Ibtidoiy jamiyat tarixi


asosiy savol: Patriarxal jamoaning buzilishi. Monogam oila



Download 281,48 Kb.
bet55/88
Sana28.05.2022
Hajmi281,48 Kb.
#613425
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88
Bog'liq
176876-converted

asosiy savol: Patriarxal jamoaning buzilishi. Monogam oila.


Darsning maqsadi: Xususiy mulkning vujudga kelishi bilan patriarxal jamoalar kichik oilalarga bo`linib ketganligini ochib berish va monogam oilalar vujudga kelganligini yoritish. Identiv o`quv maqsadlari: 2.1. Xususiy xo`jalik va xususiy mulkning vujudga kelishi shaxsiy tashabbusni kuchaytirishga, mehnatning tobora taqsimlanishiga va unumdorligining osha borishiga imkon berganligini sharhlaydi.

    1. Patriarxal jamoalar kichik oilalarga bo`linib ketganligini ochib beradi.

    2. Monogam oila faoliyatiga baho beradi.

  1. asosiy savol bayoni: Ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy negizi - kollektiv mehnatni bunyodga keltirgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning nihoyat darajada qoloqligi, mehnat unumdorligining pastligi, iste'mol vositalarining tekis baravar taqsimlanishi bilan baholanadi. Temir qurollarning keng tarqalishi tufayli dehqonchilikda, kosibchilikda, chorvachilikda mehnat unumdorligi osha borib, ana shu negizni tubdan o`zgartirdi va o`sha vaziyatda ancha progressiv bo`lgan individual ishlab chiqarishga - xususiy manbaiga o`tish uchun shart- sharoitlar yaratdi. Ilgari faqat katta kollektivning qo`lidan keladigan ishni endilikda ayrim oilaning bajara olishi mumkin bo`lib qoldi. Kollektiv mehnatga hojat qolmadi.

Xususiy xo`jalik va xususiy mulkning vujudga kelishi progressiv tarixiy protsessdan iborat bo`lib, u shaxsiy tashabbusni kuchaytirishga mehnatning tobora taqsimlanishiga va unumdorligining osha borishiga imkon bergan. Mehnatning kuchaya borgan individuallashuvi sharoitida iqtisodiy jihatdan mustahkam oilalar alohida yashab urug`doshlardan alohida ajralib chiqar edilar.
O`sha zamonga kelib uy jamoalari kuchli ravishda o`sib kengayib ketgan. Shunday ishlab chiqarish sharoitlarida umumiy xo`jalikni boshqarish mumkin bo`lmay qolgan. Patriarxal jamoalar kichik oilalarga bo`linib ketgan. Bunday oilalar jamiyatning iqtisodiy yacheykasiga aylanib, xo`jalikni mustaqil boshqarganlar. Bunday oila monogam oila ( bir nikoh) deb ataladi. Juft nikoh mustahkam bo`lib, faqat er tomonidan bekor qilinishi mumkin bo`lgan. Butun mol mulkning ishonchli merosxo`riga ega bo`lish maqsadida ayol uchun bir nikohlilik erkak tomonidan belgilab qo`yilgan. Erkak xotiniga bevafolik huquqini saqlab qolgan.
Shuni unitmaslik kerakki ona urug’idan ota urug’iga o’tishning shakli va bosqichlari xilma xildir. Lekin omoch asosidagi dehqonchilikka va chorvachilikka o’tish ona urug’idan ota urug’iga o’tishning eng muxim va keng tarqalgan shakillaridan biri hisoblanadi. Ona va ota urug’i davri ibtidoiy jamiyat tarixining ikki umumiy-tarixiy bosqichini tashkil qiladi. Xo’jalikning rivojlanishi natijasida ishlab chiqarishda erkaklarning mehnati ustun darajaga yetib, ular asosiy o’rinni egallaganda ona urug’i o’rnini ota urug’i egallashi shubhasizdir. Haydab ekiladigan dala dehqonchiliga va chorvachilik ota urug’ini yuksalishda qulay imkoniyatlar keltirdi. Hozir Afrika va Avstraliya, Amerika va Okeaniyada patriaxal munosabatlar hukmron bo’lgan qabilalar ko’p uchraydi.
Ona urug’idan ota urug’iga o’tish nikoh va oila munosabatlarining o’zgarishiga - matrilaxal yoki dislokal joylashishning patriarxal joylashuviga o’rin bo’shatib berishga olib keldi. Demak ota urug’i davriga kelib nikoh yangicha shakl va yangicha mazmunga ega bo’ldi. Ota urug’i davriga kelib matrilokal va dislokal joylashuv vaqtidagi muvaqqat va u qadr mustahkam bo’lmagan juft nikoh o’rnini er va xotinning ancha barqaror va mustahkam bog’lanishga ega bo’lgan - monogamiya-bir nikohlikka asoslangan oila shakli vujudga kela boshladi va tobora mustahkamlandi.
Nihoyat ilgarigi matriarxat oilalar o’rniga ota urug’i davrining yirik patriarxal oilalari tashkil topa boshladi. Ota urug’i o’zining rivojlangan va so’nggi bosqichiga o’tgach matriarxal tartibini yemirib tashlaydi. Er o’z bolalari va xotinini o’z urug’i o’z uyida olib qoladi va bu oila patriarxal oilaga aylanadi. Ayol va uning bolalari o’zi tug’ilgan oila,
qarindosh va butun urug’dan aloqani uzib, patriarxal oilaning uy xo’jaligida huquqsiz mehnat kuchiga aylanadi, xotin va bolalar shu oila boshlig’ining qo’l ostiga o’tadi. Shu tariqa oilada onalik huquqi mag’lub bo’lib, otalik huquqi g’olib bo’lib qoldi.
Monogamiyaga o’tish natijasida er-xotin orasidagi nikoh mustahkamlanadi va ularning bir-biridan ajralishi ancha mushkullashadi. Etnografik va tarixiy adabiyotlarda katta patriarxal uy jamoasi nomi bilan mashhur bo’lib, u bir otaning 3-4 avlodidan iborat eng yaqin qarindosh-urug’lari, ularning xotin va bolalari, oila doirasida yashovchi kuyovlari va oilaga qabul qilingan uzoq yaqin qarindoshlardan tarkib topgan, yagona xo’jalikka birikkan guruhlar majmuasidir. Bunday patriarxal oilalarda odam soni yuz va undan ortiq bo’ladi.
Ishlab chiqarish predmeti va ishlab chiqarish vositalariga umumiy egalik qilish patriarxal oila xo’jaligining negizini tashkil etib, ayrim shahsiy buyumlargina, (kiyim bosh, ayrim qurollar) u yoki bu kishining shaxsiy mulki hisoblanadi. Ammo, ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarilgan narsa va iste’mol buyumlari oila jamoasiga barobar taqsim qilinadi. Patriarxal oila jamoasi jamiyatining asosiy negizini tashkil etgan, oiladagi eng keksa erkak oila jamoasidagi barcha katta yoshdagi a’zolari bilan maslahatlashib uy jamoasining hamma ishlariga rahbarlik qilgan. Uy jamoasining butun a’zolari hamma uchun turar joyda istiqomat qilib, bir qozondan ovqat yeganlar.
Lekin aholi sonining tobora ortib borishi ishlab chiqarishning yuksalishi va xo’jalik tarmoqlaridagi ishlarining tobora murakkablashuvi natijasida uy xo’jaligini boshqarish ancha og’irlashadi. Natijada oila jamoasi ayrim-ayrim guruhlarga bo’linib ketadi va alohida xo’jalik bo’lib yashay boshlaydi. Patriarxal oilaviy jamoaning bo’linishi natijasida paydo bo’lgan qon- qarindosh oilalar kattalashib borib bir butun xo’jalik va ijtimoiy kollektivni tashkil etgan patranomiyalarga aylanadi. Patranomiyaning asosiy mohiyati va xo’jalik birligi asosini patriarxal oila kabi yerga umumiy egalik qilish va undan umumiy foydalanish tashkil etadi.
Patranomiya alohida qishloqni tashkil etib, o’zini o’zi idora etadi, o’z kengashiga, o’z boshlig’iga ega bo’ladi. Ular birgalashib, bir-birlariga ko’maklashadilar. Patriarxal uy jamoasi va patranomiyalar birlashib bir necha qishloqlardan iborat bo’lgan patriarxal urug’ jamoasi qabilaning ular uchun ajratilgan ekin yerlaridan qabila uchun umumiy bo’lgan o’tloq, o’rmon, tog’ daryo, ko’llardan barobar foydalaniladi. Uruqqa berilgan yer patronomiyalar o’rtasida vaqti-vaqti bilan taqsimlanib turiladi.
Dastlab patriarxal urug’ jamoasini boshqarish xalqchil xarakterlarga ega bo’lgan. Patriarxal urug’ jamoasini urug’dagi bosh patronomiya boshqarib, urug’dagi boshqa patronomiya va oilalarning boshliqlaridan saylangan kishilar urug’ kengashini tashkil etadi. Urug’ning barcha katta yoshdagi a’zolari ba’zi muhim masalalarni hal etishda qatnashadilar.
Bu davrning eng muhim xususiyati shuki, undan ezuvchi halq ezuvchi ham, yo’q bo’lib umum manfaat shahs manfaatidan ustun turadi, hokimiyat esa urug’ ichidagi katta yoshdagi, tajribali, obro’li shahs tomonidan boshqariladi. Ibtidoiy davrning eng katta, eng yirik etnik birlashmasi qabila bo’lib, u urug’larning o’zaro birlashuvidan tashkil topgan. Qabilaning ham xo’jalik ijtimoiy va mafkuraviy masalalarni hal qilishda o’z qoida qonuni mavjud. Qabilani urug’ boshliqlaridan tashkil topgan kengash boshqargan. Kengashdagi eng keksa, obro’li tajribali, aqilli tadbirkor kishini qabila boshlig’i qilib tayinlaganlar. Qabila uchun aloqador bo’lgan masalalar urug’ boshliqlaridan tashkil topgan kengashda xal qilingan. Qabilada ham urug’larda bo’lgani kabi ezuvchi ham, eziluvchi ham, zolim ham, zulm ko’ruvchi ham bo’lmagan. Chunki buning uchun hech qanday iqtisodiy va siyosiy zamin yo’q edi.


  1. Download 281,48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish