joylarida keskichlar, tarashlagichlar, yo’ng`ichlar, pichoqlar, teshgichlar, tig`lar, nayzalarning uchlari, changak,
nayzalar, garpunlar, ko’zli ninalar, teshikli suyak hassalari kabilalar topilmoqda. Yuqorida sanab o`tilgan qurollardan faqat turli-tuman xildagi ikkita qurol keskichlar va tarashlagichlar eng muhim qurollar bo`lgan. Odamlar keskichni qurollar ishlab chiqarish uchun yaratishgan. Tarashlagichlar bilan yumshoq materiallar (teri,yogoch)ga ishlov berilgan.
Ba'zi bir qurollarning qulay bo`lishi uchun ularga sop, dasta o`rnatishgan. Shu tariqa tarkibli qurollar paydo bo`lgan. Toshga ishlov berish texnikasi ancha ilgarilab ketdi. Masalan: nukleuslar mustedagi disksimon nukleuslar o`rniga prizmasimon shaklga kirgan. Qurollar ishlashning yangi usuli siqma retush keng yoyiladi. Siqish texnikasi toshni ingichka suyak tayoqcha bilan sekin, bosib, undan yupqa tangachalar ajratib olishdan iborat. Qurollar yasashda hayvon suyaklari va shoxlaridan keng foydalana boradi. Solyutre davrida siqma retush yuqori darajada takomillashgan. Masalan: dafna bargisimon nayza uchlari.
Madlen davrida siqma retush yo`q bo`lib ketadi va suyak qurollarning ko`p bo`lishi, mayda keskichlar va garpunlar bilan harakterlanadi. So`nggi paleolitda ovchilik va terib- termachlash tirikchilik manbalari bo`lib qolavergan. Baliq ovlash yuzaga kelgan. Qarmoq va to`r bo`lmagan. Manzillarda yashovchi odamlar yegan hayvonlarning soniga qaraganda ovchilik muvaffaqiyatli bo`lgan. Masalan: Prjedmostda (Chexoslavakiya) 1000ga yaqin mamont suyaklari, Amrosievkada (Ukraina) 1000 ta bizon, Solyutreda 10 ming ot suyaklari topilgan. Yalpi uyushqoqlik bilan haydab qilingan ov mustedagiga nisbatan ancha unumli bo`lgan. Hayvonlarni faqat jarliklarga va botqoqlarga emas, balki oldindan qazib qo`yilgan chuqurlarga olov yordamida haydab kelishgan.
Mehnat unumdorligining osha borishi tufayli aholining zichligi orta borgan. Hayvonlarning qirg`in qilib bitirilishi sababli odamlarning ovchilik uchun yangi rayonlarni o`zlashtirishlariga to`g`ri kelgan. Shu tufayli ular shimol tomonga siljib borishga majbur bo`lishgan. Keyingi paleolit odamlari g`orlardan turar joylar tariqasida foydalanishgan. Tabiiy sharoitiga qarab bostirma va kapa chaylalarda ham yashaganlar. Haydab ov qilish, aholining ko`payishi, mehnat qurollarining takomillashishi hayvonlarning qirilib, kamayishiga olib keldi. Ovchilik uchun yangi yerlar kerak edi. Shimolga siljiy bordilar. Paleolit manzilgohining eng shimoliysi Pechoradadir. Keyin paleolitda odamlar Osiyodan Bering bo`g`ozi orqali Amerikaga kirib borganlar.
Neantroplar o’zlarining jismoniy va aqliy qobiliyatlari bilan eng qadimgi va qadimgi odamlardan tubdan farq qilar edilar. Shuning uchun ham uni «aql-idrokli» odam - nomo sapiens, deb ataganlar. Ular o’zlarining tashqi qiyofasi jihatidan hozirgi zamon odamlariga juda o’xshab ketadi. Mutaxassislarning fikricha Neantroplar bundan 40-35 ming yil muqaddam so’ngi tosh asrining boshlarida paydo bo’lgan va keng tarqala boshlaganlar. Ularning skletlari, suyak parchalari, moddiy-madaniy qoldiqlari Afrika, Yevropa va Osiyoning ko’pgina joylaridan topilgan. Aql-idrokli odamlar dastlab O’rta yer, Qora, Kaspiy dengizi va unga tutash bo’lgan joylarda paydo bo’lib, shu yerdan Markaziy, Sharqiy. Janubi- Sharqiy Osiyoga, Sharqiy, Janubiy Afrikaga, G’arbiy va Janubiy Yevropaga tarqalganlar. Neantroplar tarqalgan joylar shartli ravishda quyidgi geografik o’lkalarga bo’linadi.
1. Yevropa muzlik o’lkasi. 2. O’rtayer dengizi o’lkasi. 3. Janubiy Afrika o’lkasi. 4. Sibir- mo’g’ul o’lkasi. 5. Hind-gimolay o’lkasi. 6. Malaya provinsiyasi - (janubiy Xitoy, hindi-xitoy yarim oroli va uning atroflari) o’lkasi.
Mazkur joylardan neantroplar qoldirgan juda ko’p manzilgohlar, manzilgohlardan esa ular qoldirgan moddiy-madaniy qoldiqlar va o’sha madaniyatni yaratgan kishilarning suyak qoldiqlari, butun-butun skletlari ko’plab topildi va topilmoqda. Bu tip odam miya qutisining hajmi 1400-1560 sm3 ga teng bo’lib, peshonasi keng, bosh suyagining yuqori qismi ancha baland bo’lgan. Ularda boshning tepa qismi, ikki chekka, ayniqsa peshona kattalashgan edi. Unda qosh-qovoq usti qabartma suyagi yo’q bo’lib, pastki jag’ida bizniki kabi do’mboq iyagi bo’lgan. Neantroplarning yuz tuzilishi neandertallarga nisbatan chiroyliroq bo’lgan. Bu davr
kishilarining qaddi-qomati hozirgi zamon odaminiki singari bo’lib, to’ppa-to’g’ri yurganlar. Ularning qo’l-oyoqlari, tana tuzilishi bir-birlariga mutanosib bo’lib, tez chopa olgan, mo’ljalni to’g’ri ura olgan. Agar neantrop bilan hozirgi zamon odamining suyaklari bir-biriga qiyos qilinsa, ularni jismoniy tuzilishi jihatidan bir-biriga o’xshashligini ko’rish mumkin. Shunday qilib so’nggi paleolitning boshlariga kelib neandertallardan hozirgi jismoniy tipdagi odam paydo bo’ldi va shu bilan antropogenez jarayoni asosan tugallandi, odam o’z biologik rivojlanishini yakunladi. Bu tarixiy jihatdan urug’chilik tuzumining ilk bosqichi edi.

  1. Download 281,48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish