59
tozaligini, 1000 dona urug’ og’irligini, o’sish
quvvatini, unuvchanligini (hayot
qobiliyatini, sifatliligini) aniqlash uchun yuboriladi.
O’rtacha namuna ajratib olish belgilangan shaklda uch nusxadagi
dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaning bir nushasi xo’jalikda
qoldiriladi. Ikkinchisi o’rtacha namuna bilan urug’lar stanstiyasiga jo’natiladi.
Uchinchisi urug’ sarfini hisobdan chiqarish uchun buhgalteriyaga beriladi.
Urug’larning sifat ko’rsatkichlari va ularni aniqlash usullari
O’zbekistonda daraxt va butalarning urug’larini ekish sifatiga davlat tizimining
nazorati tashkil etilgan va amalga oshiriladi. Bu ishni o’rmon urug’lari
stanstiyasi amalga oshiradi. Bu stanstiya o’rmon xo’jaligi korxonalariga hamda
ekish uchun urug’ tayyorlaydigan boshqa xo’jaliklarga xizmat qiladi.
O’rmon urug’lari stanstiyasining asosiy vazifasi ekish uchun urug’
tayyorlaydigan barcha xo’jaliklar uchun urug’larning ekish sifatini o’rganish,
o’rmon urug’chiligini va urug’chilik xo’jaliklarini to’g’ri tashkil etish va
yuritish ni nazorat qilish va o’rmon urug’lar bazasini tashkil etishda yordam
ko’rsatish; urug’larni ekish sifatini taxlil qilish usullarini
ishlab chiqish va
takomillashtirish; urug’larni ekish sifati norma va usullariga davlat standartlarini
ishlab chiqish va boshqalar hisoblanadi.
Urug’lar sifat ko’rsatgichlari amaldagi standartlar asosida o’rtacha
namunani tahlil qilish usuli bilan aniqlanadi. Urug’lar tozaligi, unuvchanligi
(hayot qobiliyati, sifatliligi), o’sish quvvati, 1000 dona urug’ og’irligi
aniqlanadi. Zarurat tug’ilganda urug’lar namligi va ularning entomo-fito
zararlanganligi aniqlanadi.
Urug’lar tozaligi va foydalanilmagan daraxt turi urug’lardan toza
urug’larning foiz miqdoridir. Toza urug’larning tahlil uchu olingan ulchamning
birlamchi og’irligiga nisbatan aniqlanadi.
Urug’lar unuvchanligi - bu urug’larning belgilangan
muddatda aniq bir
sharoitda normal o’simta berish qobiliyati.
Ittifoqda urug’lar unuvchanligi urug’lar - kontrol tahlili qoshidagi davlat
urug’lar inspekstiyasi tomonidan davlat standartiga asoslanib aniqlanadi.
Normal unib chiqqan urug’lar soni tahlil uchun olingan urug’lar umumiy
soniga nisbati hisobida ifoda etiladi.
Urug’lar unuvchanligi - bu urug’larni ekishga yaroqligini aniqlaydigan
birdan bir asosiy ekish sifati ko’rsatkichi hisoblanadi, chunki bu ishlab
chiqarishda katta ahamiyatga ega. Sinovda yuqori unuvchanlikga ega bo’lgan
urug’lar barvaqt va bir tekis unib chiqish xususiyatiga ega bo’ladi. Bular tegishli
60
agrotexnik ishlov berish natijasida yuqori sifatli ko’chat olish va sifatli o’rmon
barpo etishni ta’minlaydi.
Unuvchanlikni aniqlash bilan birgalikda yana bir urug’lar
ekish sifatini
aniqlash ko’rsatgichi - urug’lar o’sish quvvati aniqlanadi.
O’sish quvvati - bu urug’larning unuvchanligini aniqlashga qaraganda
qisqaroq vaqt ichida urug’larning normal o’simta berish qobiliyati.
Urug’larning o’sish quvvati o’sib chiqqan urug’lar sonining tahlil uchun
olingan urug’lar umumiy soniga nisbati, % hisobida ifodalanadi.
Yuqori o’sish quvvatiga ega bo’lgan urug’lar bir tekis sifatli o’simtalar
beradi, bular saqlashda o’z sifatini o’zoq muddatgacha yo’qotmaydi. Shuning
uchun urug’lar rezerv fondiga unuvchanlik ko’rsatgichiga yaqin bo’lgan yuqori
o’sish ko’rsatgichli urug’lar tavsiya etiladi.
Hayot qobiliyati - taxlil uchun olingan urug’larga nisbatan foizda
ifodalangan tirik urug’lar miqdori. Bu uzoq muddat
unib chiqish qobiliyatiga
ega bo’lgan yoki zudlik bilan ekish zarurati tug’ilgan daraxt va butalarning
urug’larida aniqlanadi. Bu jarayon davlat standartida belgilangan uslublarda
amalga oshiriladi.
Sifatligi - bu to’la mag’izli, belgilangan daraxt va buta uchun xarakterli
rangda bo’lgan zarodishli va endospermli urug’lar miqdorining tahlil uchun
olingan urug’larga nisbatan foizda ifodalanishidir.
1000 dona urug’lar og’irligi o’rmon barpo etishda katta ahamiyatga ega.
Yirik va og’ir urug’lar yuqori ekish sifatiga ega bo’ladi. Urug’lar og’irligini
ekish normalarini belgilash uchun bilish zarur.
Tahlil o’tkazish uchun urug’lardan 13056,1-67
sonli davlat standarti
bo’yicha namuna tanlab olinadi 1000 dona urug’lar og’irligi kondistion (toza)
urug’larda aniqlanadi.
Urug’lar namligi - urug’larda namlik miqdorining %da ifodalanish. Bu
namlik miqdori birlamchi o’lcham og’irligiga nisbatan olinadi.
Tahlil uchun 13056-67 sonli davlat standartiga asoslanib namuna tanlab
olinadi.
Urug’lar namligi urug’lar stanstiyasiga namuna kelib tushgandan keyin 2
sutka ichida aniqlanadi.
Urug’lar namligi quritgich shkafda quritish usuli bilan aniqlanadi.
Laboratoriya analizlariga asosan o’rmon urug’lar stanstiyasi tomonidan
urug’larga «Urug’larning kondistionligi haqida guvohnomga», «Urug’lar
analizining natijalari» yoki ma’lumotnoma beriladi.
61
Daraxt va butalar har yili meva hosil bermaydi. Terib olingan urug’larni
har doim ham shu zahoti ekilmaydi. Shuning uchun o’rmon urug’lari zahirasini
yaratish zarur Urug’larni yig’ib terib olish bilan ekish oralig’idagi muddat bir
necha ko’n, oy va yillarga ham cho’zilishi mumkin. Yaproq bargli daraxtlar
urug’larni
saqlash - birinchi bahorgacha, ignabarglilar birinchi yili kuzigacha
saqlanishi qisqa muddatli saqlanish hisoblanadi. O’rmon urug’lari mahsus urug’
saqlash omborlarida uzoq muddat saqlanadi.
O’rmon xo’jaligi korxonalarini kam hosilli va hosilsiz yillari urug’ bilan
ta’minlash maqsadida rezerv fondi tashkil etiladi. Rezerv fondga I-II sifat
klassiga ega bo’lgan urug’lar ajratiladi. Bunday urug’lar sifati va namligini
laboratoriyada aniqlash mumkin bo’lgan mahsus omborlarda saqlanadi. Rezerv
fond har uch yilda almashtiriladi.
Urug’larni saqlashda ulardagi hayot faoliyatini to’xtatishga
qaratilgan
sharoit yaratilishi zarur.
Urug’lar doimiy o’zgarmas belgilangan harorat va namlik ta’minlangan
omborlarda saqlanishi tavsiya etiladi.
Yaproq bargli va igna bargli daraxt turlarining urug’larni saqlash sharoiti
turlichadir.
Savollar:
1.
Urug’lar ekish sifati ko’rsatgichlarini ayting?
2.
Urug’larni pasportlashtirish qanday amalga oshiriladi?
3.
Urug’larni saqlashda qanday sharoit yaratilishi kerak va u nimalarga bog’lik?
4.
Igna bargli daraxt urug’larini saqlashda o’ziga xos hususiyatlarni ayting?
5.
Meva va urug’larning pishib etilish muddatlari nimalarga bog’liq?
6.
Fiziologik etuklik deb nimaga aytiladi?
7.
Texnik etuklik qachon hosil bo’ladi?
8.
Qanday urug’lar fiziologik etuklik davrida yig’ib terib olishi va sababini
ayting?
9.
Urug’ xomashyosini qayta ishlashga nimalar kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: