Vitaminlar –organizmda kechayotgan biokimyoviy va boshqaruv jarayonlarida ishtirok etuvchi turli kimyoviy tuzulishga ega bo’lgan ekzogen moddalar.
vitamin
Suvda Eriydigan
Moyda Eriydigan
Vitamin
A D E K
Vitamin
C P B B2 B3 B6 B12
A vitamini(akseroftol). Bu gurux (retinoid)larga: 1)Retinol va A1 vitamini 3-degidroretinol 2)Retinal 3)Retinol kislatasi kiradi
Farmakodinamikasi Azolarda maxsus sitozin qurilmasi bor bular retinolni saqlash va uni bog’lab oluvchi maxsus oqsil biln bog’laydi Xosil bo’gan kompleks yadroga kiradi va genlar depressiyasini yuzaga keltiradi shu yo’l bilan oqsilsintezini yoki to’qimalar komponentlari xosil bo’lishini boshqaradi Retinol kislata- epiteliyning takomullasuviga kalsisitirol uchun sezuvchi qurulmalarni faollaydi.
Farmakokinetikasi A vitaminining o’zlashtirilishi oshqazon osti bezidan va ingichka ichak shilliq pardasidan chiquvchi maxsus gidrolazalar yordamida amalga oshiriladi.A vitaminining o’zlashtirilish ko’rsatkichi 12%ga teng. Ortiqcha vitamin jigarda palmitin kislata efiri ko’rinishida to’planadi.
Xozirgi kunda D vitaminini faolligiga ega bo’lgan7tabiologik moddalar aniq Bulardan tibbiyot amalyotida ergokalsiferol ishlatiladi. Ultra binafsha nurlar tasirida kun davomida 1-2 ME d3 vitamini xosil bo’ladi. Kalsidol kaliysitrol oksideviy nomli D vitaminli faolligiga ega moddalar sintez qilinadi. Baliq moyi xam dvitamini faolligiga ega.
D2 va D3 vitaminlari farmakalogik faollikga ega. Organizmda ularning buyrakda xosil bo’ladigan metabolitlari 1.25(OH)2D:24 25(OH)2D vitamininingbu metabolitlari maxsus sezuvchi qurilmalari orqali xujayra yadrosiga kiradi.
D vitamini nkatta miqdorda yuborilganda gipervitaminoz belgilari kuzatiladi. Bunday xolatlarda bemorda D vitaminining ichaklardan ko’p so’rilishi va suyaklarning kalsiylanishi kuzatiladi buninh natijasida qonda kalsiy miqdorining ko’payishi va yumshoq to’qimalarda qon tomir devorlarida yurak qopqoqchalarning kalsiylanishi kuzatiladi.
B1 vitamini, Tiamin.
Bu guruxning suniy dorilarga tiaminning tuzli xosilalari bo’lmish tiamin bromid va tiamin xloridlar shuningdek B1 vitaminining koferment shakli- kakorboksilaza kiradi.
Farmakodinamikasi
B1 vitamini guruxining biollogik faolligi va tasir doirasi ularning tanada kakorboksilazaga aylanib uning bir necha muxim biologik jarayonlarning sintezida ishtirok etuvchi koferment faolyatidir. Bu jarayonlarga birinchi navbatda alfa kislatalarining kislarodli va kislarodsiz dekarboksillanishi shuningdek pentoza davridagi nuklein kislatalari oqsil va lipidlar biosintezi uchun zarur bo’lgan qaytarilgan nikatinamid dinukleotid fosfat va riboza 5 fosfatning transketolaza fermenti yordamida xosil bo’lishidir.
Farmakokinetikasi.
Tiamin og’iz orqali ichilganda ingichka ichakda so’riladi. Uning ko’p qismi jigarda fosforillanishjarayonida mono va di-tri fosfatlar efirlarini xosil qiladi. Tiaminning qolgan qismi boshqa to’qimalarga so’riladi va uning tanadagi doimiy aylanishini taminlaydi.
Ishlatilishi.
Maxsus davolovchi modda sifatida tiamin dorilari B1 gipovitaminozini davolashda va oldini olishga ishlatiladi. Bundan tashqari nevritlar radikulitlar nevralgiyalarni davolashda ishlatiladi.
Sianokobalamin.
B12 vitamini guruxidan sianokobalamin va vitamin B12 shakli tabiiy metabolitlari oksikobalamin ishlatiladi. Sianokobalamin dorilari tanada biologik faol metabolitlar rolini o’ynab uning o’sishi va rivojlanishini eritrositlarning yetilishi va mo’tadil qon xosil bo’lishini taminlaydi.
Sianokobalaminni 0.003 0.001 0.02 0.05 foizli eritmalari 1ml dan teri ostiga muskul orasiga va venaga yuborish uchun tavsiya etiladi. Oksikobalamin 0.01 0.05 0.1% eritma xolida 1mldan parentral yo’l bilan kiritish uchun tavsiya etiladi.
Salbiy tasirlari
Sianokobalamin dorilari odatda bemorlar tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Sezuvchanlik oshganda bemorlarda allergik reaksiyalar asabiylashish va taxikardiya kuzatilishi mumkin.
B2 vitamini(Riboflavin)
Amalyotda riboflavin B2 vitaminidan tashqari uning ikki koferment shakllari: Riboflavin mononukleotid va Flavinat xam ishlatiladi
Tekshirishlar natijasiga ko’ra riboflaavinning o’zifarmakodinamik faollikga ega emas. Faqat biotransfarmatsiyalanish jarayonidan so’ng riboflavin koferment shakliga o‘tgandan keyin oksidlanish qaytarilish jarayoni namoyon bo’ladi.
Farmakokinetikasi
Riboflavin ichaklarda so’riladi va uning ko’p qismi ichak devorida jigar xujayralarida qon va tananing boshqa to’qimalarida fosforillanishga uchraydi. Bunda avval riboflavin 5-monofosfat xosil bo’ladi. Erkin riboflavin tanadan siydik orqali tezda chiqib ketadi.
Ishlatilishi.
Amalyotda riboflavin faqat ichki gipo va avitaminozni davolashda va oldini olishdagina emas balki flavin fermentlari faolligining kamayishi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarni davolashda xam xam ishlatiladi. Botkin kasalligida jigar sirrozida yuqumli kasalliklarda ishlatiladi.