NEANDERTAL – qadimgi qazilma odamlar, paleoantroplarning bir guruhi. O“rta paleolit davrida – mil. avv. 100-40 ming yil ilgari yashagan. Neandertal skelet qoldiqlari (bosh miya qutisi, qovurg“alarning bo“laklari, yelka hamda son suyaklari va boshqalar). 1856-yilda Neandertal vodiysida (Germaniya Federativ respublikasining Dyusseldorf shahri yaqinida; nomi shundan olingan), shuningdek, Osiyo va O“rta Osiyo (Teshiktosh odami) va Afrikada topilgan. Neandertal bo“yi uncha katta bo“lmagan (160 sm ga yaqin), miyasi yirik (1700 sm3), lekin hozirgi odamlarnikiga nisbatan soda tuzulgan, ko“zining ustida qalin bo“rtig“i bo“lgan. Neandertal bundan 200-35 ming yil avval - vyurm muzligi davrida G“arbiy Yevropada yashaganlar. Neandertal yashash uchun g“orlarni o“zlashtiradi, qo“l cho“qmor va nayza uchlarini yasaydilar; o“zlariga hayvon terisidan kiyim qiladilar, olovdan foydalanadilar, mamont va boshqa yirik muzlik davri hayvonlarini ovlaydilar (Muste madaniyati). Olov yoqishni va undan foydalanishni bilishgan, to“da bo“lib yasashgan. Neandertallar hozirgi qiyofadagi odamga o“tish bosqichidir.
NEOLIT («neos» - «yangi» va «litos» - «tosh» - yangi tosh) - O`rta Osiyoda neolit davri mil. avv. VI-IV mingyilliklar bilan belgilanadi. Arxeologlar neolit davrining boshlanishi sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan belgilaydilar. Mezolit va neolit davrida odamlar mikrolit - toshdan mayda mehnat qurollari tayyorlashni o`rganadi. Shuningdek toshga ishlov berishning ilgari noma`lum bo`lgan usullari: silliqlash, qirtishlash va burg`ilashni ham o`rganadi. Ular endi mehnat qurollari yasashning yangi usullarini, chaqmoqtoshdan parrakchalar chiqarishni ham kashf etadi. Endi toshning keraksiz tomonlari urib tushirilmasdan, undan pichoqqa o`xshagan parrakchalar, qirg`ich, nayza uchlari charxlab olingan. Neolit davrida qabilalarning o`troq hayot tarziga o`tadi, doimiy yashash uchun manzilgohlar qura boshlaydilar. Guvaladan uylar qurish boshlanadi. Urug` jamoasining qarorgohlari shakllanadi. O`troq hayot tarzi va mehnat qurollarining takomillashuvi jamoalarning ziroat va chorvachilikka o`tishiga olib keladi, hunarmandchilikning rivoj topishiga asos bo`ladi. Neolit davri muhim kashfiyotlaridan biri kulolchilik, tikuvchilikva to`quvchilik bo`ldi. Neolit davrida aholining asosiy mashg`uloti ov, baliqchilik va termachilikdan iborat edi. O`rta Osiyoning janubiy viloyatlarida mil. avv. VI-V mingyilliklarda neolit davri qabilalari ziroatchilikka o`tadi. Markaziy, Shimoliy va Sharqiy viloyatlardagi qabilalar esa ov va baliqchilik bilan shug`ullanishda davom etadilar. Ziroatchilarning dastlabki qarorgohlari jilg`alar bo`ylab joylashgan. Shunday qadimiy makonlardan biri Chaqmoqli deb ataladi. Chaqmoqli O`rta Osiyoning aholisi ishlab chiqarish xo`jaligiga o`tgan dastlabki qishloqlaridan biri hisoblanadi. Neolit davri ilk dehqonlarining ikkinchi qarorgohi Joytun hisoblanadi. Joytun Turkmaniston janubidagi mil. avv. VI-V mingyilliklar makonidir. Bu manzilgohning ziroat usullari sodda bo`lishi qaramay O`rta Osiyo ziroatchiligi taraqqiyotiga asos bo`ldi. Neolit davri ovchi va baliqchilarning qadimgi yodgorligi Kaltaminordir. Kaltaminor mil. avv. V mingyillikning oxiri - IV mingyillikning boshlari oid. Bu yodgorligning ancha yaxshi saqlangan manzilgohlaridan biri - Jonbos-4 dir. Kaltaminor yodgorliklari xos mehnat qurolalari va kulolchilk buyumlari Amudaryo va Sirdaryo oralig`idagi hududlarda: Zarafshon va Amudaryoning quyi oqimlarida hamda Qizilqum sahrosida uchraydi. Neolit davrida matriarxat jamoasi gullab yashnagan. Urug`chilik tuzumidagi ayolning rahbarlik maqomi oilasining oziq-ovqat, turmush va farzandlar tarbiyasini ta`minlashdan iborat edi. Urug` ayollari termachilik va dehqonchilik bilan shug`ullanishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |