An’ana va yangilik.
O`tmish adabiyoti yutuqlarining kelgusi adabiyot tomonidan tanqidiy va ijodiy o`zlashtirilishi, bu muvaffaqiyatlarning mustahkamlanishi, anglanishi; shu orqali g`oyaviy-badiiy jihatdan yangi yetuk obrazlar orqali idrok etilishi an’anadir. Novatorlik adabiyotning mazmunan va shaklan, yangi qahramon, yangi ijodiy metod, yangi uslub, yangi badiiy aslaha bilan yangilanishidir, boyishidir. ’’Navoiy’’ romani adabiyotning ana shu qonuniga bo`ysinib yozilgan. Unda ilg`or adabiy an’analar qayta ishlandi va yangilandi, zamon talabi , taqozosi, didi orqali rivojlantirildi. Roman janrida ilk marta Navoiy xarakterini ijod qilish yangilikdir. Buyuk shoir ko`p tomonlama ko`rsatilgan. U adolat uchun kurashadi va uning tantanasiga erishadi.
Sultonmurod Dildorni sevadi, ammo buni Arslonqulga bildirmaydi, chunki Arslonqul ham |Dildorni sevadi. Bunda sevgiga yangicha munosabat aks etgan. Yaqinlik, g`oyadoshlik shuni taqozo qiladi.
Romanda ot va parranda obrazlari ham uchraydi va ular tuli vaziyatlarda ko`rsatilgan, shoir shoir qushga katta mehr ko`zi bilan qaraydi. Bunda tabiatga ehtirom yorqin ko`rinadi.
Tarixiy shaxslarga tarixiy nuqtayi nazardan yondashilgan. Xadichabegimning ayyorligi va yovuzligi, Majdiddin o`ta ochko`zligi shu jumladandir.
O`tmish folklori va adabiyoti boy merosga ega edi. O~zbek xalq qahramonlik va romantik ham mumtoz yozma eposi, jahon va musulmon Sharqi xalq og`zaki va yozma eposi mavjud edi. Firdavsiyning ’’Shohnoma ’’, Navoiyning ”Xamsa” asari alohida ajralib turadi. Yaqin o`tmishda Abdulla \qodiriyning ”O`tkan kunlar” Cho`lponning ”Kecha va kunduz”, Sadriddin Ayniyning ”Qullar” romanlari mashhur edi. Oybek ”Navoiy” romanida bu ulkan ichki va tashqi an’analarni o`rgandi va o`ziga tegishli xuloslarni chiqardi.
”Navoiy” bizda birinchi tarixiy-biografik romandir. Unda Navoiy hayoti ilk marta o`z davri hayoti ilg`or g`oyalari fonida, psixologizm rejasi usulida yuksak badiiy idrok etiladi. Navoiy obrazi yetuk va barkamol nasriy, epik xarakter darajasiga ko`tarildi. Navoiy o`z muhiti kishilari doirasida, sababli, shartlangan voqealar ichida real gavdalantirildi va qayta yaratildi. ”Navoiy| romani faqat XX asr o`zbek adabiyotida emas, balki butun o`zbek adabiyotida genial yozuvchi darajasiga ko`tarildi. Bu roman Oybekning jahon adabiyoti rivojiga qo`shgan munosib ulushidir.
Davr va yozuvchining o`ziga xos uslublari ijodiy metodlar, ya’ni romantizm va realizm jihatidan farq etadi. ”Navoiy” romanidagi uslub realistik, Oybekning bu romandagi uslub bilan boshqa yozuvchilarning realizmda yozilgan uslubi bilan o`rtasida umumiylik bor. Ayni holda bu asarlarning o`ziga xos uslubi ham bor. ”Navoiy” romanida uslub ham shu asarning g`oyaviy-badiiy xususiyatlari bayon tarzida namoyon bo`ladi. Asar tilini XV asr ”chig`atoy’ tiliga yaqinlashtirishga urinadi, ammo bunda romanning hozirgi davr kishisiga tushunarli bo`lishi nazarda tutiladi. Biz yuqorida adabiyotning xosiyatga kiruvchi obraz yaratish omillari va Navoiy obrazi masalasini tahlil etdik. Bu omillardan foydali naf olish Navoiy xarakterining to`laqonli va yetuk bo`lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |