Ismi sharifi:
Lavozimi: O`qituvchi
Manzili:
Fan nomi: fizika
Sinfi: 7-sinf
Mavzu: ISSIQLIK HODISALARI HAQIDA FAROBIY, BERUNIY VA IBN SINONING FIKRALARI
O`quvchi soni: 30 nafar
Mavzu: ISSIQLIK HODISALARI HAQIDA FAROBIY, BERUNIY VA
IBN SINONING FIKRALARI
Maqsad: O’quvchilarga issiqlik hodisalari haqida
ma’lumot berish
Rivojlantiruvchi maqsad: Ajdodlar merosini o’rganish, ular bilan fikrlashish xissini rivojlantirish
Jihozlar: Portretlar, testlar, plakatlar.
Dars usuli: XIII asrga sayohat.
Darsni borishi:
Navbatchining axboroti
Ma’naviyat daqiqasi:
O’zbekiston ramzlari:
Andijonda bo’lib o’tgan voqealar
Birinchi qatordan uchtadan o’quvchi she’rlar aytadilar:
Fizika sanalur fanlarni shohi,
Ibn sinodir uning sardori.
Zaryadlar ta’sirin ochganda Kulon,
Ilmda tanhodir bu umr inson.
Ulug’bekni nomi butun olamda,
Arximed richagi bizning qo’llarda.
Bilaman kattadir fizik olimlarning,
Fizika faniga qo’shgan xissasi
Quyidagi insonni hayratga slogan,
Fikr nurlarini yangi xissasi.
Nur demak, jahon nurafshon,
Jahon xalqlarining iqboli shunda
Bugun do’stlarga-assalom demak,
Shunday ulug’ ayyomda, yon-yorug’ kunda.
s) Assalom so’zimning kirish qismidan,
Assalom qalbimning yurak to’ridan
Assalom o’zbekning o’g’il qizidan
Assalom bo’lajak yosh fiziklardan.
Farobiy kirdi o’zining so’zlari bilan
Issiqlik hodisalari bo’yicha.
Men she’rga soldim aylar so’zimni.
Bahtiyor sezaman g’oyat o’zimni
Xush kelibsiz bizni etdingiz-shod,
Qadamlaringizga ming-ming hasanod.
Salobat to’kib o’tirgan o’qituvchilar,
Sizlarga assalomu alaykum!Salom! Assalom!
Darsimizga “ Salom issiqlik” deb qo’ydik nom,
Barcha g’alabani birga ko’ramiz baham.
Shu buzilmas do’stlik beradi ilhom,
Assalomu alaykum!Salom! Assalom!
Fizika fanining ixlosmandlariga,
Assalomu alaykum!Salom! Assalom!
Bugungi uchrashuv do’stlik timsoli,
Fizika faninig siru-asrori
O’qituvchilar hay’ati tomoshasi bu,
Uchta komandaning uchrashuvi bu.
Fizika bu fanlar otasi,
Kimyo, algebra unga egizak
Nyuton, Arximedning xissasi,
Fizika faniga qo’ygandir bezak.
Fizika kitobni qo’lga olganda,
Bilamiz Paskal qilgan mehnatin.
Ehtimol shu sinfda o’tirganlardan,
Kimdir birov oyga uchishi mumkun.
Kimdir kelajakni raketasida,
Cheksiz fazolarni quchishi mumkin.
Atomlar sirini o’rganib kimdur,
Olamga yangi nur sochmog’I mumkin.
Hali biz bilmagan sonsiz-sanooqsiz.
Timsollarni ochmog’I mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |