Maktabgacha tarbiya yoshida mehnat faoliyatining xususiyatlari.
3-muammoli masala
“Zilola 5 yoshda bo‘lib, u juda ham gullarni yaxshi ko‘radi. Shu boisdan u hamisha ertalab gullarga suv quyadi. Yaqinda Zilola bog‘cha opasidan gul urug‘ini gultuvakka ekishni o‘rganib oldi. Sarvar esa ko‘proq rasm chizishga va plastirindan turli buyumlarni yasashga juda qiziqadi. U ham Zilola bilan tengdosh.” Sizningcha, ushbu ikki nafar bolada sodda mehnat faoliyatlari qanday psixologik xususiyatlarning shakllanishiga xizmat qilishi mumkin?
Bolalarning mexnat faoliyatlarini uzida qamragan mashg’ulotlar asosan bog’cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mexnatlari juda sodda va elementar bo’lsa xam ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta axamiyatga egadir.
Bog’cha yoshidagi bolalar bilan o’tkaziladigan cifatlar natijasida bolalarda mexnatga nisbatan ijobiy munosabat, mexnat qilish ishtiyoqi turiladi. Kattalarning mexnat faoliyatlariga taklid kilish dastavval bolalarning uyinlarida namoyon buladi. Bolalar kattalarning mexnat faoliyatlarini uzlarining uyinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay balki kattalar mexnatida bevosita qatnashish uchun xarakat kila boshladilar. Masalan qiz bolalar onalari kir yuvayotganda suv tashish ayrim kichikroq narsalarni(dastrumolchalarni) chayishda qatnashadilar. Uy va xovlilarni yig’ishtirib supurishga, ugil bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni mexnatining natijasiga qarab emas, balki mexnat jarayonining uziga kizikishi psixologik jixatdan xarakterlidir.
Bog’cha yoshidagi bolalarning ishiga baxo berib borish ularda mexnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o’ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko’p xatolarga yo’l ko’yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mexnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning uzlari birpastda qilib quyishlari mumkin degan ma’no kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: "Bolani bir ishga buyur, ketidan uzing yugur". Bu juda tugri, xayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan kuz kuloq bulib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.
Bolalarda xususan, kichik yoshdagi bogcha bolalarida xali mexnat malakalari yo’q qo’l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Ana shuning uchun bolalar qastdan yoki anqovliklaridan – emas balki eplay olmasliklaridan biron narsani tushurib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday "falokat" yuz bergan paytda bolani "ankov, merov, kuzingga qarasang bulmaydimi" deb urishish yoki koyish yaramaydi. Buning urniga bolaga shu mexnatni qanday qilib bajarishni kursatib berish lozim.
Bog’cha yoshidagi bolalarni mexnatsevarlik ruxida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta axamiyatga egadir. Jamoa bo’lib mexnat qilishda tarbiyachi xar bir bolaga ma’lum bir mexnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar jips jamoa bo’lib mexnat faoliyati bilan shug’ullanadilar.
Masalan, katta gurux bolalari jamoa bulib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni quyib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni quyib chiqsa, turtinchi bola stolga nonlarni kuyib chiqadi. Bog’chada navbatchilikka urgangan bolalar oilada xam yordamlashadigan buladilar.
Umuman, urta va katta yoshdagi bogcha bolalariga oilada kuchlari yetadigan mexnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularni mehnatsevarlikka tarbiyalashda va ularda ayrim mexnat malakalari xosil bulishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy foydali mexnatda, ishtirok etmagan bolani keyinchalik mexnatga jalb qilish juda kiyin buladi.
Bog’chada bolalar jalb qilinadigan mexnat faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki usimliklarni parvarish kilish , bog’cha xovlisida ishlash, oshxonada va guruxda navbatchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshkalar.
Shuni xam aytib utish kerakki, kichik yoshdagi bogcha bolalari uzlarining mexnat faoliyatlarini xali yulga qo’ya olmaydilar. Shuning uchun ular mexnatning juda sodda turlari bilan, ya’ni usimliklarga suv kuyish, baliqlarga ovqat berish, xovliga suv sepish va shu kabilar bilan shug’ullanadilar.
O’rta va katta gurux bolalari mexnat faoliyatini uyidan batamom farqlab unga nisbatan jiddiy munosabatda bula boshlaydilar. Ular mexnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni mexnatning ijtimoiy moxiyatini, kim uchun, nima uchun mexnat qilish lozimligini tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy-ro’zg’or ishlariga zo’r ishtiyoq bilan yondoshadilar, kichkintoylar uchun kog’ozdan, kartondan faner va plastilindan turli o’yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jixatdan to’g’ri tashkil qilingan mexnat faoliyati bolalarning xar tomonlama ya’ni xam jismoniy, xam psixik, xam estetik, xam axlokiy tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta’sir qiladi.
Bog’cha bolalari biron o’yin, ta’lim yoki mexnat faoliyatlari bilan mashg’ul bular ekanlar, ular xarakatlarining asosida ma’lum motivlar, ya’ni ularni xarakatga soluvchi mayllar yotadi. Kichik bog’cha yoshidagi bolalarning xatti-xarakatlari ko’proq shu xatti-xarakatlar amalga oshirilayotgan sharoitga bog’liq bo’ladi. Ular xatti-xarakat motivlarini anglab xam yetmaydilar. Shuning uchun ko’pincha uzlariga mutlaqo xisobot bermay ma’lum bir vaziyatda u yoki bu xatti-xarakatni amalga oshira boshlaydilar.
Bu yosh davrida bolalarning xatti-xarakatlari va xulkatvorlarining motivlari xam uzgarib, rivojlanib boradi. Katta yoshli bog’cha bolalarining xatti-xarakat motivlari tula anglangan motivlardan iborat bo’ladi. Masalan, katta yoshdagi bog’cha bolalarining xatti xarakatlari, xulq-atvorlari asosida yotgan motivlar xar tomonlama katta odamlarga o’xshashdan iboratdir. Ular ana shunday kuchli mayl asosida taqlidiy o’yinlarni, ta’limiy, ya’ni didaktik mashg’ulotlarni va mexnat mashg’ulotlarini tashkil qilib o’tkazadilar. Bolalarning asosiy maqsadlari katta odamlar bilan o’zaro munosabatni mustaxkamlashdir. Bolalar katta kishilar bilan yaxshi munosabatlar o’rnatishga intilar ekanlar, ular katta kishilarning buyurgan topshiriqlarini bajarishga, o’rnatgan tartib-koidalariga so’zsiz bo’ysunishga xarakat qiladilar.
Bolaning bog’cha yoshidagi davrida o’z qadr-qimmatini anglashi xam yuzaga kela boshlaydi. Bolalar bog’chaga kelganda dastavval o’z tengkurlarini sezmaslikka, payqamaslikka xarakat qiladilar. Keyinchalik turli uyin va majburiy mashg’ulotlar davomida bolalar jamoasiga qo’shilib, o’z tengkurlarining xurmatini kozonishga xarakat kiladilar, ya’ni boshka bolalarga xar tomonlama yaxshi kurinishga intiladilar. Bog’cha yoshidagi bolalar xatti-xarakatlari motivlarining rivojlanishida axlokiy motivlarning rolini xoyatda kattadir. Bolalar o’z xatti-xarakatlarini anglaganlari sayin axlokiy motivlarining, ya’ni ijtimoiy axlokiy koidalarga real kizikish motivlari kuchayib boradi. Bolalar endi o’zlarining egoistik manfaatlari yuzasidan emas, balki ijtimoiy manfaat nukqtai nazaridan xarakat kilishga urgana boshlaydilar. Masalan, bolalar o’zlari yoqtirgan uzlariga eng yaxshi uyinchoklarini beradigan va xattoki uzlarining uydan olib kelgan shirinliklarini xam bo’lib beradigan bo’ladilar. Shu tarika bolalarda ijtimoiy motivlar rivojlana boshlaydi. Katta yoshdagi bog’cha bolalari xar doim kichik yoshdagi bolalarga yordam berishga, ya’ni ijtimoiy motivlar asosida xarakat qilishga intiladilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar xatti-xarakatlari motivlarining rivojlanishida axlokiy motivlarning rolini xoyatda kattadir, Bolalar o’z xatti-xarakatlarini anglaganlari sayin axlokiy motivlarining, ya’ni ijtimoiy axlokiy qoidalarga rioya kilish motivlari kuchayib boradi. Bog’cha yoshidagi bolalarda ana shunday motivlar bilan birga o’z o’zini anglash, o’zining xatti-xarakatlariga baxo berish xam tarkib topa boshlaydi, Masalan, "Uch ayiq", "Uycha", "Aka-uka baxodirlar" kabi xikoyalarni ifodali kilib o’qib berish yoki inssenirovka kilish orkali bolalarda o’z-o’zini anglash va o’z xatti-xarakatlariga baxo berish tarbiyalab boriladi.
“Besh minutlik esse”.
Yozma topshiriqning ushbu turida talabalardan quyidagi ikki topshiriqni bajarishi lozim: mazkur mavzu bo‘yicha ular nimalarni o‘rganganliklarini mustaqil bayon etish va ular baribir javobini ololmagan bitta savol berish so‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |