Ibragimov nutfillo salimovich destinatsion menejment



Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,84 Mb.
#397135
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   161
Bog'liq
Ibragimov D.M.-DESTINATSION MENEJMENT davlat miqyosida turizmni bozor usulida boshqarish san`ati

Konsorsium 
hamkorlik qilishning bir 
shakli  bo`lib,  u  o`z  a`zolarining  o`zaro  naf  ko`rishlari  uchun  ittifoq 
tuzgan tashkilotlar guruhidir. Konsorsiumlarni tuzishdan asosiy maqsad 
– 
marketingdir.
  Konsorsium  turistik  korxonani  boshqarish  va    unga 
egalik  qilishi    huquqidan  mahrum  etmay,  kuchlarni  jipslashtirish 
natijasida        marketing  sohasida  ancha  muvaffaqiyatga  erishadi.  South 
Warwickshire  Tourism  Ltd  400  dan  ortiq  tashkilotlarni  o`zida 
mujassamlashtirgan. 
South  Warwickshire  Tourism  Ltd    korxonasi  “Pembridge  Group” 
bilan hamkorlikda quyidagi tadbirlarni o`tkazgan: 
1.
 
Asosiy ofislarini va informatsion markazlarni 13 ta  personal 
kompyuter  bilan  jihozladi.  Ularni  bir  tarmoqqa  ulab,  telefon  liniyalari 
orqali  3  ta  alohida  ishlaydigan  LAN  (local  area  network)  tizimiga 
kiritdi. 
2.
 
Hududda  joylashgan  450  ta    xizmat  ko`rsatuvchilarni 
birlashtiradigan 
va 
nazorat 
ostiga 
oladigan 
multimediali 
va 
multifunksional  ma`lumotlar  bazasini  yaratdi.    Korxona,   
Pembridge 
Group
  tomonidan  yaratilgan  tizim  yordamida,  markaziy  ma`lumotlar 
bazasini  yangilab  turish  va  uni  boshqalarga  yetkazib  berishga  qodir 
bo`ldi,  shu  bilan  birga  yangilangan  ma`lumotlar  bazasi  yuqorida  tilga 
olingan  ma`lumotlar  markazi,  elektron  kiosklar  va  veb  sayt    orqali  
iste`molchilarga  havola  qilinadi.  Tashrif  buyuruvchilar  ayni  vositalar 
orqali eng oxirgi ma`lumotlardan bahramand bo`ladilar. 
3.
 
Informatsion  markazlar  va    call  center  (telefon  orqali 
ma`lumot  beruvchi  markazlar)ni  maxsus  yumshoq  disk  bilan 
ta`minladiki,  u  barcha  iste`molchilarga,  xohlagan  korxona  haqidagi 
ma`lumotlarni  izlash,  tanlash  va  keraklisini  olish  imkoniyatini  berdi. 
Shu  bilan  birga  mehmonxona  xonalariga  buyurtma  berish  va  biletlar 


 
 
 
43 
sotish  xizmatlari  ham  undan  mustasno  emas.  Aytish  joizki,    yumshoq 
disk  informatsion  markaz  ishchilariga  hududda  mavjud  barcha 
mehmonxonalardagi  bo`sh  xonalarning  hisobini  yil  davomida    olib 
borish imkoniyatini beradi. 
4.
 
Yangi yumshoq diskni ishlatishga qodir bo`lgan 15 dan ortiq 
ishchilarning  malakasini  oshirdi.  Shunisi  qiziqki,  ularning  katta  qismi 
kompyuterdan umuman bexabar ishchilar edilar. 
5.
 
100  dan  ortiq  mehmonxonalarni  ma`lumotlar  bazasiga 
telefon  liniyalari  orqali    ulashga  muvaffaq  bo`ldi.  Mehmonxonalar, 
maxfiy  Pin  kod  yordamida  markaziy  serverga  telefon  orqali        ulanish 
imkoniyatiga  ega  bo`ldilar.  Natijada  ular  bo`sh  xonalar  va  ularning 
narxlari haqidagi ma`lumotni yangilab turishga muvaffaq bo`ldilar. 
6.
 
4 ta  elektron kiosklar (tashrif buyuruvchilar gavjum joylarda 
ma`lumot  yetkazib  beruvchi  yuqori  texnologiyalarga  asoslangan 
elektron  mashinalar)ni  o`rnatdi  va  mehmonlar  kunning  xohlagan 
vaqtida  hududda  mavjud  xohlagan  mahsulot  va  xizmat  haqida  boxabar 
bo`lish  imkoniyatiga  ega  bo`ldilar.    Tashrif  buyuruvchilar  juda 
tushunarli  menyu  orqali  tovar  va  xizmatlarning  narxi,  joylashuvi  va 
ma`lumotlar 
bazasi 
ichida 
beriladigan 
xizmatlardan 
xabardor 
bo`lishlariga  erishildi.  Elektron  kiosklar  shunchalik  takomillashganki, 
ular  orqali  hech  kimning  yordamiga  tayanmasdan  kredit  kartalaridan 
foydalanib  turib  mehmonxona  xonasiga  buyurtma  berish  mumkin. 
Bugungi kunda bu kiosklarda faqat ingliz tilida ma`lumot beriladi xolos, 
lekin yaqin kelajakda uni 8 tilda ma`lumot berish imkoniyati yaratilishi 
ko`zda tutilgan. 
7.
 
«Shekspir  zamini»  deb  atalgan  veb-sayt  yaratilgan 
(
www.shakespeare-country.co.uk
  )  va  u  ma`lumotlar  bazasida  mavjud 
barcha ma`lumotlarni o`zida mujassamlashtirgan. 
8.
 
Barcha  tadbirlarni  olib  borishni  moliyalashtirish  maqsadida 
ma`lum  korxonalarning  reklamasi  bilan  shug`ullanish,  buyurtma 
berilgan xonalar sonidan soliq olish evaziga erishildi. 
9.
 
Kataloglar  ishlab  chiqarishda    mavjud  ma`lumotlardan 
foydalanildi, shu bilan katta mablag` talab qiladigan tadbir  juda kichik 
xarajatlar evaziga erishildi. 
Bir  turistik  manzil  yetkazib  beradigan  hamma  ma`lumotlarni  bir 
joyga  yig`ish  natijasida    South  Warwickshire  Tourism  Ltd    ilgari 
eplashga  qodir  bo`lmagan,  ya`ni  ma`lumotlar  oqimini  mohirona 
boshqarishga erishdi. 


 
 
 
44 
Qolaversa  bu  manba  kerakli  ma`lumotlarni  xohlagan  paytda  va 
xohlagan joydan elektron kiosk, telefon yoki internet yordamida  tashrif 
buyuruvchilarga ma`lumotni  yetkazib berish imkoniyatini tug`dirdi. 
Demak,    South  Warwickshire  Tourism  Ltdni  hech  ikkilanishlarsiz  
destinatsiyaning  virtual  korxona  sifatida  namoyon  bo`lishining  yaqqol 
misoli  desak  hech  mubolag`a  bo`lmaydi,  holbuki  u  yaratgan  tizim 
virtual korxona talab qiladigan hamma rekvizitlarga ega. 
Bizning  fikrimizcha,  O`zbekiston  sharoitida  destinatsiyalarni 
boshqarishda  har  ikkala  korxona  turlarini  shakllantirish  darkor. 
Funksional  tashkilotlar  turistik  bozorning  barqarorligini  ta`minlovchi 
siyosatni 
yurgizib, 
barcha 
ishlab 
chiqaruvchilar 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish, turistik oqimni mustaqil shakllantirish maqsadida uni 
vujudga  keltiruvchi  bozorlarda  targ`ibot  qilish  va  tijoratlashtirish  bilan 
bog`liq vazifalarni amalga oshiradilar.  Virtual korxonalar esa: 
-
 
potensial  tashrif  buyuruvchining  real  turistga  aylanishini 
rag`batlantiradigan  (internet  orqali  his-tuyg`uli  ma`lumotlar  yetkazish 
evaziga); 
-
 
sayohatni amalga oshirish jarayonida  ko`maklashadigan (elektron 
kiosk, uyali aloqa vositasi, veb sayt); 
-
 
tashkilotlar  orasida  axborot  almashinuvini  tezlashtiradigan 
vositalar majmuidir. 
Agar  turistik  funksional  korxonalar  sifatidagi  destinatsion 
menejment  taklif  tomonidan  barcha  korxonalarning  hamjihatlikda 
ishlashlarini  rag`batlantirish,  ularning  faoliyatlarini  muvofiqlashtirish, 
tashrif  buyuruvchilar  oqimini  vujudga  keltiruvchi  bozorlarda  barcha 
ishlab  chiqaruvchilar  manfaatini  ko`zlash  vazifalarini  o`tasalar,  turistik 
virtual  korxonalar  sifatidagi  destinatsion  menejment  esa,  turistik 
talabning  taklif  bilan  uyg`unlashuvini  ta`minlovchi  funksional 
korxonalar  tomonidan  joriy  qilingan  infotuzilmalardir.  Ya`ni,  talab  va 
taklifni  uyg`unlashtirish  jarayonida  destinatsion  menejmentning  ikkala 
jabhasi ham o`z hissasini qo`shib boradi (1.9– rasmga qarang). 
Boshqacha  qilib  aytganda,  agar  “tarmoq”  turistik  taklif  tizimiga 
erishish  uchun  sayohat  faoliyatining  ma`lum  qismi  talab  tomonidan 
(turistga  tanlash  erkinligini  berish  maqsadida)  va  qolgan  qismi  taklif 
tomonidan 
(yo`l-yo`riq 
ko`rsatish, 
turistik 
oqimni 
oqilona 
shakllantirish)  boshqarilishida 

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish