I. O’quv materiallar 1



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/49
Sana22.06.2022
Hajmi1,08 Mb.
#691903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Доривор уруг. УУМ

 
 
Nazorat savollari: 
1. Selekstiya fanining yuzaga kelishi va uning nazariy asoslari xaqida 
nimalarni bilasiz? 
2. O’simliklar selekstiyasi rivojlanishining asosiy bosqichlarini gapirib 
bering.
3. O’zbekistondagi selekstiya ishlari bilan shug’ullanuvchi tashqilotlar 
xaqida nimalarni bilasiz? 
4. Selekstiya va urug’chilik soxasidagi ishlarni yanada yaxshilashga 
qaratilgan O’zbekiston Respublikasining qanday qonunlari va qarorlari qabul 
qilingan? 
 
2-MAVZU: DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’LARINING EKISH 
MUDDATINI ANIQLASH USULLARI 
Reja: 
1.
Urug‘-ko‘chat yetishtirish texnologiyasi 
2.
Urug‘ni ekish turlari va sxemalari 
3.
Urug‘larni ekish muddatlari, chuqurliklari va me’yori 
Sun’iy barpo etilgan daraxtzorlarda daraxtlarning o‘sishi, daraxtzorlarning 
unumdorligi ko‘pincha ekilgan ko‘chatlarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. 


6
Ko‘chatlarning sifati asosan ular bo‘yi, tanasining qalinligi, ildizining holati, 
ildiz tizimi va tanasining nisbati kabi belgilari bilan aniqlanadi. Ma’lum 
o‘lchamli, hamma qismlari yaxshi rivojlangan, optimal nisbatda massaga ega 
bo‘lgan ko‘chatlar yuqori sifatli ko‘chat hisoblanadi. Bunday ko‘chatlar 
ekilgandan so‘ng yaxshi tutadi, ularda barglar va ildiz tizimi o‘simlik 
rivojlanishida bir-birlarini o‘zaro stimullash jarayonlari sodir bo‘ladi, fotosintez 
jarayonining intensivligi ildiz tizimining o‘sishini yaxshilaydi. Bunday sifatli 
ko‘chatlarni yaratish uchun ko‘chatzorlarda optimal sharoit yaratib berilishi 
zarur. Optimal sharoitdan og‘ish ko‘chatlarning sifati pasayishiga olib keladi, 
natijada sifatsiz ko‘chatlardan barpo etilgan o‘rmonlarning tutishi va ayniqsa 
birinchi yillari o‘sib rivojlanishi sust kechadi. Ko‘chat yetishtirish agrotexnikasi 
daraxt turlarining biologiyasiga, vegetatsiya davri davomida o‘simlikning 
vegetativ organlarining yillik o‘sishi va shakllanishi qonuniyatlariga, quruq 
moddani to‘plash dinamikasi va mineral ozuqa elementlarini o‘zlashtirish ritmi, 
yosh o‘simlikning o‘sishi uchun optimal rejimning aniq ekologik holatga 
mosligi, oziq modda talabi, zaruriy o‘g‘itlarni berish me’yori va muddatiga - 
asoslangan bo‘ladi. 
Urug‘-ko‘chat yetishtirish texnologiyasi 
Daraxt va butalarning urug‘ko‘chatlari ko‘chatzorning urug‘ ekish bo‘limida 
yetishtiriladi. Urug‘ko‘chat yetishtirish agrotexnikasi tuproqqa asosiy va 
ekishdan oldin ishlov berish, urug‘ni ekishga tayyorlash, ekish va unib 
chiqqunga qadar parvarishlash, nihollarni parvarishlash, urug‘ko‘chatlarni qazib 
olish va saqlash kabi asosiy ishlarni o‘z ichiga oladi. 
Tuproqqa asosiy va ekishdan oldin ishlov berish qora, ertagi, sideratli va 
bandli shudgorlash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi. Asosiy ishlov berishda 
yerni haydash chuqurligi 20-30 sm bo‘ladi. Sug‘oriladigan ko‘chatzorlarda 
maydonni tayyorlash uchastkani tekislash, sug‘orish tarmoqlarini tuzish, drenaj 
o‘tqazish (zarurat bo‘lganda) kabi ishlarni o‘z ichiga oladi. 
Kuzgi shudgor tizimida ishlangan dala erta ko‘klamda yer yetilishi bilan 
boronalanib, tuproqning nami ko‘tarilib ketishining oldi olinadi. Bunday 
boronalash sho‘rning yer betiga chiqib qolishini kamaytiradi. 
Urug‘, danak ekishda tuproq yetarli shira nam bo‘lishi bilan birga yaxshigina 
zichlashgan bo‘lishi ham lozim. 
Tuprog‘i juda zichlashgan qotib ketgan kuzgi shudgor ko‘klamda 
kultivatorda 18 sm chuqurlikda yumshatilishi bilan birga boronalanib, mola 
bosilishi lozim. Bunda kultivator o‘rniga ag‘dargichi (otvali) olib qo‘yilgan plug 
ishlatilishi mumkin. 


7
Yangidan ishga solinayotgan uchastkalarni, shuningdek, qish va erta 
ko‘klamda haydash mumkin. Buning uchun fevral oxiri va mart boshida yer 
boronalanadi; yerning haydalma qatlami obi-tobiga kelishi bilan chimqirqarli 
plugda (bunga borona tirkab) 27-30 sm chuqurlikda haydaladi va ketma-ket 
mola bostiriladi. 
Urug‘ va nihollar kuzda ekiladigan bo‘lsa, ekishga bir yarim - ikki oy 
qolganda yer birinchi marta haydaladi, lekin borona bosilmaydi; ekishga ikki-
uch hafta qolganda esa ikkinchi marta haydash bilan birga ikki yo‘la 
boronalanadi. Bu haydashlar o‘z vaqtida o‘tkazilsa tuproq normal zichlashib 
oladi, natijada unga ekilgan urug‘, o‘tkazilgan nihollar yaxshi o‘sadi. 
Kuzda shudgorlangan yer bedapoyadan bo‘shagan bo‘lsa, uni ko‘klamda 
qayta haydashning yoki chizelda yumshatishning hojati bo‘lmaydi. 
Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish