I oliy va o`rta


Mavzuga oid tayanch, tushuncha va iboralar



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/79
Sana17.01.2021
Hajmi1,04 Mb.
#55913
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
Bog'liq
xalq pedagogikasi

Mavzuga oid tayanch, tushuncha va iboralar: Ijtimoiy hayot, iqtisodiy hayot, 

jamiyat  hayoti,  Konsepsiya,  pedagogik  an‘analar,  mehnat  taqsimoti,  milliy  madaniyat, 

milliy qadriyat, barkamollik, Hadis, mutafakkir.  

1-asosiy  masala  bo‘yicha  o‘qituvchining  maqsadi:  Talabalarda  o‗zbek  milliy 

ta‘lim-tarbiyasi  an‘analari  tarixi  xaqida  tasavvur  hosil  etish,  ularni  halq  pedagogikasi 

namunalari,  O‗rta  Osiyo  mutafakkirlarining  pedagogik  qarashlari,  g‗oyalari  bilan 

tanishtirish



Identiv o‘quv maqsadi. 

1.1. O‗zbek halq pedagogikasini qayta tiklash konsepsiyasining yaratilishi, uning     

       qisqacha mazmuni haqida gapiradilar.  

1.2. Turli ijtimoiy tuzum taraqqiyoti davomida o‗zbek halq pedagogikasining     

        rivojlanishini va uning bugungi kundagi ahamiyati to‗g‗risida izohlaydilar. 

 

1-asosiy savolning bayoni: 

 

O‗zbekiston  jumhuriyatining  mustaqil  deb  e‘lon  qilinishi,  halq  ho‗jaligini 



boshqarishning  bozor  iqtisodiyoti  qonunlari  asosiga  o‗tishi,  ta‘lim-tarbiyaning 

siyosatdan  holi  qilinishi,  umumiy  o‗rta  maktab  ta‘limi  mazmunini  milliy  qadriyatlar 

asosida.  O‗quvchilarni  o‗zbek  halqining    tarixi,  madaniy  merosi  va  pedagogik 

an‘analari asosida tarbiyalashni taqazo etadi. Ana shu zaruriyatdan kelib chiqib, milliy 

madaniyat va qadriyatlarni tiklashga kirishilganligi quvonchli holdir.  

 

Ma‘lumki, o‗zbek halq pedagogikasi O‗rta Osiyo ijtimoiy hayotiga bog‗liq holda 



shakllandi, rivojlandi.  

 

O‗rta  Osiyoda,  jumladan,  O‗zbekistonda  ibtidoiy  jamoa  tuzimi  davrida  ishlab 



chiqarish  kuchlarining  taraqiy  etib  borishi  bilan  jamoa  a‘zolari  zarur  vositalarni  oddiy 

qurollar  yasashga  kirishdilar.  Ularning  bu  harakati  jamiyat  taraqqiyotiga  ta‘sir  etdi, 

natijada  jamiyatda  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlrning  yangi  shakli  yuzaga  keldi, 

turmush  kechirish    uchun  jamoa  bo‗lib  yashash  zaruriyati  payd  bo‗lishi  bilan  ishlab 

chiqarish aloqalarigina emas, balki mustahkam qarindosh-urug‗chilik asosidagi ibtidoiy 

jamoa  shakllandi.  Jamoada  etnografik  asosdagi  muhim  hayotiy  ahamiyatg  ega  bo‗lgn 

ishlarni  ayollar  bajardilar,  bola  tarbiyasi  ulrning  ixtiyoriga  topshirildi.  Shu  asosda 

jamoada ayollarnng mavqei ortdi.  

 

Keyinchalik,  jamiyatda  ishlab  chiqarish  qurollarining  mukamallashib  borishi 



bilan  jamoada  mehnat  taqsimoti  o‗zgardi,  erkaklar  asosan,  chorvachilik  va  ov  bilan 

bog‗liq  bo‗lgan  ishlarni  bajardilar,  iqtisodiy  hayotda  ular  yetakchilik  mavqeini 

egalladilar. 

 

Jamiyat hayotida ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida turli xilda xo‗jaliklar 



shakllana  boshlandi.  Odamlarda  turmushga  munosabat    o‗zgardi.  Toshkent,  Buxoro, 

Surxandaryoda  yashovchi  jamoa  a‘zolari,  tasviriy  san‘at,  o‗ymakorlik  san‘ati, 

kulolchilik,  naqqoshlik  bilan  shug‗ullandilar.  Sug‗oriladigan  yerlarda  dehqonchilik, 

chorvachilikning taraqqiy etib borishi, ayrim jamoa, urug‗, oila xo‗jaligida qo‗shimcha 

ishchi  kuchiga  muhtojlik  sezilishi  oqibatida  yuzaga  kelgan  qulchilik  jamiyatida 

quldorlik hususiyatini ifodalovchi jamiyat, turli din va aqidalar paydo bo‗ldi. 

 O‗zbekiston  hududida  er.av.  7-6  asrlarda  sug‗orish  ishlari  rivojlanib,  ho‗jalik 

a‘zolari  bog‗dorchilik,  polizchilik  bilan  shug‗ullandilar.  Bu  davrda  Ariya,  Xorazm, 




 

11 


 

Sug‗d va boshqa viloyatlarning iqtisodiy-jo‗g‗rofiy xaritasi, qazilmalaridan olingan mis, 

temirdan turli qurol va ro‗zg‗or buyumlari ishlana boshlandi.  

Er.  av.  4  asr  boshlarida  Aleksandr  Makedonskiy  hukmronlik  qilgan  yillarda 

ijtimoiy  hayotda  ziddiyatlar  bo‗lishiga  qaramay,  O‗rta  Osiyo  ilm-fan,  madaniyat 

sohasida  rivojlanish  yuz  berdi.  Tabiiy  fanlarni  rivojlantirishga  e‘tibor  berildi,  antik 

tipdagi binolar qurildi.  

Er,  av. 2  ming  yillikda  paydo bo‗lgan, 16  asrga qadar  Uzoq  Sharq,  ya‘ni  Xitoy, 

Yaponiyani  Old  Osiy  bilan  bog‗lagan  «Ipak  yo‗li»  faqat  savdo,  siyosiy  va  ijtimoiy 

madaniy  aloqa  yo‗li  xam  bo‗ldi,  mamlakat,  shaxarlar  halqlarining  jumladan,  O‗rta 

Osiyo va Eron, Turkiya halqldari Musiqa madaniyatining rivojida muhim ahamiyat kasb 

etdi.  «Ipak  yo‗li»  halqlarining  urf-odati,  an‘anlari,  madaniyatinin  bir-biriga 

uyg‗unlashuvida  muhim  rol  o‗ynadi.  «Ipak  yo‗li»  -  halqlari  tarixining  o‗ziga  xos    bir 

yodgorligi bo‗lib, halqlarning ham savdo madaniy sohada o‗zaro hamkorlikda yashashi, 

do‗stlashi uchun xizmat qildi.  

Er. keyingi 6-7 asrlarda Turk xoqonligi hukm surgan davrda O‗rta Osiyoda ishlab 

chiqaruvchi  kuchlarning  ortishi  bilan  dehqonchilik  yana  yuksaldi,  dalalarni  sunniy 

o‗g‗itlash  usuli  joriy  qilindi,  sug‗orish  ishlari,  to‗qimachilik  rivojlandi,  ipak-gazlama 

korxonalari  bunyod  etildi,  oltin,  temir,  qo‗rg‗oshin,  kumushlardan  turmush  uchun 

kerakli buyumlar yasaldi. Ijtimoiy hayotda yuz  bergan bu o‗zgarishlar natijasida O‗rta 

Osiyo,  jumladan  O‗zbekiston  halqlari  bilan  Vizantiya,  Xitoy  va  Xindiston,  umuman 

Sharq halqlari o‗rtasida madaniy aloqalar taraqqiy etdi. Turk va fors tilida so‗zlashuvchi 

halqlar  o‗rtasida  aloqa    rivojlandi.  Bu  aloqa  ular  yaratgan  og‗zaki  ijodlarida  ham  o‗z 

ifodasini topdi.  

Hind halqining «Pancha Tantra», ( Besh kitob) asari Ibn Muqaffaning arab tilida 

qilgan tarjimasi o‗zbek tilida «Kalila va Dimna» nomida nashr etildi. 

8  asrning ikkinchi yarmidan boshlab O‗rta Osiyoda hukmronlik qilgan arablar bu 

o‗lkada islomni  targ‗ib  etdilar,  arab tili davlat,  Fan  va  adabiyot  tili bo‗ladi.  Bu davrda 

madniy  barkamollikka  erishgan  o‗zbek  halqi  islom  mohiyatini  tezroq  tushundi  va  uni 

qabul  qildi.  «Quroni  Karim»  ni  insonni  ulug‗lashga,  qadrlashga,  uni  mehr-shavqatga, 

muhabbatga,  tinch-totuv  yashashga,  iqtisodiy  va  ma‘naviy  barkamollikka  undovchi 

islom ma‘rifati mujassami deb ataladi. 

Qur‘on insonlarni ilmda, madaniyatda, odob-axloqda barkamol bo‗lishga, dindan, 

irqdan  qat‘iy  nazar,  ittifoq  bo‗lib,  tinch-totuv  yashashga  da‘vat  etadi.  U  Sharq  va 

umumbashariyat  madaniyatining  bebaho  hazinasi  sifatida  jamiyat  taraqqiyoti  va  halq 

farovonligi  yuksalishining  asosiy  negizi  bo‗lib,  uni  barkamollik  sari  yo‗lladi,  bundan 

keyin ham yo‗llaydi. 

 Imom  Ismoil  al-Buxoriyning  «Al-adab,  al-Mufral»,  «Adab  durdonalari» 

asaridaagi  110  ta  xadisda  mushkul  ahvolga  tushgan  kishiga  yordam  berish  haqida 

shunday  deyiladi.  «Bir  qancha  qo‗shnilar  qiyomat  kuni    o‗z  qo‗shnilarinin  etagidan 

ushlab,  «Yo  rabbi,  manna  bu  qo‗shnim  boshiga  ish  tushgan  vaqtida  yordam  qilish 

o‗rniga  eshigini  qulflab  olgan  edi,  deb  da‘vo  qildi».  3-  hadisda  deyiladiki,  «Kim 

o‗zining  qorni  to‗q  bo‗lib,  qo‗shnisi  och  holda  o‗tirgan  bo‗lsa,  u  kishi  «chin»  mo‗min 

emasdir». Demak, har biri kishi og‗ir ahvolda qolgan qo‗shnisiga o‗z ovqatidan bo‗lib 

berishi lozim. 

Yuqorida  keltirilgan  hadis  butun  insoniyat  uchun  barkamollik,  insoniylik  ramzi 

bo‗ladi. Ushbu mo‗‘tabar kitob, kishilarni, hususan yosh avlodni ma‘naviy barkamollik 



 

12 


 

ruhida  tarbiyalashdek  muhim  ishda  beqiyos  ahamiyat  kasb  etdi.  Bunda  ifodalangan 

aqidalar  halqning  e‘tiqodiga  aylandi.  Oilaning  mustahkamlanishiga,  bolalarga  ixlos, 

imon, diyonat hislatlarini tarbiyalashga hizmat qilmoqda.  

O‗rta  Osiyoda  yashab  ijod  etgan  ulug‗  mutafakkir  shoir,  olimlar  hadisdagi 

ko‗pgina aqida, pand-nasihatlarni o‗z asarlarida ifodaladilar. Buni biz Ibn Sino, Ahmad 

Yassaviy,  Rabg‗uziy,  Nizomiy  Ganjaviy,  Alisher  Navoiy,  Yusuf  Xos  Xojib,  Al-

Xorazmiy kabi allomalar ijodida ravshan ko‗ramiz. 

 


Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish