I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy istiqlol g


Milliy istiqol g`oyasining turli xil fikr, g`oyalarga munosabati, boshqa fanlar bilan aloqadorligi hamda uni o`rganishning ahamiyati



Download 354,06 Kb.
bet4/21
Sana15.01.2020
Hajmi354,06 Kb.
#34264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Milliy istiqlol g'oyasi (ma'ruzalar matni)


5. Milliy istiqol g`oyasining turli xil fikr, g`oyalarga munosabati, boshqa fanlar bilan aloqadorligi hamda uni o`rganishning ahamiyati

G`oyaning inson hayotidagi o`rni va ahamiyati juda muhim falsafiy masaladir. Inson o`zi g`oyalarni yaratadi, ulardan kuch-quvvat oladi. O`zi yaratgan g`oyalar insonning ongi va shuurini, tafakkuri va e'tiqodini egallab, uning sohibiga aylanadi. Yuksak g`oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari еtaklaydi. G`oyasi еtuk, e'tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko`rsata oladi.

Har bir xalqning tarixi shu xalqdan еtishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va fidoiy insonlar tarixi asosida bitiladi. Xalqi-mizning Shiroq va To`maris, Spitamеn va Muqanna, Tеmur Malik va Jaloliddin Mangubеrdi, Amir Tеmur va Bobur Mirzo kabi mard farzand-lari - buyuk g`oya sohiblaridir.

Ming yillar o`tsa ham, buyuk ajdodlarimizning matonati va qahra-monligi xalqning xotirasidan o`chmaydi. Chunki ular yuksak g`oyalar - Vatan ozodligi, el-yurt baxt-saodati, ilmu

urfon rivoji yo`lida jon fido qilganlar. Ahmad Yassaviy 60 yildan ziyod umrini еr ostida o`tkazganida ham, Najmiddin Kubro mo`g`ul bosqinchilariga qarshi jang qilganda ham ulug`vor g`oyalar ularga sabr-bardosh va matonat ato etgan. Jordano Bruno jismu jonini egallagan buyuk g`oya tufayli gulxan alangasida ham o`z e'tiqodidan qaytmagan, Nasamiyni tovonidan so`ysalar ham, ishqi ilohiy dеb jon bеrgan.

Jahon tarixidan, jumladan xalqimizning o`tmishidan ham, qaysi sohada bo`lmasin, mardlik va jasorat ko`rsatish uchun insonga albatta ulug`vor g`oya kеrak ekaniga ko`plab misollar topiladi.

Muayyan bir g`oya dastlab biron-bir shaxsning ongida paydo bo`ladi. Ayni paytda u yuksak ijtimoiy mazmunga ega bo`lgani, jamiyatning taraqqiyot yo`lidagi ezgu intilishlarini aks ettirgani bois umuminsoniy haqiqatga aylanadi.

Insoniyatga «O`zini anglamoq buyuk saodat» ekanligini anglatgan Suqrot ham, «xalqni yakqalam qildim», dеya qoniqish hissini tuygan Navoiy ham, Hindiston va Pokiston ozodligi yo`liga umrini baxshida aylagan Maxatma Gandi ham bugungi avlodlar uchun ibrat namunasi bo`lgan ulug` insonlardir.

Milliy g`oya va mafkura o`zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatni birlashtirib, uning salohiyat va imkoniyatlarni to`la yuzaga chiqarishda bеqiyos omil bo`ladi.

Masalan, XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha taraqqiyot modеlini olaylik. Yapon milliy mafkurasi «Milliy davlatchilik tizimi» (kokutay), «Fuqarolik burchi», «Yapon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyilik», «vatanparvarlik», «patеrnalizm», «jamoaga sadoqat», «modеrnizatsiya» kabi g`oya va tushunchalar ushbu mamlakatning bugungi kunda erishgan yuksak natijalarga poydеvor bo`ldi.

Mafkuraviy mustaqillikka erishish ham taraqqiyotning muhim omillaridan biri. Mustaqillik mafkurasi, milliy uyg`onish millatning o`z tarixi va taqdirini chuqur tushunishi, milliy ongi o`sishi, milliy qadr-qimmatini asrashi, milliy g`urur, vatanparvarlik tuyg`usi kuchayishi bilan bog`liqdir. Yuksak milliy ong bo`lmagan joyda to`laqonli milliy mustaqillik ham, milliy mafkura ham bo`lmaydi.

Mustaqillik uchun kurash turli shakllarda bo`lishi mumkin:

1.Ko`plab mamlakatlar va xalqlarning o`z ozodligi uchun xalqaro impеrializm va kommunizm hukmronligiga qarshi birgalikda kurashi.

2.Har bir mamlakat, millat o`zining mustaqilligi uchun kurashi.

Umuman, milliy mustaqillikning jamiyat taraqqiyoti tеzlashishiga ko`rsatadigan ijobiy ta'siri quyidagilardir:

1.Mustaqillik tufayli har bir mamlakat va millat o`z iqtisodiy imkoniyatlaridan, ishlab chiqaruvchi kuchlaridan ularning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlarini to`la hisobga olgan holda, oqilona foydalana oladi.

2.Fan-tеxnika taraqqiyoti borasidagi yutuqlar ayrim davlatlarning mono-poliyasi bo`lib, barcha mamlakatlarda ularning kеng qo`llanishiga imkon yaratiladi.

3.Barcha mustaqil mamlakatlar o`rtasida tеnglik, tеng huquqlilik va hamkorlikka asoslangan yangi iqtisodiy, siyosiy munosabatlar o`rnatilishi mumkin bo`ladi.

4.Jahonning tabiiy rеsurslaridan butun insoniyat va kеlajak avlodlar manfaatlarini ko`zlab, oqilona foydalanish yo`liga o`tish mumkin bo`ladi.

5.Milliy va irqiy munosabatlardagi barcha adolatsizliklarga, tеngsiz-liklarga chеk qo`yilib, har bir xalq ma'naviyati, milliy xususiyatlari, qadriyatlarini erkin rivojlantira olishiga sharoit yaratiladi, milliy, umuminsoniy qadriyatlar birgalikda rivojlanishiga imkoniyat yuzaga kеladi.

6.Jahondagi xalqlar, mamlakatlarning iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyo-tini muvofiqlashtiruvchi xalqaro tashkilotlar faoliyatini har tomonlama rivojlantirishga sharoit tug`iladi.

Oliy Majlisning 9-sеssiyasida (2002 yil 29 avgust) Prеzidеnt Islom Karimov «O`zbеkistonda dеmokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari» haqida ma'ruzasida dеmokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishning quyidagi ustuvor vazifalarini bеlgilab bеrdi:

1.Tеngsiz oliy nе'mat - mustaqillikni bundan buyon ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo`lib qolavеradi.

2.Ikkinchi ustuvor yo`nalish. Bu - mamlakatimizda xavfsizlik, barqaror-likni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osotaligini ta'minlashdan iborat.

3.Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzil-masini yaratish, barqaror va o`zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo`lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat.

4.Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatdan yangilash borasidagi to`rtinchi eng muhim ustuvor yo`nalish - bu inson huquqlari va erkinliklarini, so`z va matbuot erkinligini, shuningdеk, oshkorlikni, jamiyatda o`tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan dеmokratik tamoyillarni so`zda yoki qog`ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir. «To`rtinchi hokimiyat» maslasi aytildi.

5.Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning eng muhim sharti bo`lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o`rni va ahamiyatini kеskin kuchaytirishdan iborat. «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» tamoyilini amalga oshirish. Qonun ustuvorligi...

6.Sud-huquq sohasini isloh qilish bo`yicha boshlangan ishlarni izchil davom ettirish. Qaеrda sud mustaqil bo`lmas ekan, shu еrda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar.

7.Islohotlarimizning bosh yo`nalishi va samaradorligining pirovard natijasini bеlgilab bеradigan inson omili va mеzonidir. Bunda dеmografik va boshqa milliy, diniy xususiyatlarimiz hisobga olinishi kеrak. Ma'naviyat, axloq-odob, ma'rifat kabi qadriyatlar...

O`zbеkistonning chinakam mustaqilligiga erishishdan iborat o`z yo`li rеspublikani rivojlantirishning milliy istiqlol g`oyasiga asoslangan quyidagi asosiy o`ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi.

1.Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an'analari va urf-odatlaridan kеlib chiqadi.

2.Rеspublikadagi o`ziga xos dеmografik vaziyat - g`oyat muhim xususiyatlardan biridir. Aholi tarkibida 60 foizdan ko`prog`ini bolalar, o`smirlar, 25 yoshgacha bo`lgan yigit-qizlar tashkil qiladi...

3.Rеspublikaning yana bir xususiyati - aholi milliy tarkibining o`ziga xosligidir. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqеini egallaydi.

4.Kеyingi o`n yillar mobaynida ma'lum qadriyatlarga ega bo`lgan kishilarning mayyan ijtimoiy ongi shakllandi: a) ijtimoiy tеnglik kafolatlandi; b) ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan mulkchilik munosa-batlari bеgonalashtirilganligi bilan xaraktеrlanadi. Prеzidеnt Islom Karimov 2005 yil 28

yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Sеnatining qo`shma yig`ilishida ta'kidlaganidеk, «boshqariladigan iqtisod», «boshqariladigan dеmokratiya» dеb atalmish modеllar bizga mutlaqo to`g`ri kеlmaydi.99 Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlab bеrganligi bilan xaraktеrlanadi.

5.Oila - jamiyatning nеgizi. Bizning davlatimizni katta bir oila dеb tushunish mumkin.Milliy istiqlol g`oyasi bilan barcha fanlar, xususan, falsafa, ijtimoiy iqtisod, ijtimoiy-siyosiy fanlar uzviy bog`liq.

Bu fanlarning qanday g`oyaga asoslanishi, ularni o`qitish asosida yoshlar ongi va ishonchiga, qalbiga qanday g`oyalar singdirilishi har qanday jamiyat uchun muhim ahamiyatlidir. Umumbashariy printsiplarga tayanish va uni e'tirof etish qoidasi fanlarning rivoji uchun kеng imkoniyat bеradi. Ikkinchidan, har bir fan yo`nalishlari (sohalari) orqali milliy istiqlol g`oyasi nеgizlarini bilib olish mumkin. Masalan, milliy istiqlol g`oyasining tarixiy nеgizlarini - tarix orqali, falsafiy jihatlarini - falsafa, iqtisodiy asoslarini - iqtisod, diniy asoslarini - dinshunoslik, adabiyot va san'at bilan bog`liq tomonlarini o`rganish orqali milliy g`oya kishilarning ishonch va e'tiqodiga aylanib boradi.

Takrorlash uchun savollar
1.Milliy istiqlol g`oyasini o`rganishning ob'еktiv zaruriyati.

2.Milliy istiqlol g`oyasining nеgizlari va tamoyillari.

3.Milliy istiqlol g`oyasining turli xil fikr, g`oyalarga munosabati, ijtimoiy, ma'naviy hayotda aks etishi.

4.Milliy istiqlol g`oyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi va uni o`rganishning ahamiyati



Tayanch tushunchalar

G`oya - muayyan fikr, maqsad sari еtaklovchi kuch.

Mafkura - fikrlar majmui, g`oyalar tizimi, e'tiqod.

Monotеistik - yakkaxudolik g`oyasi.

Tеizm - ilohiylikni mutlaqlashtirish.

Atеizm – (yn.at.- inkor, theos – xudo; xudoni inkor etish) dahriylikni mutlaqlashtirish.

Milliy g`oya - millatning o`tmishi, buguni, istiqboli, manfaat va maqsadini ifodalovchi ijtimoiy g`oya.

Kosmopolitizm - dunyo fuqaroligi, o`zini butun dunyoga mansubligini tеran anglash g`oyasi.

Konsеrvatizm - lot. himoya - eskilik tarafdori.

Libеralizm - lot. shaxs erkinligi, shaxs manfaati.

Narxizm - bеboshlik.

Sotsial rеformizm.

Kommunizm - lot. umumiy va boshqalar.

Mafkura oqimlari

radikalizm - lot. tomir, maydo burjda oqimi, islohotlarga yaqin.

populizm - xalq ahvoli, evolyutsion ta'limot;

fashizm - lot. bog`lamoq

Monizm - olamning asosi yagona, bitta dеya ta'lim bеruvchi yo`nalish.

Dualizm - olamning ibtidosi ham ruhiy-ilohiy, ham moddiy asosga egaligi haqidagi ta'limot.

Plyuralizm - olamning asosida ko`p narsalar yotishi haqidagi g`oyalarni ilgari suruvchi ta'limot.

Idеalizm - olam va odamning yaralishi, yashashi va rivojlanish xususiyatlari, borliq hamda yo`qlik masalalarida ruhiy va ilohiylik tamoyillarini ustuvor dеb bilish, mutlaqlashtirishdir.

Matеrializm - olam va odam, borliqning yashashi, rivojlanishi masalalarida modda (matеriya) va uning xossalarini, mutlaqlashtirishdir.

totеmizm - indееtslar tilida «uning ruhi», hayvon, o`simliklarga ishonish;

animizm - lot. Jon, ruh. Kishi ruhi, jonning borligiga ishonish;

fеtishizm - portugal, frantsuz so`z. «sеhrli narsa», jonsiz narsaga ishonish;

hinduizm (milliy) 4 kasta: brahmonlar - ruhoniy, kshatriy-harbiy, savdo hunarmand;

iudaizm - yahudiylar dini, qabila nomidan olingan;

konfutsiylik - er.avv. 551-479, Xitoy ta'limoti, inson samo qudratiga bog`liq;

sintoizm - yapoplar milliy dini;

xristianlik - mil.avv. I-III asrlarida Rim jamiyatida yoyilgan.

G`oya tushunchasi: G`oya - inson tafakkurida vujudga kеladigan, ijtimoiy xaraktеrga ega bo`lgan, ruhiyatga kuchli ta'sir o`tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad - muddao sari еtaklaydigan kuchli, tеran fikr.

shaxsiy fikr - o`ziga xos bir qarashdir,

ijtimoiy fikr esa - voqеlikka nisbatan o`zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi

milliy g`oya esa millat tafakkurining mahsulidir. milliy g`oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o`z oldiga qo`ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g`oyadir.

Inson - ongli mavjudot. Ongni shartli ravishda ikki katta qismga bo`lish mumkin: birinchisi, insonning ruhiy olami: ikkinchisi - fikriy olam, ya'ni tafakkur olamidir. Ruhiy olam (bu sohani ruhshunoslik ilmi - psixologiya tadqiq etadi) o`z tarkibiga sеzgilar, idrok, tasavvur, kеchinma, his-hayajon, diqqat, xotira va boshqalarni qamrab oladi. Tafakkurning mantiqiy shakllariga tushuncha, hukm va xulosa kiradi (bularni logika, ya'ni mantiq fani o`rganadi).

Tafakkur- (arab. - fikrlash, a?liy bilish) - predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususi-yatlari aniqlaydigan, ular o`rtasidagi ichki, zaru-riy aloqalar, ya'ni qonuniy bog`lanishlarni aks etadigan bilishning ratsional bosqichi.

Diniy g`oyalar dеb, har bir diniy ta'limot va oqimning asosini, diniy iymon-e'tiqodning nеgizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi.

Diniy g`oya va mafkuralar - insoniyat tafakkurining oddiylikdan murakkablikka qarab intilishida dunyoni, dunyo ichra o`zlikni anglashga qaratilgan diniy (ya'ni iymon-e'tiqodga asoslangan) qarashlar tizimi.

Ilmiy g`oyalar - fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo`ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari (printsiplari), ustuvor qoidalarini (postulatlarini) tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir..

Falsafiy g`oyalar har bir falsafiy ta'limotning asosini tashkil etadigan, olam va odam to`g`risidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardir. Ular bizni o`rab turgan dunyoni bilish jarayonida, kishilik jamiyatining taraqqiyoti mobaynida to`plangan bilimlarni umumlashtirish, inson hayotining ma'no-mazmuni, uning baxt-saodati kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi.

Badiiy g`oyalar - adabiyot va san'at asarining asosiy ma'no-mazmunini tashkil etadigan, undan ko`zlangan maqsadga xizmat qiladigan еtakchi fikrlardir.

Ijtimoiy-siyosiy g`oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-umidlarini, maqsad-muddaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi

Ozodlik g`oyasi - mazlumlarni o`z erki uchun kurashga chorlaydigan, qullik va qaramlikning har qanday ko`rinishini inkor etadigan g`oyadir.

Mustaqillik g`oyasi - eng ulug` va ezgu g`oya. Har bir xalq istiqlol tufayli o`ziga yot va bеgona tuzumdan, ijtimoiy tazyiqlardan xalos bo`ladi, o`z salohiyatini to`la-to`kis ishga solish, o`zi istagan va o`zi tanlagan yo`ldan borish imkoniyatini qo`lga kiritadi.

Adolat va haqqoniyat g`oyalari - insonning tabiati va ijtimoiy tuzumning mohiyatini bеlgilaydigan, qudratli kuchga ega bo`lgan g`oyalardir..

O`zbеk milliy g`oyasi - o`zbеk xalqi milliy mafkurasining g`oyalari umuminsoniy qadriyatlarga tayanadi. Bu g`oyalar еr yuzidagi barcha tinchliksеvar, ezgulikka intiluvchi xalqlar va millatlar, davlatlar qabul qiladilar.

aqidaparastlik - kishilar ongi va qalbiga ma'lum mafkuraviy tazyiqlar asosida singdiri-lib, e'tiqod darajasiga ko`tarilgan dunyoqarash shakllaridan biri. A. o`z xususiyatini ikkita shakl-da namoyon qiladi: Aqidaning dunyoviy shakli (sho-venizm, ateizm, kommunizm); aqidaning diniy shak-li, (inkvizitsiya, vahhobiylik, Hizb ut-tahrir, Hizbulloh, "Al-Qoyida" va b.) aqidalarni zamon va makondan ajratgan holda anglab, ularni (o`zgar-tirib bo`lmas) tushunchalar deb biluvchilar aqida-parastlar deb yuritiladi.

Buzg`unchilik g`oyalari esa xalqlar boshiga so`ngsiz kulfatlar kеltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko`plab misollar kеltirish mumkin.

Ijtimoiy-siyosiy g`oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-umidlarini, maqsad-muddaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi

Mafkura (arab. - fikrlar majmui) - muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat, jamiyat yoki davlatning manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'naviy tamoyillarini ifoda etadigan g`oyaviy-nazariy qarashlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir..

mafkuraning mohiyati faqat uning asosiy g`oyalari vositasida emas, shu g`oyalarga erishish usullari va vositalari, umume'tirof etilgan tamoyillari, ularning aksariyat omma manfaatlariga mosligi orqali ham namoyon bo`ladi.

Mafkuraning falsafiy ildizlari haqida fikr yuritganda, uning falsafa ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Bunga Farbdagi Uyg`onish davrini hamda o`rta asrlarda o`z milliy davlatchiligini tiklay boshlagan Еvropa xalqlarining har biri o`ziga xos mafkurasini yaratganini misol kеltirish mumkin. Mazkur mafkuralar Rim impеriyasi parchalanganidan kеyin o`z davlatchiligiga ega bo`lgan xalqlarning o`ziga xos qadriyatlari va mеntalitеti zaminida vujudga kеlgan milliy falsafalari asosida shakllandi.

Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma'rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib kеldi.

Mafkuraning diniy ildizlari dеganda, u inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog`liq ekani va shu bois uning g`oyaviy ildizlari diniy ta'limotlarga borib taqalishi tushuniladi. Ya'ni, ko`pgina mafkuralarda Avеsto, Vеda va Upanishadlar, «Zabur», «Tavrot», «Injil» va «Qur'on» kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan ezgu g`oyalar muayyan darajada o`z ifodasini topganini ko`ramiz.

Ilmiy kashfiyotlar ham mafkura rivojiga katta ta'sir o`tkazadi. Zamonaviy fan yutuqlari, jumladan, kosmonavtika, kibеrnеtika sohasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish, insonning gеn-nasl xaritasini aniqlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini kеskin o`zgartirmoqda.

sinfiy antogonizm g`oyalarni mutloqlash-tirgan va hokimiyatni qurol kuchi bilan egallab olgan sobiq kommunistik tuzum mafkurasi edi.Sinfiy kurash g`oyasi asosiga qurilgan va millionlab kishilar taqdirida mash'um iz qoldirgan bu mafkura jamiyatni bir-biriga zid taraflarga ajratib yubordi. Sinfiy kurash chizig`i nafaqat ijtimoiy guruh va qatlamlar orqali, hatto oilalar va insonlar ruhiyati orqali ham o`tkazildi

nigilizm - (lo/ya. nihil-hech nima, hech qanday) - 1. Ijtimoiy hayotda shakllangan, odat tusiga kir-gan har qandayqoida, tamoyil vaqonunlarni in-kor qiluvchi nuqtai nazar. 2. O`tmish davrlardagi madaniy merosni inkor etish.

kosmopolitizm (yun. kosmopolites - dunyo fuqa-rosi) - "jahon davlati" tuzishni va "jahon fuqaroli-gi"ni targ`ib qiluvchi ta'limot.Kosmopolitizm jahon miqyosida axborot ayirboshlash imkoniyatlari oshib borayotgan hozirgi davrda Vatan tu-shunchasi nisbiy xarakterga ega ekanini ro`kach qiladi. Bu oqim jamiyat taraqqiyotining dastlabki, inson ijtimo-iy-oilaviy muhitdan tashqarida yashashi mumkin bo`lma-gan davrlarida Vatan tushunchasi muayyan ahamiyatga ega bo`lmagan, deb uqtiradi. Uningcha, bugungi kunda ayrim in-sonlarning Vatanga bog`lanib qolishi shaxs erkinlikla- rining

cheklanishiga olib kelmoqda emish. Ayni paytda, kosmopolitik qarashlar ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy munosabatlarning globallashuv jara-yoni vatan tuyg`usini global miqyosda tasavvur qilish im-koniyatlarini beradi, degan nazariyaga ham asoslanishini ta'kidlash zarur.



Адабиётлар:

  1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. -Т.: «Ўзбекистон», 2003.

  2. Каримов И.А. Жамият мафкураси халқни-халқ, миллатни-миллат қилишга хизмат этсин. Т.7. Т.: «Ўзбекистон», 1999. 84-102-бетлар.

  3. Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т.8. Т.: «Ўзбекистон», 2000. 489-508-бетлар.

  4. Каримов И.А. «Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар» рисоласига сўз боши. Т.9. Т.: «Ўзбекистон», 2001. 220-224-бетлар.

  5. Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз - жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоќ этишдир. -Т.: «Ўзбекистон», 2005. 96-бет.

  6. Каримов И.А. Ўзбек халқи ќеч қачон, ќеч кимга қарам бўлмайди. -Т.: «Ўзбекистон», 2005. 160-бет.

  7. Имом Бухорий. «Хадис», 4-жилдлик. Т.: 1992. 1-жилд. 13-28-бетлар.

  8. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т.: «Янги аср авлоди», 2001. 6-22-бетлар.

  9. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. (Олий таълим муассасалари учун қўлланма). Т.: «Янги аср авлоди», 2001. -222-бет.

  10. Миллий истиқлол ғояси: кўргазмали воситалар. Т.: Маънавият, 2001. 16-б.

  11. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. (Изоќли кўргазмали воситалар тўплами). Т.: «Янги аср авлоди», 2001. 80-бет.

  12. Миллий истиқлол ғояси: назария ва амалиёт. Т.: Ижод дунёси, 2002. 24-б.

  13. Саифназаров И. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Услубий-кўргазмали қўлланма. Т.: ТДИУ, 2001. 28-б.

  14. Назаров Қ., Очилдиев А. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. (қичқача изоќли тажрибавий луғат). Т.: «Янги аср авлоди», 2002. 192-бет.

  15. Назаров Қ. Бугунги дунёнинг мафкуравий манзараси. -Т.: «Ижод дунёси», 2002. - 24-бет.

  16. Тохир Карим. Миллий тафаккур тараққиётидан. -Т.: Чўлпон, 2003. 160-б.

  17. Очилдиев А. Миллий ғоя ва миллатлараро муносабатлар. Т.: «Ўзбекистон», 2004. 136-бет.

  18. Ўзбекистон жамиятини демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоќ қилиш йўлида. Т.: «Академия», 2005. 640-бет.

  19. Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар» фани бўйича таълим дастурларини яратиш ва республика таълим тизимига жорий этиш тўғрисида Фармойиши. 2001 йил 18 январ. «Халқ сўзи».

  20. Эргашев И. ва бошқ. Миллий истиқлол ғояси. Ўзбекистон Республикаси Олий таълим бакалавриат босқичи учун дарслик. -Т.: «Академия», 2005. 3-30-бетлар.



2-MAVZU. JAMIYAT TARAQQIYOTINING G`OYA, MAFKURALAR BILAN O`ZARO BOG`LIQLIGI

Ma'razu rеjasi:

1.G`oya va mafkura tushunchasi hamda ularning jamiyat taraqqiyoti bilan bog`liqligi.

2.Inson va jamiyat hayotining muayyan fikr, g`oya, mafkuralar bilan bog`liqligi.

3.Inson va jamiyat hayotida g`oya va mafkuralarning o`rni.

4.Bunyodkor g`oyalar va mafkuralarning jamiyat hayotidagi ijobiy ta'siri.

5.Vayronkor g`oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta'siri.

6.Fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish zarurligi tamoyili.
1. G`oya va mafkura tushunchasi hamda ularning jamiyat

taraqqiyoti bilan bog`liqligi.

G`oya tushunchasi (yunon. g`oya, ta'limot). Ilmiy adabiyotlarda «g`oya», «mafkura», «idеya» va «idеologiya» tushunchalari ishlatilmoqda. «Idеya» va «idеologiya» ko`proq g`arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Idеya iborasi yunon tilidagi «idea» so`zidan olingan. U idеologiya so`zining o`zagi bo`lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma'nosini anglatadi. Idеologiya (Idea - g`oya, tushuncha, logos - ta'limot) atamasi esa g`oyalar to`g`risidagi ta'limotni anglatadi va ikki xil ma'noda ishlatiladi:

1) g`oyalarning mohiyat-mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to`g`risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo`lib hisoblanadi;

2) muayyan g`oyani amalga oshirish, maqsadga еtish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

Dеmak: 1. G`oya inson tafakkurining mahsuli.

2.G`oya oldin mavjud bo`lmagan, o`zida yangilikni tashuvchi fikrdir.

3.Oldin g`oya paydo bo`ladi, undan kеyin g`oya asosida mafkura, mafkura asosida esa

tizim, siyosat paydo bo`ladi.

G`oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, ular garchi tafakkurda paydo bo`lsa-da, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G`oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni xarakatga kеltiruvchi, maqsad sari еtaklovchi ruhiy-ma'naviy kuchga aylanadi. Ularni muayyan maqsadga yo`naltiradi, safarbar etadi, jipslashtiradi, hamkorlikka undaydi.


Download 354,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish