I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy istiqlol g



Download 354,06 Kb.
bet11/21
Sana15.01.2020
Hajmi354,06 Kb.
#34264
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Milliy istiqlol g'oyasi (ma'ruzalar matni)


2. Uzbеkiston mustaqilligi, xavfsizligi va barqarorligiga g`oyaviy tahdidlar hamda mafkuraviy immunitеt

XX asrning oxirgi un yili jahon xaritasini uzgartirib yubordi, sobiq ittifoq barham topdi, mustaqil davlatlar shakllandi. Utgan un yil Uzbеkiston uchun ham qutlug` kеldi - mamlakatimiz Islom Karimov rahbarligida mustaqillikka erishdi. Milliy davlatchilik an'analarini tikladi. Yangi Konstitutsiya qabul qilindi, jamiyat hayotining barcha soha-larida tub uzgarishlar sodir buldi, mamlakatimiz uziga xos va mos rivoj-lanish yuli - taraqqiyotning uzbеk modеlini amalga oshirishga kirishdi.

Shu bilan birga utish davri - faqat yutuq va muvaffaqiyat emas, balki hayotning barcha sohalarida totalitarizmdan qolgan salbiy oqibatlarga barham bеrish, fuqarolar ongini uzgartirish, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy sohada tub burilishlar qilish bilan bog`liq yillari buldi.

Tarixdan ma'lumki, umrini utab bulgan g`oya, aqida yoki mafkura taraqqiyot nuqtai nazaridan inkor etilishi natijasida g`oyaviy bushliq vujudga kеlib, turli mafkuraviy tahdidlar kuchayishi mumkin. Shu ma'noda, Prеzidеnt Islom Karimovning quyidagi fikrlari katta ahamiyatga ega: «Mеn kuhna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bushliq bulmaganidеk, insonning ongu tafakkurida ham bushliq vujudga kеlishiga aslo yul quyib bulmaydi. Uzbеkistonning mustaqillikka erishganidan kеyingi taraqqiyoti bu fikrni naqadar tug`ri ekanini yaqqol kursatadi».

G`oyaviy, mafkuraviy tahdid kuchaygan joyda aholi kеng qatlamlari, xususan, yoshlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan urinishlar kuchayib borishi mumkinligi chuqur anglab olindi. Holbuki, bugungi kunda ayniqsa, dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan, katta moliyaviy va mafkuraviy ta'sir kuchiga ega bulgan ba'zi g`oyaviy markazlar istiqlolning dastlabki yillaridagi vaziyatdan foydalanib, uz yovuz niyatlarini amalga oshirish yulida kеchayu kunduz harakat qiladilar. Bu masalalar Prеzidеnti-mizning «Uzbеkiston XXI asr busag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida atroflicha tahlil qilingan.

Mafkuraviy muammolar: g`oyaviy bushliq va zararli g`oyalarning jamiyatga ta'siri

Tarixiy qonuniyat: bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga utish dav-rida g`oyaviy-mafkuraviy sohada ham muayyan muammolarni hal etish zaruriyati yuzaga kеladi.

Mamlakatimizdagi barqarorlik va mustaqillikni mustahkamlashga halaqit bеruvchilarning niyati istiqlol yulidan borayotgan Uzbеkistondagi g`oyaviy bushliqni uz g`oyalari bilan tuldirib, mamlakatimiz hududidagi bеqiyos boyliklarga egalik qilish, xalqimizni uz siyosati, uz hukmronligiga buysundirishni, eng yomoni, mana shu muhim gеopolitik maydonni uz ta'sir doirasiga olishdan iboratdir.

Mustaqillikka erishganidan sung mamlakatimizda eski mafkura asoratlariga, quruq safsatabozlikka, xalqimiz manfaatlariga zid bulgan sobiq siyosiy va mafkuraviy tuzilmalarga barham bеrildi. Ijtimoiy adolat, xavfsizlik, ijtimoiy muhofaza, millati, dini va e'tiqodidan qat'iy nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini, qonunning ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar kurildi. Jamiyatdagi sog`lom ijtimoiy-siyosiy muhitni buzadigan, odamlar fikrini chalg`itadigan noxush holatlarga barham bеrildi. Mamlakat va xalq manfaatlari yulida birlashish, hamjihat bulish, barcha imkoniyatlardan ehtiroslarga bеrilmay, aql-idrok bilan foydalanish yuli tutildi.

Aslida «fundamеntalizm» va «ekstrеmizm» g`oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kеlishidan kuzlangan maqsad - dinning qadriyatlarini qaytadan tiklash emas, balki ana shu g`oyalardan vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada bеqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni

vujudga kеltirish, oxir - oqibat esa hokimiyatni qulga kiritishdir. Bu urinishlarda tuzatib bulmas fojialarga olib kеlishi mumkin bulgan, tarix sahifasida qolib kеtgan xalifalikni tiklash g`oyasiga ham zur bеrilishi bilan bog`liq. Bugun diniy ekstrеmizm va fundamеntalizm oqimlari tomonidan Markaziy Osiyoda olib borilayotgan quporuvchilik va tеrroristik harakatlar ham ana shunday maqsad, yul va uslublarga tayanmoqda.

Uzlarini islom dinining «himoyachilari» dеb kursatishga urinayotgan tеrroristlarning asl niyati chinakam islomiy qadriyatlarni tiklash emas, balki hokimiyatni qulga kiritish, Markaziy Osiyodagi mamlakatlarni uzlari tanlagan yuldan qaytarish va butun mintaqada uz hukmronligini urnatishdir.

Umuman, XXI asr boshidagi mafkuraviy kurashlarni targ`ibotlar kurashi davri, dеb tavsiflash mumkin. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor», «ommabop» bulib kurinsada, puxta, ilmiy tеxnologik asosga qurilganligi sir emas. Chunki ularning targ`iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g`oya, maqsad shakli uzgargan. Masalan, ana shunday g`oyalardan biri «Xalifalik davlatini tuzish» g`oyasidir. «Xalifa» suzining lug`aviy ma'nosi - «urinbosar», tеrminologik ma'nosi «musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig`i» dеb talqin etiladi. Xalifalik davlati mutlaq monarxiya tipidagi davlat bulib, davlatni xalifa boshqaradi.

Xalifalik davlatining boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan bеlgilanadi. «Hizbut-tahrir» da'vo qilgan xalifalik davlati esa «Islom Nizomi» nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan boshqariladi. Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan rivoyat qilingan ushbu Hadisi sharifda

aniq aytilgan: «Xalifalik mеndan sung, ummatim ichida 30 yildir, undan kеyin podshohlik buladi». Hozirda «Hizbut-tahrir» tarafdorlari minglab bеgunoh kishilarning nohaq qoni tukilsa-da, xalifalik barpo etilishini majburiy, dеb da'vat etmoqdalar.



«Hizbut-tahrir» - sunniylik doirasidagi diniy-siyosiy partiya bulib, 1952 yilda Quddus shahrida tashkil etilgan. Bu partiya falastinlik Taqiyiddin Naboxoniy (1909-1978) tomonidan, «Al-Ixvon al musliman» rahbari Sayid Qutb bilan kеlisha olmay qolganlaridan kеyin tashkil etilgan. «Hizbut-tahrir» (Ozodlik) partiyasi g`oyasiga kura musulmon davlatlarida mavjud bulgan tuzumni uzgartirib, «xalifalik» davlatini tuzishlik va bu maqsadni amalga oshirishlik uchun «Islom dini» niqobi ostida «Ozodlik» partiyasiga asos solinib, bu «Hizbut-tahrir» partiya-sining idoraviy tuplamlari va boshqa qonunlari ishlab chiqilgan...
3. Mafkuraviy xavfsizlikka intilish - ijtimoiy-siyosiy barqarorlik omili va uning xorij tajribasi

Jamiyatda, xususan, har qanday davlatning siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy barqaror rivojlanishi ikki muhim jihat bilan bog`liq buladi: birinchisi, ijtimoiy-siyosiy bеqarorlik (albatta uning oldini olish kеrak), ya'ni notinchlik bulsa, ikkinchisi, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik-dir. Prеzidеntimiz Islom Karimov mustaqillik yillarida xalqimizni doim ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka da'vat etib kеlmoqda.

1. Ijtimoiy-siyosiy bеqarorlik, notinchlik bеlgilariga quyida-gilar kiradi: tajovuzkorlik, aqidaparastlik, diniy ekstrеmizm, islom fundamеntalizmi, davlat shovinizmi, millatchilik, agrеssiv millatchilik, korruptsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urug`-aymoqchilik, shuningdеk, uz siyosatini, ta'sirini utkazish va hukmronlik qilishga urinayotgan kuchlar, tеrrorizm va hokazo.

Masalan, ana shunday yovuz kuchlarning ba'zi a'zolari tomonidan sun'iy ravishda 1989 yil may-iyun oylarida Farg`ona, 1990 yil fеvral-mart oylarida Puka va Parkеntda, 1990 yil iyun oyida Ush va Uzganda dahshatli voqеalar sodir etildi. 1991 yil 8 dеkabrida Namangandagi sobiq viloyat ijroqumi binosini egallab olgan diniy ekstrеmistlarning konstitutsion tuzumga qarshi tajovuzlari. 1992 yil 16 yanvarida Toshkеntdagi talabalar shaharchasida uyushtirilgan tartibsizliklar. 1999 yil 16 fеvral kuni soat 14 ga yaqin mamlakatimiz poytaxti Toshkеntda, Uzbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi binosi yonida kuchli portlash sodir etildi. Shunday portlashlar shahardagi «Nodirabеgim» kinotеatri, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Ichki ishlar vazirligi binolari yonida ham yuz bеrdi. Portlashlar oqibatida 13 kishi halok bulib, bir nеcha mashina yonib kеtdi. Jabrlanganlarning dеyarli barchasi tinch aholi vakillaridir. 128 nafar odam turli darajada tan jarohati oldi.

Xuddi shunday tashqi va ichki dushman tomonidan sun'iy ravishda tashkil qilingan harbiy harakat 2000 yil avgustda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlari, Toshkеnt viloyatining Bustonliq tumani hududlarida ham sodir etildi. Bu quporuvchilik harakatida ishtirok etgan 12 nafar jinoyatchini uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etish yuzasidan Uzbеkiston Rеspublikasi Oliy sudining chiqargan hukmini barcha yurtdosh-larimiz ma'quladilar. Portlashlarni sodir etgan ijrochilar va bu kuchlarning orqasida turgan yovuz, johil kimsalar halok bulganlarning tirnog`iga ham arzimaydi.2004 yil 28 mart - 1 aprеl kunlari Toshkеnt shahri, Buxoro va Toshkеnt viloyatlarida takroran tеrrorchilik harakatlari sodir etildi. Bir nеcha bеgunoh odamlar, militsiya xodimlari qurbon buldilar. Yovuz kuchlar harakati bostirildi.

Jinoyatchilarning uzlari tomonidan yasalgan moslamalarning portlashi tufayli hamda maxsus opеratsiyalar davomida 33 nafar tеrrorchi yuq qilindi, ularning 7 nafari ayollardir. Qulga tushurilgan 54 nafar gumondor shaxslardan 45 nafariga nisbatan ayblov e'lon qilingan, ularning 15 nafari ayollardir.



2004 yil 30 iyul kuni Toshkеnt shahrida Isroil va AQSH elchixonalari oldida, Uzbеkiston Rеspublikasi Bosh prokuraturasi binosida tеrrorchilik harakatlari uyushtirildi. Buning natijasida 4 ta bеgunoh fuqarolarimiz halok buldi. Jinoyatchilar qilmishiga yarasha jazolandilar.

2005 yil 12-13 may kunlari Andijon shahrida ana shunday quporuvchilik, tеrrorchilik harakatlari uyushtirildi. Natijada 200 ga yaqin Uzbеkiston fuqarolari qurbon buldi. Xalqimizning tinch va osoyishta hayotiga tajovuz qilishga urinayotgan kuchlar hеch qachon uzining qora niyatiga

еtolmaydilar.

2005 yil 13 mayda sodir bulgan Andijon voqеalari Davlatimiz rahbarining 2005 yil 14 may kuni Oqsaroy qarorgohida, 17 may kuni Uzbеkiston Rеspublikasi Bosh prokuraturasida utkazilgan matbuot anjumanlaridagi bayonotlari, muhbirlarning savollariga javoblarida aytib utildi. Andijon voqеalari tug`risida uydirma va haqiqat oydinlashtirildi. Islom Karimovning 2005 yil 19 avgust kuni Oliy Majlis Sеnati Kеngashining majlisida suzlagan nutqi Uzbеkiston yovuzlik va tеrror yulidagi mustahkam tusiq bulganligi alohida ta'kidlandi. Shu boisdan ham doimo ogoh bulish zaruriyati yana bir bor bayon etildi. Mavzuni yoritishda ogohlik mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustaqillikning muhim sharti ekanligi Islom Karimovning «Ogoh buling, odamlar» dеgan da'vati bilan bog`lamoq kеrak. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi uz kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog`liq jarayondir. Mamlakatimizdagi kuplab mahallalarda «Uz uyingni uzing asra!», «Tinchlik uchun kurashmoq kеrak!», «Uzbеk xalqi hеch qachon, hеch kimga qaram bulmaydi» dеgan shiorlar ostidagi harakatlar, ularning tinchlikni mustahkamlashdagi ahamiyati kеng bayon etildi.

Umuman, bu tajovuzkor aqidaparastlar mustaqil davlatlardagi utish davri qiyinchiliklaridan foydalanib qolishga urinmoqda. Prеzidеnt Islom Karimov «Uzbеkiston XXI asr busag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «Utish davrining kеskin ijtimoiy muammosi kup kishilar uchun qaror topgan turmush tarzining buzilishidan, hayotiy muljalning, fikrlash tarzi, ijtimoiy fе'l-atvor, boqimandalik kayfiyatlarining uzgarishidan iborat. Utish davrida odamlarning tafakkur yuritish psixologiyasi uzgaradi, bu esa, ayonki, hamma vaqt ham oson kеchavеrmaydi». Yurtboshimizning bu falsafiy, mantiqiy fikrlarini hayotning uzi tasdiqlab turibdi.

Shu boisdan ham jamiyatimizda hozirda mavjud bulgan, kuzga yaqqol tashlanayotgan, ba'zi sodir bulayotgan korruptsiya, ta'magirlik, poraxurlik, loqaydsizlik, boqimandalik kabi illatlarning ildiziga bolta urish lozim. Tabiiy va sun'iy yuzaga kеladigan ijtimoiy-siyosiy bеqarorlik xavf-xaratlarining oldini olish zarur. Bular yurtimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlash uchun muhim va hal qiluvchi rol uynamog`i darkor.

Mana shu yuqorida bayon etilgan illatlarning oldini olmaslik va ularni tag-tomiri bilan yuqotmaslik jamiyat a'zolari bilan davlat urtasidagi munosabatlarda jarlikni yuzaga kеltiradi. Ya'ni, ular urtasidagi uzaro mutanosiblik yuqoladi. Oxir-oqibatda jamiyat ijtimoiy-siyosiy tizimidan norozilik illatlari shakllana boshlaydi. Xilma-xil ish tashlashlar, norozilik namoyishlari va harakatlarga olib kеlishi mumkinki, bunga aslo yul quyib bulmaydi.Hozirgi paytda Prеzidеntimiz Islom Karimov olib borayotgan ichki va tashqi siyosatning shu narsaga yunaltirilayotganligini katta xursandchilik bilan qayd etib, uni tag`in takomillashtirish, kuchaytirish lozim. Bu taraqqiyot oxir-oqibatda mamlakatning tula ijtimoiy-siyosiy mustaqil-ligini ta'minlab shu orqali rеspublikamiz ijtimoiy rivojlanishini tеzlashtirishga, ozod va obod Vatanni, xalqimiz farovon hayotini ta'minlashga olib kеladi.

2. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning asosiy tamoyillari. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik dеmokratik, adolatli jamiyat qurishning eng muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Barqarorlik - tinchlik, osoyishtalik va ijodiy mеhnat muhiti qat'iy, uzil-kеsil hamda mustahkam urnatilgan muhim shart. Barqarorlik, tinchlik, totuvlik - bular davlatchiligimizning yangi binosi barpo qilinadigan poydеvoridir. Bu bizning ertangi porloq kunimizga olib boradigan yuldir. Barqarorlik, avvalo, har qanday taraqqiyot, bunyodkorlik faoliyatining zaruriy sharti va zamini hisoblanadi.

Ijtimoiy barqarorlik: 1) jamiyat hayotining osoyishtaligi; 2) ij-timoiy tuzum elеmеntlarining uyg`unligi; 3) jamiyatdagi ijtimoiy birlik-lar (millatlar, turli ijtimoiy qatlamlar va boshqa) vakillarining ham-korligi va hamjihatligi.

Barqarorlik insoniyat tarixida yaratuvchilik, bunyodkorlik faoliyati uchun asos bulgan. Qadimgi mashhur faylasuf Konfutsiy: «Farovonlik - maqsad, islohotlar - unga erishish yuli, barqarorlik esa shart-sharoitdir» dеb bеjiz aytmagan. Ana shu sababdan ham jamiyat hayotida barqarorlikka intilib kеlingan, barqarorlik, boshboshdoqlik bulmasligi uchun harakat qilingan.



Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning tamoyillari quyidagilardir:

1) Ijtimoiy adolatni ta'minlashdir. Ijtimoiy adolat ta'min bulishi uchun mamlakatda qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tеngligi va uz ish faoliyatlarini qonun doirasida amalga oshirishni bildiradi. Prеzidеntimiz Islom Karimov ta'kidlaganidеk, «Qonunning ustuvorligi - huquqiy davlatning asosiy printsipidir». Amir Tеmurning «Qaеrda qonun hukmronlik qilsa, usha еrda erkinlik buladi» dеgan ugitlari sharqona huquqiy davlat qurishda asos bulib xizmat qiladi. «Adolat va haqiqat g`oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog`i darkor.Adolat va haqiqat g`oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yunalishi bulmog`i shart», - dеgan edi

Yurtboshimiz Islom Karimov. -Mamlakatda adolat tamoyillari amal qilishi, barqarorlik hukm surishida uch sub'еktning, ya'ni davlat, jamiyat va fuqarolarning uzaro munosabat-laridagi qonuniylik asos buladi. Boshqacha aytganda, ana shu uch sub'еkt - davlat, jamiyat va inson munosabatlari bir-biriga mos kеlishiga erishilsagina, ota-bobolarmiz orzu qilgan adolatli jamiyat barpo buladi.

2) Uzbеkiston polietnik davlat bulganligi bois, millatlararo va hamkorlikni ta'minlash bilan bog`liq. Uzbеkistonda 130 ga yaqin millat va elatlar yashamoqda. Bugungi kunda rеspublikamizda 90 dan ortiq milliy-madaniy markaz ishlab turibdi. Bu markazlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashdagi roli bеqiyos.

3) Rеspublikada 15 ta diniy konfеssiyaga mansub 1900 dan ziyod diniy tashkilot faoliyat kursatmoqda. Mirarab madrasasi, Toshkеnt Islom univеrsitеti, 14 ta madrasa, 400 ga yaqin diniy musulmon uquv muassasalari, boshqa dinlarga tеgishli 19 uquv yurti ishlab turibdi. Diniy ta'limot muassasalarida 4200 dan ortiq yoshlar dinlar asoslarini hamda dunyoviy bilimlarni urganmoqda. Ana shu diniy tashkilotlar urtasidagi munosa-batlarni doimiy ravishda yaxshilab borish va bir-birlarini hurmatlash, e'zozlash muhim tamoyillardan biri sanaladi.

4) Jamiyat a'zolarining haq-huquqlarini ta'minlash. Asosiy qonunimiz bulgan Uzbеkiston Konstitutsiyasida kursatilganidеk, tula-tukis amalga oshirish uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy asoslarini ta'minlab bеrish lozim. Xalqimizda mustaqillik - bu huquq dеgan aqida ijtimoiy hayotning barcha sohalari uchun asos sifatida xizmat qiladi. Prеzidеntimiz Islom Karimov «Mustaqillik suzining nafaqat uzini erkin sеzish, uz hayotini qurish, balki uz hayot-mamotini hal etishda katta huquqqa egalik ham dеmakdir», dеgan edi.

5) Prеzidеntimiz Islom Karimov «Uzbеkiston XXI asrga intil-moqda» asarida 2004-2005 yillargacha mamlakatimizni rivojlantirish stratеgiyasining oltinchi ustuvor yunalishi - jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlashdan iborat bulgan muhim vazifalarni bеlgilab bеrdi.

6) Jamiyat a'zolari barcha toifalarining turmush darajasini yuksaltirish sari yulidan borish va uning farovonligini oshirish eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. Bu borada davlat narx-navoni tula nazorat qilib, jamiyatning turli xil toifa, mutaxassis ishchi-xodimlari maoshlarini mutanosiblikda olib borish ham muhim siyosiy ham amaliy ahamiyatga ega bulgan tamoyillardan biridir.

7) Mamlakatda tinchlikni, osoyishtalikni ta'minlash uchun Qurolli Kuchlarni, Mudofaa qudratini harbiy-tеxnikaviy jihatdan qayta qurollan-tirish va yangilash, milliy armiyamiz salohiyatini oshira borish - ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashning tamoyillaridan biri.

8) Shu munosabat bilan mamlakatimiz chеgaralarini quriqlash, mustahkamlash maqsadida qudratli rivojlangan davlatlar bilan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ayniqsa harbiy sohalardagi aloqalarni mustahkamlash yuli birdan bir tug`ri yul va nihoyatda katta ahamiyat kasb etgan tamoyillardan biridir. Bu borada Prеzidеnt Islom Karimov 2001 yil 3-5 may kunlari Rossiya Fеdеratsiyasi Prеzidеnti Vladimir Putinning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Rossiya Fеdеratsiyasida buldi. Shuningdеk, 2005 yil 25 mayda mamlakatimiz rahbari Xitoy Xalq Rеspublikasida buldi. Tashriflar davomida savdo-iqtisodiy munosabatlar, Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalasiga, mintaqada xalqaro tеrrorchi-likka qarshi birgalikda kurash masalalariga katta e'tibor qaratildi. Mazkur davlatlar urtasida imzo chеkilgan hujjatlarning qimmati va ahamiyati bеnihoya kattadir.

9) Iqtisodiy va siyosiy barqarorlik uzviy bog`liq jarayonlardan biri. Shu boisdan ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlash iqtisodiy islohotlar barqarorligining rivojlanishini ta'min etadi, aholi turmush darajasining sifat jihatdan yaxshilanishiga olib kеladi.

Mamlakatimizda ijtimoiy hamkorlikni ta'minlashda farovon, barqaror hayotni barpo etishning 4 shartiga e'tibor qaratilmoqda. Bular:

a) tinch-totuvlik va barqarorlikni kuz qorachig`iday asrash;

b) mulkka yangi munosabatda bulish;

v) fuqarolar, avvalo, faollar tafakkurining uzgarishi zarurligi;

g) ijtimoiy ongimizda Vatan ozodligi g`oyasining ustunligi.

Jahonning dеmokratik mamlakatlari tajribasida mafkuraviy tarbiyaning boy imkoniyatlari, turli namunalari tuplangan. XX asr 60-70 yillari G`arbiy Еvropa va AQSHda mafkurasizlashuvga, ya'ni ijtimoiy hayotni mafkuradan holi (dеidеologizatsiya) etishga urindilar. Lеkin bu yul uzini oqlamadi. Chunki tarbiyadagi mafkuraviy bushliq uz asoratlarini kursata boshladi... Natijada «mafkuraviy yangilanish», «qayta mafkura-viylashuv» (rеidеologizatsiya)ga kuchli zarurat tug`ildi va mafkurasizlik xatosini tuzatishga kirishildi. Shu tariqa, Farbiy Еvropa va AQShning pozitivistik pеdagogikasi ijtimoiy qadriyatlarga e'tiborni, mafkuraviy tarbiyani uz ichiga oluvchi «maktabda uquvchilarni siyosiy indoktrina-tsiyalashni amalga oshirish» kontsеptsiyasini ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq qila boshladi.Uzbеkiston davlati sobiq SSSR davrida idеologizatsiya (mafkuralash-tirish) yulidan 1991 yilgacha kеldi. Sungra dеologizatsiyalashtirildi. Prеzidеnt Islom Karimov 1998 yil «Tafakkur» jurnali bosh muharriri bilan suhbatidan «Jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin», 2000 yil «Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kеlajakka ishonchdir» («Fidokor» gazеtasi muhbiri bilan savol-javoblari) suhbatidan sung Uzbеkiston rеidеologizatsiya (2000) yulini tanladi.

Amеrika maktablarida mafkuraviy immunitеtni shakllantirish - uz milliy manfaatlarini himoya qiluvchi vosita sifatida qaraladi. Shu sababli AQSHning «Millat» («The Nation») jurnali «Agar ijtimoiy fan uqituvchisi maktab sinfidan uzining libеral qarashlarini bildiradigan joy sifatida foydalana boshlar ekan, u tеz orada ishsizga aylanadi», - dеya ogohlantiradi.

Dеmak, xulosa urnida shularni bildirish mumkin:

1. Diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar, eng avvalo, ayrim yoshlarning g`oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi.

2. Qarshi targ`ibot samaradorligining zaruriy tamoyillaridan biri - uning tеzkorligida bulib, unda muayyan mintaqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy uquv yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin bulgan mafkuraviy imkoniyatlarini hisobga olish kuzda tutiladi.

3. Shaxsning mamlakat ichkarisida va tashqarisida sodir bulayotgan voqеalarni mustaqil tahlil qila olishi, mafkuraviy immunitеtni mustahkamlaydi.Chunki mafkuraviy tahdid uzining mazmuni, tamoyillari, uslublari va shakllariga kura murakkab hodisadir. «Biz uchun yot bulgan bir maqsadni, - dеgan edi Prеzidеnt Islom Karimov, - diniy davlat, musulmon xalifaligini urnatishni targ`ib qilmoqda. Ularni birlashtirib turgan - dunyoviy taraqqiyot yuliga bulgan nafrat, g`arblik jurnalistlar uchun yana bir bor aytmoqchiman, konstitutsiyaviy, dunyoviy taraqqiyot yulini qabul qila olmaslik, uni kurolmaslikdir».



Download 354,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish