Ochiq zovurlar - ochiq bo'ylama chuqurlar orqali sizot suvlarning chiqishi.
Yopiq zovurlar - yopiq quvirlar orqali sizot suvlarni chiqarish.
Tik (vertikal) zovurlar - maxsus quduqlardan sizot suvlarni nasoslar yordamida tortib chiqarish.
Aralash zovurlar - ochiq yoki yopiq zovurlarga qo'shimcha o'rnatilgan tik quduqlar va ulardan sizot suvlarni tabiiy bosimi bilan chiqishi.
Ochik gorizontal zovurlar-
1. Asosan O'zbekistonning eskidan sugorilib keladigan yerlarida qo’llaniladi (Mirzachul, Buxoro, Xorazm, Samarkand, Fargona viloyatlarida).
Ochiq gorizontal zovurlar quyidagi tarmoqlardan iborat bo'ladi:
1. Zovurlar guruxi. 2. Yigish zovurlari. 3. Kollektorlar. 4. Bosh kollektor.
Ochiq gorizontal zovurlar nishabligi 0,001-0,002 (1000 m masofadan farq 1-2 m) va ularning qiyaligi xamda tuproqning mexanik tarkibi xisobiga olinadi 1:1 va yengil tarkibli bo'lganda esa 1:1,5 nisbatda bo'ladi. Shu tarkibdagi zovurlardan okayotgan suvning tezligi 0,25-0,40 m/sek bo'lishi kerak.
Ochiq zovurlarning chuqurligi 2 ga bo'linadi:
1. Umumiy chuqurligi-yer yuzasidan zovurning tubigacha bo'lgan masofa.
2. Ish chuqurligi –er yuzasidan zovurdagi suvning yuzasigacha bo'lgan masofa.
Gurux zovurlar chuqurligi –2,5-3,0 m, yigish zovurlari – 3,0-3,5 m, kollektorlar –4-5 m chuqurlikda bo'lishi maksadga muvofikdir.
Zovurlarning o'rtacha yillik oqim moduli gektariga 0,15-0,25 l/sek, sho'r yuvish davomida esa 0,50-0,85 l/sek ga ko'payishi mumkin.
Ochiq zovur va kollektorlarning asosiy kamchiliklari:
a) tez ko'milib qoladi va o'zanini o't bosadi, qiyaliklari o'pirilib, yuvilib ketadi va qayta tiklash uchun katta mablag' talab qilinadi;
b) Ko'pincha yuqoridagilar ta'sirida uning ish chuqurligi yetarli bo'lmaydi va sho'r yuvish ishlari sifatli olib borilmaydi;
v) ochiq zovur va kollektorlar yerdan foydalanish koeffitsentini kamaytiradi va bundan tashqari, qishloq xo'jalik ishlarini mexanizatsiyalashga, transport harakatiga halaqit beradi.
Ochiq zovurlarning afzalliklari:
Chuqur zovurlarning sayoz zovurga nisbatan ko'pgina afzalliklari bor:
sizot suvlar sathini va ular kapillyar balandligini ancha chuqurda saqlab turishga imkoniyat beradi;
oqibatda sho'r yuvishda tuproqdagi zararli tuzlar chuquroq yuviladi va tuproqning qayta sho'rlanish havfi kamayadi;
sizot suvlar bosimni ancha oshiradi, shuning uchun ham ularning tezroq chuchuklanishiga sabab bo'ladi:
zovurlarni bir-biridan uzoq masofada qazishiga imkoniyat beradi, natijada zovur inshootlar soni kamayadi, shuningdek, ekin maydoni kengayadi.
Yopiq zovurlarning tuzilishi.
Yopiq zovurlar muayyan chuqurlikka ko'milgan quvur tarmoqlaridan iborat bo'ladi. Yopiq zovurlar Mirzacho'l, Qarshi, Sherabod, Jizzax cho'llarida, Buxoro, Farg'ona va boshqa viloyatlarning yangi o'zlashtirilgan yerlarida keng qo'llanilmoqda.
Yopiq zovurlarning ahamiyati shundaki, ular sizot suvlar sathini butun dala bo'ylab yoki butun sug'oriladigan massiv bo'yicha bir xilda ta'sir ko'rsatib, sug'orishdan yoki sho'r yuvishdan keyin sizot suvlar sathini tezda pasaytiradi va shu tufayli sizot suvlar sathini maqbul chuqurlikda saqlash imkoniyatini beradi. Tuproqning sho'rlanish darajasi asta-sekin kamayib boradi. Bu zovur turi tuproq grunt ichida yopiq holda bo'lganligi uchun yer maydonini egallamaydi va yerdan foydalanish koeffitsenti ochiq zovurlarga nisbatan yuqori bo'ladi.
Yopiq zovurlarning ish printsipi, sizot suv bosimining o'z ta'siri doirasida
taqsimlanishi, suv oqimining yo'nalishi gorizontal ochiq zovurniki singaridir.
Yopiq zovurlarni barpo qilishda dastlab ekskavator yordamida tik qilib tegishli chuqurlik uzinasiga qaziladi. Chuqurlik tubida maxsus supacha tayyorlanib, unga quvur va filtr yotqizib chiqiladi.
Quvirlarning tagligi gruntning xossasiga bog'liq. Agar grunt zich va turg'un bo'lsa, quvur to'g'ridan-to'g'ri transheya tubiga, 10 sm qalinlikda shag'al to'sham ustiga yotqizib boriladi.
Yengil tarkibli gruntlarda trasheyaning tubiga 30 sm shag'al to'kiladi (quvir
diametrining yarmigacha shu shag'al ko'miladi. Oqma gruntlarda quvir yog'och novlariga shag'al to'kib, ustiga yotqiziladi.
Zovur uchun odatda qisqa (33-100 sm) sopol yoki uzun (3-4 m) asbotsement quvurlar ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda yopiq zovur uchun kovak devorli maxsus filtrli polietilen
quvurlardan foydalanilmoqda.
Zich gruntlarda kalta (33 sm) sopol quvurlar uchma-uch qo'yib yotqiziladi. quvurlarda loyqa cho'kib qolmasligi uchun tutashgan uchlarining sirtidan aylanasining 2/3 qismiga tol` yopiladi. Bunday zovurlarga sizot suv quvurlarning ostidan tutashgan uchlarining 0,5-1 mm lik oralig'idan (bosim ostida) kiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Asosiy adabiyotlar.
1. Azimboev S.A. Dehqonchilik, tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari. (Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. - 180 b.
2. Artukmetov Z.A., Sheraliev X.SH. Ekinlarni sug'orish asoslari. (Darslik). T.:
O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2007. - 312 b.
3. Mo'minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Berdiboev e., Kenjaev YU Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O'quv qo'llanma) - T.: “Turon-iqbol”, 2014-240 b.
4. Norqulov U., Sheraliev X. Qishloq xo'jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.: ToshDAU taxr-nashr. bulimi, 2003. - 214 b.
5. To'xtashev B., Azimboev S., Karabaeva T., Berdiboev e., Nurmatov B. Qishloq xo'jalik melioratsiyasi va er tuzish fanidan amaliy va tajribaviy mashg'ulotlar. (O'quv qo'llanma). - T.:
“ToshDAU nashr-taxririyat bulimi”, 2012. - 187 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |