IV Variant
Morfemika bo’yicha maxsus test
61 Gullar ishq haqida kuylasalar, qushlar sadoqat haqida chug‘urlashib bahs qilishardilar, gullar Nargisga tasalli bersalar, bulbullar chax-chaxlab,
Bamburni Gullar bog‘iga chaqirardilar.
Ushbu gapda nechta yasama fe’l ishtirok etgan?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
62 Kimki tinch yashashni istasa, pastkash odam bilan hech qachon do‘stlashmaydi. Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar necha o‘rinda qo‘llangan? A) 2 B) 3 C) 4 D)
63 Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygandi, qiyofasi ancha keskinlashgandi va katta ko‘zlari dumaloq shakl olgan edi.
Ushbu gapda nechta so‘z yasovchi
qo‘shimcha ishtirok etgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
64 Masturaning sevgisi, chidami, hijron
alami, uning o‘ziday pok, chiroyli, samimiy, ehtimol, shungadir, Mashrab vafosizlik haqida yozilgan kitoblarni o‘qisa, yo erkaklar og‘zidan xotin-qizlar haqida shaloq gaplar eshitsa, hamisha Masturani eslab,butun vujudi isyon ko‘tarsa ham, bu kabi gaplarning birortasiga ishonmagan.
Ushbu gapda bir tovushdan iborat
ko‘makchi morfema ishtirok etgan so‘zlar sonini toping.
A) 9 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
65 Tarkibida ikkita sintaktik shakl
yasovchisi bor so‘zlarni belgilang.
1 ) yangichasiga; 2) singlisi;
3) birdaniga; 4) borayotir; 5) yarmiga
A) 2, 5 B) 1 , 4 C) 2, 3 D) 2, 4, 5
66 Qaysi gapdagi yasama so‘zda yuqori tor unli sintaktik shakl yasovchi vazifasini bajargan?
A) Kissasida yarimta o‘chirg‘ichi bilan
kecha ochgan qalami bor ekan.
B) Bilimdon odamlar har yerda aziz va
hurmatga sazovordirlar.
C) Shofyorlik kursini bitirib, konda ishlay boshladim.
D) Shomurod asli yilqichining bolasi,
dehqonchilikni xushlamaydi.
67 Berilgan gapda nechta ko‘makchi
morfema mavjud? Xalqimiz doim uyatning o‘limdan yomonligini uqtirgan. A) 9 B) 8 C) 1 0 D) 1 1
68 Quyida berilgan gapdagi bir tovushdan iborat qo‘shimchalar sonini ko‘rsating. Bolaligini eslatadigan guvala devorlar bilan qurshalgan ko‘chalar, olisda sadafdek
porlab turgan cho‘qqilar ko‘ngliga taskin berar-ku!
A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 6 ta
69 Quyida berilgan gapdagi bir undosh
tovushdan iborat qo‘shimchalar qaysi
turga mansub? Bolaligini eslatadigan guvala devorlar bilan qurshalgan ko‘chalar, olisda sadafdek chaqnab turgan cho‘qqilar ko‘ngliga taskin
berar-ku!
A) lug‘aviy shakl yasovchi
B) so‘z yasovchi
C) sintaktik shakl yasovchi
D) lug‘aviy va sintaktik shakl yasovchi
70 Quyida berilgan gapdagi nechta so‘zda bir tovushdan iborat qo‘shimchalar shakldoshlik xususiyatiga ega? Bolaligini eslatadigan guvala devorlar bilan
qurshalgan ko‘chalar, olisda sadafdek
porlab turgan cho‘qqilar ko‘ngliga taskin berar-ku! A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta
71 Berilgan so‘zlarning qaysi birida ikkita so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘llanmagan?
A) paxtachilik B) kuyunchaklik
C) bemehrlik D) oshnachilik
72 Shivirlading yonimda xushhol:
"Mangu birmiz, do‘stim, ikkimiz".
(A.Oripov)
Ushbu parchadagi -miz qo‘shimchalariga qaysi qatorda to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A) ikkala so‘z tarkibida ham egalik
qo‘shimchasi hisoblanadi
B) ikkala so‘z tarkibida ham bog‘lama
hisoblanadi
C) birinchi so‘z tarkibida bog‘lama, ikkinchi
so‘z tarkibida egalik qo‘shimchasi
hisoblanadi
D) birinchi so‘z tarkibida egalik
qo‘shimchasi, ikkinchi so‘z tarkibida
bog‘lama hisoblanadi
73 Hind elida bir ajib daraxt borki, kimki uning mevasidan yesa, hech qachon qarimaydi va o‘lmaydi.
Ushbu gapda vazifasiga ko‘ra qanday
qo‘shimchalar qo‘llanmagan?
A) lug‘aviy shakl yasovchi
B) sintaktik shakl yasovchi
C) so‘z yasovchi D) so‘z yasovchi va lug‘aviy shakl yasovchi
74 Qaysi qatorda asos+so‘z yasovchi+so‘z yasovchi qolipida yasalgan so‘zlar berilgan?
A) e’tiborlilik, ekinni, qaynatma
B) bo‘yoqchi, tilakdosh, epchillik
C) gandiraklamoq, dodlamoq, davolovchi
D) bosqinchilik, bog‘dorchilik, bostirma
75 "o‘ynatdim" so‘zida nechta ko‘makchi morfema bor? A) 5 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2
76 Ot va sifat yasovchi shakldosh
qo‘shimchali so‘zlar qaysi qatorda berilgan?
A) chaqin-tiqin B) to‘lin-ilin
C) qo‘zichoq-erinchoq
D) ovunchoq-maqtanchoq
77 Bog‘lama (ot) so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri tahlil qilingan?
A) bog‘ - asos, -la - so‘z yasovchi, -ma
bo‘lishsizlik qo‘shimchasi
B) bog‘la –asos, -m –sintaktik, -a –sifat yasovchi qo‘shimcha
C) bog‘ - asos, -la, -ma - so‘z yasovchi
qo‘shimchalar
D) bog‘ - asos, -la - lug‘aviy shakl yasovchi, -ma -so'z yasovchi
78 Qaysi qatordagi so‘zlar ikki xil so‘z
turkumi vazifasida kelishi mumkin?
A) do‘sti, gapirma B) boyi, oqish
C) bo‘g‘ma, kechki D) burma, gapirma
79 Asosdosh so‘zlar berilgan qatorni
toping. A) qiz, qizcha, qizaloq B) ish, ishni, ishga, ishda C) oqla, oqladi, oqladilar D) osh, oshpaz, oshxo‘r
80 Qaysi gapda yasama so‘z ishtirok
etmagan?
A) Dor qurilgan maydonda bolalar
arqonlarga osilib o‘ynashmoqda.
B) Ko‘chaning narigi yuzidagi ustaxonaga bordik.
C) Endi qayrilish bilmasin bu qanot.
D) Bir umr shu xonadonga o‘rnashib
olishga harakat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |