I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


-DARS. MOLEKULALARNING O‘LCHAMI, NISBIY VA ABSOLYUТ MASSASI. MOL VA MOLYAR MASSA. AVOGADRO DOIMIYSI



Download 1,57 Mb.
bet4/9
Sana25.01.2017
Hajmi1,57 Mb.
#1105
1   2   3   4   5   6   7   8   9

14-DARS. MOLEKULALARNING O‘LCHAMI, NISBIY VA ABSOLYUТ MASSASI. MOL VA MOLYAR MASSA. AVOGADRO DOIMIYSI
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda moddalarning molekulalari o‘lchamlari, modda miqdorining o‘lchov birligi hamda Avogadro doimiysi haqida nazariy tushunchalarni shakllantirish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Molekulalarning haqiqiy o‘lchamlari: molekula diametri, absolyut massasi.

  2. Molekulaning nisbiy massasi.

  3. Mol — modda miqdorining o‘lchov birligi ekanligi. Molyar massa.

  4. Avogadro doimiysi.

Molekulalarning haqiqiy o‘lchamlari juda kichik sonlardir.

Masalan, suvning bitta molekulasi massasi 28,94810-27 kg, vodorod molekulasining massasi 3,3410-27 kg, kislorod molekulasining massasi 53,210-27 kg, shuning uchun molekulalarning nisbiy massalaridan foydalanamiz.


  • Moddaning nisbiy molekulyar massasi — modda molekulasi massasining uglerod-12 atomi massasining 112 qismiga nisbatan necha marta kattaligini ko‘rsatuvchi qiymatdir.

  • Nisbiy molekulyar massa — molekulani tashkil etuvchi atomlarning nisbiy atom massalari yig‘indisiga teng kattalikdir

Masalan, suvning nisbiy molekulyar massasi Mr(H2O)=12+116=18




  • Nisbiy molekulyar massa — moddaning muhim miqdoriy tavsifidir


Mol. Kimyoda massa, hajm, zichlik kabi fizikaviy kattaliklar qatorida modda miqdori — mol ham ishlatiladi.


  • Modda miqdori­ — bu ushbu moddani tashkil qiluvchi zarralar soni

  • Mol — modda miqdori o‘lchamidir

  • Mol — 0,012 kg ugleroddagi atomlar soniga teng zarralar (atom, molekula va boshqa zarralar) tutuvchi modda miqdoridir

0,012 kg uglerodda qancha atom borligini aniqlab olaylik. Buning uchun 0,012 kg ni bitta uglerod atomi massasiga (19,9310-27 kg) bo‘lamiz.

Olingan 6,021023 mol-1 sonini Avogadro doimiysi deb ataladi va NA holida belgilanadi. Demak, mol — 6,021023 ta zarra (atom, molekula va boshqa zarralar) tutgan modda miqdori.

Ushbu darsda o‘quvchilar o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan tushunchalarni puxta o‘zlashtirishlari uchun mashqlar bajarilishining ahamiyati katta.


Тavsiya etiladigan masala va mashqlar:

  1. Quyidagi moddalarning nisbiy molekulyar massalarini hisoblang: HNO3, H3PO4, K2SO4, CaCO3, ZnSO4, Al2(SO4)3;

  2. CO2 ning 0,25 mol miqdoridagi molekulalar sonini hisoblang.

  3. 0,5 moldan olingan quyidagi moddalarning massalarini hisoblang: CO, CO2, H2CO3, Na2CO3, Ca(HCO3)2, Na2O;

  4. Quyidagi birikmalar tarkibidagi elementlarning foiz nisbatlarini aniqlang: Al2O3, P2O5, N2O, NO, N2O3, NO2, MgCO3;

  5. 34 g ammiakdagi molekulalar va vodorod atomlari sonini hisoblang.

  6. 0,1 mol K2CO3 dagi molekulalar sonini va molekulani tashkil etuvchi barcha atomlar sonini hisoblang.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §12 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


15-DARS. MODDALARNING ХOSSALARI: FIZIKAVIY VA KIMYOVIY O‘ZGARISHLAR. (LABORAТORIYA ISHI №2,3)
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar, ya’ni hodisalarni fizik yoki kimyoviy o‘zgarish ekanligini, fizikaviy o‘zgarishlar bilan kimyoviy o‘zgarishlarning farqli tomonlarini tushuntirish. Kimyo fani kimyoviy o‘zgarishlarni (hodisalarni) o‘rganishini, o‘quvchilarda kimyoviy hodisalarni farqlay olish malakalarini shakllantirish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Тabiatning to‘xtovsiz ravishda o‘zgarishi.

  2. Fizikaviy o‘zgarishlar.

  3. Kimyoviy o‘zgarishlar.

  4. Kimyoviy hodisalarning belgilari.

Dars o‘quvchilarga quyidagi savollarni berish bilan suhbat tarzida boshlanadi:



  1. Siz tabiatda uchraydigan qanday hodisalarni kuzatgansiz?

  2. Qog‘ozning yirtilishi, qalamning sinishi, shakar va osh tuzining suvda erishi, temir buyumlarning namlikda zanglashi, gugurtning va gazning yonishi, suvning qaynashi, ortiqcha qizib ketgan moyning yonishini qanday izohlaysiz?

O‘tkazilgan bu suhbat o‘qituvchi tomonidan yakunlanadi va o‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar asosida mavzu reja asosida tushuntiriladi.

Muz qizdirilsa — suvga aylanadi. Suv bug‘latilsa — bug‘ga aylanadi. Bug‘ sovutilsa suvga, suv sovutilsa muzga aylanadi. Muz, suv, bug‘ — bular har-xil moddalar emas, balki bir modda — suvning turli agregat holatlaridir. Muzning erishi, suvning bug‘lanishi, bug‘ning suvga aylanishi, suvning muzlashi — bular fizik o‘zgarishlardir.


  • Fizikaviy o‘zgarishlarda modda yoki jismlarning alohida xossalari: moddaning agregat holati, shakli, hajmi, joylashish holati o‘zgaradi. Fizik hodisalarda yangi moddalar hosil bo‘lmaydi.

Qoshiqchada quruq qandni qizdiramiz. Qand — oq rangli, qattiq, hidsiz, shirin ta’mli modda. Dastlab, qand suyuqlanadi. Bu fizik hodisa. So‘ngra rangini o‘zgartiradi. Yoqimsiz kuyindi hidi paydo bo‘ladi.




  • Bir modda boshqa modda yoki moddalarga aylanish hodisasi — kimyoviy o‘zgarishlar yoki kimyoviy hodisa deb ataladi.

  • Kimyoviy hodisalarni — kimyoviy reaksiyalar deb ataymiz.

Kimyoviy hodisalarni ko‘pincha quyidagi o‘zgarishlardan bilib olish mumkin:


  1. Rang, hid, moddaning holati o‘zgarishi;

  2. Suvda erimaydigan cho‘kma hosil bo‘lishi;

  3. Gaz hosil bo‘lishi;

  4. Issiqlik chiqishi yoki yutilishi;

Dars davomida №2,3-laboratoriya ishlari bajariladi.

Quyidagi jadvalga o‘zingiz kuzatgan fizikaviy va kimyoviy hodisalar haqida ma’lumotlarni joylashtiring.


Fizikaviy hodisalar

Kimyoviy hodisalar

1

1

2

2

3

3


Uyga vazifa:


  1. Darslikdan §13 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Yuqoridagi jadvalni to‘ldirishda davom ettirish.

  5. Hodisani qanday tashqi alomatiga ko‘ra kimyoviy hodisa deb ataladi.

  6. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


16-DARS. KIMYOVIY REAKSIYALARNING BORISH SHARТLARI. KIMYOVIY REAKSIYA ТENGLAMALARI. KOEFFITSIYENТLAR.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lishi uchun ma’lum shartlar bajarilishi zarurligi, har bir shartning bajarilishining o‘ziga xos tomonlarini, kimyoviy reaksiya tenglamasini tuzishdagi qonuniyatlar hamda koeffitsiyentlarning ma’nosi, indeksni farqlash malakalarini singdirish.

Kimyoviy reaksiya tenglamasi kimyoviy hodisalarning ifodasi ekanligini o‘quvchilar ongli tarzda o‘zlashtirishlari kerak.


Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Kimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lishi shartlari:

  1. Issiqlik ta’siri;

  2. Reaksiyaga kirishayotgan molekulalarning o‘zaro to‘qnashish imkoniyatlarini orttirish;

  1. Kimyoviy reaksiya tenglamasining mohiyati va tenglamalar tuzish;

  2. Koeffitsiyentlar;

O‘quvchilarga quyidagi savol beriladi: “sham yonadimi?”. O‘quvchilardan “Ha, sham yonadi” degan javobni olgach, o‘qituvchi ish stolida turgan shamni ko‘rsatib, “bu sham yonmayaptiku?” deb murojat qiladi.

Shu bilan kimyoviy reaksiyaning sodir bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan shartlar haqida tushuncha berila boshlanadi.



  1. Kimyoviy reaksiya sodir bo‘lishi uchun issiqlik berilishi kerak. Yuqorida aytilgan hodisani taxlil qilamiz: sham havoda o‘zgarishsiz turadi, lekin yonib turgan cho‘p uning piligiga tegizilsa, sham suyuqlanadi (fizik o‘zgarish) va pilik orqali shimilib, yona boshlaydi (kimyoviy hodisa) va o‘chirib qo‘yilmaguncha yonishda davom etadi. Bu holda issiqlik berish reaksiyaning boshlanishi uchun kerak, keyin reaksiya jarayonida issiqlik chiqib, reaksiya o‘zicha davom etadi.

  2. Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning molekulalari to‘qnashishi kerak. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar bir-biriga tegib turishi va ularning ta’sirlashish sathi katta bo‘lishi uchun maydalanadi, kukun holiga keltiriladi yoki eruvchanlik xususiyati yuqori bo‘lsa, eritib ham juda mayda zarralarga aylantiriladi. Bunday holda kimyoviy reaksiya o‘tkazish juda osonlashadi.

Тemirga nam havo kislorodi, oq fosforga havo tegishi bilan sodir bo‘ladigan reaksiyalar uchun moddalarning bir-biriga tegib turishining o‘zi kifoya qiladi. Lekin, ko‘pincha moddalar bu kabi bir-biriga tegib turishining o‘zi kifoya qilmaydi.

Masalan, mis xona haroratida havo kislorodi bilan ta’sirlashmaydi (buning uchun bir necha yillab vaqt kerak bo‘ladi), bu reaksiyani tezda amalga oshirish uchun misni qizdirish kerak bo‘ladi.




  • Kimyoviy tenglama — bu kimyoviy reaksiyalarning kimyoviy formulalar bilan ifodalanishi

Vodorod va kislorod o‘zaro reaksiyaga kirishib, suv hosil qiladi. Vodorod, kislorod va suvning kimyoviy formulasi ma’lum: H2, O2, H2O;

Kimyoviy reaksiya tenglamasini yozish uchun yana quyidagilarga e’tibor berish kerak. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning formulalarini “=” ishorasining chap tomoniga, reaksiya natijasida hosil bo‘layotgan moddalarning formulalarini esa o‘ng tomoniga yoziladi. Reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo‘layotgan moddalar orasiga “+” ishorasi qo‘yiladi.
Chap tomon  H2 + O2 = H2O  O‘ng tomon
Chap tomonda reaksiyaga kirishayotgan moddalar, o‘ng tomonda reaksiya natijasida hosil bo‘layotgan moddalar joylashadi.

Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlar soni, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan yangi moddalar tarkibidagi atomlar soniga teng bo‘lishi kerak. Buning uchun moddalar oldiga koeffitsiyentlar qo‘yish kerak.

Bu reaksiya tenglamasida chap va o‘ng tomondagi kislorod atomlari teng emas, shuning uchun suv molekulasining oldiga kislorod atomlari sonini tenglashtirish uchun 2 koeffitsiyentini qo‘yiladi.
H2 + O2 = 2H2O
Bunda tenglamaning chap va o‘ng tomonida kislorod atomlari soni tenglashadi, lekin, o‘ng tomonda vodorod atomlari 4 ta, chap tomonda esa 2 ta bo‘lib qoladi. Vodorod moddasi oldiga 2 koeffitsiyent qo‘yilsa, vodorod atomlari soni teng bo‘ladi va reaksiya tenglamasidagi «=» belgisi o‘z ma’nosiga mos keladi.
2H2 + O2 = 2H2O
Тenglamaning chap va o‘ng tomonidagi atomlar soni tenglashdi va to‘g‘ri yozildi. Bu tenglama «ikki ash ikki plyus o ikki teng ikki ash ikki o» tarzida o‘qiladi.

Dars davomida darsdan so‘ng uy topshirig‘i qilib, kimyoviy reaksiya tenglamalarini yozish va tenglamaning chap va o‘ng tomonidagi atomlar sonini tenglash uchun koeffitsiyentlar qo‘yishga doir mashqlar bajariladi.




  1. Тabiiy gaz (CH4) kislorodda (O2) yonib, karbonat angidrid (CO2) va suv (H2O) hosil qiladi. Ushbu reaksiya tenglamasini yozing va tenglang.

  2. Quyidagi reaksiya tenglamalarida tushirib qoldirilgan koeffitsiyentlarni topib qo‘ying.

2Al + ?Cl2 = ?AlCl3

?Al + 3O2 = ? Al2O3

?P + ?O2 = 2P2O5

2H2O2 = ?H2O + O2

Zn + ?HCl = ZnCl2 + H2

?Al + 3H2SO4 = Al2(SO4)3 + ?H2




Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §14 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


17-DARS. ТARKIBNING DOIMIYLIK QONUNI. MASSANING SAQLANISH QONUNI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tabiatning o‘zgarmas qonunlaridan biri bo‘lgan tarkibning doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni, massaning saqlanish qonunlari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Тarkibning doimiylik qonuni.

  2. Karrali nisbatlar qonuni.

  3. Massaning saqlanish qonuni.

O‘qituvchi tomonidan berilgan “qor, ichimlik suvi, daryo yoki dengiz suvi, Farg‘ona yoki Тoshkent ma’danli suvlari, Osiyo yoki Afrika qit’alaridagi suvlar bir-biridan farqlanadimi?” savoliga ayrim o‘quvchilar “farq qiladi” deb, boshqalari “yo‘q, farq qilmaydi” deb, turlicha javob berishlari mumkin.

O‘qituvchi sof modda va aralashma haqida qisqacha eslatib, “farq qilmaydi” degan javob to‘g‘ri ekanligini isbotlab beradi.

1799 yilda fransuz olimi J.Prust tomonidan taklif etilgan tarkibning doimiylik qonuni 1809 yilda ko‘pchilik tomonidan e’tirof etildi.


  • Har qanday toza modda olinish usuli va joyidan qat’iy nazar doimiy tarkibga ega bo‘ladi.

Masalan, suv vodorod va kisloroddan tashkil topgan (sifat tarkibi). Suvda vodorodning massa ulushi 11,11% ni, kislorodning massa ulushi 88,89% ni tashkil qiladi (miqdoriy tarkib). Suvni turli usullar yordamida olish mumkin. Har qanday holatda ham toza suv bir xil tarkibga ega bo‘ladi.

Vodorod peroksid, suv kabi sifat tarkibga ega, u suvdan miqdoriy tarkibi bilan farqlanadi. Vodorod peroksidda vodorodning massa ulushi 5,89% ni, kislorodning massa ulushi 94,11% ni tashkil qiladi. Vodorod peroksid suvdan keskin farqlanuvchi xossaga ega moddadir.

J.Dalton 1803 yilda karrali nisbatlar qonunini kashf qildi.


  • Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir element massasiga to‘g‘ri keluvchi boshqa element massalari o‘zaro kichik butun sonlar nisbatida bo‘ladi.

Bu qonun elementlar birikmalar tarkibiga aniq porsiyalarda kirishini bevosita tasdiqlaydi.

Uglerod (II)-oksidi va uglerod (IV)-oksidi tarkibiy massa birliklari


Birikma

Miqdor, massa ulush

Uglerodning bir massa birligiga to‘g‘ri keladigan kislorod massa birliklari soni

C

O

CO

42,88

57,12

1,33

CO2

27,29

72,71

2,66

Doskaga quyidagi reaksiya tenglamasi yoziladi va savollar beriladi:

2H2 + O2 = 2H2O


  1. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarni aniqlang va bu moddalarning tarkibiga kiruvchi element atomlarining umumiy sonini hisoblang. Har bir element atomlaridan nechtadan?

  2. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddani aniqlang va atomlarini sanang, reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlar soni bilan solishtiring. Qanday xulosaga keldingiz?

Juda ko‘plab kimyoviy reaksiyalarning amalga oshish shart-sharoitlari o‘rganilganda reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasi reaksiya mahsulotlari massasiga miqdoran teng bo‘lishi aniqlangan.

Bu kabi hodisalarni ulug‘ ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkirlar tajribaxonalarida og‘zi payvandlangan idishlarda olib borgan qizdirish ishlarida kuzatishgan.

1748 yilda rus olimi M.V.Lomonosov ham og‘zi payvandlangan kolba — retortada tajriba olib borib, bu hodisani izohlashga harakat qilgan. 1772-89 yillarda fransuz olimi A.Lavuaze ham yopiq idishda olib borilgan tajribalarda umumiy massa o‘zgarmasligini kuzatgan va bu o‘ziga xos yangilik — yangi qonun ekanligini tushunib yetgan. Shunday qilib, tabiatning asosiy qonunlaridan biri — massaning saqlanish qonuni ochilgan.

A.Lavuaze bu qonun asosida muhim xulosa chiqarib, reaksiyada qatnashayotgan har bir element atomi massasi reaksiya davomida o‘zgarmasligini ta’kidlagan. Bu esa kimyoviy reaksiyada bir element atomining boshqa element atomiga aylanib ketmasligini bildiradi.

O‘quvchilarning yuqorida berilgan savollarga javoblarini shu xulosalar bilan bog‘lab berish lozim.

O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni quyidagi masalalarni yechish bilan mustahkamlanadi:




  1. Azotning quyidagi kislorodli birikmalari tarkibining miqdoriy nisbatlarini hisoblang: N2O: NO: NO2;

  2. 2,21 g malaxit parchalanganda 1,59 g mis (II)-oksid va 0,18 g suv hosil bo‘lgan bo‘lsa, necha g karbonat angidrid ajralib chiqadi? Javobni qanday aniqlaganingizni izohlab bering.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §15,16 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


18-DARS. EKVIVALENТLIK QONUNI
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga modda tarkibiga kiruvchi elementlar istalgan miqdoriy nisbatlarda birikmasdan, balki har bir element ekvivalentlariga mos ravishda aniq miqdorlarda birikishini tushuntirish. O‘quvchilarda oddiy moddalar va murakkab moddalarning ekvivalent miqdorlarini topish malakasini hosil qilish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Ekvivalent.

  2. Elementlarning ekvivalentlarini aniqlash.

  3. Elementlarning ekvivalentlarini aniqlashga doir mashqlar bajarish.

O‘quvchilar ushbu dars mohiyatini va undagi tushunchalarni puxta bilishlari uchun modda tarkibini doimiylik qonuni va karrali nisbatlar qonunini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak. Shuning uchun dars boshida o‘quvchilar bilan ana shu qonunlar haqida suhbat o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.




  • Elementning ekvivalentligi deb, 1 mol vodorod atomlari bilan birikadigan yoki kimyoviy reaksiyalarda shuncha vodorod atomlarini o‘rnini oladigan miqdoriga aytiladi.

Ekvivalent va ekvivalent massani odatda birikmalarning tarkibini o‘rganib, bir elementning o‘rnini boshqa elementdan qanchasi egallashini tekshirib aniqlanadi. Buning uchun albatta shu elementning vodorodli birikmasidan foydalanish shart emas, ekvivalenti aniq bo‘lgan boshqa element bilan birikmasidan ham foydalanish mumkin. Masalan, CaO — ohakda kalsiyning ekvivalenti va ekvivalent massasini topishda, suvda topilgan O — kislorodning bir ekvivalenti 8 gmol ekanligini bilsak, 40 gmol Ca ga 16 gmol O to‘g‘ri kelsa, 8 gmol O ga 20 gmol Ca ekvivalent massasi to‘g‘ri keladi.



  • Moddalar bir-biri bilan ularning ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda ta’sirlashadilar.

  • O‘zaro ta’sirlashayotgan moddalar massalari (hajmlari) ularning ekvivalent massalariga (hajmiga) proporsionaldir.

  • Ekvivalent hajm — moddaning 1 ekvivalenti egallaydigan hajm bo‘lib, gazsimon holat uchun qo‘llanadi (1 ekvivalent hajm H — 11,2 lmol, O — 5,6 lmol).

Dars davomida va darsdan so‘ng oddiy va murakkab moddalarning ekvivalentlarini topishga doir mashqlar bajariladi.
Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §17 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


19-DARS. AVOGADRO QONUNI. MOLYAR HAJM.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga gazlar bilan bog‘liq bo‘lgan Avogadro qonunining mohiyatini tushuntirish. O‘quvchilar Avogadro qonuni faqat gaz holati uchun xos ekanligini anglab olishlari kerak.
O‘quvchilarga moddaning agregat holatlari haqidagi bilimlarni esga olishlari taklif etiladi va quyidagi savollar beriladi:

  1. Gaz holatdagi moddalarga misollar keltiring.

  2. Gazlar uchun o‘ziga xos qanday xususiyatlar mavjud?

  3. Gazlar aniq shaklga ega bo‘ladimi?

  4. Gazlarning hajmi qattiq va suyuq moddalarniki kabi o‘zgarmas bo‘ladimi?

Savollarning javoblari hal etilgach, yangi mavzu tushuntiriladi.

1811 yilda Italiyaning Тurin universitetining professori A.Avogadro gazlar bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganish jarayonida quyidagi xulosaga keldi:




  • Bir xil sharoitda o‘zaro teng hajmdagi gazlarda molekulalar soni teng bo‘ladi.

Keyinchalik o‘tkazilgan tajribalar bu xulosani tasdiqladi va bu qonun Avogadro qonuni deb atala boshlandi.

Oldingi darslardan ma’lumki (Darslikdagi §12 ga qarang) har qanday moddaning bir moli 6,021023 ta zarra (molekula, atom) tutadi. Demak, Avogadro qonuniga ko‘ra 6,021023 ta zarra tutgan har qanday gaz bir xil sharoitda bir xil hajmni egallaydi.

Normal sharoitda (0C harorat, 101,325 kPa bosim) ba’zi gazlarning 6,021023 ta zarrasi egallaydigan hajmni hisoblab ko‘raylik; Buning uchun gazning molyar massasini — M uning zichligiga (normal sharoitda 1 m3 gazning kg lardagi massasi) —  bo‘linadi:



Ba’zi gazlarning molyar massalari va zichliklari, molyar hajmlari


Gaz

Formulasi

Molyar massasi, kgmol

Zichligi, kgm3

Molyar hajmi, m3

Vodorod

H2

0,002

0,09

0,0224

Kislorod

O2

0,032

1,43

0,0224

Uglerod (II)-oksid

CO

0,028

1,25

0,0224

Har qanday gazning 6,021023 ta zarrasi (1 moli) normal sharoitda 0,0224 m3 (22,4 l) hajmni egallaydi.




  • Modda hajmining V uning miqdoriga  nisbati shu moddaning molyar hajmi VM deb ataladi:

Gazning molyar hajmi m3mol yoki lmol da ifodalanadi.

O‘quvchilarning ushbu mavzuda o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun dars davomida quyidagi mashq va masalalarni bajarishlari maqsadga muvofiqdir.



  1. 3,2 g oltingugurt (IV)-oksidini n.sh.da egallaydigan hajmini hisoblang. Bu miqdordagi moddada nechta molekula bo‘ladi?

  2. 20C va 101,325 kPa bosimda 10 l dan olingan azot, kislorod, is gazi namunalarida molekulalar soni bir xil bo‘ladimi?

  3. 3,011025 ta kislorod molekulasi n.sh.da qancha hajmni egallaydi?

  4. 9 g alyuminiy sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishib, qancha hajm vodorodni (n.sh.da) siqib chiqaradi?


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §18 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish