Ibtidoiy jamiyat tarixi



Download 281,48 Kb.
bet14/88
Sana28.05.2022
Hajmi281,48 Kb.
#613425
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88
Bog'liq
176876-converted

Identiv o`quv maqsadlari: 3.1. O’rta asrlarda ibtidoiy jamoa davri haqida ma'lumotlar qanday to’plana borganini o’rganadi. 3.3. Ibtidoiy jamoa tuzumini o’rganishda buyuk geografik kashfiyotlarning ahamiyatini o’rganadi.
3- asosiy savol bayoni: Shu narsani ta’kidlab o’tish kerakki, qiyosiy etnografiyasiz kishilikning uzoq o’tmishini tiklash mumkin emas. Shu jihatdan XV asrning ikkinchi yarmidan boshlangan va keyingi asrlarda davom etgan, buyuk geografik kashfiyotlar Amerika, Hindiston, Afrika, Avstraliya, Okeaniya, Osiyo va Yevropada yashagan qabilalar, elatlar va xalqlar etnografiyasini o’rganish uchun shart-sharoit vujudga keltirdi.
1492 yilda Xristofor Kolumb, Ameriko Vespuchchi, Amerika qirg’oqlariga 1497 yilda Vasko-da Gama o’z odamlari bilan Hindiston yerlariga, 1519-1521 yillarda Magellan butun yer kurrasini aylanib chiqar ekan, ular ketidan okean ortiga kon izlovchilar, savdogarlar, bosqinchi-talonchilar hamda har xil sohaning mutaxassislari ham yo’l oldilar. Ularning ba’zilari mahalliy aholining turmushi bilan qiziqib, mazkur qabilalarning hayoti, ijtimoiy tuzumi, madaniyati va diniy e’tiqodlari haqida qimmatli etnografik ma’lumotlar to’plab juda katta ish qildilar.
Ulardan biri Amerikadagi irokez va guronlar turmushini kuzatgan J.F.Lafitodir (1670- 1740) u o’zining «Obichai amerikanskix dikarey v sravnenii s obichayami pervobitnix vremen» degan asarida Shimoliy Amerikada yashovchi qabilalar hayoti haqida juda ko’p ma’lumotlar bo’lib, ulardan kishilikning ibtidoiy hayot manzarasini tiklashda foydalanish mumkinligini aytgan edi. Lafito mazkur qabilalar orasida bo’lar ekan, o’zining kuzatishlariga asoslanib, ibtidoiy qabilalarning ijtimoiy tuzumi ham Shimoliy Amerika hindularining xususan, guronlar va irokezlarning ijtimoiy tuzumiga o’xshash bo’lgan bo’lsa kerak, degan fikrni bayon qilgan. Ana shularga asoslanib Lafito Yevropa xalqlarining eng qadimiy davrini Shimoliy Amerika hindularining urf-odatlari asosida izohlab tushuntirib berish mumkinligini birinchi bo’lib maydonga tashladi.
XVIII asr oxirigacha yangi yerlarni kashf etish davom etgan. Djeyms Kuk (1776-1779 yy) Yevropaliklarga Okeaniyani kashf etdi. Kuk va uning hamrohlari Gaiti oroli, Yangi Zellandiya, Avstraliya tub aholisining turmushi va madaniyati haqida qimmatli ma'lumotlar to’plaganlar.
XVIII asr boshlaridan boshlab Sharqiy Yevropa va Shimoliy hamda Sharqiy Osiyoga ham qator ekspedistiyalar uyushtirildi. Rus sayyohlari va tadqiqotchilaridan G.Novistkiy, G.F.Miller, I.G.Gmelin, S.P.Krashennikov, G.V.Steller, P.S.Pallas, I.G.Georgiy, V.F.Zuev, I.I.Lepexin kabi sayyohlar Ural, Volgabo’yi, Rossiyaning yevropa qismi, Shimoliy va Sharqiy Osiyoda yashovchi xalqlarning turmushi, dini, mashg’uloti, xalq og’zaki ijodiyotiga aloqador bo’lgan ko’pgina etnografik ma’lumotlar to’pladilar.
Rus sayyohlaridan I.F.Kruzenshtern, Yu.F.Lisyanskiy, O.E.Kotsebu, F.P.Litke, A.P.Lazarev, L.Ya.Zagoskin va I.E.Keniaminov kabilar Okeaniya hamda Shimoliy Amerikaning eskimos, hind-atapask va boshqa qabilalari haqida qimmatli ma’lumotlar to’pladilar.

  1. asr boshlarida etnografik bilimlar Osiyo qit'asining shimoli hisobiga kengaydi. 1715 yilda Rossiyada birinchi etnografik asar “Kratkoe opisanie o narode ostyatskom” (Ostak xalqlari haqida qisqacha yodnomalar. Grigoriy Navitskiy) yaratilgan. V.N.Tatitsevning tarixiy va geografik asarlarida etnografik ma'lumotlar keltirilgan. Rossiya Akademiyasi 1733- 1743 yillarda birinchi, 1768-1771 yillarda ikkinchi ekspeditsiyalarini Sibirga yuborgan. Birinchi yoki Buyuk shimoliy ekspeditsiya a'zolari Miller, Gmelin, Krashennikov Sibir xalqlari haqida ko’plab qiziq ma'lumotlar keltirgan. S.P.Krashennikovning “Kamchatka yeri haqida yozmalar” asarida metallni bilmaydigan va urug’chilik tuzumida yashayotgan itelmenlar haqida ma'lumotlar berilgan. Ikkinchi “Fizicheskaya ekspeditsiya” deb ataluvchi ekspeditsiya a'zolari P.S.Pallas, V.F.Zuevlar tungus (evenk), xanti, nenets va boshqa xalqlardagi urug’chilik tuzumining o’ziga xos tomonlari, urf-odatlari, dini, og’zaki ijodi haqida qimmatli ma'lumotlar to’plashgan. Volgabo’yi, Ural va Rossiyaning Shimoliy Yevropa qismini o’rgangan I.R.Georgi “Rossiya davlatida istiqomat qiluvchi boshqa xalqlar to’g’risida yozmalar” nomli to’rt tomlik asar yaratgan (1776-1780 yillarda).

Rus sayyohlari va tadqiqotchilari Yangi va Eng yangi dunyoni o’rganishga ham munosib hissa qo’shganlar. I.F.Kruzenshteyn, Yu.F.Lisyanskiy, O.ye.Kotsebu, F.P.Litke, A.P.Lazarev va boshqalar Okeaniya va Amerikaning janubiy sohilidagi ko’plab xalqlar turmush tarsi, urf-odatlarini yozib chiqqanlar. L.Ya.Zagoskin Yukona qabilasi eskimos- ataposklar qabilasini o’rganib, “Amerikadagi rus yeri haqida chizgilar”ni (1847 yil ) yozgan va moddiy-madaniy buyumlar kollektsiyasini to’plagan.
Mashhur rus etnograf olimi N.N.Mikluxo-Maklay (1846-1888) Yangi Gvineyadagi papuaslar orasida uzoq yashab, ularning urf-odatlarini va turmush madaniyatini chuqur o’rganib, katta ilmiy qimmatga ega bo’lgan ma’lumotlar to’plagan. U O’z hayotining katta qismini Okeaniya xalqlarining hayotini o’rganishga bag’ishlab, uch marta sayohat qilib, odamlarning irqiy belgilari o’rtasida bog’lanish yo’g’ligini isbotladi va etnografiya fani rivojiga katta hissa qo’shdi.
Etnograf olim N.I.Ziber ibtidoiy jamiyat iqtisodini o’rgandi. U o’zining 1883 yilda yozgan “Ibtidoiy-iqtisodiy madaniyat ocherklari” nomli asarida insoniyatning ilk bosqichlaridagi barcha xalqlarda umumiy ishlab chiqarish va iste'mol mavjud bo’lganligi, yer egaligining jamoa turlari haqida fikr bildiradi. M.M.Kovalevskiy ibtidoiy jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining past darajada bo’lganligi, matriarxatning o’ziga xos xususiyatlari va patriarxatga o’tilishini slavyan va kavkaz xalqlarida kuzatgan va ularni fanga kiritgan.

  1. asr oxirida L.Ya.Shternberg va V.G. Bogoraz-Tanlar Saxalin shimolidagi gilyak qabilalarida oilaviy nikoh sarqitlari mavjudligi haqida va Bogoraz-Tan “Chukchalar” asarida chukcha xalqlarida urug’chilik tuzumining yemirilishi haqida ma'lumot beradi.

Download 281,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish