O‘rta arifmetikni topish. Sonlarning o‘rta arifmetigini topishga doir masalalar.
Massa birliklari orasidagi bog’lanishlar. Massa birliklari: gramm, kilogramm, sentner, tonna. Bir o‘lchov birligidan ikkinchisiga o‘tish.
Geometrik mazmundagi amaliy masalalar. Berilgan perimetrdagi to‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat) chizish, shakllar yasash. Obyekt va model.
IV bo‘lim. KASRLAR. MAXRAJI 10 VA 100 BO‘LGAN O‘NLI KASRLAR
(30 soat)
Kasr tushunchasi. Kasr tushunchasi. Kasrning surati va maxraji.. Kasr son - sonning ulushi, to‘plamning qismi ekanligi, kasrlarni modellarda ifodalash.
Maxraji 2, 3, 4, 5, 6, 8, 10, 12 bo‘lgan kasrlarni hosil qilish. Sonli nurda birlik kesma. Maxraji 2, 3, 4, 5, 6, 8, 10, 12 bo‘lgan kasrlarni hosil qilish. Sonli nur va sonli nurda birlik kesmani ifodalash.
Maxraji 2, 3, 4, 5, 6, 8, 10, 12 bo‘lgan kasrlar. Maxraji 2, 3, 4, 6, 8, 12 bo‘lgan kasrlar. Maxraji 2, 4, 8 bo‘lgan teng kasrlar. Sonning qismini topish. Qismiga ko’ra sonni topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |