Elektryoyli metallash.
Bu usulning moxiyati shundaki, suyultirib
purkaladigan diametri 1—2 mm li sim g`altak 7 dan (1.9-rasm, «a») mexanizm 11
yordamida elektrometallizator 8 ning (1.9- rasm, «b») yo’naltiruvchi uchliklari
12 orkali uzluksiz uzatib turiladi. Tarmok 5 dan transformator 6 orkali keladigan
elektr toki ta`sirida sim 10 uchlari orasida elektr yoyi paydo bo’lib, ularni
suyuklantiradi. Ayni vaktda soplo 13 orkali suyultirish zonasi 14 ga
kompressor 1, tutkich 2, ressiver .7, ajratgich 4 orkali bosim ostida xavo
beriladi. Xavo suyuklangan metallni diametri 10—50mkm va zarrachalarga
parchalaydi va ularni 60—250 m/s tezlikda dumalok 9 yoki tekis 15 sirtga
purkab yotkizadi. Kiyin suyuklanadigan metallardan xosil kilingan koplama
kalinligi o’rta xisobda 1,0—1,5 mm, oson suyuklanadigan metallarniki esa
2,5—3,0mm bo’ladi. Elektromexanik ishlov berishda detalga tok uzatuvchi
asbob suqilishi tufayli sirtdagi metallning qayta taksimlanishi sodir bo’ladi.
Spiralsimon chiziklar tekislangandan keyin val diametrining kengayishi 0,4
mm dan oshmaydi. Termik ta`sir bo’lgani uchun val bo’yinlari toblanib qoladi.
Detalning charchashga mustahkamligi 10...12 % gacha ortadi. Hosil
bo’lgan ariqchalarni har xil materiallar bilan to’ldirish, masalan sim
payvandlash, tavsiya etiladi. Sim payvandlash tok uzatuvchi rolik bilan
bajariladi. Metallografik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sim ariqchalarni yaxshi
to’ldirar ekan va qo’shilgan metallning birikish mustahkamligi 10...20 kg/mm
ga etar ekan. Eyilishga chidamliligining ortishiga erishiladi. Ushbu usul keng
laboratoriya tadqiqotlaridan o’tmoqda, hamda ta`mirlashda qo’llanilishi
bo’yicha bir necha misollar mavjud.
Kontakt payvandlab qoplash usuli bosim ostida payvandlash usullariga
kirib, uning po’lat lenta, sim va metall kukunlarini suyuqlantirmasdan va
suyuqlantirib qoplash turlari mavjud. Ushbu usul faqat metallarni payvandlashda
qo’llaniladi va unda asosiy energiya manbai bo’lib birikuvchi detallarning
kontakt yuzasidan elektr toki o’tishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik xizmat
qiladi.
Kontakt payvandlashda bosim kuchi turg`un elektr kontaktini
shakllantirish va payvand chok strukturasini yaxshilash, hamda deformatsiya
va ichki kuchlanishni kamaytirish maqsadida beriladi.
Payvandlanuvchi metallar uchun elektr qarshilik odatda juda kichik bo’ladi
(mikroomlarda), tok o’tish vaqtini ham metallni gazga to’yinib
qolishi mumkinligi hisobiga katta olib bo’lmaydi (odatda u sekundning
qismlarini tashkil etadi). Natijada kontakt payvandlashda etarli miqdordagi
energiyani hosil qilish uchun tok kuchini katta olish kerak bo’ladi. Bu esa
kontakt payvandlash jihozining o’ziga xosligini belgilaydi. Ushbu o’ziga xoslik
kontakt payvandlash mashinasining qisqa muddat ichida tarmoqdan katta miqdorda
(o’nlab va yuzlab kilovatt) elektr energiyasi olishini talab etadi. Bu elektr nuqtai
nazaridan foydasiz bo’lgani uchun kontakt payvadlashni elektr ta`minotida
energiya yig`ish tizimi kiritiladi. Natijada boshqa payvandlash usullariga
nisbatan o’rtacha elektr energiya sarfi ancha kamayadi. Ammo kontakt
payvadlash jihozi murakkab va qimmatroq bo’ladi.
Kontakt payvandlashda jarayon ikki xil variantda olib borilishi mumkin:
1) metallni suyultirmasdan yuqori plastik holatgacha qizdirib;
2) payvand nuqtada metallni suyuqlanguncha qizdirib, quyma strukturasini
hosil qilib. Ikkala jarayon ham ishlab chiqarishda qo’llanilib keladi. Ammo
suyuqlantirib payvandlash energetik va texnologik nuqtai nazardan samaraliroq
hisoblanadi. CHunki unda elektr energiya sarfi kam, payvand chok esa
mustahkam bo’ladi.Elektr kontakt usulini amalga oshirish uchun quyidagi
(rasm 1.10.) jixozdan foydalanish mumkin.
Ushbu usul bilan po’lat, cho’yan va rangli metallardan iborat valsimon
detallarning eyilgan yuzalarini va podshipnik o’rnatiladigan korpus
detallarini qayta tiklash mumkin.
Rasm 1.10. Kontakt payvandlash dastgohi.
Usulni jihozining murakkabligi bilan birga olinadigan payvand
qatlam qalinligining cheklanganligi kabi kamchiliklari mavjud. Galvanik
qoplash usuli elektr toki ta`sirida metall tuzlarining eritmasidan metallarning
ajralib chiqishi xossasiga asoslangan.
Galvanik qoplamalar detalning eyilgan yuzasini qoplash uchun olinadi.
Galvanik usullar yordamida kam eyilgan detallarni qayta tiklash imkoniyati
mavjud. Bu usullarning afzalligi shuki, elektroliz jarayoni
rejimlarini o’zgartirish yo’li bilan tanlangan metallning mexanik xossalarini
o’zgartirish mumkin.
Jarayon yordamida olingan qatlamning ishqalanishga chidamliligi past
va qattiqligi yuqori chastotali tok bilan toblangan po’lat 45
qattiqligining 75 foizini tashkil etishi, charchash mustahkamligining
25...30 % kamligi, tayyorgarlik operatsiyalarining murakkabligi va katta
mehnat talab qilishi, katta hajmdagi ishlab chiqarish maydonining kerakligi,
xizmat qiluvchilar salomatligiga zararliligi kabi kamchiliklari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |