Muomala layoqatiga ega, tibbiyot oliygohi talabasi bo’lgan, klub maqsad va vazifalarini yoqlovchi,uning nizomiga amal qiluvchi, hamda faoliyatida faol ishtirok etuvchi, shartnomasiga rozi bo’lgan, bilimga chanqoq, izlanuvchan talaba yoshlar klub a’zosi bo’lishlari mumkin.
Klubga a’zolik ixtiyoriy holda amalga oshiriladi.
Klub shartnomasini imzolagan talabalar bilan bitta rakurs tugaguncha shartnoma tuziladi.
Klubga a’zolik quyidagi hollarda tugatiladi:
-O’z ixtiyoriga ko’ra( sharoitidan kelib chiqqan holda)
-Shartnoma shartlarini buzganholda
-Talabalar safidan chetatilganholda.
-klub nizomiga amal qilmagan, uning maqsad va vazifalariga to’sqinlik qiluvchi hatti-harakatlar qilgan holda.
-vafot etganda
Klub a’zoligini tugatuvchi qaror klub yetakchilari tomonidan klub masterklass va faoliyat tahlili rakurslarida ko’rib chiqib qabul qilinadi.
Klubga a’zolik ro’yxatga olish asosida shakllantiriladi, bunda klub a’zolari ro’yxati tuziladi.
Klub a’zolarining huquq va majburiyatlari:
Klub a’zosi quyidagi huquqlarga ega:
-klub dasturi va boshqa hujjatlarini ishlab chiqishda
ishtirok etish;
-klub doirasidagi tashkillashtiriladigan darslar va tanlovlarda ishtirok etish;
-klub yetakchiligiga saylash va saylanish;
-o’z fikrini erkin ifoda etish, klub faoliyatiga doir masalalarni muhokama qilish, og’zaki va yozma takliflar kiritish;
-klub doirasidagi darslar yuzasidan o’zini qiziqtirgan savol bilan yetakchilarga murojaat qilish va javobolish;
-klub va uning saylanadigan yetakchilarito'g’risida ma’lumot olish;
-klubga a’zolarni jalb qilish yuzasidan tashkiliy va targ’ibot ishlarini olib borish;
-klub shartnomasi bilan tanishib chiqish va uni imzolash;
Klub a’zosi majburiyatlari:
-Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali ichki tartib qoidalari, nizomlari va ustoz-shogird an’analariga rioya qilish;
-Klub nizomi va dasturi, shartnomasiga so’zsiz rioyaqilish;
-Klub g’oya va manfaatlariga putur yetkazmaslik, uning maqsad va vazifalarini ro’yobga chiqarishda faol ishtirok etish;
-Klub a’zolik badalini to’lash
Klubning tuzilishi:
Klubni asosini talabalar tashkil etadi,
Ustozlar esa faqat nazorat qilib turishadi ( bu yerda talabalarni erkin fikrlashiga va mustaqil ishlashiga
imkoniyat yaratib beriladi.
Klub o’zi fan dasturlari va tematikalaridan mustaqil ravishda, rejadan chiqmagan holda tematik plan ishlab chiqadi.
Klub yetakchilari kengashib qaror qabul qilishadi. Club o’z qabul qilgan qarori va faoliyati natijasi uchun o’zi javob beradi bunda boshqa tashkilotlar jumladan, yoshlar ittifoqi, yoki Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali javobgar hisoblanmaydi.
Klubda yuqoridagi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning qaror va qonun hamda qonun osti hujjatlariga zid kelmagan holda ularning ta’sir doirasidan tashqarida faoliyat olib boriladi.
Klubning yetakchilari:
Klubni yetakchilar boshqaradi. Mas'ul shaxs sifatida bosh yetakchi hisoblanadi.
-o’zaro ichki saylov natijasida talabalar tomonidan yetakchilar va bosh yetakchi saylanadi.
-yetakchilar ma’lum yo’nalishda saylanadi;
-klub bosh yetakchisi klubning tashkiliy ishlari va qaror qilingan qarorlar va jamoani tashkil etilishiga javob beradi;
-klubning axborot ishlari bo’yicha yetakchisi esa klubni targ’ibot- tashviqot ishari, klub rasmiy sayti, kanallari va ularda e’lon qilinayotgan materiallarga javobberadi.
-klubning rakurslar bo’yicha yetakchisi, klub dars jadvali va tematik planlari, hamda ular bilan bog’liq boshqa vaziyatlarga javob beradi.
-klubni fond ishlari bo’yicha yetakchisi: Klub fondini
boshqarish va uni moliyalshtirish ishlari bilan shug’ullanadi
-klub yetakchilari soni: Bosh yetakchi 1 kishi, Axborot ishlari bo’yicha yetakchi 2 yoki 3 kishi, rakurslar bo’yicha yetakchi 2 yoki 3 kishi. Klubni fond ishlari bo’yicha yetakchisi 2 yoki 3 kishi
Klub yetakchilari bosh yetakchiga bo’ysinadilar.
Yetakchilar bir yilda bir marta saylanadi.
Klubning boshqa tashkilotlar hamda jamoat birlashmalari
bilan munosabati.
Klub tarkibida boshqa jamoat birlashmalari bilan a’loqa qilmaydi, faqat ilmiy kengash va ilmiy jamoat birlashmalari bundan mustasno.
Klub a’zolarini biror siyosi partiya yoki tashkilotga a’zo bo’lishga undash va majburlash bo’lmaydi.
Klub tarkibida klub kelajagida keltirilgan loyihalardan boshqa to’garak va repetitor kurslari ochish mumkin emas.
Klubni moliyalashtirish manbalari.
Klubni moliyalashtirishning quyidagi qonuniy manbalari mavjud.
-a’zolik badali.
Ўзбекистон Республикасининг жисмоний ва юридик шахслари томонидан қонун ҳужжатларига мувофиқ тақдим этиладиган хайрия ёрдами;
давлат бюджетидан ажратилган маблағлар;
амалдаги қонун ҳужжатларида тақиқланмаган бошқа тушумлар.
Ushbu mablag’lar darslarni tashkil etishdagi tashkiliy qism sarf-xarajatlari ( doska, marker, kofe ) kabilar uchun sarflanadi.
Klub yilda bir marta o’z fondini ochiq e’lon qilib uni sarflash rejasini ishlab chiqadi.
Klub nizomini va dasturini qabul qilish va ularga o’zgartirish va qo'shimcha kiritish.
Klub nizomini va dasturini qabul qilish va ularga o’zgartirish va qo’shimcha kiritish Klub yetakchilari qarori bilan amalga oshadi.
Klub yetakchilarining Klub nizomini va dasturini qabul qilish va ularga o’zgartirish va qo’shimcha kiritish qarori ochiq ovoz berish yo’li bilan ularning uchdan ikki qismining qarori bilan qabul qilinadi.
Klub faoliyatini qayta tashkil etish va to’xtatish.
Klub a’zolari va ularning kengashining qarori bilan klub qayta tashkil etilishi mumkin.
Klub faoliyatini to’xtatish klub yetakchilari va a’zolarining uchdan ikki qismining ovozi bilan qabul qilinadi.
Klub faoliyatini to’xtish Klubda faoliyat olib boradigan talablar soni 3tadan kamaysa avtomatik tarzda amalga oshadi.