I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish



Download 1,84 Mb.
bet40/97
Sana15.06.2023
Hajmi1,84 Mb.
#951780
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97
Bog'liq
UMK

Tashxislashning maqsadi – o‘rganilayotgan obyektni holatiga aniq va to‘g‘ri baho berish, undagi yutuqlarni takomillashtirish, kamchiliklarni tugatish borasida qilinadigan ishlarni strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishdir. Shuningdek, tashxislashning maqsadi korxonaning ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatidagi mavjud bo‘lgan muammolarni, ularni hosil bo‘lish sabablarini aniqlash hisoblanadi.
Vazifasi – korxona tuzilmasini tashkil qiluvchi barcha elementlarga chora-tadbirlar ishlab chiqishdir. Shunday ekan, inqirozga qarshi boshqaruvni samarali tashkil etishning talablaridan biri ham tashxislash jarayonini tashkil etilish darajasiga bog‘liq.
Tashxislash tushunchasi avval tibbiyotda paydo bo‘lgan bo‘lib, quyidagicha ta’riflanadi: tashxis, diagnoz – kasallikning xususiyati, mohiyati va bemorning ahvoli haqida vrachlar bergan qisqacha ta’rif, ta’rif, xulosa, kasallikning nomi. Bemorni to‘g‘ri davolash uchun tashxis aniq qo‘yilishi shart. To‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun bemorda kasallikning o‘tish xususiyatlarini bilish, kasallik belgilarini barcha usullar bilan o‘rganish va boshqa kasallik belgilariga taqqoslab ko‘rish kerak. Tashxisni rasmiylashtirishda asosiy kasallikdan tashqari, unga qo‘shilgan yo‘ldosh kasalliklar ham ko‘rsatiladi. Erta qo‘yilgan (kasallikning boshlang‘ich belgilariga ko‘ra) klinik (tekshirishlar natijasiga asoslanib, differensial (farqlash) funksional (a’zolar funksiyasini tekshirib)), davo natijalariga qarab qo‘yilgan, shuningdek, vafotdan keyingi (patologoanatomik) va boshqa tashxislar farq qiladi. Har qanday kasallikni o‘z vaqtida aniqlab to‘g‘ri tashxis qo‘yilgandagina davolash natijasi samarali bo‘ladi1.
Kundalik hayotda tashxis so‘zini qo‘llanilishida biz birinchidan, kimnidir yoki nimanidir tadqiq qilish natijalarini qayd qilishni, ikkinchidan, mazkur natijalarning ko‘rsatkichlariga, me’yorlariga va xarakteriga qarab xulosa berishni tushunamiz.
Tashxis qo‘yish tashxislash kategoryasidan foydalanish imkoniyatini beradi. Tashxislash tibbiyot nuqtai nazaridan, kasallikni davolashga mo‘ljallangan kompleks choralarni ishlab chiqish uchun kasalikka aniqlik kiritish jarayonidir. SHu kabi korxonalar faoliyatida iqtisodiy-moliyaviy barqarorlik darajasini o‘rganishni tashxislash amaliyoti natijasida qo‘lga kiritiladi. Tashxis qo‘yishni iqtisodiy kategoriya sifatida tushunish uchun avvalo iqtisodchi olimlarni bu haqdagi fikrlarini va qarashlarini o‘rganish lozim.
Tashxislashni amalga oshirish uchun korxona holati turli xil uslublar orqali uning faoliyatini ko‘p tomonlama baholash va ko‘rib chiqish uchun moliyaviy tahlil qilinadi. Tahlilni o‘tkazish uchun buxgalteriya hisobotlari bazasi ostida hisoblanadigan moliyaviy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi1.
Rossiyalik olimlardan E.A.Babushkina2 bankrotlik kelish ehtimolini bashorat qilish uchun avvalo uni tashxislash kerakligi haqida aytadi. SHundan so‘ng, tashxislashda foydalaniladigan umumiy ko‘rsatkichlar haqida fikr yuritadi.
E.P.Jarkovskaya3 esa tashxislashni uning maqsadi asosida yoritib, uni korxona faoliyatidagi muammolarni aniqlashni bajarishi bilan izohlaydi. U ham bu o‘rinda alohida ta’rif bermagan bo‘lib, tashxislash qachonki, korxonada inqiroz havfi sezilganda amalga oshiriladigan hodisa ekanligiga ishora qiladi. Lekin tashxislashni o‘rganish uchun 4 ta tahliliy ko‘rsatkichlar sinfiga kiruvchi 30 dan ortiq koeffitsientlar orqali tashxislash mumkinligini beradiki – bu aynan moliyaviy tahlilning o‘zidir.
V.I. Orexov va yana bir guruh olimlar: “Inqirozga qarshi boshqaruvni shakllantirish uchun korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati va undagi debitorlik, kreditorlik qarzlari, xususiy mablag‘lar bilan ta’minlanganligi, mavjud va bo‘lishi mumkin bo‘lgan buyurtmalar, mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab va korxonani tahlil qilish kerak bo‘ladi. Bu inqiroz sababini aniqlashtiradi va uni bartaraf etishga imkoniyat yaratadi”4 deb ma’lum ma’noda tashxislashni tahlil qilish jarayonining aynan o‘zi ekanligini ko‘rsatib o‘tadilar.
N.YU. Kruglova1 esa tashxislash jarayonini rasmiy va norasmiy talablar asosida bajarilishi va bu talablar bevosita korxona xo‘jalik faoliyatni moliyaviy mustahkamligini tahlil qiluvchi koeffitsientlardan iborat ekanligini tushuntiradi.
YUn G.B., Tal G.K., Grigorev V.V. o‘z asarlarida2: tashxislash – bu mashina, organizmlar holatini tavsiflovchi alomatlarni o‘rganish, o‘rnatish va ularning me’yoriy ish foaliyati rejimini buzilish holatining yuzaga kelishi hamda bo‘lishi mumkin bo‘lgan og‘ishlarni oldinidan aytish tizimi. Korxona holatini tashxislash esa – bu qonunchilik tomonidan belgilangan vaqt ichida korxona to‘lov qobilligini tiklay olishligini aniqlash uchun amalga oshirilgan chora-tadbilar kompleksi hisoblanadi deb ta’rif berganlar. Ular ta’riflari davomida tahlilga ham ta’rif berib, uni – hal etish, tarkibiy qismlarga ajratish, muhokama qilish deb tushuntirganlar.
Korxonalar xo‘jalik faoliyatni tashxislash jarayoni haqida keng ma’lumot bergan olimlardan biri professor YA.A.Fomin hisoblanadi. U moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarni tashxislashning matematik modellarini ham ilimy yoritib bergan. Uning fikricha3, bankrotlik – bu inqiroz holatining shunday ko‘rinishiki, unda firma kreditorlik qarzlarini to‘lashga hech qanday imkoniyat qolmaydi va to‘lov qobiliyatini o‘zining xususiy kapitali hisobiga qoplay olmaydi. Shu sababdan ham, tashxislash inqirozdan avval amalga oshiriladi. U yana shuni ta’kidlab o‘tadiki, tashxislash jarayoni korxonaning umumiy hayotiysikl bilan bog‘liq hodisa bo‘lib, u turli jadval va chizmalarda aks etishi kerak.
M.Meskon, M.Albert F.Xedourilar tomonidan chop etilgan Amerikaning mashhur maenejmentdan darsligida4 yozilishicha, har bir muammo uchun ratsional qaror uni aniqlashtirish yoki to‘liq va to‘g‘ri tashxislashdan boshlanadi. U inqirozni tashxislash u bilan kurash boshlanishini anglatishini aytib, quyidagi –rasmdagi kabi inqirozga qarshi boshqaruvning tashxislash tizimini qisqartirilgan ko‘rinishda tushuntirgan.
Korxoning inqirozli holatida tashxislash inqiroz bor yoki yo‘qligini angalatadi. Agarda inqiroz bo‘lsa, tashxislash jarayonidan boshqaruv qarorlari asosida boshqaruvning inqirozli holatidagi tizimiga o‘tiladi va himoya strategiyasini ishlab chiqish hamda qo‘llash uchun tezkorlik bilan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Tadbirdan so‘ng yana tashxislash jarayoni takrorlanadi. Agarda inqiroz bo‘lmasa, boshqaruv nazorati davom ettirilaveradi va jarayon birorta alomatni aniqlash davrigacha davom etaveradi. Qaror qabul qilishni ma’lumotlar bilan ta’minlash jarayonida uzluksizlikni ta’minlash maqsadida tashxislash jarayoni to‘xtamasdan faoliyat yuritadi.
Ko‘rinib turibdiki, inqirozga qarshi boshqaruvni strategik va taktik vazifalari inqirozni o‘z vaqtida tashxislash vazifasiga munosabatan bo‘ladi.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish