Mahsulot ko’rsatkichlari: kunlik_______, oylik_______
№
|
Mahsulot nomi
|
Reja
|
Fakt
|
%
|
1.
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
4.
|
|
|
|
|
Nosoz mahsulot ko’rsatkichlari: kunlik_______, oylik_______
№
|
Mahsulot nomi
|
Fakt
|
Soni
|
%
|
1.
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
4.
|
|
|
|
|
4. Хulosa:
8-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Avtomobil tovush so’ndirgichini ishlab chiqarish jarayonini o’rganish
1. Ishning maqsadi:
“Uz-Dong Won” AJ korxonasini yig’ish sexining tuzilishi va mahsuloti bilan tanishish, ishlab chiqarish (i/ch) texnologik jarayonini o’rganish. Tayyor mahsulotlarni sinash metodlari bilan tanishish. Nosoz mahsulotlarni aniqlashni va ularni bartaraf qilish yo’li bilan tanishish.
2. Umumiy ma'lumotlar:
“Uz-Dong Won” AJ QK-1996-yilning 27- dekabrida “GM-Uzbekistan” AJ ishlab chiqargan avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish maqsadida tashkil qilingan.
Korxonaning asosiy faoliyat turi Asakadagi zavodda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ovoz so'ndirgichlar, zarbga qarshi eshik to'sinlari va panel qismlarini ishlab chiqarishdan iborat. Shuningdek korhonada 11 turdagi sport jihozlari hamda 22 turdari halq istemoli tovarlari ishlab chiqiladi.
Korxona “Daewoo” korporatsiyasi va “Dong Won Metal” kompaniyalari tomonidan olib kelingan texnologik uskunlar bilan jihozlangan.
“O’z-Dong Won” QK da quvurlarni kesish, egish va tomonlarini hosil qilish uchun ishlab chiqarish tarmoqlari yo’lga qo’yilgan.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 240 ming komplektni tashkil qiladi.
Tovush so’ndirgich. Dvigatеl silindrlaridan ishlatilgan gazlar katta tеzlikda shiddat bilan harakatlanib, alanga va uchqun aralash shovqin hamda shitob bilan tashqariga chiqadi. Bu kamchilikni kamaytirish uchun chiqarish quvuriga qabul qilgich quvurchasi va so’ndirgich o’rnatilgan.
Tovush so’ndirgich asosan dvigateldan chiqayotgan gazlarni temperaturasini kamaytirib, zaxarliligini va tovushni so’ndiradi. Avtomobil tovush so’ndirgichi kollektr, neytralizator, oldi va orqa tovushni so’ndirgich kabi qismlardan iborat.
Tovush so’ndirgichlarni korxonada ishlab chiqarilgandan so’ng ularni sinov laboratoriyasida o’tkaziladi. Sinov va o’lchov laboratoriyasi “O’z-Dong Won” QKda 2013 yil 1 aprelda attestastiyalangan №06-03 va ish faoliyatini boshlangan.
Laboratoriyaning asosiy prinstipi:
Sifat barcha narsadan ustundir!
Attestastiya ko’lami va talablariga amal qilish asosida laboratiriya sifat tizimi ishchi holda saqlash va kelajakda takomillashtirishdan iboratdir.
Laboratoriyaning asosiy vazifasi:
Hom-ashyo va materiallarni sifatini baholash.
Ishlab chiqarish jarayonlari bosqichlarida mahsulot sifatini monitoring va nazorat qilish.
Iste’molchiga sifatsiz mahsulot o’tib ketishini oldini olish.
Laboratoriya va ishlab chiqarish hodimlari hamkorligida mahsulot sifatni oshirish chora tadbirlarida va nuqson mahsulot bo’lib qolishini oldini olishlarida ishtirok etadilar.
|
Kesish dastgohi
DESK-254 ( Korea- Tech Co)
Payvand choki uzunligi va chuqurligini tekshirish maqsadida detallarni kesish uchun qo’llaniladi.
Detallarni dastgohda kesish suvli sovitish tizimi asosida olib borilishi bilan mehanik hususiyatlari saqlanadi.
|
|
Silliqlash dastgohi
P2-203D ( Korea- Tech Co)
Payvand choki uzunligi va chuqurligini tekshirish maqsadida detallarni silliqlash uchun qo’llaniladi.
Detallarni dastgohda silliqlash suvli sovitish tizimi asosida olib borilishi bilan mehanik hususiyatlari saqlanadi.
|
|
Havo so’ruvchi shkaf
FUME HOOD (KT-FHA 1200 Korea-Tech)
Payvand choki uzunligi va chuqurligini tekshirish maqsadida metallarni kimyoviy ishlov berish (travleniya) uchun qo’llaniladi.
Detallarga kimyoviy ishlov berishda
hodim havfsizligi va laboratoriya muhitni sofligini ta’minlaydi.
|
|
Mellografik mikroskop
Microscope OLYMPUS (JAPAN)
Payvand chokining uzunligi va chuqurligini yuqori aniqlik bilan o’lchash maqsadida foydalaniladi.
Detallar payvand choki uzunligi va chuqurligini aniqlash mikroskop va komp’yuterga o’rnatilgan mahsus dasturiy ta’minot yordamida kalibrovkalash, tasvir ravshanligini sozlash va o’lchash olib boriladi.
|
3. Amaliy qism:
“O’z-Dong Won” korxonasini yig’ish sexining tuzilishi va mahsuloti bilan tanishamiz, ishlab chiqarish (i/ch) texnologik jarayonini o’rganamiz. Tayyor mahsulotlarni sinash metodlari bilan tanishamiz. Nosoz mahsulotlarni aniqlashni va ularni bartaraf qilish yo’li bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |