1996-yil – ikki yirik mehmonxona majmualari “Buxoro Palas” va
“Afrosiyob Palas” ishga tushirildi.
1997-yil – Istambulda bo`lib o`tgan Butunjahon turistik
tashkilotining 12- Bosh assambleyasida O`zbekiston, Fransiya va
Italiya bilan bir qatorda, BTT Ijro etuvchi Qo`mitasiga tanlanib,
“O`zbekturizm” MKning xalqaro faoliyati tan olindi.
1998-yil – O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 346-
sonli
“Turistik
tashkilotlarning
faoliyatini
takomillashtirish
to`g`risida”gi Qarori bilan turistik xizmatlar bozorida kichik va o`rta
turistik tashkilotlarning ishtirokini faollashtirish maqsadida Xususiy
turistik tashkilotlar Assotsiatsiyasi tashkil etildi.
1999-yil – O`zbekiston Respublikasining “Turizm to`g`risida”gi
Qonuni qabul qilindi. “O`zbekistonda 2005-yilga qadar turizmni
rivojlantirish Davlat Dasturi to`g`risida” Prezident Farmoni imzolandi.
2000-yil – Turizm sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash,
kadrlar malakasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, qayta
tayyorlash va attestatsiyadan o`tqazish maqsadida “O`zbekturizm”
MKning Respublika ilmiy-konsalting ta`lim markazi tashkil etildi,
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida esa Xalqaro turizm fakulteti
ochildi.
2003-yil – O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 497-
sonli qarori bilan 2003-yil 11-noyabrdan boshlab O`zbekiston
Respublikasi “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash to`g`risida”gi
Qonunning 5-moddasiga ko`ra Turistik faoliyatlarni litsenziyalash
nizomi tasdiqlandi.
51
2004-yil – turizm sohasini samarali boshqaruv tizimi bilan
ta`minlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
28-iyuldan boshlab ``O`zbekturizm`` MKsi faoliyatini yanada
takomillashtirib borish to`g`risida”gi 360- sonli Qaror qabul qilindi.
2006-yil – O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
dalolatnomasiga muvofiq “O`zbekturizm” MKsi 2006-2010-yillar
davrida turizm sohasini bosqichma-bosqich isloh qilish chora-
tadbirlarini amalga oshirishni boshladi.
2007-yil – xizmatlar sohasini kelgusida rivojlanish sur`atlarini
oshirib borish, aholini yangi zamonaviy va sifatli xizmat turlari bilan
ta`minlash maqsadida “2010-yilgacha bo`lgan davrda O`zbekiston
Respublikasi servis va xizmatlar sohasi rivojlanishini yanada
jadallashtirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident
Farmoni chiqdi.
2009-yil - O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev
tomonidan “2015-yilga qadar O`zbekiston Respublikasida turizmni
rivojlantirish va xizmatlar sifatini oshirish dasturi”ni tasdiqlandi.
2010-yil - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2010-
2020-yillarda nomoddiy madaniy meroslarni qo`riqlanishi, saqlanishi,
targ`iboti va ulardan foydalanish bo`yicha davlat dasturini tasdiqlash
to`g`risida” Qaror qabul qildi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari E.M. Ganiyev
tomonidan “2011-2012-yillar davrida turizm sohasini rivojlantirish va
mintaqalar bo`yicha turistik xizmatlar eksporti salohiyatini oshirish
bo`yicha manzilli chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlandi.
Chet el turistik kompaniya vakillari va ommaviy axborot vositalari
uchun ``mega-info-turlar`` – tanishtiruvchi sayohatlarni tashkil etish”
marketing loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.
“O`zbekturizm” Mksining sa`y-harakatlari bilan, o`tgan 20 yil
ichida,
jahon
standartlariga
javob
beradigan
“Shodlik-Palas”,
“Afrosiyob-Palas”, “Buxara-Palas”, “Shaxrisabz yulduzi”, “Registon”
va boshqa mehmonxonalar qayta ta`mirlandi va qurildi.
2013 yilda O`zbekistonga 1977600 xorijiy tashrif buyuruvchilarga
xizmat ko`rsatilgan bolib, ayni kunda mamlakatda 900 dan ortiq turistik
tashkilotlar
faoliyat
ko`rsatadi.
Jumladan,
400
dan
ortiq
mehmonxonalar va 500 ta turistik kompaniyalar.
52
Mamlakatning turistik jihatdan rivojlangan hududlar ulushiga –
Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent
shahriga umumiy turistik oqimning 80%i to`g`ri keladi.
Ulushi umumiy oqimdan 20% ni tashkil etuvchi Farg`ona vodiysi,
Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari kabi turistik hududlar
chet el tashrif buyuruvchilarida katta qiziqish uyg`ota bormoqda.
O`zbekiston Buyuk Ipak Yo`lining asosiy davlatlaridan biri sifatida
ko`p asrlik tarixi, betakror madaniyati va an`analari bilan chet ellik
hamkorlar va sayyohlar e`tiborini yanada ko`proq o`ziga jalb etmoqda.
O`zbekiston uchun xos bo`lgan yana bir muhim xususiyat shundaki,
bu yerda xalq hunarmandchiligi nihoyatda keng rivojlangan va asrab-
avaylab kelinmoqda. Hozirgi davrda respublikada 1500 dan ortiq xalq
hunarmandlari sovg`a (suvenir) mahsulotlari tayyorlash bilan band [122,
117]. Bular chinni, sopol buyumlar, milliy pichoqlar, shoxi so`zana,
do`ppi, zardo`zlik va gilam mahsulotlari va boshqalar. Ekspertlarning
fikricha tashrif buyuruvchilar sayohat qilish uchun ajratadigan pul
mablag`larining
30%ni
aynan
tashrif
buyurilgan
joylarda
tijoratlashtiriladigan tovarlarga (kiyim kechak, xalq hunarmandchilik
tovarlari va boshqa yodgorlik buyumlariga) xarajat qilar ekanlar [36,
55-66]. Demak, xalq hunarmandchiligini qayta tiklash O`zbekiston
eksport salohiyatining yanada o`sishiga katta turtki bermoqda.
Aytish joizki, turistik nuqtai nazardan yuqori jozibadorlikka ega
bo`lgan Samarqand, Buxoro, Xiva va Shaxrisabz turistik hududlarining
iqtisodiyotida turistik soha keng ko`lamga ega. Turizm borasida
kadrlarni tayyorlashda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro
turizm” fakulteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Buxoro
davlat universiteti, bundan tashqari 5 ta o`rta va maxsus o`quv
yurtlarining hissalari beqiyosdir.
O`zbekiston nihoyatda katta turistik imkoniyatlarga ega. Bu
birinchi navbatda mamlakatimizdagi noyob madaniy yodgorliklardir,
ular mamlakatimizning ko`p ming yillik tarixi in`ikosi bo`lib
hisoblanadi va Buyuk Ipak Yo`li o`tgan muhim shaharlar: Samarqand,
Buxoro,
Xiva,
Shaxrisabz
va
boshqalardir.
Undan
tashqari
respublikamiz jug`rofiy jihatdan nihoyatda qulay, Markaziy Osiyoning
qoq o`rtasida joylashgan. O`zbekistonda nihoyatda keng qamrovli tabiiy
– iqlimiy jihatdan diqqatga sazovor makonlar mavjud. Bu yerda turli
iqlimiy zonalar: qumli sahro, cho`l, tekislik vohalari, ajoyib va g`aroyib
tog`lari va hatto subtropiklari mavjud. Mamlakatning bioiqlimiy sharoiti
53
turizm bilan faol shug`ullanishga keng sharoit yaratib beradi. Sog`likni
tiklash va sport bilan yil davomida shug`ullanish mumkin. Davlat
tomonidan qo`riqlanadigan 9 ta milliy qo`riqxonalar, istirohat bog`lari,
tabiat yodgorliklari, dendrologik va botanik bog`lar mavjud. Bular
ekologik turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligidan
dalolat beradi.
Chimyon va Chorvoq tabiiy zonalarida tog` turizmi va ekoturizmni
rivojlantirish maqsadida 140 ta sog`lomlashtirish maskanlari qurib
bitkazilib, ular bir yilda 28 ming tashrif buyuruvchining sog`ligini qayta
tiklash, ya`ni rekreatsion turizm bilan shug`ullanishga imkon beradi. 20
mingdan ortiq xususiy dala hovlilar ham o`z egalariga topshirilgan
bo`lib, bu ham bir yilda 16 mingdan ortiq mahalliy tashrif
buyuruvchilarning ushbu tabiat qo`ynida dam olishlarida qo`l keladi. Bu
tadbirlarning hammasi bizning o`lkamizda nafaqat madaniy turizmni,
balki turizmning boshqa turlari bo`lgan tog` turizmi, ekoturizmi,
rekreatsion turizm kabilarni ravnaq toptirishga keng sharoit yaratadi.
Shunga qaramasdan madaniy turizm ayni paytda O`zbekiston
uchun turizmning asosiy shaklidir. “O`zbekturizm” MKsining
ma`lumotlariga qaraganda [87,84] O`zbekiston hududida hammasi
bo`lib 4134 ta me`morchilik va arxeologik yodgorliklar mavjud bo`lib,
shulardan 501 ta ob`yekt turistik maqsadda foydalaniladi (2.1-jadvalga
qarang). O`zbekiston hududida 1548 ta me`morchilik ob`yektlari va
2586 ta arxeologik yodgorliklar mavjud bo`lib, ular tarixiy va madaniy
qiymatga ega. Shunga qaramasdan faqatgina ba`zi shaharlar turistik
maskan maqomini olgan. Boshqalari esa o`z turistik salohiyatidan
samarali foydalanish muammolarini yecholmay faqat diqqatga sazovor
jug`rofiy joy sifatida na foyda va na zarar keltiradigan holatda qolib
kelmoqda.
Turistik maskan maqomini olgan va dunyo bozorida turistik
shahar sifatida tanilgan Buxoro, Samarqand, Xiva, Shaxrisabz va
Toshkent shaharlarining me`moriy obidalar zich joylashgan qismlarida
turizm rivojlanib, turistik ob`yektga aylanish salohiyati mavjud, lekin
yaxshi ta`mirlanmaganligi, asosiy turistik ob`yektlarga nisbatan olisda
joylashgani, tarixiy nuqtai nazardan to`liq o`rganilmaganligi, qolaversa
turistik paketlarni yaratuvchilarga noma`lum bo`lganligi sababli
ta`mirga mo`htoj bo`lib o`z-o`zidan yemirilib ketmoqda.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |