1.3.1.Purkash va metallash usullari.
Purkash—tiklanadigan detallarning eyilgan sirtlariga metall koplashning
yangi zamonaviy bir usulidir. Bu jarayonning moxiyati shundaki, oldindan
suyuqlantirilgan metall detalning maxsus tayyorlangan sirtiga siqilgan gaz
(xavo) oqimi bilan purkaladi. Purkalgan metall detalning sirtiga urilganda
deformatsiyalanadi, sirtdagi g`ovaklarni va notekisliklarni to’ldirib, koplama
xosil kiladi. Metall zarrachalari detal sirtiga va o’zaro asosan mexanik
birikadi. Fakat ayrim nuktalarda ular payvandlanadi. Detallarni metall purkab
tiklash jarayonining yukori unumliligi, detalning biroz (120-180°S) kizishi,
koplamaning eyilishga yaxshi chidamliligi, texnologik jarayonning va
qo’llaniladigan uskunalarning oddiyligi; xar kanday metall va kotishmalardan
kalinligi 0,1-1,5mm koplamalar olish
mumkinligi bu usulning afzalligidir. Koplamaning unchalik mustaxkam
bo’lmasligi va detalning sirtiga sust ilashishi bu jarayonning kamchiligidir, bu
kamchilikni bartaraf etish uchun qoplangan materiallarni eritish uchun
qo’shimcha ishlov berish lozim.
YUkori chastotali purkash suyuqlantiriladigan ashyo (kukun) ni induktsion
kizdirib suyuklantirishga asoslangan. Suyuklantirilgan metall detal sirtiga
sikilgan xavo okimi bilan purkaladi. YUkori chastotali purkash apparatining
kallagi (1.7-rasm) yukori chastotali tok generatoridan ta`minlanadigan induktor
va tok kontsentratori (to’plagichi) bilan jixozlangan. Tok kontsentratori sim
uchining suyuklanishini ta`minlaydi.
Rasm 1.7. YUkori chastotali purkash apparataning to’zitish (purkash) kallagi
1-detal sirti; 2—gazmetall okimi; 3 — tok kontsentratori; 4-suv bilan sovitiladigan
induktor; 5- xavo kanali; 6-sim; 7— surish mexanizmining roliklari; 8-
yo’naltiruvchi vtulka.
YUkori chastotali purkashning afzalligi shundaki, bunda metalning kizish
xaroratini rostlash mumkin bo’lganidan u oz mikdorda oksidlanadi va
koplamaning mexanik mustaxkamligi etarli darajada yukori buladi. Ish
unumining nisbatan pastligi ishlatiladigan uskunaning murakkab va juda
kimmatligi bu jarayonning kamchiligidir.
Detanatsion purkash atsetilen va kislorod gazlari aralashmasining portlashiga
asoslangan (rasm 1.8).
Metallni purkashda apparatning suv bilan sovitiladigan stvolidagi
kamerasiga ma`lum nisbatda atsetilen 8 va kislorod 2 beriladi. Zarrachalarining
yirikligi 50—100° mkm bo’lgan purkaladigan metall kukuni 4 azot 3 okimi
bilan kiritiladi.
Gazlar aralashmasi elektr sham 1 bilan yondiriladi. Portlash to’lkini
kukun zarrachalarini juda katta tezlikda xaydaydi, stvol uchidan 75 mm oralikda
kukun tezligi 800 m /s ga etadi.
Rasm 1.8. Detonatsion purkash sxemasi
1-elektr svecha; 2-kislorod; 3-azot; 4-metal kukun; 5-stvol; 6-purkab yotkizilgan
metall katlami; 7-portlash kamerasi; 8-atsetilen.
Kukunlar detalga urilganda uning kinetik energiyasi issiklik energiyasiga
aylanadi. Kukun zarrachalari 4000°S gacha kiziydi. Kukunning xar bir kismi
purkalgach, yonish maxsullarini ketkazish uchun apparatning stvoli azot bilan
puflab tozalanadi. Bu jarayon avtomatik tarzda xar sekundda 3—4 marta
takrorlanadi. Bir davrda detal sirti kalinligi 6 mkm li metall katlami bilan
koplanadi.
Bu usulda purkash afzalliklari: jarayon juda yukori unumli bo’ladi, stvol
diametri 20—25 mm bo’lganda 15 sekund ichida 5 sm 2 sirtni kalinligi 0,3 mm
gacha bo’lgan qatlam bilan koplash mumkin, koplama detal sirti ga juda
mustaxkam yopishadi, detal sirtidagi xarorat 200°S dan oshmaydi.
Jarayonning kamchiliklari: ish vaktida shovkin baland (150 detsibellgacha)
bo’ladi, binobarin tovush o’tkazmaydigan maxsus xona zarur bo’ladi.
Metallash (metall purkash) jarayoni metall simni yoki kukunni
kizdirish, suyuqlantirish va mayda zarrachalarga parchalab, uni sikilgan xavo
yoki inert gaz okimida detalning tiklanadigan sirtiga yotkizishdan iborat.
Metallni suyuklantirish usuliga karab elektr yoyli, gazli, yukori chastotali va
plazmali metallash buladi. Metallash usulida xar kanday ashyodan
tayyorlangan detal sirtini ortikcha kizdirib yubormay, xar kanday metalldan
kalinligi 0,3-3mm katlam xosil kilib, koplash mumkin. Koplash jarayoni bir
necha boskichda bajariladi, xar boskichda kalinligi 0,3 mm li katlam xosil kilinadi.
Metallash usulida tiklangan sirt eyilishga juda chidamli bo’ladi.
Metallash tsilindrik va yassi sirtlarning eyilgan katlamini boshlang`ich
o’lchamlargacha to’ldirish, korpus detallardagi darzlarni va chukurlarni
to’ldirish, eyilishga chidamli, ishkalanishni kamaytiradigan, olovga bardoshli,
zanglashdan saklaydigan va pardoz koplamalarni yotkizish uchun ko’llaniladi.
Metallash sifati koplamaning tuzilishi, kattikligi va eyilishga chidamliligi,
suyultirilgan metallning asosiy metallga puxta yopishishi bilan aniklanadi.
Suyultirilgan metallning asosiy metallga ilashish puxtaligi detal sirtini
tayyorlash va metallash tartibiga bog`lik. SHuning uchun
detallar metallash oldidan kir, moy va zangdan yaxshilab tozalanadi.
Purkaladigan metall zarrachalarining asosiy metallga yaxshi
yopishishi uchun detalning sirtiga dastlabki mexanik ishlov berib, to’g`ri
geometrik shaklga keltiriladi va g`adir-budur kilinadi.
Rasm 1.9. Elektr yoyli metallash uskunasi va elektrometallizatorning sxemasi
1-kompressor; 2-moynam tutgich; 3-ressiver; 4-moynam ajratgich; 5-tarmok; v-
transformator; 7-sim galtak; 8- elektrometallizator; 9-dumalok sirt; 10-sim uchlari;
11- yunaltiruvchi mexanizm; 12-yo’naltiruvchi uchliklar; 13-soplo; 14- suyultirish
zonasi; 15-tekis sirt.
Do'stlaringiz bilan baham: |