3.2.Moliyaviy hisobot shakllari va ulardan tahlilda axborot manbaalari sifatida foydalanish
Inqirozga qarshi boshqaruvning samaradorligi korxonaning inqiroz oldi vaziyati va iniqroz davridagi moliyaviy holatini to‘g‘ri tahlil qilish va inqiroz sabablarini aniqlashga bog‘liq. Bunda moliyaviy hisobot shakllaridan tahlining axborot manbaasi sifatida keng foydalaniladi.
Inqirozga uchragan yoki inqiroz havfi mavjud bo‘lgan korxonalarda moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va u bo‘yicha malakali xulosa chiqarish tahlilda foydalaniladigan axborot manbaalari bilan a’minlanganlik darajasiga bog‘liq. Korxona faoliyatini qanchalik darajada chuqur va atroflicha tahlil qiinsa, moliyaviy va iqtisodiy holat haqidagi xulosalar shunchalik aniq bo‘ladi. Tahlil jarayonini axborot manballari bilan ta’minlashda beshta shakldagi moliyaviy hisobot shakllaridan foydalaniladi.Ularga quyidagilar kiradi:
1-sonli shakl. Buxgalteriya balansi.
2-sonli shakl. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
3-sonli shakl. Asosiy vositalar harakati to‘g‘risigi hisobot.
4-sonli shakl. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot.
5-sonli shakl. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot.
Korxonaning 1-sonli shakli Buxgalteriya balansi hisoblanib, u korxona aktivlari va ularning tashkil topish manbaalarini ma’lum davrdagi holatini aks ettiradi. Balans so‘zi lotincha bis-ikki marta, lanx-tarozi pallasi degan ma’noni anglatadi. Demak, balans suzi tarozini ikki pallasi ya’ni tenglik ma’nosini anglatadi.
Korxona va tashkilotlarning mablag‘lari doimo harakatda bo‘lib, ular xam miqdor, xam qiymat jihatidan o‘zgarib turadi. Korxonaning ixtiyorida bo‘lgan ushbu xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalari buxgalteriya xisobining obyekti sifati xisoblanib, ularning harakati buxgalteriya schyotlarida xisobga olib boriladi. Ammo korxonani boshqarish uchun mablag‘lar va ularni tashkil topish manbaalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni schyotlardan olish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun schyotlardagi mablag‘larni va ularning manbaalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lum sanaga umumlashtirish kerak. Buning uchun buxgalteriya balansidan foydalaniladi.
Adabiyotlarda keltirilishicha, buxgalteriya balansi sxematik tarzda tuzilgan ikki tomonlama jadval bo‘lib, chap va o‘ng tomonlarga bo‘lingan ikki qismdan iborat. Mos ravishda ular aktiv va passiv tomon deb yuritiladi. Aktiv tomonida xo‘jalik mablag‘larining joylashuvi va passiv tomonida xo‘jalik mablag‘larining manbaalari jlylashgan bo‘ladi. Uning mazmuni aktiv va passiv tomonning doimo teng bo‘lishini anglatadi. Chunki, korxona hisobida mavjud bo‘lgan har qanday mablag‘ yoki boshqa aktivlar o‘zining aniq kelib chiqish manbaiga ega bo‘lishi lozim. Aks holda, hisob siyosati buzilib ketadi. Bu jihatdan Buxgalteriya balansi korxonaning jami mol-mulki va mablag‘lari tartibotini olib boradi. Balansning qisqacha ko‘rinishi quyidagi jadvalda o‘z aksini topgan (2.1-jadval).
Keltirilgan jadvalga ko‘ra, buxgalteriya balansiga quyidagicha ta’rifni berish mumkin: buxgalteriya balansi – bu korxona xo‘jalik mablag‘lari tarkibini, joylanishini, manbaalarini va ishlatilishini hisobot davrining ma’lum bir kuniga pul ifodalarida ko‘rsatib beruvchi ikki yoqlama jadvaldir. bundan ko‘rinadiki, balans momentli hisobot shakli bo‘lib xo‘jalik operatsiyalari natijasida korxona aktiv va passividagi o‘zgarishlarning yagona davrdagi holatini ko‘rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |