I. Nazariy savollar So’z-gaplar va ularning grammatik xususiyatlari



Download 21,61 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi21,61 Kb.
#400380
Bog'liq
ona tili Va boloalar adabiyoti-oraliq


4-Variant

I.Nazariy savollar



  1. So’z-gaplar va ularning grammatik xususiyatlari

  2. M. A’zam she’rlarida hayotga munosabat, ijtimoiy ziddiyatlarning badiiy talqini.

  3. Tayanch tushunchalarni izohlang: shaxsi aniq gap, kirish so’z, murakkab kiritma, janr, epik tur

II.Amaliy topshiriq

  1. Berilgan gapda kiritmani topib, grammatik jihatdan izohlang va sintaktik tahlil qiling. Yettinchi brigadaning g’ozasi (mana men hozir ko’rib kelyapman) yaxshi unmabdi.

Tuzuvchi: dots. S. Ollaberganova

Javoblar :

1.So’z-gaplar va ularning grammatik xususiyatlari

Sodda gaplar grammatik asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) ikki bosh bo‘lakli gaplar; 2) bir bosh bo‘lakli gaplar. Grammatik asosi ikki bosh bo‘lakdan: ega va kesimdan iborat bo‘lgan gaplar ikki bosh bo‘lakli gaplar deyiladi. Masalan: Mehnatdan do‘st ortar. (Maqol). Grammatik asosi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘lgan gaplar bir bosh bo‘lakli gap deb yuritiladi. Masalan: Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. (Maqol). Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning qatnashishi-qatnashmasligiga ko‘ra ikki xid bo‘ladi: yig‘iq gaplar va yoyiq gaplar. Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq gap, ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Yomg‘ir tindi. Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib turardi. (S.Karomatov). Birinchi gap yig‘iq gap bo‘lib, faqat bosh bo‘laklardan tuzilgan. Ikkinchi gapda bosh bo‘laklar (bulutlar – ega, to‘sib turardi – kesim)dan tashqari, ikkinchi darajali bo‘laklar ham (hamon, qaysarlik bilan - hollar, quyosh - aniqlovchi, yuzini – to‘ldiruvchi) qatnashgan. Shuning uchun bu gap yoyiq gapdir. Bir bosh bo‘lakli gaplar ham, ikki bosh bo‘lakli gaplar ham zarur bo‘laklarning to‘la ifodalanishi yoki tushirilishiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: to‘liq gap va to‘liqsiz gap. To‘liq gaplarda fikrni ifodalash uchun zarur bo‘laklarning barchasi qatnashadi, to‘liqsiz gaplarda zarur bo‘laklarning biri yoki bir qismi tushiriladi. Masalan: - Ilgari qayerda ishlagan edilar? (To‘liq gap). – Dastavval Surxondaryoda, keyin qarshi cho‘lida. (O.Y.) (To‘liqsiz gap). Sodda gaplar bo‘laklarga ajralish-ajralmasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: bo‘laklarga ajraladigan gaplar va bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar. So‘zlar bog‘lanmasidan yoki yakka so‘zdan tuzilib, gap bo‘laklarini aniqlash (ajratish) mumkin bo‘lgan gaplar bo‘laklarga ajraladigan gaplar deb yuritiladi. Masalan: Mashina darvoza oldida to‘xtadi. (O.Y.). Bir so‘zdan tashkil topib, tarkibi bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar yoki so‘zgaplar deyiladi. Masalan: - Assalomu alaykum, dada. (P.Q.).



2.M. A’zam she’rlarida hayotga munosabat, ijtimoiy ziddiyatlarning badiiy talqini.

Miraziz A’zam ham bolalar, ham kattalar shoiri, ayni chog’da o‘tkir publitsist, yetuk tarjimon hamdir. U 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat dorilfununini tugatgach, Toshkent telestudiyasida, «G’uncha» bolalar oynomasida, so‘ngra «Yosh gvardiya», G’afur G’ulom nashriyotlarida muharrir bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo‘lib  ishlagan.    

Uning    ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda «G’alati tush» nomi bilan chop bo‘lgan. Keyinchalik u 1972 yilda alohida kitob holida bolalarga sovg‘a qilingan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Metallurg» (1964) nomi bilan chop bo‘lgan. Shundan so‘ng bolalar uchun «Aqlli bolalar» (1969, doston), «Senga nima bo‘ldi» (1970), «Yer aylanadi» (1973), «Yerga dovruq solamiz» (1970), «Bir cho‘ntak yong‘oq» (1990, saylanma) kabi bir qator ajoyib she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Ularda bolalarning qalbi va tuyg‘ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug’lashga intiladi.

Adib kattalar uchun ham bir qator salmoqli she’riy guldastalar yaratgan. Jumladan, «Sevaman» 1977), «Tuyg‘ular» (1980), «Sabot» (1983) kabi to‘plamlaridagi ko‘pchilik she’rlar o‘zining hayotiy va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi. Shoir ana shu she’riy to‘plamlaridagi eng yaxshi she’rlarini va yangi yozilgan asarlari sarasini o‘zining «Haqiqatning ko‘zlari» (1988) saylanmasiga jamlab, talabchan o‘quvchisiga havola etdi.

Miraziz A’zam haroratli, shijoatli publitsist hamdir. Uning madaniy-adabiy merosni ko‘z qorachig‘idek asrashga da’vat etuvchi bir qator tarixiy-adabiy maqolalari shular jumlasidandir.

Bolalar va kattalar shoiri, ayni chog‘da tarjimon. Miraziz A’zam o‘z faoliyatini talabalik yillaridan boshlagan. O‘ttizdan ziyod hikoyalar, she’rlar, romanlar, turk adabiyoti dostonlarini tarjima qilgan.
1936 yil Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagach, Toshkent telestudiyasida, “G‘uncha” oynomasida va boshqa tahririyatlarda muharrir bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ma’muriyatida maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritgan.
Ilk she’rlari 1960 yil nashr etilgan, 1964 yil “Metallurg” nomli she’riy to‘plami chop etilgan. Shundan so‘ng “Aqlli bolalar” (1969), “Senga nima bo‘ldi” (1970), “Bir cho‘ntak yong‘oq” (1990) nomli bolalar uchun she’riy to‘plamlari bosmadan chiqqan. Shoir o‘z she’rlarida bolalar tuyg‘ulari orqali odamlarni va dunyoni yaxshilik va yovuzlikni anglashga chorlaydi.
Shoir, shuningdek, kattalar uchun ham yozgan. Masalan, “Sevaman” (1977), “Tuyg‘ular” (1980), “Sabot” (1983) kabi she’rlari o‘zining hayotiyligi va go‘zalligi bilan kitobxon qalbini egallab oladi.
Miraziz A’zam, shuningdek, shijoatli va dadil publitsistdir. Adabiy merosni saqlashga qaratilgan bir nechta maqolalari ham bor. U tomonidan qilingan turk, rus, nemis adabiyotshunoslarining kitoblarini tarjimasi ko‘plab mutaxassislar va kitobxonlar e’tiborini tortgan.
Shuningdek, u o‘ttizdan ziyod hikoyalar, she’rlar, romanlar, Nozima Hikmat, Najiba Xoji, Mahmat Osif, Badiuzzamon Ali Oqbosh, Urfon Kamol kabi turk adabiyotshunoslarining dostonlarini tarjima qilgan.
Ushbu xizmatlari uchun u Turkiyaning adabiy jamiyati tomonidan e’tirof etilgan. 1993 yilning dekabrida Turkiyning Yozuvchilar uyushmasi uni o’zining O‘zbekistondagi ramzi deb e’lon qildi.

3.Tayanch tushunchalarni izohlang: shaxsi aniq gap, kirish so’z, murakkab kiritma, janr, epik tur

shaxsi aniq gap- Ega qo‘llanmasa-da, uning belgilari kesim orqali konkret anglashib turadigan gap shaxsi ma’lum gap deyiladi

kirish so’z- gap bilan sintaktik bogʻlanmagan soʻzlar. Soʻzlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini ("baxtimga", "afsuski"), fikrning umumiy bahosini ("ehtimol", "albatta"), kimga qarashli ekanligini ("menimcha", "aytishlaricha") yoki oldingi fikr bilan aloqasini ("xullas", "nihoyat") bildiradi

murakkab kiritma-bularga ikki nuqta , nuqta vergul kabilar kiradi.

Janr- (fransuzcha genre — „koʻrinish“) — shakliy va tarkibiy xususiyatlar majmui bilan tavsiflanuvchi asar turi

epik tur- mif, afsona, rivoyat, ertak, naql, latifa, lof, terma, doston va boshqalar.

II.Amaliy topshiriq



  1. Berilgan gapda kiritmani topib, grammatik jihatdan izohlang va sintaktik tahlil qiling. Yettinchi brigadaning g’ozasi (mana men hozir ko’rib kelyapman) yaxshi unmabdi.

mana men hozir ko’rib kelyapman-kiritma
Download 21,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish