Ibn Sinoning to`liq nomi Abu Ali Al Husayn Ibn Abdullox ibn Al



Download 162,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.03.2023
Hajmi162,39 Kb.
#915683
1   2   3   4
Bog'liq
1chi 20talik

12javob. 
Donishnoma" - ("Bilim") kitobi - fors-dariy tilida yozilgan
falsafiy asar. Forscha matni Xaydarobod 1891 y, Tehronda 1897, 1952y 
Ruscha matni Dushanbeda 1957 y nashr etilgan. 
13 javob. 
Poeziya sohasida ham ibn Sino sezilarli iz qoldirdi.
U o`zining ayrim ilmiy asarlarini rajaz vaznli she`rda yozgan. Olimning
falsafiy qissalari fors-tojik adabiyotiga chuqur ta`sir ko`rsatdi. 
14javob. 
"Risola fi-l-box" ("Shaxvoniy quvvat haqida risola") -yosh o`tishi
bilan bu quvvatning kamayishi va uni qo`zg’atuvchi dorilar haqida 
gapiriladi. Chop etilmagan. 
9. "Risola f-l-tadbir al-musofirin" ("Safarda yuruvchilarning tadbiri
haqida risola"). Bu asar dengizda safar qilgan vaqtda, qordan ko`z
qamashib og’rigan vaqtda, qattiq sovuqdan qo`l
-
oyoqlar og’riganda 
qo`llanilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlarni o`z ichiga oladi. Turk tilida
chop etilgan nusxasi mavjud. 
10. "Risola fi xifz as-
siqqa" ("Sog’l
iqni Saqlash haqida risola"). Bu
asar 13 bobdan iborat bo`lib, unda umumiy shaxsiy gigiena qoidalari
haqida to`liq ma`lumotlar berilgan. Chop etilmagan. 
11. "Risola fi-s - sikanjubin" ("Sikanjubin haqida risola")
sikanjubinni tayyorlanish usullari va uning foydalari haqida so`z boradi.
O’rta asrda lotin tilida chop etilgan.
12. "Risola fi-l-fasad" ("Qon olish haqida risola") turk tilida chop
etilgan. 
13. "Risola fi-l-xindibo" ("Sachratqi haqida risola") bu asarning
arabcha matni va turk tilidagi tarjimasi 1955 y Istambulda chop etilgan. 
15javob.
Tib qonunlari" besh kitobdan iborat va ular
quyidagilar: 
Birinchi kitob - tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy
tabobatning umumiy masalalari haqida ma`lumot beradi. Tabobat
ilmining ta`rifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi ta`limot bayon
qilinadi. Keyin odam tanasining "oddiy" a`zolari - 
suyak, tog’ay, asab, 
arteriya, vena, pay, mushaklar haqida qisqacha anatomik ocherk
keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ko`rinishlari,


turkumlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. 
Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida
Sog’liqni saqlash tadbirlari haqidagi ta`limot batafsil bayon qilinadi
Ikkinchi kitob - o`sha davr tabobatida qo`llanilgan dori - darmonlar
haqida zaruriy ma`lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir.
Unda o`simlik, hayvon va ma`danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori - 
darmonlar ta`rifi, ularning davolik xususiyatlari va qo`llanish usullari
bayon qilingan. Muallif O`rta Osiyo va Yaqin Sharq hamda O`rta Sharq
mamlakatlaridan chiqadigan - dori - darmonlardan tashqari Hindiston,
Xitoy, Yunoniston, Afrika, O`rta yer dengizining orollari va boshqa
joylardan keltiriladigan ko`plab dorivor o`simliklarni ham ko`rsatib
o`tadi. 
Uchinchi kitob - Inson tanasining boshidan tovonigacha bo`lgan
a`zolarida yuz beradigan "Xususiy" va "Mahalliy" kasalliklar haqida
ma`lumot beradi. Ya`ni, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga
bag’ishlangan. Unda bosh miya, ko`z, quloq, burun, og’iz bo`shlig’i, til, 
tish, milk, lab, tomoq, o`pka, yurak, qizilo`ngach, oshqozon kasalliklari,
jigar, o`t pufagi, ichak, buyrak, qovuq, jinsiy a`zolar kasalliklari haqidagi
ma`lumotlar keltirilgan. 
To`rtinchi kitob - inson a`zolarining birortasiga xos bo`lmagan
"umumiy" kasalliklarga bag’ishlangan. Masalan, turli isitmalar 
(buxronlar), shishlar, toshmalar, yara - chaqalar, kuyish, suyak sinishi, 
chiqishi, turli xil jarohatlar kiritilgan. 
Beshinchi kitob - farmakopiya bo`lib, unda murakkab tartibli dori - 
darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan.
Kitobning 1-qismida turli taryoqlar (ziddi - zaharlar), ma`junlar,
kulchadori, elaki dori, sharbatlar, qaynatma, sharob, malham va
boshqalar tavsifi berilsa, 2- qismida esa muayyan a`zolar - bosh, ko`z,
quloq, tish, tomoq, ko`krak qafasi va qorin bo`shlig’i a`zolari, bo`g’imlar 
va teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan dori darmonlar
keltiriladi. 

Download 162,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish