3.1.Boshqaruv va moliyaviy hisob qaror qabul qilish jarayonini axborot bilan ta’minlash manbai sifatida Boshqaruv hisobi boshqaruvni axborot bilan qo‘llab-quvvatlash tizimidir. Boshqaruv hisobining maqsadi – barcha darajadagi korxonalarning menejerlarini boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborot bilan ta’minlashdan iborat. U mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish va xarajatlarni boshqarish, uzoq muddatli rejali va byudjet tuzish, byudjetlar ijrosini nazorat va tahlil qilish, og‘ishlar bo‘yicha boshqaruv usullarini, xilma-xil va ko‘p sonli vaziyatga oid boshqaruv qarorlari uchun axborot tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobining alohida kichik tizimi bo‘lib, moliyaviy hisobni qamrab oladi, ularning har birini o‘z maqsad va vazifalari bor.
Moliyaviy hisobning maqsadi korxona hisobotini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash va taqdim qilishdir. Moliyaviy hisobot ma’lumotlari taqqoslanadigan bo‘lishi va undan tashqi foydalanuvchilar, investorlar va kreditorlar korxonaning moliyaviy holatiga uning to‘lov qobiliyatiga obyektiv baho bera olishlari uchun zarur axborot bo‘lishi lozim. Moliyaviy hisob Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartldari kabi aniq standart va belgilangan me’yorlar asosida yuritilishi lozim.
Boshqaruv hisobi korxonani boshqarishning hamma darajalarida rahbariyat tomonida ichki foydalanish uchun hisob axborotnining barcha turlarini qamrab oladi. Boshqaruv hisobini menejerlarga rejalashtirish, nazorat qilish, qaror qabul qilish kabi jarayonlarda yordam berish maqsadida ularga moliyaviy va nomoliyaviy axborot berish deb ta’riflash mumkin.
Korxona rahbariyati uchun mo‘ljallangan boshqaruv hisobi axborotlariga qo‘yiladigan talablar moliyaviy hisobotlarga chva tashqi foydalanishga taqdim qilingan ma’lumotga qo‘yiladigan talabdan boshqachadir.
Boshqaruv va moliyaviy hisob o‘rtasida o‘xshashliklar ko‘p, chunki ikkalasi ham korxonaning hisob tizimidan foydalanadi. Biroq boshqaruv va moliyaviy hisobga oid adabiyotlarda ular o‘rtasida katta farq mavjud ekanligi haqida yoziladi. Hisobning bu turlari o‘rtasidagi eng muhim farqlar quyidagilardan iborat:
Hisob maqsadi. Moliyaviy hisob – bu rasmiy hisob bo‘lib uni yuritish barcha korxona va tashkilotlar uchun majburiydir. Moliyaviy hisob hujjatlari mahalliy soliq idoralari va statistika boshqarmalariga taqdim etiladi. Ular auditorlik tekshiruvi obyektlari hisoblanadi, e’lon qilinishi majburiydir.
Boshqaruv hisobi – bu boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ishlab chiqarishni o‘zgarayotgan sharoitlarini tez e’tiborga olish uchun korxona rahbariyatiga va mutaxassislariga zarur bo‘ladigan hisob bo‘lib, uning ma’lumotlari tijorat siri bo‘lib hisoblanadi.