Maktabgacha davrdagi bolalarda idrok. Idrok qilishda narsa va hodisalar yaxshi tarzda aks ettiriladi. Idrok qilish turmush tajribasiga bog‘liq. Shuning uchun bolalarga narsaning nomini va yana uning belgilarini xususiyatlarini ham aytib berish ahamiyatlidir. Ekskursiyalar, xayvonot va o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirishda bolalar idrokida sistemasining rolini oshirish kerak. Bu ularda tasavvurni shakllantiradi. Shakllarni idrok qilish rivojlanadi. Makon va zamonni idrok etish qiyinchilik bilan kechadi. Ularga narsa qanchalik o‘zoqlashsa ushuncha kichik tuyuladi. Maktabga chiqkanda makon o‘lchovlari metr, santimetr, kilometr kabi tushunchalarni o‘zlashtiradi. Kecha, bugun, ertaga, indinga, avval, keyinoy, yil, ertalab, kun, tun, kechasi peshin kabi tushunchalarni idrok qilishda, tushunishda va aytishda qiynalishadi. Turmush tajribalari ortishi bilan, bog‘chada mashg‘ulotlar o‘tishi orqali makon va zamonni idrok qilish shakllanadi.
Maktabgacha davrdagi bolalarda diqqat. Inson ongining butun kuchini bir yerga to‘plab, muayyan bir narsa yoki hodisaga aktiv yo‘naltirilishi tushuniladi. Bog‘cha davrida bolalarda ixtiyoriy turli rivojlanish boshlanadi. Tartiblarga bo‘ysunish, vazifalarni bajarish, hikoyalarni tinglash va b.q. O‘yin faoliyatida tashabbus bilan malum maqsad ilgari suriladi va buning natijasida diqkat bir joyga to‘planadi. Ixtiyoriy diqqat irodaviy protsess bilan bog‘liq bo‘lagni uchun bu turni o‘zlari mustaqtil ravishda tashkil eta olmaydilar. Tarbiyachi yoki katta odam yordam beradi va bu diqqat juda uzoq vaqt davom etmaydi. Diqqat xususiyatlari: barqarorligi, ayniqsa katta gruppa tarbiyalanuvchilarida ko‘rinadi. Mashg‘ulotlarda soatlab o‘ynashadi, hajmi nisbatan kichik bo‘ladi. Kattalarda 5-6 narsani o‘z ko‘lamiga sig‘dirsa bolalarda 1-2 narsani t.q. bo‘linuvchanlik ham rivojlanmagan, har ikkalasi bir biriga bog‘liq. Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi. Bir-ikki xaftalik chakalloqlarda diqqatning xech qanday alomati ko’rinmasa xam, oradan sal utmay, ya’ni bolaning bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari yakkol ko’rina boshlaydi. Demak, bolaning bir oylik davrida uning diqqatini xap turli kuchli quzgatuvchilar ( kattiq tovush, ortiqcha yoruglik kabi) beixtiyor ravishda uziga jalb qila boshlaydi. Ikki – uch oylik bolalar esa, shaqir- shuqurga qulok soladigan (shaqildoklarning tovushiga ovunadigan) bula boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqatlarini yorkin (yaltiroq) rangli narsalar xam beixtiyor jalb qila boshlaydi. Bolaning kuz ungidagi narsa qanchalik rang-barang bulsa, bola unga shunchalik kup e’tibor beradi.
Bogchagacha tarbiya yoshidagi bolalarning dikqatini xoyatda beqaror bulishi bilan xarakterlanadi. Masalan, bolaga yangi uyinchoq bersangiz u uyinchokni juda qizikib kupa boshlaydi, Lekin ayni shu paytda yana bir boshqa uyinchoqni ko’rsatsangiz, birinchi uyinchokni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Yasli yoshidagi bolalar diqqatining beqarorligi fiziologiya nuqtai nazaridan ularda xali tormozlanish protsesslarining kuchsizligi bilan bogliqdir. Tormozlanish jarayoni kuzgalish jarayonining keng yoyilib ketishini tuxtata olmaydi. Ana shuning uchun kichik bolalarning diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga osongina chalgib ketaveradi.
Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining goyat beqaror bulishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan xam bogliqdir. Bolalarga xamma narsa yangilik bulib tuyulaverganidan ularning dikkatlari bir yoshidagi bolalarda dikkatning ayrim xususiyatlari, ya’ni diqqatning kuchi va barqarorligi xam tarkib topib yuksala boshlaydi. Buni biz bolalarning (xususan o’rta va katta gurux bolalarining) bir ish ustida uzoq vaqt davomida )utira olishlaridan, ba’zi uyinlarni zerikmay soatlab uynay olishlaridan, ta’limiy mashgulotlarda chidam bilon utira olishlaridan kurishimiz mumkin. Bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalgib ketaveradi. Ana shu nuqtai nazardan bola kuz ungidagi narsaning uzi bolaga juda qiziq tuyulgani uchun xam dikkati chalgib ketadi. Masalan, N.M.Menchinskayaning xikoya qilishicha, Sasha (1 yosh 8 oylik) echki va uning bolalari xakidagi ertakni zo’r kizikish bilan tinglaydi. Bo’ri kelib eshikni taqkillatgani xikoya qilganda, Sasha bo’rining qanday takillatganini kurmokchi bulib, devorga tap-tap etib uradi, lekin ba’zan takillatishga shu qadap maxliyo bulib ketganidan ertakni tamomila unutib kuyadi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda dikkatning bulinuvchanligi juda zaif, kulami esa tor buladi. Bu yoshdagi bolalar dikkatlarini fakat kuzlariga yakkol ko’rinib turgan bir narsaga qarata oladilar, ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida nutkning roli juda kattadir. Bolaning tili chikib nutkni egallay boshlashi, katta kishilar bilan muomalada bulishdan tashkari, ularning ko’rsatmalarini bajarish imkoniyatini xam beradi. Yukorida aytib utganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalarga karashishni imkoniyatlari baricha ularning mexnatlariga aralashishni juda yoktiradilar. Kattalarning iltimos va topshiriklarini bajanu-dil ado etadilar. Uzuziga xizmat ko’rsatishga oid oddiy yumushlarni kizikib bajaradilar, ota-onalarining uy-xujalik ishlarida karashishg xarakat kiladi. Mana shularning xammasi dikkatni ma’lum darajada tuplash va muayyan bir maksadga karatishni talab etadi. Bu esa bolalarda ixtiyoriy dikkatning rivojlanishiga asos yaratadi.
Bogcha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy dikkat rivojlana boshlaydi. Birok kichik yoshdagi bogcha bolalarida ixtiyorsiz dikkat ustunlik kiladi. Kichik yoshdagi bogcha bolalarida kun sayin payda buladigan yangi-yangi kizikishlar, uyin faoliyatlarining xilma-xil bula borishi ularda ixtiyorsiz dikkatni asta-sekin takomillashtirib boradi.
Bogchada jamoa tomonidan talab etiladigan tartiblarga buysunish, koidali uyin shartlarini suzsiz bajarish, kattalarning topshiriklarini chidam kunt bilan ado etish kabi xollar bogcha yoshidagi bolalarda dikqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda ixtiyoriy dikkatni rivojlantirishda uyinning roli juda kattadir. Chunki turli uyinlar paytida bolalar dikqatlarini bir joyga to’plab, uz tashabbuslari bilan ma’lum maksadlarni ilgari suradilar. Uyinlarning kanday koidalar asosida o’ynalishini uzlari mustakil ravishda tanlab oladilar. Uyin koidasidan chetga chikib ketmaslik uchun uz xarakatlarini uyin koidalariga moslashtirishga va o’yinda katnashuvchi urtoklarining xarakatlarini xam kuzatib borishga kirishadilar. Ana shunday uyinlarda ixtiyorsiz dikkat bilan birga ixtiyoriy dikkat xam aktiv ishtirok etadi. Binobarin bolalarning uyin faoliyatlari ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlana boshlashi uchun sharoit yaratib beradi. Shuni xam nazarda tutish kerakki, ixtiyoriy dikkat iroda bilan boglik. Shuning uchun xam kupinicha bolalar dikqatning bu turini uzlaricha mustakil tashkil eta olmaydilar. Dastlabki paytlarda dikkatning ixtiyoriy turini xar xil savollar va topshiriklar berish yuli bilan rivojlantirib borish kerak. Bogcha yoshidagi bolalarda dikkatning ayrim xususiyatlari, dikkatning kuchi va barkarorligi xam tarkib topib yuksala boshlaydi. Buni biz bolalarning ( xususan urta va katta gurux bolalarining ) birishustidauzokvaktdavomidautiraolishlaridan , ba’zi uyinlarni zerikmay soatlab uynay olishlaridan , ta’limiy mashgulotlarda chidam bilan utira olishlaridan kurishimiz mumkin.
Bogcha yoshidagi bolalar dikkatining rivojlanishi faqat bogchadagi sharoitgagina emas, balki ko’p jixatdan oiladagi sharoitga xam boglikdir. Shuning uchun xam bolalarning diqqati bir tekisda va bir xil darajada rivojlanmaydi, Ayrim bolalarda oilada tegishli nazorat ostida bulmasligi, yoki xaddan tashkqari erka kilib, taltaytirib yuborilganligi tufayli uzlarining xatti-xarakatlarini xulkatvorlarini tartibga sololmaydilar, bunday bolalar xamma narsalarga ruxsatsiz tegaveradigan, bir joyda tinib-tinchib utirolmaydigan, tartibga chakirilganda gapga kuloq solmaydigan buladilar. Bunday bolalarda dikqat juda bekaror bulgani uchun ular xech bir narsa ustida kunt bilan mashgul bula olmaydilar. Dikkatni boshkara bilmaslik ya’ni ma’lum muddat davomida bir narsaga yunaltira olmaslik mashgulotlarda intizom buzish va boshkalarga xalakit berishga olib keladi. Ana shuning uchun tarbiyachilar bunday bolalarga nisbatan individual munosabatda bulishlari (xar xil mas’uliyatli topshiriklar berish va xokazo), ularda dikkatning kuchini xamda barqarorlik xususiyatini tarbiyalab borishlari zarur.
Bogcha yoshida bolalarda avvalgi davrlarga nisbatan dikqatning ko’lami (xajmi) ancha kengayadi. Bolalar dikkatining kulami katta odamlarnikiga nisbatan xali xam juda tor buladi. Masalan, katta odamlar dikkatining kulami ayni vaktda 5-6 narsani (bir-biri bilan boglanmagan xarflarni yoki raqamlarni) sigdira olsa, bogcha yoshidagi bolalar dikkatining kulami ayni bir vaqtda 1-2 narsanigina (kichik gurux bolalari 1ta, o’rta va katta gurux bolalari 2 ta) sigdira oladi. Kichik gurux bolalari dikkatlarini ikkita narsaga bulishga xarakat qilsalar xam, ammo buning uddasidan chika olmaydilar. Masalan, 3 yoshli bolaga bir piyola suv olib kelish buyurilsa, u albatta suvni tukib sochib olib keladi. Buuning uquvsizligi, bulganligi, balki uz dikkatini ayni bir vaktda ikkita narsaga bula olmasligidandir. Bola uzining dikkatini yurib kelish bilon piyoladagi suvni tukmay, chaykaltirmay olib kelishga bula olmaydi. Shuning uchun bunday xollarda bolalarni koyish yaramaydi.
Dikqat kulamining kengligi anik idrok kilish bilan bogliq bulgan xususiyatdir. Bu xususiyat ayniqsa bolalarning ukish faoliyatlari uchun zarur. Shuning uchun bolaning bogcha yoshidagi davrida barcha imkoniyatlardan keng foydalanib, diqqatning bu xususiyatini rivojlantirishga jiddiy axamiyat berish lozim. Bunda asosan, ekskursiyalar, inssenirovkalar, xar soxaga doir rasmlar bilan utkaziladigan suxbatlar katta rol o’ynaydi. Maktabdagi ta’lim jarayoni uchun zarur bulgan ixtiyoriy dikkat bogchada didaktik mashgulotlar , xikoyalar kilib berish davomida rivojlantiriladi.
Bogcha yoshidagi bolalarning dikkati kupincha ularning kizikish xamda xissiyotlari bilan bogliqligi sababli konsentrlashgan, ya’ni bir narsaga qaratilgan buladi. Ana shuning uchun bu yoshdagi bola dikkatining bulinuvchanlik xususiyati deyarli rivojlanmagan buladi. Bogcha yoshidagi bolalar diqqati bulinuvchanlik xususiyatining zaifligi va kulamining torligi sababli, ular ayrim narsalarni kayta kayta idrok qilib, eslarida olib qolishga intiladilar. Masalan, bog’cha yoshidagi bolalar, odatda bir xikoyani kayta-kayta eshitaveradilar. Bu xodisaning sababi shundaki, bolalar dikkatining kulami xikoyaning syujetini va personajlarini birdaniga sigdira olmaydi. Shuning uchun ular xikoya va ertaklarni kayta-qayta aylantirib eshitaveradilar.
Shunday kilib, bolaning bogchagacha va bogcha yoshidagi davrida diqqat ancha tez rivojlanadi. Bu davrda asosan dikkqatning ixtiyorsiz turi ortikrok rivojlanadi. Lekin bolaning bogcha yoshida faoliyatlarining va xususan didaktik xamda mexnat mashgulotlarining tizimli tarzda ortib borishi, ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki maktabdagi ta’lim jarayoni ixtiyoriy diqqatsiz bir qadam xam siljiy olmaydi. Shuning uchun bogchada turli majburiy mashgulotlar orqali bolalarda ixtiyoriy diqqat va diqqatning asosiy xususiyatlarini rivojlantirishga xapakat kilish kerak. Diqkatning bundan keyingi taraqqiyoti maktabda ta’lim jarayonida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |