Tadqiqotning maqsadi va ilmiy faraziga muvofiq quyidagi vazifalar belgilandi:
Birinchidan, boshlang‗ich sinf o‗quvchilari ongida umummilliy qadriyatlarga xos tushunchalarni singdirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
Ikkinchidan, boshlang'ich ta'lim jarayonida umummilliy qadriyatlardan foydalanishning samarali usul va vositalarini aniqlash;
Uchinchidan, o‗quvchilar ongida umummilliy qadriyatlarga xos tushunchalarni singdirishga doir ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Pedagogika nazariyasi va tarixi fani boshlang'ich sinf o‗quvchilari ongida umummilliy qadriyatlarga oid tushunchalarni singdirish haqidagi nazariy qarashlar, yondoshuvlarga ega bo'ldi. Shuningdek, tadqiqot jarayonida umummilliy qadriyatlardan foydalanishning samarali usul va vositalari ishlab chiqildi. Qaysikim, ushbu metodika va nazariy qarashlardan boshlang'ich sinf o'qituvchilari, kadrlar malakasini oshirish tinglovchilari foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |