I umumiy qism



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana01.01.2022
Hajmi1,22 Mb.
#296848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Сожиқов Мухаммаджон-2-57-4-56

Elektryoyli    metallash.

    Bu    usulning    moxiyati    shundaki,  suyultirib 

purkaladigan diametri 1—2 mm li sim g`altak 7 dan (1.9-rasm, «a») mexanizm 11 

yordamida elektrometallizator 8 ning (1.9-  rasm,  «b»)  yo’naltiruvchi  uchliklari  

12  orkali  uzluksiz uzatib turiladi. Tarmok 5 dan transformator 6 orkali keladigan 

elektr  toki  ta`sirida  sim  10  uchlari  orasida  elektr  yoyi  paydo bo’lib,  ularni  

suyuklantiradi.    Ayni    vaktda    soplo    13    orkali  suyultirish    zonasi    14    ga  

kompressor    1,    tutkich    2,    ressiver    .7,  ajratgich  4  orkali  bosim  ostida  xavo 

beriladi.  Xavo  suyuklangan  metallni    diametri    10—50mkm    va    zarrachalarga  

parchalaydi  va ularni  60—250  m/s  tezlikda  dumalok  9  yoki  tekis  15  sirtga 

purkab  yotkizadi.  Kiyin  suyuklanadigan   metallardan  xosil  kilingan  koplama  

kalinligi    o’rta    xisobda    1,0—1,5    mm,    oson  suyuklanadigan  metallarniki  esa 

2,5—3,0mm  bo’ladi.  Elektromexanik    ishlov    berishda    detalga    tok    uzatuvchi  

asbob suqilishi tufayli sirtdagi metallning qayta taksimlanishi sodir bo’ladi.  

       Spiralsimon  chiziklar  tekislangandan  keyin  val  diametrining  kengayishi  0,4 

mm dan oshmaydi. Termik ta`sir bo’lgani  uchun val bo’yinlari toblanib qoladi.  

      Detalning    charchashga    mustahkamligi    10...12    %    gacha    ortadi.    Hosil 

bo’lgan  ariqchalarni  har  xil    materiallar  bilan  to’ldirish,  masalan  sim  




 

payvandlash,  tavsiya  etiladi.  Sim  payvandlash  tok  uzatuvchi  rolik  bilan  

bajariladi.  Metallografik  tadqiqotlar  shuni  ko’rsatadiki,  sim ariqchalarni  yaxshi  

to’ldirar  ekan  va  qo’shilgan  metallning  birikish mustahkamligi  10...20  kg/mm  

ga  etar  ekan.  Eyilishga  chidamliligining ortishiga  erishiladi.  Ushbu  usul  keng  

laboratoriya    tadqiqotlaridan  o’tmoqda,    hamda    ta`mirlashda    qo’llanilishi  

bo’yicha  bir  necha  misollar mavjud.  

         Kontakt  payvandlab  qoplash  usuli  bosim  ostida  payvandlash  usullariga  

kirib,    uning    po’lat    lenta,    sim    va    metall    kukunlarini  suyuqlantirmasdan  va 

suyuqlantirib qoplash turlari mavjud. Ushbu  usul  faqat  metallarni  payvandlashda  

qo’llaniladi    va    unda  asosiy    energiya    manbai    bo’lib    birikuvchi    detallarning  

kontakt    yuzasidan  elektr  toki  o’tishi  natijasida  ajralib  chiqadigan  issiqlik  xizmat 

qiladi.   

       Kontakt    payvandlashda    bosim    kuchi    turg`un    elektr    kontaktini 

shakllantirish va payvand chok strukturasini yaxshilash,  hamda deformatsiya  

va ichki kuchlanishni kamaytirish maqsadida beriladi.   

      Payvandlanuvchi  metallar  uchun  elektr  qarshilik  odatda  juda  kichik bo’ladi  

(mikroomlarda),  tok  o’tish  vaqtini  ham  metallni  gazga  to’yinib  

qolishi    mumkinligi    hisobiga    katta    olib    bo’lmaydi    (odatda    u    sekundning 

qismlarini    tashkil    etadi).    Natijada    kontakt    payvandlashda    etarli    miqdordagi  

energiyani    hosil    qilish    uchun    tok    kuchini    katta    olish    kerak  bo’ladi.  Bu  esa 

kontakt  payvandlash  jihozining  o’ziga  xosligini  belgilaydi.  Ushbu  o’ziga  xoslik 

kontakt payvandlash mashinasining qisqa muddat ichida tarmoqdan katta miqdorda 

(o’nlab va yuzlab kilovatt) elektr energiyasi olishini  talab  etadi.  Bu  elektr  nuqtai  

nazaridan    foydasiz    bo’lgani    uchun  kontakt    payvadlashni    elektr    ta`minotida  

energiya    yig`ish    tizimi  kiritiladi.    Natijada    boshqa    payvandlash    usullariga  

nisbatan    o’rtacha  elektr    energiya    sarfi    ancha    kamayadi.    Ammo    kontakt  

payvadlash  jihozi murakkab va qimmatroq bo’ladi.  

      Kontakt  payvandlashda  jarayon  ikki  xil  variantda  olib  borilishi mumkin:  

1)  metallni  suyultirmasdan  yuqori  plastik  holatgacha  qizdirib;      

2) payvand nuqtada metallni suyuqlanguncha qizdirib, quyma strukturasini  



 

hosil  qilib.  Ikkala    jarayon    ham    ishlab    chiqarishda    qo’llanilib    keladi.   Ammo 

suyuqlantirib  payvandlash  energetik  va  texnologik  nuqtai  nazardan samaraliroq  

hisoblanadi.    CHunki    unda    elektr    energiya    sarfi    kam,    payvand  chok    esa  

mustahkam    bo’ladi.Elektr    kontakt    usulini    amalga    oshirish    uchun  quyidagi 

(rasm 1.10.) jixozdan foydalanish mumkin.   

Ushbu usul bilan po’lat, cho’yan va rangli metallardan iborat valsimon  

detallarning  eyilgan  yuzalarini  va  podshipnik  o’rnatiladigan  korpus  

detallarini qayta tiklash mumkin.  

                           

 

 

Rasm 1.10. Kontakt payvandlash dastgohi.  



       Usulni  jihozining  murakkabligi  bilan  birga  olinadigan  payvand  

qatlam qalinligining cheklanganligi kabi kamchiliklari mavjud.              Galvanik 

qoplash  usuli  elektr  toki  ta`sirida  metall  tuzlarining  eritmasidan    metallarning  

ajralib  chiqishi  xossasiga  asoslangan.  

       Galvanik qoplamalar detalning eyilgan yuzasini qoplash uchun olinadi.   

Galvanik   usullar    yordamida    kam    eyilgan   detallarni   qayta   tiklash  imkoniyati  

mavjud.  Bu  usullarning  afzalligi  shuki,  elektroliz  jarayoni  

rejimlarini  o’zgartirish  yo’li  bilan  tanlangan  metallning    mexanik xossalarini 

o’zgartirish mumkin.  

           Jarayon yordamida olingan qatlamning ishqalanishga chidamliligi past  

va  qattiqligi  yuqori  chastotali  tok  bilan  toblangan  po’lat  45  

qattiqligining  75  foizini  tashkil  etishi,  charchash    mustahkamligining     




 

25...30    %    kamligi,    tayyorgarlik        operatsiyalarining    murakkabligi    va    katta 

mehnat  talab  qilishi,  katta  hajmdagi  ishlab  chiqarish  maydonining kerakligi,  

xizmat  qiluvchilar  salomatligiga  zararliligi  kabi kamchiliklari mavjud.  




Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish