I variant O`zbek tilining taraqqiyot bosqichlari


Urg`u va uning turlari (misollar yordamida fikringizni bayon qiling)



Download 13,32 Kb.
bet2/2
Sana26.02.2022
Hajmi13,32 Kb.
#469730
1   2
Bog'liq
.trashed-1648292020-112656 I variant (1)

Urg`u va uning turlari (misollar yordamida fikringizni bayon qiling)

So'z bo'g'inlaridan biri yoki gap tarkibidagi bo'laklardan birining boshqalariga qaraganda cho'ziq (kuchliroq) ovoz yoki ohang bilan talaffuz qilinishi urg'u deyiladi. Urg'u tushgan bo'g'in urg'uli bo'g'in hisoblanadi, urg'u odatda, unli tovushga tushadi. Masalan: daraxtlàr kurtàk chiqara boshlàdi.
Urg'u o'z sifatiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) so'z urg'usi; (yoki leksik urg'u), 2) gap urg'usi (yoki logik urg'u). So'z bo'g'inlaridan biriga tushadigan urg'u so'z (leksik) urg'u deyiladi. Masalan: bolà, lolà. kitòb, ishchilàr, talabalàr, mulkdòr. So'zlarga qo'shimchalar qo'shilishi bilan urg'u ham shunga mos holda ko'chadi. Masalan: g'allà-g'allakòr, paxtà-paxtakòr.
Ko'pgina so'zlarda urg'u oxirgi bo'g'inda bo'lgani uchun o'zbek tilining so'z urg'usi bog'liq urg'u sanaladi.
Shuningdek, urg'usi birinchi yoki o'rtadagi bo'g'inga tushadigan so'zlar ham o'zbek tilida anchagina bor. Bunday so'zlar tubandagi turkumlarda kuzatiladi:
ravishlarda: yàngi, hòzir, dòim, hamìsha;
olmoshlarga: hamma, barcha, nimadir, biroq, bir narsa;3)-modal so'zlarda; albatta, ehtimol, aftidan;
4) ayrim yordamchi so'zlarda; ammo, lekin, hatto, balki.
O'zbek tilida urg'u olmaydigan unsurlar ham bor. Bunda: -ku, -u, -yu, mi, chi kabi yuklamalarni ko'rsatish mumkin; sen-ku, bordim-ku, aytsam-chi, siz-chi, bor-mi.
Bulardan boshqa, o'zbek tilida bir qancha qo'shimchalar urg'u olmaydi; Masalan: -cha, day, (dek); va bo’lishsizlik qo'shimchalari -ma; kesimlik qo'shimchasidir, man, san, miz, siz. kabilar. Misollar: Shamolday uchadi.yosh_qizcha;. qamishday qomati bor; ismini bilolmadim; bu Vatanning egasi bizmiz; oltin olma, olqish ol kabi.
Gap (logik) urg'u. Gap bo'laklaridan.birining boshqalariga nisbatan kuchli ohang bilan aytilishi logik (gap) urg'usi deyiladi. Misollar:
1. Bugun majlis bo'ladi (ertaga emas, balki bugun) 2. Bugun majlis bo'ladi (faqat majlis bo'ladi), 3. Bugun majlis bo'ladi (bo'lmaydi emas, bo'ladi) gap so'zlaraing turli bo'g'inlariga tushishi mumkin bo'lgan urg'u erkin urg'u deyiladi. Masalan, gazeta, respublika, vistavka, lampa, ruchka, auditoriya, konstitutsiya va boshqalar.


  1. Filologik lug`at va uning turlari

Lingvistik L.larning asosiy maqsadi esa til birligi hisoblangan soʻzning maʼnolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Lingvistik L.lar leksikografik tavsif mazmuni, vazifasi va usullari nuqtai nazaridan bir qancha turlarga boʻlinadi: 1. Soʻzlarning maʼnolari, qo'llanish sohasi va darajasi, fonetik va grammatik xususiyatlarini koʻrsatib beruvchi izohli lugʻat (S. I. Ojegov. Tolkoviy slovar russkogo yazika, 20-ye izd., M., 1988; Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 1—2-j.lar, M., 1982). 2. Muayyan tilga uzlashgan, lekin oʻzlashmaligi sezilib turgan boshqa til soʻz va terminlarini tushuntirib beruvchi xorijiy s u z lar L.i (Slovar inostrannix slov, 18-ye izd., M., 1989; O. Usmon, R. Doniyorov. Ruscha-internatsional soʻzlar izohli lugʻati, T., 1965). 3. Bir tilga oid lugʻaviy birliklarni boshqa tilga oʻgirib izohlab beruvchi tarjima L.lari — oʻzbek leksikografiyasida keng tarqalgan, qadimdan maʼlum lugʻat turi, XIX asrgacha arab-oʻzbek, fors-oʻzbek, turk-oʻzbek ikki tilliligiga asoslanib yoki aksincha tartibda tuzilgan tarjima! L.lari mavjud boʻlgan boʻlsa, XX-asrda ular qatoriga mazkur tillar bilan birga ingliz, nemis, is-pan, hind, yapon tillari ishtirokida tuzilgan ikki tilli L.lar ham qoʻshildi [Nemischa-oʻzbekcha lugʻat, 1964; Oʻzbekcha-nemischa lugʻat, 1967; Fransuzcha-oʻzbekcha lugʻat, 1973; Inglizcha-oʻzbekcha lugʻat, 1968; Oʻzbekcha-inglizcha lugʻat, 1969; Arabcha-oʻzbekcha lugʻat 1986; Oʻzbekcha-forscha lugʻat, 1984; Ruscha oʻzbekcha mukammal lugʻat (A. Zohiriy, 1927), 1 j.li Ruscha-oʻzbekcha lugʻat, M., 1954; 5 j.li Ruscha-oʻzbekcha lugʻat; 1950— 55; 1 j.li Oʻzbekcha-ruschalugʻat(M. 1959; T., 1988); 2 j.li Ruscha-oʻzbekcha lugʻat, 1983—84 va boshqa]. 4. Soʻzlarning qachondan boshlab shu tilda qoʻllana boshlagani, uning fonetik, grammatik, semantik belgilari taraqqiyotini koʻrsatib beruvchi tarixiy L. (oʻzbek tilida haqiqiy maʼnodagi tarixiy L. tuzilmagan, lekin E. Fozilovning "Starooʻzbekskiy yazik: Xorezmskiye pamyatniki XIV veka" (ch. 1-2, T., 1966, 1971) asarini maʼlum maʼnoda tarixiy L. deyish mumkin). 5. Tilning lahja va shevalariga xos boʻlgan, fonetik yoki semantik jihatdan adabiy tildagi soʻzlardan farq qiladigan soʻzlarni koʻrsatuvchi dialektal (sheva) L.lar (Oʻzbek xalq shevalari lugʻati, 1971). 6. Soʻzning kelib chiqishini koʻrsatib beruvchi etimologik L.lar (Sh. Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati, 2000). 7. Bir oilaga mansub tillardagi soʻz boyligini solishtirib, ulardagi tafovut qonuniyatlarini oʻrganish maqsadida tuziluvchi qiyosiy L.lar (L. Budagov. Sravnitelniy slovar turetsko-tatarskix narechiy, ch. 1—2, S.-Pb., 1869; V. V. Radlov. Opit slovarya tyurskix narechiy: 1—4. S—Pb., 1888—1911). 8. Soʻzlarning mavjud imlo qoidalariga binoan toʻgʻri yozilish shakllarini qayd etuvchi imlo L. i (1929-yildan hozirgacha oʻzbek tilining turli hajmli 20 dan ortiq imlo lugʻati tuzilgan; 6500 soʻz va soʻz shaklini kamrab olgan eng mukammal imlo lugʻati 1975-yil nashr etilgan). 9. Soʻzlarning adabiy talaffuzi qayd etiladigan talaffuz (orfoepik) L.i (Oʻzbek tilining orfoepik lugʻati — M. Sodiqova, Oʻ. Usmonova, 1977; Oʻzbek adabiy talaffuzi lugʻati, 1984; 10. Soʻzlarning morfem tuzilishini koʻrsatuvchi morfem L. (A. Gʻulomov va boshqa Oʻzbek tilining morfem lugʻati, 1977). 11. Soʻzligi frazeologik birliklardan iborat boʻlgan frazeologik L. (M. Sodiqova. Ruscha-oʻzbekcha frazeologik lugʻat, 1972; Sh. Rahmatullayev. Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati 1978). 12. Soʻzlarning qoʻllanish miqdori va foizi haqida maʼlu-motberuvchi chastotali L. (I. A. Kissen. Slovar naiboleye upotrebitelnix slov sovremennogo oʻzbekskogo literaturnogo yazika, 1972). 13. Soʻzlar teskari tomondan boʻlgan alifbo tartibiga kura joylashtirilgan ters (chappa) L. (R. Qoʻngʻurov va A. Tixonov. Oʻzbek tilining chappa lugʻati, 1968). 14. Soʻzlikni tarkib toptiruvchi soʻzlar roʻyxati maʼlum mavzularga boʻlib beriladigan tematik (mavzuli) L. (A.Tixonov va boshqa Russko-oʻzbekskiy tematicheskiy slovar, 1975). 15. Soʻzliklari omonim, sinonim, antonim, paronim singari lugʻaviy birliklardan iborat boʻlgan omonimlar L.i, sinonimlar L.i, antonimlar L.i, paronimlar L.i (Sh. Rahmatullayev. Oʻzbek tili omonimlarining izohli lug'ati, 1984; A. Hojiyev.Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati, 1974; Sh. Rahmatullayev va boshqa Oʻzbek tili antonimlarining izohli lugʻati, 1980; A. Maʼrufov. Paronimlar lugʻati, 1974). 16. Soʻzligi atoqli otlar yoqi joy nomlaridan iborat boʻlgan antroponimik va toponimik L.lar (E. Begmatov. Oʻzbek ismlari, 1991; E. Begmatov. Oʻzbek ismlari maʼnosi. 14600 ism izohi, 1998; 3. Doʻsimov va X. Egamov. Joy nomlarining izohli lugʻati, 1977). 17. Maʼlum bir yozuvchi yoki asar tilida qoʻllangan soʻzlarni izohlovchi. L. (Navoiy asarlari lugʻati, 1972; Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati, 1 — 4-j.lar, 1983—84; B.Hasanov, "Qurʼoni Karim" soʻzlarining arabcha-oʻzbekcha koʻrsatkichli lugʻati, 1995). 18. Soʻzligi maʼlum bir fan va texnika tarmogʻi, ijtimoiy yoki xoʻjalik hayotining biror sohasiga oid soʻz-terminlardan iborat boʻladigan terminologik L.lar. Bunday L.lar soʻzlikning berilishi va izohlanishiga koʻra, ensiklopedik L. bilan lingvistik L. belgilariga ega boʻladi (1925-yildan hozirgi kungacha Oʻzbekistonda 50 dan ortiq soha boʻyicha 140 taga yaqin terminologik lugʻat nashr etilgan; ular soha terminologiyalarini tartibga solishga xizmat qiladi).

  1. Keyinchalikma’lumbo`ldiki, kemaburniallaqandaysuvostiqoyasigaboriburilganekan. Ajratilganso`zo`zma’nosidanqaysiusuldako`chganinianiqlangvamazkurso`znifonetiktahlilqiling.

  2. Ma’nodoshlik (sinonimiya) vauningturlarihaqidama’lumotbering.Fikringiznimisollarbilandalillang.

Download 13,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish