Ibtidoiy jamiyat tarixi


NMANA – “Avesto”da katta patriarxal oila shunday nom bilan atalgan. O`ZLASHTIRUVCHI XO`JALIK



Download 281,48 Kb.
bet83/88
Sana28.05.2022
Hajmi281,48 Kb.
#613425
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
176876-converted

NMANA – “Avesto”da katta patriarxal oila shunday nom bilan atalgan.
O`ZLASHTIRUVCHI XO`JALIK - eng qadimgi odamlarning mashg`uloti bo“lib, tabiat inom etgan narsalarni terib-termachilik yoki ovchilik orqali iste“mol qilganlar.
TESHIKTOSH G`ORI – Muste madaniyatiga mansub neandertallarning makoni. Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Turgandaryoning Zovtalashgansoy darasida, dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan. G“orning shipi teshik, nomi ham shundan, kirish qismi shimoli-sharq tomonga qaragan bo“lib balandligi 7 m, eni 20 m, uzunligi 21 m. Uning umumiy maydoni 300 kv m bo“lib, shundan 100 kv m joyi neandertallar yashaganligidan guvohlik beruvchi arxeologik materiallarga ega. Teshiktosh g“ori yashash uchun qulayligi tufayli g“orni vaqti-vaqti bilan suv bosib turishiga qaramasdan neandertal odamlar uni butunlay tark etmaganlar. G“orni birinchi marta 1938-1939-yillarda A. P. Okladnikov o“rgangan. Teshiktosh g“ori 5 ta madaniy qatlamdan iborat bo“lib, bu manzilgoh bir necha marotaba tark etilganidan dalolat beradi. G“orning har bir qatlamida bittadan va ba“zilarida ikkitadan gulxan qoldiqlari saqlanib qolgan. Gulxanlar atrofida ko“plab tog“ echkisi, bug“u, sirtlon, ayiq, quyon va har xil qushlarning suyak qoldiqlari, 3000 ga yaqin tosh buyum, tosh uchirindisidan tayyorlangan uchburchak shalkdagi 24 ta qurol, qirquvchi va tarashlovchi sifatida ishlatilgan 65 ta qirg“ich, paykonlar, tosh pichoqlar topilgan. Muste madaniyatiga oid
bu xildagi qurollarning ko“pchiligi qoramtir kremniyli ohaktosh yashma, kvartsit va boshqa vulqoniy tosh jinslardan yasalgan. Teshiktosh g“ori topilmalarining eng qimmatlisi 25 sm chuqurlikdan topilgan Teshiktosh odamidir.
TEMIR ASRI – insoniyatning ibtidoiy jamoa va ilk ishlab chiqarish xo“jaligi shakllanayotgan tarixidagi davr. Fanda tosh va jez deb yuritilgan davrlardan so“ng insoniyat hayotida sodir bo“lgan tarixiy bosqich. Bu davr xo“jalikda temir metallurgiyasi yuzaga kelishi, tarqalishi va temir qurollar ishlatilishi bilan belgilanadi. «Temir davri» atamasi, garchi antik dunyoda tos, jez asri tushunchalari qatorida yuzaga kelgan bo“lsa-da, fanda XIX asrning o“rtalarida daniyalik arxeolog K. Y. Tomsen tomonidan kiritilgan. Rudadan temirni ajratib olish usuli dastlab Misr va Mesopotamiyada (mil. avv. III mingyillikning 1-yarmida) kashf etilgan. Keyinroq (mil. avv. II mingyillikning oxirida) bu usulni yunonlar bilib olishgan. Mil. avv. XI asrdan boshlab Palastin, Suriya, Kichik Osiyo, Zakavkaze, Hindiston va Xitoyda xo“jalik va harbiy qurol-aslahalar yasashda temirdan keng foydalanganlar. Mil. avv. IX-VII asrlarga kelib metallga termik usul bilan ishlov berish kash etilib, uni po“latga aylantirilishi yangi material – temirning keng tarqalishiga sabab bo“ladi. O“zbekistonda temir davriga oid yodgorliklarni sanalashtirish va dastlabki turkumlarga ajratilishiga doir tadqiqotlar S. P. Tolstov, A. I. Terenojkin va Y. G“ulomovlar tomonidan amalga oshirilgan. O“zbekiston hududida temir davri yodgorliklari mil. avv. VIII-VI asrlarga mansub. Ular Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Farg“ona vodiysida o“rganilgan; Ko“zaliqir, Qal“aliqir va Dilgilja singari qadimgi qal“a va qishloq, shahar xorabalari, Tagisken va Uygarak qabriston-qo“rg“onlari, Bo“kantov qoyatosh sur“atlari tekshirilgan. Temir davrida qadimgi Xorazm hududlarida dastlabki yirik sug“orish inshootlari vujudga kelgan. 1960-1970-yillаrdа Surхоndаryodа Kuchuktеpа, Jоndаvlаt vа Qiziltеpаning quyi qаtlаmlаri, Pаchmоqtеpа, Qizilchаtеpа yodgоrliklаri o“rgаnildi. L. I. Аlbаum Kuchuktеpаdаn mil. avv. VI-IV аsrlаrgа оid uy-jоy qоldiqlаri, kulоlchilik, tеmirdаn yasаlgаn uy-ro“zg“оr vа dеhqоnchilik buyumlаrini tоpgаn. 1960-yillаrdа Buхоrо vilоyatidа Хаzоrа yodgоrligi vа Sаrmichsоy pеtrоgliflаri tеkshirildi. Qаshqаdаryodа temir davrigа оid Chimqo“rg“оn yodgоrligi (1972-yilda) o“rgаnildi. 1973-yildа Chоrdаrа istеhkоmi (Kоnimех tumаni) vа Rоmushtеpа (Jоndоr tumаni) tеkshirildi. Temir davrigа mаnsub аrхеоlоgik yodgоrliklаr Tоshkеnt vilоyatidа Burgаnliktеpа, Qоvunchitеpа, Tuyabo“g“iztеpа vа Burchmullа хаzinаsi, Fаrg“оnа vоdiysidа esа, Eylаtоn yodgоrligi vа Оqtоsh qаbristоni аsоsidа o“rgаnilgаn. 1980-1990-yillаrdаn Ko“ktеpа (Sаmаrqаnd vilоyati), Yerqo’rg’оn vа Uzunqir (Qаshqаdаryo vilоyati) kаbi mil. avv. VII-VI аsrlаrgа оid nоdir оbidаlаrdа аrхеоlоgik qаzishlаr o“tkаzildi.

Download 281,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish