Ibtidoiy jamiyat tarixi


-asosiy savol: Jamiyatning yosh va jinsga qarab bo‘linishi



Download 281,48 Kb.
bet54/88
Sana28.05.2022
Hajmi281,48 Kb.
#613425
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   88
Bog'liq
176876-converted

1-asosiy savol: Jamiyatning yosh va jinsga qarab bo‘linishi.


Darsning maqsadi: J i n s ga q a r ab m eh n a t t a qs imo t i nin g a ma l ga o s h i r i l i shi sabablari va mohiyatini yoritib berish.
Identiv o`quv maqsadlari:1.1. Matriarxatdan patriarxatga o‘tishni tahlil qiladi.

    1. Matrilokal nikoh tartibini yoritib beradi.

    2. Katta patriarxal oila paydo bo‘lishini izohlab beradi.

  1. asosiy savol bayoni: Hayot taqazosi bilan vujudga kelgan urug’lar keyinchalik qabilani tashkil etgan. Dastlabki qabilalar ikki va undan ortiq, urug’dan tashkil topishi mumkin edi. Bir Avstraliya qabilasining ikki «pallaga» yoki ikki nikoh sinifi»-kroki va kumetiga bo’linishi buning yaqqol misolidir. Urug’chilik jamiyatining bu dastlabki tuzilishini dual tashkilot deb atash rasm bo’lgan. Bu dual tashkilot turli mamlakatlardagi ko’pgina qabilalarda so’ngi vaqtlargacha ham saqlanib sodda yoki murakkab tarzda ko’zga tashlanadi.

Dual tashkilotining navbatdagi murakkabroq shakli boshqacharoq bo’lib, bunda qabila har qaysi to’rt urug’dan iborat ikkita «pallaga» bo’linadi. Ilk qabila tuzilishining bu ikki shakli fratriy-birodarlik sistemasi deb ataladi. Shimoliy Amerikadagi tubjoylik seneka- irokezlar qabilasi fratriya tashkilotining klassik namunasi hisoblanadi.
Seneka-irokezlar qabilasi to’rt urug’dan iborat bo’lgan ikki fratriyaga bo’lingan. Mazkur fratriya va urug’lar alohida nomlar bilan atalgan. Rivoyatlarga ko’ra ularda Ayiq va Kiyikdan iborat ikkita boshlang’ich urug’ bo’lgan, Bo’ri, Qunduz, Toshbaqa (Ayiq fratriyasi) Loyho’ra, Qo’tos, Lochin (Kiyik fratriyasi ) kabi urug’lar ularning bo’linishi natijasida shakillangan. Bunday misollarni yer yuzining boshqa xalqlarida ham kuzatish mumkin.
Urug’chilik tuzumining bunday dual tashkiloti shaklida paydo bo’lishi erkak va ayollar orasidagi munosabat-nikoh rivojlanishining yangi bosqichi bilan chambarchas bog’liqdir. Kishilikning poda davrlarda nikoh munosabatlari o’zining betartibligi va umumiyligi bilan xarakterlidir. Nikoh va oila munosabatlarining bu shakli promiskuitet deb ataladi. Urug’chilik tuzumi davriga kelib esa nikoh va oila munosabatlari o’zgara bordi. Promiskuitetda dastlabki cheklanish sodir bo’ldi, bu ham bo’lsa katta avlod bilan kichik avlod o’rtasidagi nikoh munosabatlarining bekor qilinishidir. Mazkur davrdagi dual tashkilotining eng muhim xususiyati shundan iborat ediki, bu bir «pallaga» mansub odamlarning o’zaro nikohlana olmasligi edi. Endi er va xotin qabilaning turli «palla» sidan bo’lishi shart edi. Birmuncha rivoj topgan fratriadagi dual tashkilotining nikoh tartibi bir fratriyadagi va undagi urug’ning odamlari o’zaro nikohlanishi mumkin emas. Yigit boshqa fratriyaga mansub bo’lgan qiz yoki ayol bilan nikohlana olishi mumkin edi. Natijada bir fratriya boshqa fratriyaga nisbatan «ona fratriyasi» ona urug’i boshqasi esa “ota fratriyasi” ota urug’i vujudga kelar edi. Shu tariqa ekzogamiya nikoh tartibi vujudga kelgan.
Shunday qilib, doimo qabilaning ikki pallasi, fratriyalar va fratriyadagi ikki urug’ o’rtasida tuziladigan nikoh tartibining xususiyati bu tartibni dual ekzogamiya deb atashga asos bo’ldi. Ikkinchidan esa doimo bir urug’ bir fratriya, ichida shubhasiz ekzogamiya shakillanayotgan vaqtda nikoh tartibi bir yigit va bir qizning qovushishidan iborat bo’lmagan ekzogamiyali nikohga muvofiq butun bir urug’ning hamma erkaklari boshqa urug’ yoki pallaning ayollariga er bo’lishi huquqiga ega bo’lgan. Nikohning bu tarixiy shakli guruhli nikoh deb atalgan.
Guruhli nikohning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bundan tug’ilgan bolaning otasi aniq bo’lmay, faqatgina onasi ma’lum bo’lgan xolos. Bunday sharoitda butun dual sistema-urug’lar, pallalar va fratriya ayollar atrofida to’planadi. Demak har bir shunday guruh, ayollar avlodidan tashkil topadi va qon-qarindoshlik onalar avlodidan hisoblanadi. Shu tariqa urug’ ona urug’i sifatida vujudga kelib, urug’chilik tuzumi rivojlanishida matriarxat,deb ataladigan davr boshlangan.
Urug’chilik tuzumining bu dastlabki bosqichidayoq erkak va ayollar o’rtasida idjtimoiy mehnat taqsimotining harakteri va jamiyat rivojlanishining bu bosqichida ayollarning o’ynagan xo’jalik roli urug’chilik tuzumining ota avlodidan emas balki ona avlodlaridan boshlanishining asosiy sabablaridan biri deb hisoblanadi. Lekin insoniyatning barchasi o’z boshidan matriarxat paleolitdan neolit oxirgacha bo’lgan uzoq lekin qatorasiga ikki marta ishlatilgan tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Lekin kishilikning matriarxat bosqichi yer sharining hamma yerida bir vaqtning o’zida boshlanib bir vaqtning o’zida nihoyasiga etgan xolos. Uning rivojlanish darajasi ham turlicha bo’lgan. Bu shubhasiz ishlab chiqarish kuchlarining qay darajada rivojlanishiga bog’liq edi.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlana borishi oqibatida matriarxatdan patriarxatga o’tish sodir bo’ladiki, endilikda erkaklar ishlab chiqarishda asosiy rol o’ynay boshladilar. Bu o’tish avvalo xo’jalikning yuksalishida motiga asosidagi dehqonchilikdan omoch asosidagi dehqonchilikka o’tishda, uy hayvonlarini urchitib, ko’paytirib boqishdan chorvachilikka o’tishda namoyon bo’ldi. Natijada erkaklar xo’jalikda etakchi o’rniga chiqib oldilar, ayollar esa uy xo’jaligi ishlari bilan shug’ulllanib ikkinchi o’ringa tushib qoldilar. Endilikda urug’ ota urug’i nomi oldi.
Lekin yer yuzining turli yerlarida ona urug’i va ota urug’i tartibida hayot kechirayotgan etnik gruppalar, qabilalar va xalqlar hamon mavjud. Ammo ota urug’i tarkibidagi qabila, elat va xalqlar asosiy ko’pchilikni tashkil qiladi. Mazkur ijtimoiy tashkilot qon-qarindoshdan iborat xo’jalik tashkiloti bo’lib, unda birgalikda ishlab chiqarish mavjuddir. Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol mahsulotlari urug’ a’zolari uchun umumiy bo’lgan.
Matriarxatdan patriarxatga o‘tish nikohning va oilaning yangi shakllarini paydo bo‘lishi bilan birga sodir bo‘ladi. Mazkur davrga kelib, matrilokal o‘rnashish endilikda erkaklar egallay boshlagan ijtimoiy va xo‘jalik vaziyati bilan murosasiz qarama-qarshilikka uchraydi. Endilikda erkak o‘zining yangi ijtimoiy vaziyatga tayangan holda matrilokal nikoh tartibini yemirib tashlaydi va xotinini o‘z uyiga olib keladi. Bu patrilokal o‘rnashish tartibi bo‘lib, nikohning yangi, yuqori shakli edi. Bolalari bilan birgalikda er va xotinning mustahkam bog‘lanishi yakka nikohni monogamiyani vujudga keltirdi.
Shunday qilib katta ona oilasi o‘rniga katta patriarxal oila paydo bo‘ldi. Bu jarayon qisqa vaqt ichida bo‘lgani yo‘q albatta. Unda matriarxatning sarqitlari uzoq vaqt saqlanib qolgandir. Patriarxatning dastlabki bosqichida oila erkak va ularning xotinlaridan iborat bo‘lib, ularning bolalari ona urug‘ida, o‘z tog‘alari huzurida yashaydilar. Patriarxatda katta oilani katta yoshdagi erkak boshqaradi. Ayol o‘z ona urug‘idan qarindoshlari bilan aloqasini buzmaydi. Balki, u yerda tez-tez bo‘lib, ma'lum muddatga qolib ketadi. Ayol homilador bo‘lib, oy-kuni yaqinlashgach ona oilasiga kelib yangi farzandini tavallud etadi. Bu ayollarning ma'lum darajadagi mustaqilligidan darak beradi. Lekin vaqti kelib, patriarxatning ikkinchi bosqichlarida ota matriarxatning bu qoldig‘ini yemirib tashlab bolalarini ham, xotinini ham o‘z uyini ushlab qoladi. Oqibat natijada bu oila patriarxat oilaga aylanadi.
Yerga va ishlab chiqarish qurollariga egalik oila xo‘jaligining asosini tashkil etadi. Bu vaqtga kelib katta patriarxal oila maydaroq oilaga bo‘linadi. Bu patronimiya deb atalgan bir butun xo‘jalik va ijtimoiy kollektivni tashkil qiladi. Yerning ma'lum uchastkasi ham ularga beriladi, yerda birgalikda ishlanadi, hosil esa oila o‘rtasida taqsimlanadi. Patronimiyalar dastlab alohida qishloqni tashkil qilar edi. Lekin keyinchalik patronimiyalardan iborat qishloqlar paydo bo‘ladi. Patriarxal oilalar va patronimiyalar birlashib bir necha qishloqlardan iborat bo‘lgan patriarxal urug‘ jamoasini tashkil etadi. Patriarxal urug‘ jamoasi qabilaning urug‘ga berilgan yeridan foydalanadi.

  1. Download 281,48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish