UMUMIY XULOSA
Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Ta’limning hozirgi holati insonparvarlik va gumanitar ta’lim tendensiyalari bilan tavsiflanadi. Bu jarayon avvalambor subyektiv munosabatlarni o`rnatishda namoyon bo`ladi, yani o`quvchi pedagogik ta’sir ob’ekti sifatida emas, balki o`z ichki dunyosiga, qiymat tizimiga, individual xususiyatlariga va boshqalarga ega bo`lgan subyekt sifatida qaraladi.
Kichik maktab yoshi davri ijobiy o`zgarishlar davri, shuning uchun ushbu yoshdagi har bir bolaning erishgan yutuqlari darajasi juda muhim. Agar bu yoshda o`rganish quvonchini his qilmasa, o`rganish qobilyatini egallamasa, do`st bo`lishni o`rganmasa, o`z qobilyatiga ishonch hosil qilmasa, kelajakda buni qilish ancha qiyin bo`ladi va juda katta aqliy va jismoniy harakatlarni talab qiladi. Maktab va uy hayoti bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir. Maktabdagi muammolar uyda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin yoki aksincha. Maktabda ham, uyda ham qiyinchiliklarga duch kelgan bola tashvish, qo`rquv va umidsizlikka ikki barovar ko`proq moyil bo`ladi.
O`ziga bo`lgan ishonchni his qilish uchun u o`qituvchilar, ota-onalar, sinfdoshlarning maqtoviga sazovor bo’lishi va ularning hissiy qo`llab quvvatlashini his qilishi kerak. Bolalarda barkamollik tuyg`usini rivojlantirish uchun sinfda va uyda psixologik qulaylik va qo`llab –quvvatlash kerak. Ota-onalar va o`qituvchilar har bir bolaga o`zlarining ijobiy umidlarini yetkazishi, bolalarning ta’lim faoliyatidagi yutuqlari va baholanishlaridan qat’iy nazar, munosabatlarda ijobiy, hissiy muhitni yaratishlari muhimdir. Sinf xonasida ham, uyda ham bolalarning hissiy holatiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bir bola bilan muloqotga kirishayotganda ularning his –tuyg`ulari bilan o`rtoqlashish istagini saqlab qolish kerak. Bolaga muammolarni mustaqil ravishda yengish uchun unga yordam berish uchun kattalar uni tushunishi, his-tuyg`ularini his qilishini ko`rsatish juda muhimdir.
Bolalar maktab yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni boshlanadi. Kichik maktab, o’smirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs shakllanishining yuqori bosqichi namoyon bo’ladi. Inson shaxsini o’rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug’ullanadi. Hozirgi davrda inson muammo aniq va gumanitar fanlarning umumiy tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Shunga qaramasdan, bir tomondan,insonni o’rganishda differensiasiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining sintetik tavsifi bo’yicha adgoyegrasiya holati ko’zga tashlanmoqda.
7-8 yoshidagi bolalarda kuzatilayotgan ijtimoiylashuv muammosini bartaraf etish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanib, bu jarayon doimiy ravishda ota-onalar va maktab o’qituvchilari zimmasidadir. Bolalardagi passiv ijtimoiylashuv holatlarni aniqlash bo’yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning ko’lamini yanada kengaytirish va amaliy jarayonlarni orttirib borishb lozim.
Olimlarning olib borgan ilmiy izlanishlari shuni ko’rsatadiki kichik maktab yoshidagi bolalar tashqi ta’sirlarga o’ta beriluvchan va o’zgaruvchan hisoblanadi.
Shu jihatlarni inobatga olgan holda ulardagi tarbiyadagi muammolarini aniqlash va ularni oldini olish ishlariga yanada chuqurroq yondashmoq lozim. Kichik maktab yoshidagi bolalar bugungi kunda katta hayot uchun tayyor holda kamol topishlari uchun ularga to’g’ri va tajribadan o’tkazilgan metodlar yordamida ta’lim-tarbiya bermog’imiz kerak.
7-8 yoshdagi bolalarga beriladigan, tarbiya, ularning murakkab harakatlarini o’zlashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilish davridir.
Demakki bu masalaga jiddiy va katta e’tibor bilan yondashish barchamizning asosiy vazifalarimizdan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |