5.3.1-jadval Paxtachilikda mehnat unumdorligi bevosita ko’rsatkichi dinamikasi o’zgarishining omilli tahlili.
-
T.r
|
Ko’rsatkichlar
|
Bazis yili
|
Hisobot yilidagi 1 ga mehnat sarfi va bazis yilidagi
hosildorlik bo’yicha
|
Hisobot yili
|
o’zgari- shi (+,-)
|
1.
|
1 gektar ekin maydoni
|
|
|
|
|
|
hisobiga qilingan meh-nat sarfi (kishi-soat hisobida)
|
866
|
822
|
822
|
+44
|
2.
|
Hosildorligi, (s/ga)
|
22,5
|
22,5
|
23,9
|
+ 1,4
|
3.
|
1 kishi-soat hisobiga et-
|
|
|
|
|
|
ishtirilgan paxta, kg
Shu jumladan o’zgarishi omillar hisobiga:
1 gektar hisobiga qilingan mehnat sarfi miqdorining o’zgarishi hisobiga
hosildorlik darajasining o’zgarishi hisobiga
|
2,60
x
x
|
2,74
x
x
|
2,91
x
x
|
+ 0,31
+ 0,14
+ 0,17
|
Mehnat unumdorligi bevosita ko’rsatkichlarining 2 va 3 turlarining tahlili ham yuqorida keltirilgan usul bo’yicha amalga oshiriladi. Shuning uchun ularga to’xtalmadik. Endi, mehnat unumdorligining bilvosita ko’rsatkichi asosida uning tahliliga to’xtalamiz.
Mehnat unumdorligining bilvosita ko’rsatkichiga ta’sir qiluvchi omillar bo’lib, uning bevosita ko’rsatkichining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi. Ushbu omillarning mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sirini aniqlashda «indeks» usulidan foydalanamiz.
Omillarning ta’sirini aniqlaganga qadar mehnat sarfining quyidagi 3 ta bilvosita bog’lanish ko’rsatkichi hisoblab olinadi:
Bazis yilidagi mehnat sarfi ko’rsatkichi: t0 Т0 : Х0
Shartli mehnat sarfi ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun hisobot yilidagi 1 gektar ekin maydoni hisobiga qilingan mehnat sarfi miqdorini (T1) bazis yilidagi ekin hosildorligiga (H0) bo’lish kerak.
tШ Т1 : Х0
Hisobot yilidagi mehnat sarfi ko’rsatkichi. t1 Т1 : Х1
Shundan keyin mehnat unumdorligi щzgarishini omilli tahlil qilish mumkin.
Bazis yilida mahsulot birligi uchun sarf bo’lgan mehnat vaqtini (kishisoatni, kishi-kunini) hisobot yilidagi bir birlik mahsulot uchun sarf bo’lgan mehnat vaqtiga bo’lish orqali mehnat unumdorligini indeksi aniqlanadi, undan 1 koeffisiyentni (100 foizni) chegirish orqali umumiy o’zgarishi aniqlanadi: buni quyidagi formula yordamida ifodalash mumkin:
Т0 Т 1
( : ) 1ТХ Х0 Х1
Ushbu o’zgarish ikki omil ta’siri ostida yuzaga kelgan: 1. 1 ga hisobiga sarf bo’lgan vaqtning o’zgarishi; 2.1 ga hisobiga olingan hosilning o’zgarishi (hosildorlikning o’zgarishi).
Mehnat unumdorligining o’zgarishiga 1 gektar ekin maydoni hisobiga sarf bo’lgan mehnat vaqti o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun bazis davridagi mehnat unumdorligi ko’rsatkichini shartli-mehnat unumdorligi ko’rsatkichiga bo’lib uning natijasidan 1 koeffisiyentni (100 foizni) chegirib tashlash kerak.
Т0 Т 1
( : ) 1Т Х0 Х0
Mehnat unumdorligining o’zgarishiga ekin hosildorligi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli mehnat unumdorligi ko’rsatkichini hisobot yilidagi mehnat unumdorligi ko’rsatkichiga bo’lib, uning natijasidan 1 koeffisiyentini (100 foizni) chegirib tashlash kerak.
( Т1 : Т1 ) 1Х Х0 Х1
Yuqoridagi ikki omil ta’sirlarining yig’indisi mehnat unumdorligining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |