Hisobot axborotini taqdim etish shakllari. Moliyaviy axborot soliq organlariga Qonunda belgilangan shakllar bo‘yicha taqdim etiladi. Boshqaruv hisobi natijalari istalgan shaklda taqdim etilishi mumkin. Majburiy shakllar va blankalar mavjud emas. Bundan tashqari boshqaruv hisobi axborotlarini yuritish yoki yuritmaslikni korxona rahbariyatining o‘zi hal qiladi.
Hisob axboroti o‘lchov birliklari. Moliyaviy hisobot axborotlarida xo‘jalik jarayonlarini umumlashtirish uchun pul o‘lchovlaridan foydalaniladi. Ular universal bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatning milliy valyutasida ifodalanadi.
Boshqaruv hisobi axborotlari o‘lchovning barcha turlaridan – natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan iborat bo‘ladi. Axborot uzatilayotgan shaxsga axborot o‘lchov birligining qulaylik darajasiga qarab o‘lchov shakli tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |