V Variant
Morfemika bo’yicha maxsus test
81 Qaysi gapda lug‘aviy shakl yasovchi
qo‘shimcha ta’sirida asos fonetik
o‘zgarishga uchraydi?
A) Dor qurilgan maydonda bolalar
arqonlarga osilib o‘ynashmoqda.
B) Bir umr shu xonadonga o‘rnashib
olishga harakat qildi.
C) Endi qayrilish bilmasin bu qanot.
D) Ota olov va suv girdobidan ozodlik
maydoniga chiqa oladigan o‘g‘li
82 Qaysi so‘zda 4 ta ko‘makchi morfema bor?
A) muzlatgichni B) qizardi
C) qayrilishni D) Eslaganlik
83 Qaysi gapda birgina portlovchi tovushdan iborat so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud?
A) Inson qanchalik ma’rifatli bo‘lsa, elyurtiga shunchalik foydasi tegadi.
B) Insonning bittagina zolimi bor, u ham bo‘lsa jaholat.
C) Murodga yetmog‘ing uchun, avvalo, tilak xolis bo‘lsin.
D) Ularning yuksak ma’naviyati bizni hech qachon tark etgani yo‘q.
84 Qaysi so‘z(lar) tarkibida birgina jarangsiz tovushdan iborat qo‘shimcha mavjud?
1 ) ozaymoq; 2) qizarmoq; 3) dumaloq;
4) yig‘loqi; 5) gapirmoq
A) 3 B) 1 , 2, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 5
85 Inson umri davomida o‘ziga sodiq
do‘stlar ortdiradi.
Gapda qaysi qo‘shimcha turi bilan bog‘liq xato bor.
A) lug‘aviy shakl yasovchi
B) sintaktik shakl yasovchi
C) so‘z yasovchi
D) munosabat shakli yasovchi
86 Qaysi qatorda tub so‘z berilgan?
A) esli B) so‘lak C) ochiq D) Mardona
87 Qaysi qatorda tub so‘z berilmagan?
A) tulki B) eski C) yamoq D) so‘lak
88 Qaysi qatorda tub so‘zlar berilgan?
A) kunduzi, suyuq B) yamoq, ilma
C) chopiq, elak D) taroq, birlash
89 Qaysi qatorda sodda yasama so‘z
berilgan?
A) yashang B) ekildi
C) eski D) Jonkuyar
90 Qaysi maqolda uch o‘rinda so‘z
yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan?
A) Nomardga yalinma,
Bir baloga chalinma.
B) Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so‘z jonni ilitar.
C) Aqlsiz do‘stga kular,
Aqlli do‘stini suyar.
D) Qarindoshingni yomonlab,
Qaydan tug‘gan toparsan?
91 Qaysi maqolda asos+so‘z yasovchi
qo‘shimcha+shakl yasovchi qo‘shimcha
qolipidagi so‘z ishtirok etgan?
A) Nomardga yalinma,
Bir baloga chalinma.
B) Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so‘z jonni ilitar.
C) Aqlsiz do‘stga kular,
Aqlli do‘stini suyar.
D) Qarindoshingni yomonlab,
Qaydan tug‘gan toparsan?
92 Qaysi maqoldagi barcha so‘zlarning
asosi bir bo‘g‘inli so‘zlardan iborat?
A) Nomardga yalinma,
Bir baloga chalinma.
B) Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so‘z jonni ilitar.
C) Aqlsiz do‘stga kular,
Aqlli do‘stini suyar.
D) Qarindoshingni yomonlab,
Qaydan tug‘gan toparsan?
93 Qaysi maqolda zid ma’noli so‘z
yasovchi qshimchalar ishtirok etgan?
A) Nomardga yalinma,
Bir baloga chalinma.
B) Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so‘z jonni ilitar.
C) Aqlsiz do‘stga kular,
Aqlli do‘stini suyar.
D) Qarindoshingni yomonlab,
Qaydan tug‘gan toparsan?
94 Quyidagi qaysi qo‘shimchalar uch xil aytiladi va yoziladi?
1 ) jo‘nalish kelishigi; 2) sifatdoshning
o‘tgan zamon shakli qo‘shimcha; 3) ayrim payt ravishdoshini hosil qiluvchi
qo‘shimcha; 4) maqsad ravishdoshini hosil qiluvchi; 5) buyruq mayli I shaxs shakli; 6) ayiruv-chegaralov yuklamasi
A) 1 , 2, 3, 4, 5, 6 B) 1 , 2, 3, 4, 6
C) 1 , 2, 3, 4, 5 D) 1 , 2, 3, 5
95 Quyidagi qaysi so‘zlarga sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilsa, so‘zlar imlosida fonetik hodisa kuzatiladi?
1 ) kes; 2) sana; 3) orzu; 4) o‘sha; 5) quvon; 6) o‘rin; 7) qayir; 8) obro‘
A) 3, 4, 6, 7, 8 B) 2, 3, 4, 6, 8
C) 1 , 4, 5, 7, 8 D) 4, 6, 8
96 Quyidagi qaysi qo‘shimchalar
qo‘shilganda so‘zlar imlosida tovush
tushish hodisasi ro‘y beradi?
1 ) fe’l nisbati shakli; 2) jamlovchi son
shakli; 3) fe’l yasovchi; 4) egalik shakli; 5) kelishik shakli; 6) ravishdosh shakli
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1 , 2, 3, 4, 5, 6
C) 1 , 2, 3, 4, 5 D) 2, 4, 5, 6
97 Qaysi so‘zda vazifasi jihatdan bir turga mansub bo‘lgan ko‘makchi morfema ketma-ket qo‘shilgan?
A) eslaganlik B) sinfdoshimdan
C) uyqusirab D) varaqlash
98 Qaysi gapda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha bilan omonimlik hosil qiluvchi so‘z yasovchi qo‘shimcha vositasida yasalgan faoliyat-jarayon oti qatnashgan?
A) Otabek bo‘lajak kuyovining bachkana qiliqlariga ichida bir g‘ijinib qo‘ydi.
B) Yolqin akam traktor terimidan
bo‘shagandan keyin hovlining
kamchiliklarini tuzatadi.
C) Shoferlik kursini bitirib, konda ishlashni boshladim.
D) Bu uchrashuv "Qizingiz yozdi" she’riy to‘plami bosilguncha bo‘lib o‘tgan edi
99.Bugungi hayotimizni qog'ozsiz
tasavvur qilib bo'lmaydi Ushbu gapda
yasama so'zlar soni nechta?
A) 3ta B)2ta C)1 ta D)mavjud emas
100 Ushbu gapda so'z yasovchi qo‘shimchalar sonini aniqlang
A) 3 ta B)2 ta C)1 ta D)mavjud emas
Do'stlaringiz bilan baham: |