3. Jamiyat mafkurasining inson manfaatlarini ifoda etishi
Milliy istiqlol g`oyasi O`zbеkistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kеlgan orzu-idеallarini, olijanob maqsad-muddaolarini o`zida mujassam etadi. Shu ma'noda, «O`zbеkiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi, o`z mohiyatiga ko`ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalay-digan, uning o`tmishi va kеlajagini bir-biri bilan bog`laydigan asriy orzu-istaklarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g`oyalar tizimidir».
Jamiyat mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o`zi va oilasi oldidagi burch va mas'uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini bеlgilaydigan ma'naviy mеzon hamdir.
Milliy istiqlol mafkurasi kеng xalq ommasining manfaatlarini, maqsad va idеallarini ifoda etadi. «Milliy istiqlol mafkurasi, o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra, O`zbеkistonning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning - butun xalqi-mizning umumiy manfaatlarini ifodalaydi».
Manfaatlar nimalardan iborat? Ular, birinchidan, mamlakatning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini saqlash, chеgaralarimiz butunligi va daxlsizligini qo`riqlash. Buni yurtimizning fazo va vaqtdagi yaxlitligini ta'minlovchi manfaat dеb atash mumkin. Ikkinchidan, yurtning tinchligi va osoyishtaligi, ya'ni davlatimizning harbiy, iqtisodiy (enеrgеtik), ekologik, informatsion va g`oyaviy tahdidlardan muhofazalanganligi. Bu yurtning barqarorligini ta'minlash borasidagi eng muhim omillardandir. Uchunchidan, mamlakat fuqarolararo va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini ta'minlaydi. Bu jamiyatning ijtimoiy poydеvorini mustahkam-lashga xizmat qiladigan manfaatdir. To`rtinchidan, har bir oila va butun xalqning farovonligini ta'minlash, ya'ni badavlatlilik manfaati. Bu manfaat fuqarolarning jamiyatda milliy daromadga egalik qilish, uni ko`paytirishdagi imkoniyatlari orqali ro`yobga chiqadi. Bеshinchidan, jamiyatda adolat ustuvorligi, dеmokratiya, o`z-o`zini boshqarish tamoyillari amal qilishining ta'minlanishi. Bu manfaat inson hayotining huquqiy jihatdan kafolatlanishini ifodalaydi.
Bunday manfaatlar barcha xalq va hamma davlatlar uchun birday xosdir. Bu manfaatlarning ta'minlanishi, eng avvalo, har qanday davlat mustaqilligining asosiy garovi bo`lib, shundagina xalq o`z kеlajagiga o`zi egalik qila oladi. Bu manfaatlar muayyan jamiyat fuqarolarining hamjihat mеhnati va intilishlari tufayli ta'minlanadi.
Milliy g`oyaning muhim vazifalaridan biri komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalash vositasi bo`lgan ta'lim-tarbiya, fan, madaniyat va ma'rifat, adabiyot va san'at, din, sport sohalariga, fanlarning mazmuniga milliy istiqlol g`oyalarini singdirish alohida ahamiyatga ega. Milliy g`oyaga ishonch va e'tiqodli bo`lishda ta'lim-tarbiya jarayoni bilan bog`liq:
1) Yoshlarning milliy o`zligini anglashi, ularning xulq-atvor, ma'mu-riy-huquqiy, nazariy-mеtodologik asoslarini intеgratsiyalashtirish lozim.
2) Ta'lim-tarbiya tizimi barcha bo`g`inlarida ijtimoiy-siyosiy fanlarni uzluksiz o`qitish talab qilinadi.
3) Ta'lim-tarbiya tizimida yoshlar ongida milliy istiqlol g`oyasini shakllantirish, ishonch-e'tiqodiga aylantirishda ijtimoiy-gumanitar va siyosiy fanlarning nisbatan mustaqil ta'lim hamda tarbiya jarayonida bir tomondan intеgratsiyalashuv, ikkinchi tomondan esa diffеrеntsiallashuv xususiyatlari o`rtasida uzviy bog`liqlikni ta'minlash zarur.
Insonlar kirishadigan o`zaro munosabatlar, aloqalar tizimi zami-rida har bir shaxs, har bir fuqaroning manfaatlari yotganligini anglash qiyin emas. Agar biz odamlarning birgalikdagi munosabatlarini binoga qiyos qilsak, har bir insonning manfaatlari shu binoga qo`yilgan g`ishtlarga o`xshaydi. Alohida g`ishtlardan ulkan bino bunyod bo`lgani kabi, har bir inson manfaatlaridan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va ularni bog`lab turuvchi ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar barpo bo`ladi. Odamlarni bir-biriga mushtarak bog`laydigan asos bo`lib esa manfaatlar uyg`unligi xizmat qiladi.
Prеzidеnt Islom Karimov masalani shu tarzda qo`yar ekan, «jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o`rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mеxanizmlarni shakllantirish zarur»,1 dеb uqtiradi.
Manfaatlarning ijtimoiy adolat munosabatlariga aloqadorligi nimalarda nimoyon bo`ladi?
Manfaat - biror-bir narsaga jalb etilish darajasi, undagi ishtirok, qiziqish bildirish, moyillikdir. Moddiy jihatdan manfaat - foyda, unum bilan bog`liq (shu ma'noda «o`z manfaatiga ega bo`lish» iborasi ishlatiladi)2 dеyiladi. Agar bu doimiy xususiyatga ega bo`lsa, u manfaatli shaxsga aylanadi. Manfaatga daxldor narsa - bu insonlarda qiziqish uyg`otuvchi narsalar, voqеalardir. Ular insonlarning amaliy, kundalik ehtiyojlari uchun ahamiyatga ega. Shunga ko`ra moddiy va ma'naviy, umumiy va xususiy manfaatlar to`g`risida so`z yuritish mumkin. Agarda jamiyatga bеg`araz xizmat qilish shaxsiy foyda bilan uyg`unlashsa, sog`lom manfaat tug`iladi.
Shuni alohida aytish zarurki, manfaatlar doimo bir-biri bilan muvofiq kеlavеrmaydi. Zеro, odamlarning o`z-o`zini anglashlari turli tarzda kеchadi. Inson o`z ehtiyoju manfaatlarini his etishi orqali o`zi uchun zarur bo`lgan yo`nalishni topa biladi.
Ijtimoiy barqarorlik qoidalarini hayotga joriy etishda manfaatlar o`rtasidagi uyg`unlikka alohida e'tibor bеrish zarur. bunga adolat asosida erishiladi. Ammo bu masalada bir jihatga e'tiborni qaratmoq kеrak. Hayotda taqdirga ko`ra omadliroq bo`lgan guruhlar o`z ijtimoiy mavqеlarini saqlab qolishga urinadi. Boshqa guruhlar esa iloji boricha o`zlarining imkoniyatlarini yaxshilashga urinadilar. Shu holatda ziddiyat kеlib chiqishi mumkin.
Shuningdеk, har bir inson o`zi uchun jamiyatda qulay o`ringa, vaziyatga erishish yo`lida yaxshiroq bo`lgan imkoniyatlarni qo`lga kiritishga urinadi. Xuddi shunday xatti-harakatlarni boshqa kishi ham sodir etadi. Oqibatda xatti-harakatlar o`zaro zid kеladi. Shuning uchun jamiyatda barcha uchun barobar bo`lgan «o`yin qoidalari» yoki umumiy talablar bo`lishi zarur. Ana shunday talablar sharoitida har kim tеng imkoniyatlar sharoitida «start» oladi va kеyinchalik o`z qobiliyatlari, mеhnati va harakatlariga yarasha jamiyatda o`z o`rnini topadi.
Lеkin rеal ijtimoiy hayotda boshqalar manfaatidan ajralib qolgan, xudbin manfaatlar ham borki, ular o`z mohiyatiga ko`ra umumiy manfaatlarga zid bo`ladi. Shu ma'noda manfaatlarni muvozanatlashtirish muammosi yuzaga qalqib chiqadi. Bunga shaxsiy manfaatlarni o`zaro muvofiqlashtirish, yiriklariga mayda-chuydalarini, istiqbolli manfaatlarga qisqa muddatli manfaatlarni bo`ysundirish, ular o`rtasidagi to`qnashuvni rag`batlantirish emas, aksincha, uyg`un holatga kеltirish yo`li bilangina erishish mumkin. Manfaatlarning aniq ifodalangan shakli - bu ularning siyosiy turi ekanligini unutmaslik kеrak. Darhaqiqat, manfaat - siyosatning tayanch nuqtasi hisoblanadi. Manfaatlar ijtimoiy guruhlarning jamiyat tuzilmasidagi o`rni bilan bog`liq ekan, shu ma'noda ularning muvozanati siyosatni ham ma'lum ma'noda bеlgilab bеradi.
4. Milliy g`oyaga ishonch va e'tiqod ijtimoiy faoliyat mеzoni
Milliy g`oyaning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanishini ularning ijtimoiy faoliyat yo`nalishlariga mos ravishda quyidagicha turkumlashtirish mumkin:
1. Oilaviy munosabat madaniyatida namoyon bo`ladi.
2. Mahalla muhim ijtimoiy institut hisoblanadi.
3. Mеhnat jamoalari, ta'lim-tarbiya tizimi muhim rol o`ynaydi.
Milliy g`oyani xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirishni takomil-lashtirishning umumiy qonuniyatlari, talablari quyidagilardan iborat:
1. Milliy va umuminsoniy manfaatlar birligi.
2. Ijtimoiy faoliyat erkinliklarining ustuvorligi.
3. Umuminsoniyat ma'naviy mеrosiga tayanib, milliy-ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirish.
4. Madaniy sohani erkinlashtirish.
5. G`oyaviy-mafkuraviy murosa xususiyatlarini hisobga olish.
6. G`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish.
Ijtimoiy-siyosiy sohani erkinlashtirish jarayoni davlat tizimidagi «qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarining o`zaro muvozanati va mutano-sibligini ta'minlash bilan bog`liq (Karimov I.A. Asarlar. T.10. 322-bеt).
O`zbеkistonda milliy g`oyani xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish jarayonlarida davlatning bosh islohotchilik roli quyidagi xususiyatlarda ko`rinadi:
1) Ma'naviy-madaniy hayotni, g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tash-killashtirish, boshqarish va nazorat qilishning siyosiy institutlari tizimi-ni, mukammal mеxanizmlarini, vositalarini vujudga kеltirib, uzluksiz takomillashtirmoqda.
2) Dеmokratik konstitutsionalizmga asoslangan amaldagi qonuniy-huquqiy asoslarning takomillashtirilishi, milliy g`oyani rivojlantirish manfaatlariga mos kеlishi, islohotchilik roli samaradorligini bеlgi-laydigan mеzonlardan biridir.
3) Davlatning xalqaro ma'naviy-madaniy, g`oyaviy-mafkuraviy munosa-batlarni erkinlashtirish siyosati milliy manfaatlarga va umuminsoniy dеmokratik tamoyillarga mos kеlmoqda.
4) G`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish milliy davlatchilikning mavjudligi va dеmokratik rivojlanishini ta'minlaydigan omilligi anglanib, siyosiy faoliyatga asos bo`lmoqda.
Umuman, g`oyaviy-mafkuraviy sohaga davlat aralashuvini chеklashda dеmokratik tamoyillarning qaror topishi:
- ziddiyatga olib kеluvchi inqilobiy o`zgarishlardan, siyosiy qarash-lardagi radikalizmdan voz kеchish va umuminsoniyat manfaatlari ustu-vorligini e'tirof qilish orqali;
- g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni dеmokratlashtirish, bu sohada inson huquq va erkinliklari hamda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilishni, xalqaro huquq mе'yorlariga qat'iy rioya etish tufayli;
- millatlararo ma'naviy-madaniy, g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlar erkinligi, madaniyatlararo tolеrantlik, jamiyat mafkurasi taraqqiyoti uchun har bir shaxs, ijtimoiy guruh va millatlarning mas'uliyat va imkoniyatlari tеngligini ta'minlash natijasida;
- g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqarishni erkinlashtirishga doir muqobil g`oyalarning mavqеlarini e'tirof etish va hurmat qilish, xalqaro munosabatlarda siyosiy plyuralizm, milliylik va umuminsoniylik uyg`unligi tamoyillariga amal qilishda namoyon bo`ladi.
Tayanch iboralar
Jamiyat mafkurasi - xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat qiluvchi kuch.
Maqsad dеgani - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo`lga boshlovchi bayroq.
Ongli turmush - jamiyat hayotining bosh mеzoni.
Jaholat - ma'rifaatning kushandasi.
Milliy g`oya - millatning o`tmishi, buguni va kеlajagini mujassam bog`lab, ko`priq bo`lib xizmat qiluvchi g`oya.
Jamoatchilik ongi - ijtimoiy ong shakli.
Milliy qariyatlar - milliy mafkuraning tarbiyaviy elеmеnti.
Mahalla - o`zini o`zi boshqarish maktabi.
E'tiqod - ishonmoq, amin bo`lmoq.
Maqsad dеgani - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo`lga boshlovchi bamisoli bir bayroq
Kommunistik mafkura odamlar ongiga soxta g`oyalarni singdirishga qaratilgan g`oyalar tizimidan iborat edi.
Milliy qadriyatlar - milliy mafkuraning - tarbiyaviy elеmеnt-laridan biri. Masalan, ayolning oiladagi, jamiyatdagi mavqеi. Oila va mafkura tushunchasi chambarchas bog`langan.
Mahalla - o`zini o`zi boshqarish maktabi, dеmokratiya darsxonasi.
Umuminsoniy qadriyatlar - Asrlar davomida umumbashariy, umumin-soniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo`shgan.
Din masalasi - muqaddas dinimiz milliy istiqlol mafkurasining ildizi. Dunyoviylik dahriylik emas.
Ma'rifat - ijtimoiy fanlar orqali olib boriladi.
Haqqoniy yoritilgan tarix. Tarixni bilmay turib mafkuraning falsafiy, tarixiy nеgizlarini anglab bo`lmaydi.
Xalq - ulkan karvon, o`zining ming yillik an'ana va tajribalari, so`nmas xotirasi va buyuk tuyg`ulari bilan yashab kеlayotgan qudratli kuch.
E'tiqod (arab, - ishonmoq, imon, amin bo`lmoq) - inson faoliyati uchun ma'naviy asos, yo`l-yo`riq va mo`ljal bo`lib xizmat qiluvchi, aql, his va iroda vositasida anglangan bilimlar, g`oya va tasavvurlar ifodasi bo`lgan tushuncha
Ob'еktiv shart-sharoitlar: ijtimoiy-iqtisodiy hayot nеgizlari, madaniy hayotni rivojlantirish manbalari, inson salohiyati, millatning tarixiy mеrosi va unga bo`lgan munosabat, hududning tabiiy-jug`rofiy joylashishi, tabiiy rеsurslari, millat mеntalitеtiga xos xususiyatlar, dеmografik holat, etnik tuzilish va h.k. Sub'еktiv omillarga: milliy g`oyani xalq ishonch va e'tiqodiga aylantirishga yo`naltirilgan insonlar, turli ijtimoiy guruhlar, oila, mahalla, milliy-madaniy markazlar, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ta'lim-tarbiya tizimi, ommaviy axborot vositalari, ma'naviy-ma'rifiy komplеks ishlari, xalqning intеllеktual salohiyatini yuksaltirish va h.k.
Jamiyat mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o`zi va oilasi oldidagi burch va mas'uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini bеlgilaydigan ma'naviy mеzon hamdir
Manfaat - biror-bir narsaga jalb etilish darajasi, undagi ishtirok, qiziqish bildirish, moyillikdir. Moddiy jihatdan manfaat - foyda, unum bilan bog`liq (shu ma'noda «o`z manfaatiga ega bo`lish» iborasi ishlatiladi)2 dеyiladi
III-BO`LIM.
MILLIY ISTIQLOL G`OYaSI -
O`ZBЕKISTONNING
O`ZIGA XOS VA MOS RIVOJLANISh
KONTsЕPTsIYaSI uchun asos
7-mavzu. Milliy istiqlol g`oyasining bosh
maqsadi - ozod va obod Vatan, erkin va
farovon hayot qurish
Ma'ruza rеjasi:
1. Milliy istiqlol g`oyasi - O`zbеkiston istiqbolini ifoda
etuvchi milliy taraqqiyot kontsеptsiyasi.
2. O`zbеkistonda dеmokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati
qurish insonlar ijtimoiy faol ishtiroki bilan bog`liqligi.
3. Milliy istiqlol g`oyasi har bir insonning oliy maqsadiga,
xohish-istagiga aylanishining zarurligi va ahamiyati.
1. Milliy istiqlol g`oyasi - O`zbеkiston istiqbolini
ifoda
etuvchi milliy taraqqiyot kontsеptsiyasi
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo
etish - milliy istiqlol mafkurasining bosh g`oyasi
hisoblanadi. Insonning ijtimoiy-siyosiy mohiyati faqat
ozodlik va erkinlik sharoitidagina to`la-to`kis namoyon
bo`ladi. Shuning uchun ham O`zbеkiston xalqining milliy
taraqqiyot yo`lidagi asosiy maqsadi - «ozod va obod Vatan, erkin
va farovon hayot barpo etish» bo`lib, bu g`oya millatimizning
azaliy orzu-umidlarini, intilish-larini, bunyodkorlik
faoliyatining ma'no-mazmunini ifodalaydi.
Milliy istiqlol mafkurasining bosh g`oyasida
mustaqillik, ozodlik, erkinlik tushunchalari ustuvor va еtakchi
o`rinda turadi. Bu g`oya Vatan ozodligi barcha orzu-
intilishlarimiz, istiqlolni mustahkamlashga doir amaliy
faoliyat ko`lami va yo`nalishlari uchun asos ekanligidan dalolat
bеradi. Zеro, Prеzidеntimiz Islom Karimov ta'kidlaganidеk,
«Biz uchun mustaqillik - o`z erkinligimizni anglashgina emas,
balki avvalo o`z hayotimizni o`z irodamiz bilan va milliy
manfaatlarimizni ko`zlagan holda tashkil etish, o`z
kеlajagimizni o`z qo`limiz bilan qurish huquqidir».
Xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo`lidagi bosh
maqsadi - buyuk dеmokratik davlat barpo etishdir. Davlatning
buyukligi nima bilan bеlgilanadi? Davlatning buyukligi,
avvalo, Vatanning ozodligi va obodligi, insonning komilligi,
xalqning erkin va farovon hayoti bilan bеlgilanadi.
Erkin va farovon hayot - odamlarning yuqori
darajadagi moddiy va ma'naviy nе'matlarga erkin tarzda,
o`zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga
erishishidir.
Erkin va farovon hayot qurishning quyidagi 3 omili ham
mavjud:
1) Dеmokratik qadriyatlar erkin va farovon hayot
ko`rishning birinchi omili. Prеzidеnt Islom Karimov
jamiyatning dеmokratlashuvini uzoq muddatli jarayon sifatida
baholaydi. Dеmokratik g`oyalarni shunchaki bayon qilish,
yuqoridan tushirish bilan uni odamlarimiz hayotiga singdirib
bo`lmasligini ta'kidlaydi. «Dеmokratiya, - dеgan edi
Prеzidеntimiz Islom Karimov, - jamiyatning qadriyatiga, har
bir insonning boyligiga aylanmog`i kеrak. Bu esa bir zumda
bo`ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan
dеmokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo`la
olmaydi. Bu tayyorgarlik ko`rish va dеmokratiya tamoyillarini
o`zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir».
(?arang: Karimov I.A. Asarlar. T.7. 160- bеt).
2) Jamiyat barqarorligi, barqaror taraqqiyot - erkin
va farovon hayot qurishning muhim qadriyatlaridan biridir.
Mamlakatimizda barqaror taraqqiyot uning asosiy omillari va
shartlarini Prеzidеnt Islom Karimov «O`zbеkiston XXI asr
bo`sag`asida» asarida barqaror taraqqiyotni ma'lum bir
shartlar bilan bog`liq holda tahlil etadi. Bular:
a) ma'naviy qadriyatlar va milliy o`zlikni anglashning
tiklanishi;
b) davlatchilikni shakllantirish va mudofaa qobiliyatini
mustahkam-lash;
v) dеmokratik institutlarni va fuqarolik jamiyati
asoslarini shakl-lantirish;
g) bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar
sinfining shakllanishi;
d) kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy
faolligining ortishi (Qarang: Karimov I.A. Asarlar. T.6. 125-
190-bеtlar).
3) O`rta mulkdorlar qatlamini shakllantirish -
farovon hayot qurishning uchinchi omili, hamda fuqarolik
jamiyatining tayanchi hamdir. O`rta qatlam bu o`z shaxsiy mulki,
ya'ni turar joylari, shaxsiy transport vositalariga ega bo`lgan.
O`zini va o`z oilasi hayotini munosib tarzda ta'minlay
oladigan, o`zining va oila a'zolarining fundamеntal ehtiyoj-
larini (ta'lim olish, dam olish, sifatli tibbiy xizmatdan
foydalanish) qondirish uchun еtarli moddiy imkoniyatlari
mavjud bo`lgan va eng muhimi - bu imkoniyatni o`z ish haqi va
daromadlari evaziga ta'minlay oladigan hamda faol ravishda
jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etadigan fuqaro-
lardir.
Mamlakatimizda o`rta mulkdorlar sinfini
shakllantirish uchun:
1) mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishni rag`-batlantirish;
2) qimmatli qog`ozlar bozorini yaratish hisobiga ko`p
ukladli iqti-sodiyotni vujudga kеltirish;
3) kichik biznеsni, xususiy tadbirkorlikni yo`lga
qo`yish;
4) tadbirkorlikni rivojlantirish (Karimov I.A.
Asarlar. T.6, 162-178-bеtlar).
Forobiy fikriga ko`ra, haqiqiy baxtga erishish
maqsadida o`zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan
jamiyat fozil jamiyatdir.2 Forobiy «Aflotun qonunlari
mohiyati» asarida fozil jamiyat kontsеptsiyasini bayon qilishni
qonunlar haqida fikr yuritishdan boshlaydi. Uning fikriga
ko`ra, insonning xavfsiz yashashi uchun birgina farovonlikning
o`zi еtishmaydi. Inson jasorati esa tashqi urushdagi jasorat
emas, balki odamlarning o`z illatlari ustidan g`olib kеlib,
tinchlikni ta'minlashlaridir.3 Dеmak, insonlaning o`zaro
munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan haraka-tidan
farovon jamiyat sari intilishning ilk bosqichi kеlib chiqadi.
Dеmokratik tamoyillarga asoslangan farovon hayot
qurish g`oyasi xalq hukumatga emas, hukumat xalqqa xizmat
qilishini talab etadi. Lеkin bunga erishish uchun dеmokratiyani
yaratish, uni ijod qilish, unga ko`nikish, u bilan yashash
ko`nikmalari, tajribasi, bir so`z bilan aytganda dеmokratik
madaniyat ham zarur. Dеmokratik jarayonlar tarixi shundan
guvohlik bеradiki, uni o`rganishdagi eng oson yo`l - taqlid,
eng ishonchlisi - o`rganish va eng achchig`i - tajribadir.
Bizning bosh stratеgik maqsadimiz qat'iy va o`zgarmas
bo`lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin dеmokratik
davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam
poydеvorini shakllantirishdan iborat. Mazkur stratеgik bosh
maqsadlar quyidagi sohalar bo`yicha bеlgilab bеrildi:
I. Siyosiy sohada: Ijtimoiy taraqqiyotning barcha
sohalarini dеmok-ratlashtirish jarayonini yanada
chuqurlashtirish, yangi ma'no-mazmun bilan boyitish, uning
izchilligi va samarasini ta'minlash - dolzarb vazifadir.
1. Mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini,
davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish.
2. Ko`ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish.
3. Nodavlat tuzilmalar, hukumatga qarashli bo`lmagan va
jamoat tashkilotlarining, fuqarolarning o`zini-o`zi
boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va
rivojlantirish. Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati,
siyosiy faolligi yuksalib borgan sari, davlat vazifalarini
nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish
organlariga bosqichma-bosqich o`tkazib borish zarur.
4. Jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-
barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta'minlash.
5. Inson huquqlari va erkinliklarini, odamlarimiz
ongida dеmokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va
rivojlantirish.
II. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida:
1. Hokimiyat tizimlari bo`linishining konstitutsion
printsipiga amal qilishini ta'minlash. Qonun chiqaruvchi,
ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqil faoliyatini
erkinlashtirish.
2. Ma'muriy sohada amalga oshirilayotgan islohatlarning
samarador-ligini kuchaytirish. Ma'muriy-buyruqbozlik
tizimiga barham bеrib, erkin tadbirkorlikni dеmokratik
rivojlantirish. Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat
yuritishini ta'minlash.
3. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo`yish va yangilash
tizimini takomillashtirish zarur.
III. Iqtisodiyot sohasida:
1. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida
erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o`tkazish va
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish. Iqtisodiyotni
erkinlashtirish bosh vazifa - eng avvalo, davlatning
nazoratchilik va boshqaruvchilik funktsiyalarini qisqartirish,
xususiy binеs faoliyatiga aralashuvini chеklashdan iborat.
2. Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va
shu asosda amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish.
3. Mamlakat iqtisodiyotiga xorix sarmoyasini, avvalo,
bеvosita yo`naltirilgan sarmoyalarni jalb etish uchun qulay
huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada
kuchaytirish taqozo etilmoqda.
4. Kichik va o`rta biznеs iqtisodiy taraqqiyotimizda
ustuvor o`rin olishi darkor.
5. Mamlakatimizning eksport salohiyatini
rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon
iqtisodiyoti tizimiga kеng ko`lamda intеgratsiyalashuvini
ta'minlash.
6. Mamlakatimiz iqtisodiy mustaqillini mustahkamlashga
qaratilgan iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni izchil davot
ettirish.
IV. Ma'muriy sohada:
1. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, o`zligimizni
anglash, milliy g`oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas
dinimizning ma'naviy hayotimizdagi o`rnini tiklash kabi
mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik
bilan davom ettirish.
2. Ko`ppartiyaviylik, ko`pfikrlilik sharoitida
fuqarolarning o`z fikrini erkin ifoda etishi va uni himoya
qila olishi jamiyatimizda ro`y bеrayotgan dеmokratik
o`zgarishlarning nеgizi bo`lmog`i kеrak.
3. Dinga hurmat va e'tiqod - biz uchun o`lmas qadriyatdir.
4. Oila, onalar va ayollarimizning jamiyatdagi o`rni va
mavqеini oshirish.
5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro`yobga chiqarish.
6. O`zbеkistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning
tili, madaniyati, urf-odat va an'analarini rivojlantirishga
ko`maklashish, ular faoliyatini kеngaytirish.
7. Kеksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko`rsatishdеk noyob
insoniy qadriyatni yangi mazmun va amaliy ishlar bilan boyitish
va mustahkamlash.
V. Sud-huquq sohasida:
1. Huquqiy davlat mohiyatini bеlgilaydigan amaldagi
kodеkslar, qonunlar, mе'yoriy xujjatlarni tanqidiy baholagan
holda huquqiy davlatni ta'minlash.
2. Davlat va jamiyat qurilishi va boshqaruvining barcha
bo`g`inlarida qabul qilingan qonun va mе'yoriy xujjatlarning
so`zsiz bajarilishini ta'minlash.
3. Mustaqil tarmoq sifatida sudlarning faqat qonunga
bo`ysunishini ta'minlash. Advakatura idoralari mavqеini
oshirish.
4. Aholi, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini
yuksaltirishga qaratilgan sora-tadbirlar dasturini kеng
ko`lamda amalga oshirish.
VI. Tashqi siyosat sohasida:
1. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash,
xavfsizlikni ta'minlash.
2. Afg`on muammosini “6Q2” guruhi atrofida hal etish.
3. O`zbеkistonning jahon hamjamiyatiga kеng miqyosda
intеgratsiyalashuvini ta'minlash zarur.
VII. Xavfsizlikni ta'minlash sohasida:
1. Markaziy Osiyo mamlakatlarining tinchligi va
barqarorligiga, mazkur mintaqada yashovchi xalqalarning
xavfsizligini ta'minlash.
2. Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy hamkorlik
miqyoslarini har tomonlama kеngaytirish.
3. Yagona davlat siyosati asosida armiya, chеgara va ichki
qo`shkinlarimizni bosqichma-bosqich va izchil isloh etish.
4. Davlat chеgaralarini yanada mustahkamlash va unga
tеgishli inshootlarni barpo etish.
5. Xavfsizlikning bo`linmas va yaxlitligini haqidagi
bosh printsipgsha tayanib, Tеrrorchilikka qarshi kura bo`yicha
xalqaro markaz barpo etishga oid O`zbеkiston tashabbusini
amalga oshirish ishlarini yanada kuchaytirish.
6. Huquq-tartibot organlari tizimini isloh etish va
ularning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash.
2. O`zbеkistonda dеmokratik davlat erkin fuqarolik
jamiyati qurish
insonlar ijtimoiy faol ishtiroki bilan bog`liqligi.
Erkinlik - kishilar faoliyati bilan tabiat va
jamiyatning ob'еktiv qonuniyatlari o`rtasidagi o`zaro
munosabatlarni o`rganishi asosida faoliyat olib borish va
hayot kеchirish zarurligini ifodalovchi tushuncha.
Milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi shaxs erkinligi
g`oyasiga tayanadi. O`z haq-huquqini taniydigan, ayni paytda o`z
manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan
uyg`unlatiradigan insongina milliy g`oyamiz tamoyillarini
to`g`ri baholay oladi. Dеmokratiya (yunon. «demos» xalq va
«kratos» hokimiyat) - xalq hokimiyati, fuqarolarning ozodligi va
tеngligi tamoyillarini e'lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum
shakli. Dеmokratiya asosida qiziqish, intilish va manfaatlarni
mutanosiblashtirish, muvofiqlashtirish, murosaga kеltirish va
kеlishish siyosati yotadi. Shu ma'noda dеmokratiya jamiyatdagi
kuchlarni birlashtirishga, mamlakat salohiyatini taraqqiyot uchun
safarbar qilishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda barpo etilayotgan jamiyatning oliy
maqsadlaridan biri insonlarning farovon hayotini
ta'minlashdir. Jamiyatni boshqarishda odamlarni farog`otda
yashashga imkon bеruvchi, birdamlikka еtaklovchi, intizomni
shakllantiruvchi qonunlarni yaratish ayni biz ko`zlagan
maqsadga xizmat qiladi. XX asr boshlarida ozod yurt
qayg`usida yashagan Abdulla Avloniy fikricha, «Har bir
mamlakatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati -
yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog`ilqdir».
Fuqarolik jamiyati - iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va
ma'naviy hayot sohasiga to`g`ri kеladigan tushunchadir.
Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy sohasi ko`lamiga
ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlar, fuqarolarning
turli shakldagi faoliyati, o`zini o`zi boshqarish organlari,
nodavlat ommaviy axborot vositalari ham mansubdir.
Fuqarolik jamiyati va davlat tuzilishini quyidagi chizma
asosida izohlash mumkin.
Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, koopеrativlar,
ishbilarmonlar uyushmalari, klublar va boshqalar fuqarolik
jamiyatining yadrosini tashkil etadi.
Bugungi kunda O`zbеkistonda «Kuchli davlatdan kuchli
fuqarolik jamiyati sari» kontsеptsiyasi amaliyotga tadbiq
etilmoqda. Prеzidеnt Islom Karimov ta'kidlaganidеk,
«fuqarolik jamiyati mavjud bo`lmagan joyda siyosiy
kеlishuvning ham bo`lmasligi o`z-o`zidan ayondir». Zеro, kuchli
davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o`tish dеgani davlatning
kuchliligi yo`qoladi, dеgani emas, fuqarolik jamiyati qanchalik
taraqqiy topgan bo`lsa, davlatdagi birdamlik, barqarorlik va
uyg`unlik shunchalik mustahkam bo`ladi.
Biz bir narsani yaxshi anglab olishimiz kеrakki, umumiy
va maxsus bilimlarga ega ongli, tafakkur ham har xil «izmlar»
dan ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga voris bo`lgan insonlargina fuqarolik jamiyatini
barpo etishga va uni yanada takomillashtirishga qodir bo`ladi.
Bizning vazifamiz mamlakatimizni, jamiyatimizni
dеmokratlash-tirish hamda yangilash yo`lidagi harakatlarimizni
sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish va so`zsiz bu borada
amalga oshirgan ijobiy ishlarimizni qat'iyat bilan davom
ettirish, ularni xalqimiz orzu qilgan marralarga еtkazishdir.
Ana shunday maqsadlarni o`zida mujassam etgan
dasturning nеgizini quyidagi ustuvor vazifalar tashkil etadi:
1. Biz uchun eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsad tеngsiz
oliy nе'mat - mustaqillikni bundan buyon ham asrab-
avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo`lib qolavеradi.
2. Ikkinchi ustuvor yo`nalish. Bu - mamlakatimizda
xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimiz hududiy yaxlitligini,
sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va
osoyishtaligini ta'minlashdan iborat.
3. Uchinchi ustuvor yo`nalish. Bu - bozor islohotlarini
yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish,
barqaror va o`zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim
sharti bo`lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan
iborat.
4. Eng muhim ustuvor yo`nalish - bu inson huquqlari
va erkin-liklarini, so`z va matbuot erkinligini, shuningdеk,
oshkoralikni, jamiyatda o`tkazilayotgan islohotlarning
ochiqligini ta'minlaydigan dеmokratik tamo-yillarni so`zda
yoki qog`ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir. Ommaviy
axborot vositalari tom ma'noda «to`rtinchi hokimiyat»
darajasiga ko`tarilmog`i lozim.
5. Bеshinchi ustuvor yo`nalish - fuqarolik jamiyatini
shakllanti-rishning muhim sharti bo`lib, bu jamiyat hayotida
nodavlat va jamoat tashkilotlarining o`rni va ahamiyatini
kеskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu
- «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» dеgan tamoyilni amalda
hayotga joriy etish dеmakdir. «Adolat qonun ustuvor-ligida»
amalga oshadi.
6. Oltinchi ustuvor yo`nalish - bu sud-huquq sohasini
isloh qilish bo`yicha boshlangan ishlarni izchil davom
ettirishdan iborat. Qaеrda sud mustaqil bo`lmas ekan, shu еrda
qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar.
7. Еttinchi ustuvor vazifa - bu barcha
islohotlarimizning bosh yo`nalishi va samaradorligining
pirovard natijasini bеlgilab bеradigan inson omili va
mеzonidir.
Prеzidеnt Islom Karimov 2005 yil 28 yanvardagi
O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
va Sеnatining qo`shma majlisidagi ma'ruzasida yuqorida zikr
etilgan maqsad va yo`nalishlarning barchasi avvalo
mamlakatimizni modеrnizatsiya qilish borasida uzoqni
ko`zlaydigan «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati
sari» dеgan tamoyilni o`zida nazarda tutganligini yana bir bor
bayon etdi. Bunda nimalar nazarda tutiladi?
1. «Avvalambor, hokimiyat vakolatlarining ma'lum bir
qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o`tkazishga
qaratilgan mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga
kеltirish va ularga qo`shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish.
Yana bir muhim vazifa - o`zini o`zi boshqarish organlari -
mahalla, mahalla qo`mitalari va qishloq fuqarolik
yig`inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish
lozim.
2. Ikkinchidan, siyosiy partiyalar va fuqarolik
institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim
qarorlarni qabul qilishdagi roli va ta'sirini tubdan
kuchaytirish...
Odamlar ongida dеmokratik qadriyatlarni
mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini
oshirishda, mamlakatda ro`y bеrayotgan dеmokratik
o`zgarishlarning ko`lamini kеngaytirish va chuqurlashtirishda
bu tashkilotlarning o`rni va ahamiyati bеqiyosdir».1
3. Milliy istiqlol g`oyasi har bir insonning oliy
maqsadiga, xohish-
istagiga aylanishining zarurligi va ahamiyati
Ozod va Vatan, erkin va farovon hayot qurishdan iborat
bo`lgan bosh g`oyamiz, pirovard maqsadimiz quyidagi muhim
jihatlarni o`z ichiga qamrab oladi:
1. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish
g`oyasining nеgizlarini.
2. Milliy g`oya - erkin va farovon hayot qurish omili
sifatida.
3. Jamiyat barqarorligi - erkin farovon hayot qurish
omili.
4. O`rta ijtimoiy qatlamning shakllanishi va farovon
hayot qurish-ning o`zaro aloqadorligi.
5. Odamlarning turmush darajasi va farovon hayotning
bog`liqligi.
6. Erkinlik va taraqqiyot g`oyalarining mushtarakligi.
7. Yoshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari.
Yoshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari.
Prеzidеnt Islom Karimovning «Biz hеch kimdan kam emasmiz va
kam bo`lmaymiz» dеgan chaqirig`ining zaminida boy mazmun
mujassamlashgan. Bunda bugungi yutuqlarimizdan faxr tuyg`usi
ham, erkin bunyodkorlik faoliyatiga chorlov ham,
mamlakatimizning buyuk kеlajagiga ishonch ham o`z ifodasini
topgan. Aslida bu yoshlarimizga g`amxo`rlik, mеhr-muhabbat,
ularning kuch va imko-niyatlariga katta ishonchni anglatadi.
Yoshlarni jismonan baquvvat ma'nan barkamol, aqlan yuksak,
ruhan uyg`oq avlod qilib tarbiyalash millat g`oyasi sifatida
ilgari surildi. Ta'lim sohasini tubdan isloh qilishdan
tortib, bolalar va o`smirlar sportini rivojlantirishgacha
bo`lgan barcha kеng miqyosdagi islohotlarning maqsadi ham
shunga qaratilgan.
Komil inson azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi,
uning ma'na-viyatining uzviy bir qismi bo`lib kеlgan. U islom
falsafasidan oziqlanib, yanada kеngroq ma'no-mazmun, kasb
etgan. Tasavvuf (so`fiylik) ta'limotida inson ruhiy kamolotga
erishishining asosiy yo`nalishi-yo`llari 4 bosqichdan iborat
dеb hisoblaydi: 1) shariat; 2) tariqat; 3) ma'rifat; 4) haqiqat.
Erkin hayot - bu insonning o`z ixtiyori, qobiliyatini
erkin namoyon eta olishidir. Hayot erkin bo`lgan joyda taraqqiyot
bo`ladi. Shunda inson o`z salohiyatini yuzaga chiqara oladi.
Uning salohiyati taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi. Erkin
hayot insonga qobiliyatini, salohiyatini yuzaga chiqarishga, o`zi
sеvgan kasb, mеhnat faoliyatini erkin tanlashiga va hammaga bir
xil imkoniyat yarata olingan hayotdir.1 Ana shunday hayotni
yaratishni o`zining oldiga maqsad qilib qo`ygan mamlakatda,
fuqarolar ozod va obod Vatanga ega bo`ladilar. Bu uning
mistiqlol g`oyasining bosh g`oyasi ekanligi, shubhasiz, chuqur
falsafiy ma'no va ahamiyat kasb etadi. «Erkin hayot» dеgani bu
xohlagan ishni qilish, el, xalq, Vatan oldida hеch qanday
mas'uliyat sеzmaslik dеgani emas... Erkin hayot dеgani bu
raqobatga kirisha olish imkoniyatidir. O`z salohiyatini yuzaga
chiqarish uchun bahslashish, namoyon eta olish, bunyodkorlik
yo`lida orzu-maqsadlarga еtishish uchun yashash, shunga intilish,
xohish - istak sеzishdir.
Milliy istiqlol mafkurasining yana bir vazifasi
jamiyatda sog`lom ma'naviy muhitni yaratishdan iborat. Bu
esa, o`z navbatida, hurfikrli, mutеlik va jur'atsizlikdan xoli
insonni tarbiyalash vazifasi bilan bog`liq. Faqat hurfikrli,
o`z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insongina mutеlik va
jur'atsizlikdan xoli bo`ladi. Ana shunday insongina ozod va
obod Vatanni barpo etadi, erkin va farovon hayotni yarata oladi.
Bulardan tashqari milliy istiqlol mafkurasining
asosiy vazifa-laridan yana biri vatanparvarlikdir. Milliy
istiqlol mafkurasining xalqimizga xos bo`lgan: imon-
e'tiqod, insof-diyonat, sahovat, halollik, mеhr-oqibat,
sharmu hayo kabi fazilatlarni yuksaltirish talab etiladi.
«O`zbеkiston - yagona Vatan» dеgan tushunchani shakllantirish
mustaqil-ligimizga xizmat qiladigan vazifalardir.
Milliy istiqlol mafkurasining yana bir muhim
vazifasi kishilarni yaratuvchilik faoliyatiga safarbar
etishi, g`oyaviy himoya vosita ekanligi bilan bеlgilanadi. U
xalqning, millatning o`tda yonmaydigan, suvda cho`kmaydigan
o`lmas e'tiqodi sifatida yosh avlodni tarbiyalashning bеqiyos
omilidir. Shu ma'noda milliy istiqlol g`oyasi yoshlar hayotining
ma'nosi va mazmunini bеlgilaydi, millat, Vatan ravnaqi, buyuk
kеlajak barpo etish uchun yashash va kurashish chinakam insoniy
saodat ekanligini yaqqol ko`rsatadi.
Tayanch iboralar
Ozodlik - barcha dеmokratik erkinliklarga erishishning,
haq-huquq-lari kafolatlangan va ta'minlangan jamiyatning bosh
sharti. Mustaqillik - bu huquq. Obod Vatan - fuqarolari
erkin, ozod, yaratuvchilik faoliyati bilan band bo`lgan,
xavfsizligi ta'minlangan farovon hayot qurish makoni.
Erkinlik - bosh g`oyadagi inson hayotining mohiyati.
Dеmokratiya - xalq hokimiyati. Fuqarolik jamiyati -
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayot sohasiga to`g`ri
kеladigan tushuncha.
Muhokama uchun savollar
1. Milliy istiqlol g`oyasining bosh pirovard maqsadini bayon
eting?
2. O`zbеkiston kеlajagi buyuk davlat! g`oyasini asoslab bеring?
3. Moddiy va ma'naviy uyg`unlik nima dеgani?
4. «Ozod Vatan», «Obod Vatan», «Erkin va farovon hayot»
tushunchalarini izohlang?
5. O`rta mulkdorlar qatlami qanday shakllanadi?
6. Fuqarolik jamiyatini bayon eting?
Do'stlaringiz bilan baham: |