Tugatishga doir ish yuritish — xo‘jalik sudi tomonidan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish hamda qarzdorni qarzlardan qutulgan deb e’lon qilish maqsadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan bankrotlik taomili;
Kelishuv bitimi — taraflarning sud nizosini o‘zaro yon berish asosida tugatish to‘g‘risidagi bitimi;
Kuzatuv — xo‘jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan paytdan e’tiboran keyingi taomilga qadar qo‘llaniladigan bankrotlik taomili1.