6.1.1-jadval O’zbekistonda tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi mavjud infratuzilma obektlari (2010 yil 1 yanvar holatiga, birlikda)
-
Infratuzilma obekti nomi
|
Soni
|
Tijorat banklari filiallari
|
1042
|
Minibanklar
|
2318
|
Axborot-maslahat markazlari
|
262
|
Konsalting markazlari
|
327
|
Auditor firmalari
|
113
|
O’quv markazlari
|
917
|
Baholash kompaniyalari
|
138
|
Tovar xomashyo birjasining savdo maydonchalari
|
204
|
Mikrokredit tashkilotlari
|
32
|
Kredit uyushmalari
|
103
|
Biznes-inkubatorlar
|
34
|
Sug’urta tashkilotlari
|
32
|
Brokerlik idoralari
|
1424
|
Jadvaldan ko’rinadiki, bugungi kunda mamlakatimiz kichik biznes sohasiga o’ndan ortiq turdagi 8 mingga yaqin infratuzilma muassasalari xizmat ko’rsatib, faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.
6.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning roli
Bozor iqtisodiyoti o’tilishi tufayli mamlakatda yangi moliyaviy siyosat ishlab chiqildi va hukumat tomonidan real hayotda amalga oshirilmoqda. Jamiyatdagi har bir iqtisodiy faoliyatning boshlanishi davlatning yaqin-dan turib bergan moliyaviy yordami tufayli rivojlanib, takomillashib boradi. Jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda banklarning rolini oshirib borishga alohida e’tibor beriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular olib borayotgan faoliyat – xomashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko’rsatiladigan xizmatlarga haq to’lash, ishlovchilarni ish haqi bilan ta’minlash, turli toifadagi korxonalar, firma va boshqalar yuridik shaxslar bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni olingan foyda va daromaddan soliq to’lash, transport, kommunal xizmatlar uchun to’lovlarning barcha turlari banklar orqali, o’z navbatida, olinadigan kreditlar va boshqa hisob-kitoblar ham banklar orqali amalga oshadi.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash borasida e’tiborli jihatlardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 10 noyabrdagi 4051-sonli «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq:
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrokreditlar maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga;
kichik biznes subyektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag’larini to’ldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 500 barobari miqdoridagi mikrokreditlar – Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasining 100 dan 50 foiziga;
kichik biznes subyektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing xizmatlari maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirildi.
Kreditlashda bunday ahamiyatli imtiyozlarning belgilanishi mazkur soha vakillari tomonidan kreditga talabning va ayni paytda ularga berilayotgan kredit hajmining yildan-yilga oshib borishiga olib kelmoqda.
6.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish, ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari
Mulk shakllaridan qat’iy nazar, barcha korxonalar O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar, birlashma va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida»gi qonuniga muvofiq davlat va mahalliy byudjetlarga soliqlar to’laydilar.
Soliqlar byudjetga tushadigan pul va qonun bilan belgilangan majburiy munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi.
O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliq va yig’imlar amal qiladi: - umumdavlat soliqlari; - mahalliy soliq va yig’imlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |