I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov


Maishiy iste’molchilar, shu jumladan



Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/96
Sana12.05.2023
Hajmi3,78 Mb.
#937690
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96
Bog'liq
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.

4.3.1. Maishiy iste’molchilar, shu jumladan,
oilaviy korxonalar tomonidan tabiiy gaz uchun
hisob-kitob qilish tartibi
H isob-kitob oyida yetkazib berilgan tabiiy gaz hajm i gaz 
ta’minoti tashkiloti xodimi tomonidan tabiiy gaz iste’molini hisobga 
olish priboridan ko‘rsatkichlarni yozib olish (TGHNATga ulangan, 
shuningdek, tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish priborlariga 
ega b o ‘lmagan va belgilangan m e’yorlar b o ‘yicha hisob-kitob 
qiladigan iste’m olchilar bundan m ustasno) asosida, keyinchalik 
yozib olingan ko‘rsatkichlar billing tizimiga kiritish, shuningdek, 
iste’m olchilar tom onidan tabiiy gaz iste’m olini hisobga olish 
priborlari ko‘rsatkichlarini interaktiv xizmatlar vositalariga kiritish 
orqali aniqlanadi. Bunda oilaviy korxonalar tomonidan hisob-kitob 
oyida iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmi, faqat tabiiy gaz iste’molini 
hisobga olish priborlaridan k o ‘rsatkichlarni to ‘liq yechib olish 
asosida aniqlanadi.
Hisob-kitob oyida tabiiy gaz iste’molini hisobga olish pribor­
laridan ko‘rsatkichlami to ‘liq yozib olish ta’minlanmagan taqdirda,
64


qamrab olinmagan iste’molchilar bilan hisob-kitob joriy oyda tabiiy 
gazni iste’mol qilish m e ’yorlaridan kelib chiqib va keyingi oyda 
haqiqatda iste’mol qilingan hajmga aniqlik kiritgan holda amalga 
oshiriladi. Bunda k o ‘rsatkichlarga aniqlik kiritilgandan so ‘ng 
haqiqatda iste’mol qilingan gaz uchun qayta hisob-kitob am alga 
oshiriladi.
Tabiiy gaz iste ’molini hisobga olish va nazorat qilishning 
avtom atlashtirilgan tizim iga (TGHNAT) ulangan va belgilangan 
m e’yorlar asosida hisob-kitob qilinadigan iste’molchilarga hisob- 
kitob oyida yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi billing tizimi orqali 
avtomatlashtirilgan rejimda aniqlanadi.
Billing tizimiga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida gaz ta’minoti 
tashkiloti yetkazib berilgan tabiiy gaz hajm ini, debitorlik va 
kreditorlik qarzdorlik bo‘yicha ishonchli hisobni amalga oshirish 
uchun har bir iste’m olchining shaxsiy hisob raqam lari b o ‘yicha 
yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradi.
Iste’molchining telefon raqami mavjud b o ‘lgan taqdirda, gaz 
ta’minoti tashkiloti iste’molchilarni tabiiy gaz uchun to ‘lovni amalga 
oshirish zarurligi haqida avtomatik rejimda (ovozli qo‘ng‘iroq yoki 
SMS) xabardor qilishni ta’minlaydi.
Iste’molchi oy tugaganidan so‘ng 10 kun mobaynida iste’mol 
qilingan gaz hajm i uchun tabiiy gaz iste’molini hisobga olish 
priborlari ko‘rsatkichlari yoki belgilangan m e’yorlar asosida to ‘lovni 
amalga oshiradi.
Yuqorida k o ‘rsatib o ‘tilgan muddatda iste’mol qilingan tabiiy 
gaz haqi o ‘z vaqtida to ‘Ianmagan taqdirda, iste’molchi gaz ta ’minoti 
tashkilotigaqonun hujjatlarida belgilangan miqdorda ja rim a to ‘laydi.
Iste’mol qilingan tabiiy gaz b o ‘yicha qarzdorlik m avjud 
bo‘lganda maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joydapropiska 
qilingan voyaga yetgan jism oniy shaxslar qarzdorlikni to ‘lash 
bo‘yicha javobgar bo‘ladilar. Voyaga yetgan jism oniy shaxsning 
javobgarligi u m aishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyga
65


propiska qilingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va propiskadan 
chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi.
Iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to ‘lov bank muassasalari va 
kommunal to ‘lovlarni qabul qilish kassalari, shuningdek, elektron 
to ‘lovlar orqali yoki bevosita naqd bo‘lmagan shaklda to'lov qabul 
qilish im koniyatiga ega bo ‘lgan gaz ta ’minoti tashkiloti xodimi 
orqali amalga oshirilishi mumkin.
Gaz ta ’minoti tashkiloti yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun 
qarzdor bo‘lgan iste’molchilar ro ‘yxatini olgan kunning ertasidan 
kechiktirmay, iste’molchilami qarzni besh kun ichida uzish lozimligi 
haqida xabardor qilishni ta ’minlaydi.
Byuro iste’molchilar xabardor qilingan vaqtdan boshlab besh 
kun m uddat o ‘tgandan so ‘ng, qarzdorlikni qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda majburiy undirish, shu jumladan, kelib chiqqan 
qarzdorlikni bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan k o ‘p 
b o ‘lmagan miqdorda ushbu iste’molchilarning plastik kartalariga 
xizm at ko‘rsatiladigan bank hisob varaqlaridan so‘zsiz har oyda 
chiqarish, shuningdek, iste’molchilarni gaz tarm oqlaridan uzish 
choralarini ko‘radi.
Iste’molchilarni debitor qarzdorlik uchun gaz tarm oqlaridan 
uzish va ularni qaytadan ulash qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi.
Q ayta ulanishda iste’m olchidan to ‘lov kuni amalda b o ‘lgan 
bazaviy hisoblash m iqdorining ikki baravari m iqdorida haq 
undiriladi. Tabiiy gaz iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning 
av to m atlash tirilgan tizim larig a ulangan is te ’m olchilarni gaz 
tarmoqlariga qayta ulanishi uchun haq undirilmaydi.
Gaz ta ’minot tashkilotlari m a’lumotlar bazasida belgilangan 
tariflar o ‘zgarishi (ortishi) vaqtiga qadar iste’molchi amalga oshirgan 
to'lovlar haqidagi hisobga olinmagan hujjatlar aniqlangan taqdirda, 
ushbu iste’molchi b o ‘yicha hisob-kitob (qayta hisob-kitob) to ‘lov 
vaqti (sanasi) am alda b o ‘lgan tariflar asosida am alga oshirilib,
66


keyinchalik billing tizimidagi shaxsiy hisob raqami ko‘rsatkichlariga 
tuzatish kiritiladi.
Foydalanilgan tabiiy gaz uchun to ‘lov summasi tabiiy gaz 
iste’molini hisobga olish priborlaridan ko‘rsatgichlarni olish vaqtida 
amal qilingan tariflar asosida hisoblanadi. Tariflar o ‘zgarganda, 
avval hisoblangan summa b o ‘yicha tariflar o ‘zgarishiga qadar 
to ‘lov amalga oshirilmagan b o isa , qayta hisob-kitob qilinmaydigan 
qarzdorlik vujudga kelgan deb tan olinadi.
Tariflar o ‘zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans 
tariqasida to ‘lovni am alga oshirgan iste’molchi ikki oydan ortiq 
b o ‘lmagan muddatga q o ‘shimcha to ‘lovlarni am alga oshirishdan 
ozod qilinadi.

Download 3,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish