Mantiqiy turdagi misol va masalalar.
II bo‘lim. SONLI IFODALAR. TENGLAMALAR.
(25 soat)
Ikki, uch amalli sonli ifodalar (qavsli va qavssiz). Sonli ifodalar. 2, 3 amalli ifodalarda amallarni bajarish tartibi, qavsli va qavssiz ko‘rinishi. Mavzular kesimida misol va amaliyotga yo‘naltirilgan mantiqiy masalalar.
Bir nechta teng (bir xil) qo‘shiluvchilar yig‘indisi. Bir nechta bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topish va sonni bir necha teng qo‘shiluvchilar yig‘indisi shaklida ifodalash.
Tarkibli masalalar. Qo‘shish va ayirishga doir tarkibli masalalar. Masalani qisqa shart bo‘yicha yechish.
Qiziqarli va mantiqiy masalalar. O’rganilgan mavzular asosida qiziqarli va mantiqiy (muammoli) topshiriqlar.
Harfli ifodalar. Geometrik shakllarni belgilash. Harfli ifoda tushunchasi, harfli ifodalarning o‘qilishi va yozilishi. Geometrik shakllarni harflar bilan belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |