13
Abdumavlon Maxdumiy
boybachchag„a behad salom,
Ham
yana ul
Sayyid A'zamxon
shakarfazga payom,
Mullo Ibrohim, Abulqosim
1
tikuvchi subhu shom,
Xotiringdan ketmasun, albatta-albatta kalom,
Mullo
Odil vofurush
kasbi havolarga duo.
Abdumavlon Maxdum
– (1870-1945). Dilafgor va uning o„rtoqlariga
jo„raboshi bo„lgan. Kasbi-kori dehqonchilik bo„lgan Abdumavlonning katta yeri
bo„lib, hozirgi 1-maktab o„rni va uning atroflari unga tegishli bo„lgan, ziroatchilik
bilan shug„ullangan.
Sayyid A'zamxon
– (1879-1933). Sayyid Valixon o„g„li. Asli toshkentlik
bo„lib, yoshlikdan Piskent shahrida muqim yashab qolgan. Sayyid A'zamxon
boyning “rastai yarmarkada” (hozirgi
shahar markazidagi rastalarda, qishki
kinoteatr o„rni va uning atrofida) arqon, egar-jabduq kabi o„sha zamonning mollari
bilan savdo qiluvchi do„konlari bo„lgan, qandolat mahsulotlari savdosi bilan
shug„ullangan.
Sayyid A'zamxon nihoyatda iymon-e'tiqodli, oilaparvar, tadbirkor,
nazm va
nasrni yaxshi tushunadigan nozikta'b inson bo„lgan.
Bo„sh vaqtlarida bolalarga Huvaydo g„azallarini o„qib, ma'nolarini tahlil qilib
bergan. Sayyid A'zamxon XX asrning 30-yillarida “quloq” qilinadi va qamaladi.
Biroz vaqtdan so„ng Kattaqo„rg„ondagi qamoqxonadan chorasini qilib qochib
ketadi va Piskentga kelib, uy-joylarini tashlab oila a'zolarini Toshkentning Chaqar
mahallasidagi qarindoshlarinikiga olib borib qo„yadi, o„zi esa bir muddat
yashirinib yuradi. Keyinchalik o„g„illari A'zamov Tojixonning sa'y-harakatlari
bilan to„liq oqlanadi va musodara qilingan uy-joylarini qaytarib oladi.
Sayyid
A'zamxon 54 yoshida vafot etadi.
Sayyid A'zamxonning katta qizi Muhabbatxon bo„lib (1918-1947), uning
farzandlari Saidaxon va Asadxonlar shifokor bo„lib yetishgan. O„g„li A'zamov
Tojixon ham shifokor, O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan tibbiyot xodimi urush
qatnashchisi, jahondagi sanoqli “shaxmatchilar oilasi”dan birining boshlig„i, xat
1
Курсивда берилган киши исмлари ҳақида маълумот аниқланмаган.
14
orqali shaxmat o„ynash bo„yicha O„zbekiston chempioni (1937). Tojixon akaning
katta o„g„li Vyacheslav (1946) shaxmat bo„yicha o„smirlar o„rtasida
sobiq ittifoq
chempioni (1962), sport ustasi, oliy ma'lumotli injener, uzoq yillar Olmaliq tog„-
kon metallurgiya kombinatida ishlagan. Hozirgi kunda O„zbekiston shaxmat
federatsiyasida ishlaydi. Faxriylar orasida respublika chempioni (2008, 2009 yy.),
ikkinchi o„g„li Valeriy (1950) sport ustasi. Olmaliqdagi shaxmat klubi direktori,
xalqaro toifadagi hakam, O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan murabbiy.
Kenja
o„g„illari Georgiy A'zamov (1954-1986) Markaziy Osiyodan chiqqan birinchi
xalqaro grossmeysterdir. 1983 yil spartakiadada qatnashib A.Karpov, G.Kasparov
kabi shaxmatchilar bilan kuch sinashadi va yuqori o„rinlardan birini egallaydi.
Kuba va Kolumbiyada o„tkazilgan xalqaro turnirlarda g„alaba qozonadi. Sobiq
ittifoq 52-chempionati va Sochi xalqaro turniri g„olibi, 1985 yilda I.Gandi kubogi
sohibi bo„lgan. G.A'zamov 32 yoshida baxtsiz tasodif sababli hayotdan ko„z
yumgan.
Sayyid A'zamxonning keyingi qizi Maqsadxon (1925-2000) ko„p yillar
Piskentdagi
bolalar uyida ishlagan, yetim va nogiron bolalarga yordam bergan.
Farzandlari Botirxon vrach, Mamlakatxon farmatsevt, Bahodirxon tijoratchidir.
Sayyid A'zamxonning yana bir o„g„li Tursunxo„ja (1929-2000) Olmaliq sog„liqni
saqlash tizimida ishlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: