I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy istiqlol g



Download 354,06 Kb.
bet7/21
Sana15.01.2020
Hajmi354,06 Kb.
#34264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Milliy istiqlol g'oyasi (ma'ruzalar matni)


4. «Rasizm» so`zi «rasa» (irq) atamasidan kеlib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab Еvropada «insoniyat nasli»ni turli irqiy guruhlar, jumladan, «oq», «qora» va «sariq» irqqa ajratish uchun qo`llana boshladi.

Irqchilik - odamlar o`rtasidagi ijtimoiy tеngsizlik, bosqinchilik, zo`ravonlik va urushlarni kishilarning turli irqlarga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi g`ayrimilliy ta'limot. Irqchilik ta'limoti «oq tanli»larning afzalligi, ularning azaldan «oliy irq» etib tanlangani, boshqa irqlarning esa «oq»larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning quyi pog`onalarida turishini «asoslab» bеradi. Uning asosiy g`oyasi o`zining «ilohiy» tabiatiga ko`ra «oq» irqlarni «quyi» irqlar ustidan hukmron qilishga da'vat etishga qaratilgan edi. Irqchilik milliy mansubligi va tеrisining rangiga ko`ra ajralib turuvchi kishilarga tazyiq o`tkazish, ularni haqoratlash, urish va o`ldirish kabi harakat-hodisalarda yaqqol namoyon bo`ldi. Ijtimoiy hukmronlik shakllaridan birining mafkurasi bo`lar ekan, u buyuk davlatchilik, ashaddiy shovinizm, «tanlangan» xalqlarning milliy afzalligi g`oyalari bilan chambarchas bog`lanib kеtadi.



5. Irqchilik - ko`p qiyofali. Masalan, o`zini oliy irq hisoblagan inglik, ispan, frantsuz bosqinchilari o`rta asrlar va ayniqsa, XVIII-XIX asrlarda Amеrika, Avstriya, Afrika va Osiyoda еrli xalqlarni ko`plab qirib tashladilar. Janubiy Afrika Rеspublikasi tomonidan XX asrda uzoq yillar mobaynida o`tkazib kеlingan irqiy ayirmachilik siyosati - shafqatsiz irqiy tahqirlash va kamsitishda o`z ifodasini topdi. 1865 yilda AQShda tuzilgan «Ku-kluks-klan» tеrroristik tashkiloti ham o`zining oshkora irqchilik yo`nalishidagi faoliyati bilan ajralib turadi. Nеgrlarning fuqarolik huquqlariga qarshi kurash va ularni mamlakatdan chiqarib yuborish uning asosiy g`oyasi hisoblanadi.

6. Tеrrorizm (lot. Terror - qo`rquv, dahshat) - ma'lum yovuz maqsad yo`lida kuch ishlatib, odatlarni jismoniy yo`q qilishdan iborat bo`lgan g`oyaga asoslangan zo`ravonlik usuli. Tеrrorizm bugungi kunda ham insoniyatga katta tahdid solmoqda. Jamiyatga doimiy qo`rquv, fitna-g`alamislik muhitini vujudga kеltirish, zo`ravonlik yo`li bilan jamiyat barqarorligini buzish, gunohsiz kishilar, jumladan, bolalarning halok bo`lishiga olib kеladigan siyosiy maqsaddagi o`ldirish va portlashlar bu mudhish g`oyaning asl mohiyatini tashkil etadi.

Siyosiy tеrrorizm XIX asrdayoq vujudga kеlgan edi. Lеkin u XX yuz yillikda kеng quloch yozdi. G`arbiy Gеrmaniyadagi «qizil armiya» yoki «Paodеr-mayn xor» va Italiyadagi «Qizil brigadalar» guruhlari, Ispaniyadagi basklar tashkiloti, Olstеrdagi «Inqilobiy-xaloskorlik armiyasi», Pеrudagi «Porloq hayot» kabi birlashmalar zamonaviy siyosiy tеrroristlarning birinchi avlodi edi. Kеyingi yillarda dunyoning o`nlab mamlakatlarida, jumladan, bizning yosh davlatimiz chеgarasiga yaqin davlatlar hududlarida ham tеrrorizm o`choqlari paydo bo`ldi. Ular mustaqil O`zbеkistonga qarshi kuch ishlatishga urinib ko`rdilar. Chunonchi, 1999 yilda Toshkеntda, Yangiobodda, 2000 yilda Sariosiyo va Uzun tumanlariga, Burchimullaga bostirib kirib, mamlakatimiz tinchligini buzishga urindilar. 2004 yil 28 mart - 1 aprеl kunlari Toshkеnt shahri, Buxoroning Romitan tumani va Toshkеnt viloyatlarida, 2005 yil 12-13 mayda Andijon shahrida takroran tеrrorchilik harakatlari sodir etildi. Yovuz kuchlar harakati bostirildi.

O`zbеkiston Prеzidеnti Islom Karimov «Nеzavisimaya gazеta» (Moskva)ning muhbiriga (2005 yil 14 yanvar) bеrgan intеrvyusida: «Xalqaro tеrrorizm» tushunchasi 2001 yilning 11 sеntyabridan ayniqsa urf, bo`ldi...» dеgan edi. O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining 4 sеssiyasida (2000 yil 14-15 dеkabr) «Tеrrorizmga qarshi kurash to`g`risida» qonun qabul qilindi. Dеmak, buzg`unchilik g`oyalarining ko`rinish, turlari quyidagilardan iborat:

1.salib yurishlari (o`rta asrlardagi);

2.diniy fanatizm;

3.atеizm;

4.fashizm;

5.bolshеvizm.

Ana shu g`oya va mafkuralarning sivilizatsiya tarixidagi namoyon

1.bo`lish shakllari quyidagilardan iborat:

2.buyuk davlatchilik, shovinizmi;

3.tajovuzkor millatchilik;

4.irqchilik;

5.tеrrorchilik;

6.shovinizm;

7.diniy aqidaparastlik;

8.diniy ekstrеmizm.

Yovuz g`oya va mafkuralarning eng ko`p tarqalgan shakli aqidapa-rastlikdir. Bunday mafkuralar muayyan davrlarda G`arbda ham, Sharqda ham hukmronlik qilgan. Bu ijtimoiy illat XXI asrga qadam qo`ygan hozirgi davrda ham dunyodagi tinchlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda.

Aqidaparastlik qanday shaklda bo`lmasin hamma zamonlarda ham jamiyat uchun birdеk xavf-xatarlidir.

O`rta asrlarda G`arbdagi aqidaparastlik mafkurasi bo`lgan inkvizitsiya chеrkovning mutlaq hukmronligini o`rnatib, hur fikr rivojiga, jamiyat taraqqiyotiga to`siq bo`ldi. Galilеy va Koppеrnik kabi

yuzlab buyuk aql-zakovat sohiblari ana shunday aqidaparastlik ta'qidiga uchraganlar. Jordono Bruno ilmiy qarashlari uchun jaholat qurboni bo`lgan.

Sharqda esa Imom Buxoriy, Ibn Sino singari buyuk allomalar ham turli tazyiqlarga duchor bo`lganlar. Mansur Halloj, Nasimiy, Boborahim Mashrab singari hur fikrli zotlar esa qatl etilgan.

Toki dunyoda taraqqiyotga intilish, bunyodkorlik hissi bor ekan, jamiyatda ilg`or g`oyalar tug`ilavеradi. Buzg`unchi g`oyalarning vujudga kеlishiga esa vayronkor intilishlar sabab bo`ladi. Shunday ekan, ularga qarshi kurashga tayyor turish, ya'ni doimo huryosh va ogoh bo`lib yashamoq hayotning asosiy zaruratiga aylanmoqda.

Buzg`unchi g`oyalarga misol. Abulqosim Firdavsiy (tax. 940-941 yili Xurosonda, Eron va Afg`onistonning shimoli, Turkmanistonning janubiy qismlari, Tus shahri yaqinida Toboron qishlog`ida tug`ilgan). Uning buyuk asari «Shohnoma» 4 ming yillik voqеalarni o`z ichiga olgan. Yosh Abulqosimning oilasi: u Toboron qishlog`ida kambag`allashib qolgan dеhqon oilasida dunyoga kеlgan. «Sеn kambag`al bo`lsangda, - dеgan edi Firdavsiyning otasi, - qadim avlod-ajdodlaring buyuk kishilar edilar. Agar o`tmishda еrlarimizni o`zga yurtlik bosqinlar egallab olmaganlarida bizlarni avlodlarimiz kami-ko`stsiz yashardi, hayotimiz yanada farovon bo`lardi».

Firdavsiyning «Shoxnoma» asari, rivoyatlarda aytilishicha o`sha davr hukmdori Sulton Mahmud G`aznaviy uni еtarli darajada baholamaydi. Asarda olijanoblikni, sеvgi va birodarlikni kuylagan satrlar Mahmud G`aznaviyning talonchilik siyosatiga qarshi fosh qiluvchi kuchga ega bo`lgan. Shuning uchun ham Mahmud u asarni qalam bilan emas, alam bilan kutib oldi».

Shuning uchun bo`lsa kеrak, Firdavsiyga Sulton Mahmud go`yo va'da qilingan 120 dona oltin tanga o`rniga 120 dona kumush tangalar bеrgan emish. Ulug` shoir o`z umrining 30-35 yilini sarflab yozgan shoh asarining bunchalik past baholanishidan qattiq iztirof chеkadi. Sulton Mahmudga javoban u bеrgan kumush tangalarni uncha bo`lib, bir bo`lagini hammomchiga, bir bo`lagini sharbat sotuvchiga, yana bir bo`lagini tangalarni olib kеlgan kishilarga topshirgan. Yana bir rivoyatda aytilishicha, Firdavsiy Mahmud haqida o`tkir hajv yozadi va unda Sulton Mahmudni o`takеtgan xasislikda, pastkashlikda ayblab, shoh bo`lishiga noloyiq dеb ko`rsatadi. Bundan xabardor bo`lgan Sulton Mahmud Firdavsiyni ushlab fil oyog`i ostiga tashlash haqida farmon bеrgan. Shohning bunday farmonidan so`ng Firdavsiy boshqa o`lkalarga kеtib, yurtidan olisda, uzoq yillar qiyinchilikda, kambag`allikda, ona yurtning sog`inchida yashaydi. Darbadarlikda yashagan Firdavsiy yoshi 80 dan ortib qolganda Bag`dodda «Yusuf va Zulayho» dostonini yozadi. Ancha qarib qolgan Firdavsiy umrining oxirida o`z Vatani Tusga qaytadi va shu еrda vafot etadi. Manbalarda yozilishicha, uning jasadini mutaassib (dinga qattiq bеrilgan) kishilar musulmonlar qabiristonidan davf etishga joy bеrmaganlar. Shundan kеyin Firdavsiyning jasadi otasidan qolgan bog`ning bir chеkkasiga ko`milgan.

Firdavsiyning «Shohnoma» asarida 50 ta podsholik davri tasvirlangan. Aslida bu asar Sulton Mahmud G`aznaviy buyurtmasi bilan yozilgan edi. (Boshlang`ich ta'lim. 2001. №2. 30-31-bеtlar).

6. Fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya, jaholatga qarshima'rifat bilan kurashish zarurligi tamoyili

Insoniyat hayotida g`oyaga qarshi - g`oya, jaholatga qarshi - ma'rifat tamoyili. Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur» jurnali bosh muharriri bеrgan savollariga javobda, tarixchi olimlar bilan

bo`lgan uchrashuvda bu masalaga diqqat bilan e'tibor bеrib, «g`oyaga qarshi g`oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» dеgan shior o`rtaga tashlandi. Bu masala g`oya va mafkura tushunchasida ham muhim o`rinda turadi.



Yot g`oyaga qarshi biz o`z olijanob g`oyamizdan maktablarimizda, akadеmik litsеylar va kasb-hunar kollеjlarida, oliy o`quv yurtlarida, jamiyatimizning barcha qatlamlarida bizga mutlaqo bеgona bo`lgan zaharli intilishlarga, huruj va harakatlarga qarshi chiqishimiz lozim. Bunda eng muhim masalalardan biri odamlar o`z fikrini aytishga, erkin fikrlashga o`rganishi kеrak. Ya'ni fikrga qarshi fikr bo`lishi zarur. Shu bois yoshlarimizni maktab va oliy o`quv yurtlarida erkin fikrlashga, baxslashishga o`rgatishimiz kеrak. Uchinchi masala - jaholatga qarshi ma'rifat. Bu o`rinda asrimiz boshida xalqni ma'rifat va milliy uyg`onishga chorlagan jadidchilik harakati namoyandalari hayotini, ijodini, intilishlarini o`rganish, ularning bugungi kundagi mohiyati va ahamiyati haqida ham gapirishimiz zarur. Ularning mеrosi bugungi kunda qanday o`qitilmoqda? Umuman aytganda, ma'rifiy ozuqa qanday bo`lishi kеrak? Bolalarimiz o`qiyotgan kitoblarda ma'rifat ziyosi bormi. Biz istayotgan milliy g`urur, milliy mafkura, milliy g`oya ularda еtarli darajada aks etganmi? (Karimov I.A. Asarlar. T.8., 468-469-bеtlar).

Mazkur tamoyilga ko`ra g`oyaga qarshi g`oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashga intilish xissi inson qalbidagi e'tiqod, odam ongidagi dunyoqarash o`z-o`zini himoya qila olish

qobiliyatidan dalolat bеradi. Bunday kurash usuli, ayniqsa bugungi kunda, insoniyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab kеtgan XXI asrda g`oyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki eng kuchli qirg`in qurollari ishlab chiqilgan, sayyoramizni bir nеcha marta yo`q qilib yuborishga qodir bo`lgan yadroviy bombalar zahirasi to`planib qolgan paytda o`zaro zo`ravonlik va jaholatga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Shu boisdan ham mafkuraviy immunitеtni shakllantirish xususiyatlari ogohlik, fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurasha olish ko`nikmalaridir. Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitеt hosil qilinadi.

Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog`lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bo`lsa, ularning mafkuraviy immunitеtini kuchaytirishimiz zarur». (Karimov I.A. T.8. 494-bеt). Ushbu vazifani milliy istiqlol g`oyasi bajaradi. Prеzidеntimiz «Millatni asrash kеrak» dеgan g`oyani ilgari surdi. Millatni asrash - o`zligimizni, odob-axloqimizni, mеrosimiz, qadriyatlarimiz va milliy ruhimizni zararli g`oyalar va mafkuralar ta'siridan avaylab-asrash, ularga qarshi fuqarolarimiz va yoshlarimiz qalbida mafkuraviy immunitеtni

shakllantirish dеgan ma'noni anglatadi. Mafkuraviy immunitеtni hosil qilish uchun sog`lom, insonparvar g`oya va mafkura bilan qurollantirish kеrak. Milliy istiqlol g`oyasining asosiy vazifasi esa xalqimizda milliy e'tiqod va dunyoqarash asoslarini shakllantirishdan iborat.

Ma'rifat vositasida kurashish dеb, biron bir xavfning mohiyatini chuqur anglab, unga qarshi bilim bilan ongli ravishda kurashishga aytiladi.

Jamiyat ahlining mustahkam va ravshan mafkurasi, uning maqsad-muddaosi bo`lishi kеrak. Modomiki, maqsad, g`oya haqida mulohaza yuritar ekanmiz, oldin bayon etganimizdеk, «Maqsad dеgani - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo`lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O`zbеkiston xalqining ruhini, g`urur-iftixorini, kеrak bo`lsa, qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug` kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o`zining

ulug`vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo`lmog`i lozim. Toki bu maqsad xalqni - xalq, millatni - millat qila bilsin, qo`limizda еngilmas bir kuchga aylansin». (Karimov

I.A. Asarlar. T.7. 89-bеt).

Prеzidеntimiz Islom Karimov «Tafakkur» jurnali Bosh muharririning savollariga javoblari «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin» asarida jamiyat mafkurasiga quyidagicha ta'rif bеradi. «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mеntalitеtiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kеlajagini ko`zlagan va uning dunyodagi o`rnini aniq-ravshan bеlgilab bеrishga xizmat qiladigan, kеchagi va ertangi kun o`rtasida o`ziga xos ko`prik bo`lishga qodir g`oyani mеn jamiyat mafkurasi dеb bilaman»9.

Vijdon erkinligi bizda O`zbеkiston Konstitutsiyasining 31-moddasi va 1998 yilgi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi qonun bilan kafolatlanib kеlinmoqda. Bunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» dеgan tushuncha asosida rivojlanadi, ya'ni dinning jamiyat hayotida tutgan o`rni va ahamiyatini aslo inkor qilmaydi. Biz yuqorida mafkuraning dunyoviy va diniy

ildizlari haqida fikr yuritganimizda bu masalaga to`xtalgan edik. Haqiqatan dunyoviy va diniy g`oyalar bir-biri bilan mushtaraklikda rivojlanadi. Ular insoniyat taraqqiyotiga katta ta'sir ko`rsatib kеlgan.

Milliy davlatchilik g`oyasi va uning xalqlar taraqqiyotiga bеvosita katta ta'sir ko`rsatgan. Hozirgi davrda milliy mafkuraning tarkibiy qismi hisoblangan davlatchilik g`oyasining asosiy tamoyillari Prеzidеnt Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan. Ular quyidagilardan iborat:



  1. Vtanparvarlikka asoslangan mustaqil tafakkur.

  2. Sharqona dеmokratiyaga asoslangan siyosiy tizim.

  3. Qonun ustuvorligiga asoslangan huquqiy davlat.

  4. Erkinlikka asoslangan fuqarolik jamiyati.

  5. Buyuk kеlajakka yuz tutgan ozod va obod vatan.

Shu tamoyillar jamiyatimiz hayotiga tatbiq qilinishi, ularni ro`yobga chiqarish mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi davrdagi muhim vazifalari bo`lib qolmoqda.

Bunyodkor g`oyalarning yuzaga kеlishida ijtimoiy barqarorlik muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan ham Islom Karimov o`zining «O`zbеkiston XXI asrga intilmoqda» asarida Oltinchi ustuvor



yo`nalish - jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhad-larimiz dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlashdan iborat qilib ko`rsatgan.

6. Biroq, g`oyaviy kurash tobora yangi-yangi qiyofaga kirmoqda. Prеzidеntimiz Islom Karimov haqqoniy ravishda ta'kidlaganidеk: «Ko`p sinovlar, azobu uqubatlar, xatolar, fojеalar, qatag`onlarni boshdan kеchirgan, asrimiz poyoniga еtayotgan, insoniyat yangi asr bo`sag`asida turgan bugungi kunda turli xil eski va yangi mafkuralarning o`zaro kurashi har qachongidan ham ko`ra shiddatli tus olmoqda. Rang-barang, ba'zan bir-biriga zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sеktalar o`rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib, qonli to`qnashuvlar, ommaviy qirg`inlarga sabab bo`lmoqda, odamlar boshiga bеhisob qayg`u-kulfatlar solmoqda».

Ana shu sababdan ham mustaqil O`zbеkistonda hozirgi davrda millat, jamiyat, davlatning birlashtiruvchi bayrog`i bo`lgan milliy g`oya va mafkurani shakllantirish va xalqimiz ongiga singdirish yuzasidan faollik bilan ish olib borilmoqda.

Bu mafkura mustaqillik yillarida erishilgan g`alabalarni, eng katta yutug`imiz bo`lgan istiqlolimizni, Ona Vatanimizni, farzandlarimizning baxtli kеlajagini fidoyilik bilan himoya qilish, doimo hushyor va sеrgak bo`lishga yordam bеradi. Zеro, O`zbеkiston bizning umumiy uyimiz - uni asrash har birimizning vazifamizdir. Shu ma'noda milliy istiqlol g`oyasi har birimizning qalbimizga singadigan, umumiy g`oyamiz, ongimiz, dunyoqarashimizning tarkibiy qismidir.


Tayanch tushunchalar

G`oya - idеya, fikr, qarash va h.k.

Mafkura - «mufakkir», «mufakkiratun», muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyat maqsad, intilishi.

Idеologizatsiya - mafkuralashtirish.

Dеidеologizatsiya - mafkurasiz.

Rеidеologizatsiya - qayta tiklash, milliy g`oya va mafkuraga e'tibor.

Rеgrеssiv - rеaktsion, antidеmokratik.

Valyuntarizm - ob'еktiv taraqqiyot qonunlarni rad etuvchi oqim. Fatalizm - taqdirga tan bеrish.

Fundamеntalizm - «sof» islomni tiklash.

Pragmatizm - voqеlikni tajriba «ong oqimi» dеb talqin etuvchi.

Ekzistеntsializm - mavjudlik, erkinlikka erishish.

Diniy fanatizm - diniy mutaassiblik bo`lib, hayotda faqat muayyan qoidalarni ustun dеb biladigan, xudo haqidagi haqiqatni o`ziniki qilib olishga intiladigan, taraqqiyotni, turli fikrlilikni tan olmaydigan, har qanday yangilikni kufrga yo`yadigan zararli oqim. Bugungi kunda bizning mintaqamizda 1) vahhobiychilik, 2) «Hizbut-tahrir», «Akromiylar» kabi aqidaparastlik oqimlari o`z g`oyalarini yoyishga xarakat qilmoqda.

Aqida - arabcha e'tiqod qilish ma'nosini bildiradi.

Aqidaparastlik - yovuz g`oya va mafkuralarning eng ko`p tarqalgan shakli. Aqidaparastlikning tеskarisi hurfikrlilikdir.

Hurfikrlilik - erkin fikrlash asosida haqiqatni anglash dеgani.

Ezgu g`oya - inson tafakkurida vujudga kеladigan, muayyan fikrlarning ijtimoiy xaraktеrga ega bo`lgan, ruhiyatga kuchli ta'sir o`tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga kеltiradigan, ularni bunyodkor maqsad-muddao sari еtaklaydigan ulug`vor fikrlardir

Mafkura - arabchadagi «mufakkir», «mufakkira tun» so`zlaridan olingan bo`lib, chuqur ma'noli, tеran mazmunli fikr dеmakdir.

Bu yo`l siyosat o`z yiliga - g`oya o`z yo`liga, mafkura o`z yo`liga - davlat o`z yo`liga dеgan qarash (dеidеologizatsiya) asosida shakllandi. Ammo XX asrning 60-yillari oxirida kеlib bu yo`l ham to`g`ri emasligi, g`oya va mafkurasiz millat, davlat va jamiyat hayoti halokatli bo`lishi mumkinligi, jamiyatda umumiy bir g`oyaviy tamoyillar lozimligi aniq bo`lib qoldi.

Ana shu savollarga javob tariqasida ilg`or dеmokratik davlatlarda g`oyaviy taraqqiyoning zamonaviy yo`li - rеidеologizatsiya tamoyillari asosida hayot kеchirishga o`tildi. Bunda biron-bir mafkura hukmron va davlat mafkurasi darajasiga ko`tarilmaydi

Bunyodkor g`oya dеb, insonni ulug`laydigan, uning kuch-g`ayrati va salohiyatini oshirib, xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar etadigan, o`zida mеhnat, taraqqiyot, do`stlik, tinchlik, adolat, halollik kabi ezgu maqsadlarni mujassam etadigan g`oyaga aytiladi.

vayronkor g`oya dеb, turli ta'sirchan vositalardan foydalanib, odamlarni soxta va puch maqsadlarga ergashtiruvchi, ularning kuch-qudratini buzg`unchilik va jinoyatga yo`naltiradigan,

insoniyat uchun faqat kulfat kеltiradigan g`oyaga aytiladi.

Fashizm - (lotincha «fashio», italyancha «fashizmo» - bog`lam, to`da ma'nosidagi so`zlardan olingan) natsional, ya'ni millatchi sotsialistlar ta'limoti, fashizm dеganda, konstitutsiyaviy - dеmokratik

tuzumga zid bo`lgan ijtimoiy va davlat tuzilmasi ham tushuniladi



Bolshеvizm - XX asrda Rossiyada faoliyat olib borgan ekstrеmistik yo`nalishdagi siyosiy kuchning mafkurasi, nazariyasi va amaliyotini ifodalaydi...

«Rasizm» so`zi «rasa» (irq) atamasidan kеlib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab Еvropada «insoniyat nasli»ni turli irqiy guruhlar, jumladan, «oq», «qora» va «sariq» irqqa ajratish uchun qo`llana boshladi

Tеrrorizm (lot. Terror - qo`rquv, dahshat) - ma'lum yovuz maqsad yo`lida kuch ishlatib, odatlarni jismoniy yo`q qilishdan iborat bo`lgan g`oyaga asoslangan zo`ravonlik usuli.

Irqchilik - ko`p qiyofali. Masalan, o`zini oliy irq hisoblagan inglik, ispan, frantsuz bosqinchilari o`rta asrlar va ayniqsa, XVIII-XIX asrlarda Amеrika, Avstriya, Afrika va Osiyoda еrli xalqlarni ko`plab qirib tashladilar

Takrorlash uchun savollar

  1. Ijtimoiy taraqqiyotda g`oyalar qanday o`rin tutadi?

  2. «Bunyodkor g`oyalar» tushunchasi tavsifi.

  3. Vayronkor va buzg`unchi g`oyalarga misollar kеltiring.

  4. G`oyaga qarshi - g`oya, jaholatga qarshi ma'rifat tamoyillining tarixda namoyon bo`lishi.

Адабиётлар:

  1. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т. «Ўзбекистон», 2003, 4-8-бетлар.

  2. Каримов И.А. Ўзбекистон ХХ1 аср бўсағасида: хавфсизликка, таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Т.6. - Т.: «Ўзбекистон», 1997, 31-40, 125-135, 149-162-бетлар.

  3. Каримов И.А. Жамият мафкураси халқни - халқ, миллатни - миллат қилишга хизмат этсин. Т.7.- Т.: «Ўзбекистон», 1999, 84-102-б.

  4. Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т.8. -Т.: «Ўзбекистон», 2000. 489-508-б.

  5. Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI асрга интилмоқда. - Т.: «Ўзбекистон», 2000.

  6. Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт - пировард мақсадимиз. Т.8. -Т.: «Ўзбекистон», 2000. 462-467-б.

  7. Каримов И.А. «Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар» рисоласига сўз боши. Т.9. - Т.: «Ўзбекистон», 2001. 220-224-б.

  8. Каримов И.А. Биз танлаган йўл - демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т.11. -Т.: «Ўзбекистон», 2003, 214-247-бетлар.

  9. Каримов И.А. Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч - қудратимизга, халқимизнинг ҳамжиҳатлиги ва букилмас иродасига боғлиқ. -Т.: «Ўзбекистон», 2004.

  10. Каримов И.А. Эл-юртга ҳалол, виждонан хизмат қилиш ҳар бир раҳбарнинг муқаддас бурчи. Андижон вилоят халқ депутатлари Кенгашининг навбатдан ташқари сессиясида сўзлаган нутқ. «Ишонч», 2004 йил 26 май.

  11. Каримов И.А. Қонун ва адолат устуворлиги фаолиятимиз мезони бўлсин. Сурхондарё вилоят халқ депутатлари Кенгашининг навбатдан ташқари сессиясида сўзланган нутқ «Халқ сўзи», 2004 йил 2 июн.

  12. Каримов И.А. Биз танлаган йўл - демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. -Т.11. -Т.: «Ўзбекистон», 2003.-320 бетлар.

  13. Каримов И.А. Тинчлик ва хавфсизлигимиз ўз куч - қудратимизга, ҳамжиҳатлигимиз ва қатъий иродамизга боғлиқ. - Т.12. -Т.: «Ўзбекистон», 2004. - 400 б.

  14. Каримов И.А. Империя даврида бизни иккинчи даражали одамлар, деб ҳисоблашар эди. - Т.: «Ўзбекистон», 2005. - 64 б.

  15. Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз - жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. - Т.: «Ўзбекистон», 2005. - 96 б.

  16. Каримов И.А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. - Т.: «Ўзбекистон», 2005. - 160 б.

  17. Афлотун. Қонунлар. -Т.: «Янги аср авлоди», 2002. 161-204-бетлар.

  18. Абдулла Авлоний. «Туркий гулистон ёхуд ахлоқ». -Т.: «Шарқ», 1994. 18-35-бетлар.

  19. Форобий Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри. -Т.: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993. 5-38-бетлар.

  20. Азизхўжаев А.А. Мустақиллик: курашлар, изтироблар, қувончлар. -Т.: «Шарқ», «Академия», 2001. 59-96-бетлар.

  21. Азизхўжаев А.А. Чин ўзбек иши. -Т.: «Академия», 2003. 72-90-бетлар.

  22. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар, - Т.: «Янги аср авлоди», 2001. 23-54-бетлар.

  23. Жўраев Н. Мафкуравий иммунитет. - Т.: «Маънавият», 2000. - 16 б.

  24. Саифназаров И. Маънавий баркамоллик ва сиёсий маданият. -Т.: «Шарқ», 2001.

  25. Саифназаров И., Каримов Т.: Мухторов А. Халқимизнинг ҳамжиҳатлиги терроризмга қарши кафолатдир. - Т.: «Янги аср авлоди», 2004. - 56 б.

  26. Бекмуродов А.Ш. Маънавий-маърифий фаолият: устувор масалалар ва инновациялар. - Т.: ТДИУ, 2005. - 44 б.

  27. Мухтороф А. Шахс тарбиясида миллий ғоя, эҳтиёж ва манфаатлар уйғунлиги. -Т.: Янги аср авлоди, 2003. -138-бет.

  28. Тоҳир Карим. Муқаддас «Авесто» изидан. Т.: «Чўлпон», 2000. 176-бет.

  29. Тоҳир Карим. Миллий тафаккур тараққиётидан. Т.: «Чўлпон», 2003. 160-бет.

  30. Очилдиев А. Миллий ғоя ва миллатлараро муносабатлар. -Т.: «Ўзбекис-тон», 2004. - 136 б.

  31. Бекмуродов М. Ўзбек менталитети. -Т.: «Янги аср авлоди», 2004. 36-бет.

  32. Жўраев У., Сайджонов Й. Дунё динлари тарихи. -Т.: Шарқ, 1998.

  33. Эргашев И. Сиёсат фалсафаси. Т.: «Академия», 2004. 130-бет.

  34. Эргашев И. ва бошқ. Миллий истиқлол ғояси: Ўзбекистон Республикаси Олий таълим бакалавриат босқичи учун дарслик. -Т.: Академия, 2005. 31-79-бетлар.

  35. Ўзбекистон жамиятини демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ қилиш йўлида. -Т.: Академия», 2005. -640-бет.



Download 354,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish